1-Mavzu: Kirish. Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari


Xonalarni yoritishga qo'yiladigan asosiy talablar



Download 15,56 Mb.
bet63/131
Sana27.01.2022
Hajmi15,56 Mb.
#412534
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   131
Bog'liq
maruza matn 2020

2. Xonalarni yoritishga qo'yiladigan asosiy talablar. Xonalarda xodimlarning unumli ish sharoitini tashkil qilish va yaxshilash maqsadida ko‘zni toliqishdan saqlovchi yoritish vositalarini o‘rnatish xonalarga nisbatan qo‘yilgan asosiy sanitar-gigienik talablardir. Bunda xonalarni yoritish tizimlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. Sanitariya-gigiyena me’yorlari asosida ish joylarini yoritish ish toifalariga moslashgan bo‘lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish albatta ish sharoitini yaxshilashga olib keladi. Bunda ish olib borilayotgan obyektning ko‘rinishi yaxshilanadi, natijada ish unumi ortadi.

  2. Ish olib borilayotgan yuzaga va ko‘zga ko‘rinadigan atrof muhitga yorug‘lik bir tekis tushadigan bo‘lishi kerak. Chunki agar ish oshib borilayotgan yuzada va atrof-muhitda yaltiroq joyiar mavjud bo‘lsa, unda ko‘zning ularga tushishi va qaytib ish joyiga qaraganda ko‘zning jimirlashi va ma’lum vaqt ko‘nikishi kerak bo‘ladi. Bu esa ko‘zning tez charchashiga olib keladi.

  3. Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo‘lmasligi kerak. Chunki bunday holatning bo‘lishi, ayniqsa, u soyalar harakatlanuvchi bo‘lsa, bajarilayotgan obyektning ko‘rinishini yomonlashtiradi, obyekt ko‘zga noto‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi va bu ishning sifatini hamda unumdorligining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham xonalarda to‘g‘ri tushayotgan oftob nurlarini soyabonlar va boshqa oftobga qarshi vositalar bilan to‘sish kerak, chunki quyosh nurlari ta’sirida keskin soyalar paydo bo‘ladi.

  4. Ishchi joylarda to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki nur qaytishi ta’sirida hosil bo‘layotgan yaltirash zararlidir. Chunki ish joylaridagi yaltirash ko‘zning qobiliyatini pasaytirib, ko‘zni qamashtirishi mumkin. Yuzalarni yoritish asboblarining yuzalarida, nur qaytarish ta’sirida hosil bo‘ladigan yaltirashlar, nur qaytarish koeffitsiyenti katta bo‘lgan yuzalarda vujudga keladi. Yaltirashni kamaytirishga yoritish asboblarining nur tarqatish burchaklarini tanlash va nur qaytarish ta’sirida hosil bo‘ladigan yaltirashlarning nur to‘sish yo‘nalishlarini o‘zgartirish hisobiga erishish mumkin.

  5. Yoritilish miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Yoritilishning ko‘payib-kamayishi, agar u o‘qtin-o‘qtin ro‘y beradigan bo‘lsa, ko‘zga zarar keltiradi, chunki ko‘z yorug‘lik o‘zgarishlariga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa ko‘zning tez charchashiga olib keladi.

Yoritilishning o‘zgarmasligiga muhit o‘zgarmas kuchlanishli manbalardan foydalanish yo‘li bilan erishish mumkin.

  1. Yorug‘lik nurlarini optimal yo‘nalish bilan yo‘naltirish kerak; bunda ma’lum holatlarda detalning ichki yuzalarini ko‘rish va boshqa hollarda detal yuzasidagi kamchiliklarni yaxshiroq ko‘rish imkoniyati tug‘iladi.

  2. Yorug‘likning lozim bo‘lgan spektr tarkibini tanlash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniqlash zarur bo‘lgan hollarda muhim rol o‘ynaydi.

  3. Yorug‘lik qurilmalari qo‘shimcha xavf va zararlar manbayi bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal kamaytirish zarur.

  4. Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o‘rnatish oson va iqtisodiy samarador bo‘lishi kerak.


Download 15,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish