1-Mavzu: Kirish. Ma'lumotlar bazasi haqida asosiy tushunchalar Reja:
Ma'lumotlar bazasi nazariyasining asosiy tushunchalari.
Ma'lumotlar bazasi texnologiyalari.
MBBT ni tarkibi.
Ma’lumotlar bazasi va MBBT ni fizik tashkil etish.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.
Baza bu – ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga matn, son, tasvir,
audio va videolar kirishi mumkin. Masalan, matn klaviaturada kiritiladi, ovoz
kompyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar raqamli kamera, video va uning ovozi
esa raqamli videokamera orqali yoziladi hamda kompyuterning xotirasiga
saqlanadi.
Axborot – bu ishlov berilgan ma’lumotdir. Aniqrog`i tashkiliy, aniq, sifatli va
foydali ma’lumotlardir. Undan tashqari axborot hujjatlari audio ko`rinishida, tasvir
va video ko`rinishda bo`lishi mumkin. Masalan, muloqot aloqasi (ya`ni yozilgan
ovoz) elektron xat shaklida, do`stga, oila a`zolariga ularni eshitish uchun
yuborilgan bo`lishi mumkin. Yana bir misol, do`stlar raqamli kamerada olingan
fotorasmni Veb sahifada ko`rishi mumkin. Veb kamerada real vaqt rejimida video
konferentsiya shaklida ko`rib, gaplashish mumin bo`ladi.
Kompyuterlar axborotlarni ma’lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan,
universitetning ma’lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv
soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim kompyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini kompyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Bu talaba haqidagi rasm va boshqa ma’lumotlar kompyuterning asosiy xotira qurimasi qattiq disk (HHD)da saqlanadi. Keyin esa kompyuter yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma’lumotni chop etish uchun printerga yuboradi (1-rasm). Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi hujjati yakunlangandan keyin ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta’minoti yordamida diskning magnit yo`lagida kodirovka qilinadi. Ushbu dastur ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma’lumotlarni qo`shish, modifikatsiya qilish, bazadan ularni o`chirish, ma’luotlar bazasi bo`yicha shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin bo`ladi. Bu dasturning yangi versiyalari va ularning afzallik jihatlarini quyida keltirib o`tilgan.
1 -rasm. Yangi talabaning ma’lumotlariga maxsus dastur yordamida ishlov
berib, unga darchga kirishi uchun ruxsatnoma berish.
AT larni asosida ma’lumotlar bazasi yotadi. Ma’lumotlar bazasi deganda, ma’lumotlarni shunday o`zaro bog`langan to`plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to`ldirilishi, o`zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin. Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba`zibir ob`ektlarni o`rganishgina qiziqish uyg`otadi. Bunday ob`ektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi.
Hech bir inson inkor qilolmaydiki, hozirgi kunda axborot texnologiyalari asrida
yashayapmiz. Vaholanki, o`zimizga tegishli yoki ish faoliyatimizga tegishli
ko`pgina axborotlarni elektron tarzda olib yuramiz. Qolaversa, dunyo aholisining
kattagina qismi kundalik hayotda ulkan hajmdagi axborotlar majmui bo`lgan
internet tarmog`idan foydalanadi. Biz foydalanadigan axborot hajmi kattalashib
borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi.
Savol kelib chiqishi tabiiyki, qanday qilib internet tarmog`idagi qidiruv saytlari
biz qidirgan axborotni sekundlar ichida minglab muqobillari bilan birga topib beradi? Qanday qilib normativ-huquqiy hujjatlar to`plamidan iborat elektron
axborot tizimlari bizning so`rovga mos hujjatlarni bir lahzada topib beradi? Javob
oddiy, bularning hammasi berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (keyingi
o`rinlarda BBBT) orqali amalga oshiriladi. BBBT uchun ko`p dasturiy ta’minotlar
ishlab chiqilgan, misol uchun SQL Server, Oracle, MySQL, MS Access va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |