1-Mavzu. Kirish. Konstruksion materiallar texnologiyasining mashinasozlikdagi ahamiyati. Materiallarga ishlov berib turli detall va zagatovkalar tayyorlash. Metallarning umumiy ta’rifi. Reja


ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak



Download 283,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana30.12.2021
Hajmi283,01 Kb.
#88043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Maruza(1)

ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 

Materiallarga  quyidagi  talablar  qo‘yilgan,  yani    Respublikamizning  texnik-iqtisodiy  va 

sosial  taraqqiyotini  jadal  suratlar  bilan  rivojlanishida  mashinasozlik  sohasi  alohida  ahamiyatga 

ega bo‘lib, takomillashgan texnologiyani joriy etish bilan bir qatorda texnika-iqtisodiy talablarga 

to‘la  javob  beradigan  yuqori  sifatli  materiallar  yaratish,  ulardan  tejamli  foydalanish  kabi 

vazifalarni hal qilishi lozim. 

Davlatni,  turmushni  farovonligida  texnik  va  iqtisodiy  sabablarga  ko‘ra  ishlab  chiqarish 

muhim  ahamiyatga  ega.  Texnologiya  jamiyatni  va  uni  a’zolarini  kerak  mahsulotlar  bilan 

ta’minlash yo‘lida ilmni qo‘llanishidir. Texnologiya so‘zi lotincha texne-hunar, logos-o‘rganish; 

hunar o‘rganishni anglatadi. 

Iqtisod  nuqtayi  nazaridan  ishlab  chiqarish  moddiy  farovonlikni,  mulkchilikni  yaratuvchi 

quroldir.  Hozirgi  zamon  dunyo  iqtisodiyotida  mamlakat  kuchli  ishlab  chiqarish  bazasiga  ega 

bo‘lishi kerak. 

Bu  kirish  qismida  ishlab  chiqarishni  umumiy  masalalarini  ko‘rib  chiqamiz.  Ishlab 

chiqarishni o‘zi nima? Sanoatda bu  qanday tashkil etilgan? 

Ishlab  chiqarish  lotincha  ikki  so‘zdan  kelib  chiqgan:  “manus”  -qo‘l;  “faktus”-  qilingan-

yasalgan.  Mahsulot  qo‘l  bilan  yasalgan,  tabiatdan  tayyor  emas.  Albatta,  hozirgi  zamonda 

mahsulotlar avtomatlashtirilgan mashinalar, kompyuterlar vositasida yasaladi. 

Mahsulot  olish  tarixini  ikki  bo‘lakka  ajratish  mumkin:  1-material  va  jarayonlarni  ixtiro 

qilish; 2-ishlab chiqarishni rivojlanishi. Quyish, bolg‘alash jarayonlariga 6000 yil va undan ko‘p 

bo‘lgan. 

Sanoat  revolyutsiyasi  yillarida  (1760-1830)  suv,  shamol  va  hayvonlar  kuchlarini  o‘rnini 

bir  qator  mashinalar  va  bug‘  kuchlari  egalladi.  Detallarni  o‘zaro  almashish  imkonini  beradigan 

ishlab chiqarish texnologiyasi tadbiq qilindi. 1881 yilda birinchi elektrostansiya qurildi. Detal va 

mahsulotlarni  olishda  fizik-kimyoviy  jarayonlar  ishlatildi.  Mahsulotlarni  potok  -  oqim  usulida 

ishlab  chiqarish  usuli  tadbiq  qilindi.  Standartlash  qabul  qilindi.  O‘z  davrini  yangi  va  ilg‘or 

materiallari ixtiro qilindi. 

Oddiy  operatsiyalar  uchun  stanoklar  1770-1850  yillarda  ishlab  chiqarilgan.  1913-yilda 

Genri Ford mashinalarni yig‘ish tizimini (“liniyasini”) tadbiq qildi – konveer ishga tushdi. 

Hozirda  ishlab  chiqarishni  ikki  usulda  aniqlash  mumkin:  1-texnologik;  2-iqtisodiy. 

Texnologik  deganda  materiallarga  (mashina  mexanizmlarga)  fizik,  kimyoviy,  mexanik  va  h.k. 

jarayonlarni  ta’sir  ettirib,  detallar  yoki  mahsulot  ishlab  chiqarishga  aytiladi.  Iqtisod  nuqtayi 

nazaridan  ishlab  chiqarish  –  bu  materialni  ko‘proq  ahamiyatli  (tannarxli)  mahsulotlarga 

aylantirish.  Ishlab  chiqarish  texnologik-iqtisodiy  qonuni:  bu  kam  mehnat  (jismoniy,  aqliy)  sarf 

qilib, sifatli mahsulot olish. Ishlab chiqarishni kalitli vaqti shundaki, ishlab chiqarish materialni 

qiymatini (tutgan o‘rnini, tannarxini) oshiradi (formalarini, xossalarini o‘zgartirib; ularni boshqa 

materiallar  bilan  qo‘shib  va  h.k).  Masalan,  temir  rudasi  po‘latga  aylanadi;  qum  shishaga. 

Mahsulot bor; ishlab chiqarish bor. 

Mashinasozlikda  uch  xil  ishlab  chiqarish  turi  mavjud:  ommaviy-ko‘plab,  seriyalab, 

donabay.  Namunaviy,  tajribaviy  ishlab  chiqarishlar  donalab  ishlab  chiqarishga  tog‘ri  keladi. 

Lekin, ularni texnologik ta’riflash, loyihalash boshqacha o‘ziga xos. Ommaviy ishlab chiqarish - 

bu shunday ishlab chiqarish turi bo‘lib, bunda bir xil mahsulot o‘zgarmas chizmalar asosida uzoq 

vaqt  muddatda  to‘xtovsiz  ishlab  chiqariladi.Seriyalab  ishlab  chiqarishda  mahsulot  seriyalab-

partiyalab ishlab chiqariladi. Texnologik jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turiladi. Seriyadagi 

mahsulotlarning soniga qarab uch turga bo‘linadi: yirik, o‘rta va mayda seriyali. Donalab ishlab 

chiqarishda mahsulot bir-ikki dona yasaladi. 

Zavod  quvvati  deb  yiliga  ishlab  chiqilgan  mahsulot  birligiga  aytiladi:  zavodda  bir  yilda 

eritilgan po‘lat miqdori (necha tonna), zavodda ishlab chiqilgan avtomobillar soni (necha dona) 

va h.k. 


Download 283,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish