1-mavzu: Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Download 24,69 Kb.
Sana16.01.2020
Hajmi24,69 Kb.
#34572
Bog'liq
kimyo fani o'qitish metodikasi

1-MAVZU: Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari.

REJA:

1. Maktabning hozirgi zamon holati.

2. Kimyo o'qitish metodikasi vazifalari.

3. KO’M metodik yunlishi.

4. KO’M boshqa fanlar bilan bog'lanishi. 
Tayanch iboralar:

Milliy ta’lim dasturi, maktab o’qituvchisi vazifasi. Metodik vazifalar. Metodologiya, fanlar aloqasi.


O'zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj keskin ortganligining guvohi bo'lib turibmiz. Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Yosh avlod ma'lum bilimlar yig'indisini bilibgina qolmay, mustaqil davlat quruvchiga xos ma'naviyat va ma'rifat egasi bo'lib, o'zining mehnatga munosabati va xulq atvori hammaga havas qildiradigan bo'lishi kerak.

Bizning mamlakatda o'qituvchiga, yosh avlodni tarbiyasiga katta imtiyozlar berilmoqda. Shu sababli oliy ta'lim oldida birinchidan studentlar jamoasiga bilimli, ma'naviyatli hamda o'zbek millatiga xos tafakkurga ega bo'lgan yoshlar qabul qilish, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma'nosida buyuk inson darajasiga etkazish kerakdir. Buni bajarishda fan o'qituvchilari xizmati kattadir.

O'qituvchi-mukamal shakllangan kimyo fani bo'yicha mutaxassis bo'lishi kerak. U kimyo fani, kimyoviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga qarab psixologiyasini bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma bosqichlarini amalga oshirish uslublarini mukammal egallashi kerak. O'zi dars beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish umumiy uslublarini bolalar yoshlarini hisobga berib, o'zining hayotiy tajribasiga asoslanib bilimni etkazishi kerak.

O'qituvchi o'zining bilimini hamma vaqt to'xtamay oshirib borishi shart, ya'ni pedagogik texnologiyalarini egallashi, o'quv jarayoni mukammallashtirishga harakat qilishi kerak. Chunki o'qituvchi o'z izlanishlarida to'xtab qolsa, ertasiga u shablon qotgan fikrlab qoladi va yuqori xavas qiladigan darajadagi insonlar orasidan chiqib qoladi va o'quvchilar orasida unga nisbatan xurmat ozayadi, bolalar unga taqlid qilishi, xavas qilishi yo'qolaboshlaydi.

Har bir o'qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o'zining tajribasi bilan to'ldirishi kerak va shunda o'quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson uziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega.

Kimyo o'qitish uslublari ma'lum tartibda o'rganiladi. Avval o'qish jarayonining asosiy vazifalari qarab chiqiladi. Keyin o'qish jarayonini tashkil etish uslublari, o'qitish qurollari, shakli va o'qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish uslublari qarab chiqiladi.

Kimyo o'qitish uslublari faqat ma'ruzalar orqali etkazilmaydi, studentlar tajribalar ko'rsatish uslublarini bilishi, darslarni rejalashtirishni, kimyoviy masalalarni echish uslublarini, dars berish shakllarini va boshqalarni bilishi kerak. Shu sababli ular kurs ishlari bajarishi, pedagogik amaliyotda mustaqil ishlashi kerak. Uslublarni o'rgatayotganda maktab, akademik litsey, kasb hunar kolledjlarga ekskursiyalar qilish kerak. Maxsus kurslar, maxsus kurslardan amaliyotlar ham tashkil etish katta ahamiyatga ega.

Fan va texnikaning rivojlanishi o'quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar to'lqiniga bo'lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bugungi kun nuqtai-nazaridan qaraydigan bo'lsak, o'quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. O'quvchilardagi bunday xislatlarni maktab o'qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas'uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. Bunday mas'uliyatli ishni hal etish o'quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga qaratishni uslubiga bog'liq. Har qanday mutaxassis o'z ishi metodikasiga qanchalik e'tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. O'qituvchi ishining asosiy o'qitish metodikasi o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo o'qituvchisi ishining asosi-kimyo o'qitish metodikasidir.

Kimyo metodikasi, boshqa o'quv predmetlari o'qitish metodikasi kabi, asl mohiyati bilan olganda, uchta asosiy masalani:


  1. ta'lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalarini; 


  2. bu ishning mazmuni; 


  3. o'quvchilarni ma'lumotli qilish va tarbiyalash protzessining xarakterini hal qilib beradi. 


O'qituvchi o'z faoliyatida rejissyor, aktyor, muxarir, tashkilotchi vazifasini bajarishga majburdir, ulardan bittasi bo'lmasa bu o'qish jarayoniga salbiy ta'sir etadi. Kimyo o'qitish metodikasi darslarida Universitet ziyolilari yangi bilim bermay, student bilimini o'quvchiga yetqazish uslublarining metodlarini o'rgatadilar. Kimyo uslublari umumiy pedagogik yo'nalishlardan farqlanishi mumkin, shu sababli kimyo o'qitish metodikasi quyidagi uch vazifani bajarishga harakat qiladi: 




  1. Maktab kimyo darsligi uchun kerakli hajmda dalillarni tanlash; 


  2. Kimyo dars berish usullarini tanlash; 


  3. O'quvchilarning bilimini oshirishda o'qituvchi faoliyati orqali kitob, kino, radio, televizor va boshqa vositalardan foydalanishni o'quvchilarga o'rgatish. 


Kimyo fanining xulosalari hayot bilan chambarchas bog'liq holda bo'lishini va falsafali talqin qilishini talab qiladi. Kimyo o'qitish o'quvchilarda asta-sekin kimyoviy dunyoqarash hosil qilishi kerak. Kimyo o'qituvchisining vazifasi:

- kelajagi buyuk mustaqil O'zbekistonimiz uchun o'quvchilarni hozirgi zamon kimyo fani asoslarini ongli ravishda va puxta o'zlashtirishga erishishi;

- o'quvchilarni kimyoning atrofdagi tabiatni izohlab berish va undan foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy asoslari bilan tanishtirish;

- o'quvchilarda tabiatga to'g'ri, materialistik nuqtai nazardan qarash xususiyatlarini hosil qilishga alohida e'tibor berish;

- o'quvchilarni ilmiy bilishning vositalaridan biri bo'lgan kimyoviy eksprimentdan foydalana oladigan qilib tarbiyalash;

- o'quvchilarni mehnatga o'rgatish-ularni kelgusi amaliy faoliyatga tayyorlash zarurdir;

- o'quvchilarni kimyo faniga nisbatan qiziqishlarini yanada orttirish;

- o'quvchilarni mustaqil ravishda izlanuvchanlikka va bilim olishga o'rgatish;

- o'quvchilarda kundalik turmushda, hayotda bo'ladigan o'quv va malakalarini hosil qilish;

- o'quvchilarning qo'lidan keladigan ijtimoiy foydali ishga jalb qilish;

- kimyo fanining hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish;

- jismoniy baquvvat, aqlan yetuk insonlar darajasiga etqazish;

- elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi bilan konkret tanishish kimyo kursining asosiy mazmunini tashkil etadi;

Kimyo o'qitish o'quvchilarni tarbiyalashning qudratli vositasidir, kimyo o'qitish o'quvchilarni mehnatsevar va vataniga muhabbat qo'yadigan q'ilib, fanga chuqur qiziqadigan qilib, ilmiy predmetlar to'g'risida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega qilib, ijodiy faollik ko'rsatadigan, kimyodagi asosiy tushuncha va qonunlarning tadrijiy-tarixiy rivojlanishiga to'g'ri nuqtai-nazardan qaraydigan qilib tarbiyalashi kerak. Kimyo o'qitish uslublaridan xususan kimyo o'qitishga xos uslublar hamda umumpedagogik uslublarni qo'llash mumkindir. Masalan, tajriba va tushuntirish muammosi quyidagicha bo'lishi mumkin:

a) oldin tajriba, keyin izoh;

b) avval izoh, keyin tajriba;

v) izoh va tajriba birgalikda;

g) uyga vazifa qo'ralib, tajribani ko'rsatib, so'ngra izohlash.

Kimyo o'qitish yangi uslublarini ishlab chiqishda umumpedagogik tadqiqotlardan: pedagogik kuzatish, tadqiqotchining o'qituvchi va o'quvchi bilan suhbati, anketalash, kuzatilgan darsni pedagogik tashkil etish, tajriba q'aytadan sinab ko'pchilikka taklif etishni qo'llanilishi shartdir. Kimyo o'qituvchisi g'oyaviy shakllangan shaxs bo'lishi, fanni chuqur bilishi, tarbiyalash va o'qitishning asosiy nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda to'g'ri qo'llay bilishi, hamda pedagogik tajribalardan xabardor bo'lishida kimyo o'qitish uslublari fanining alohida o'rni bor. Chunki bu fan maktabda kimyo o'qitish fanining mazmuni va uni o'quvchilar tomonidan tushunib olish qonuniyatlarini o'rgatuvchi, yo'naltiruvchi pedagogik quroldir. Kimyo o'qitish uslublarining mohiyati fan sifatida bu kimyo o'qitish jarayoni qonuniyatlaridir, bunga:o'qitish maqsadi, mazmuni, uslublari, shakllari, vositalari hamda o'qituvchi va o'quvchi orasidagi faoliyat kiradi. Kimyo metodikasining funksiyasi o'rta maktab o'quvchilarining asosiy faktlarni tushuncha qonuniyatlar va nazariyalarini, ularni kimyoga xos bo'lgan jumlalarda ifodalash optimal yo'llarini topishdan iborat. Didaktikaning asosiy xulosalari, qonuniyatlari va prinsiplariga tayanib ta'lim-tarbiyani va yetuklikni o'stiradigan kimyo o'qitishning asosiy vazifalarini metodika hal qiladi. O'quvchilarning kasb tanlashi politexnik ta'limot muammolariga katta e'tibor beriladi. Metodika esa didaktika kabi o'quvchilarning bilim olish faoliyatlarini rivojlantirish, o'stirish va dialektik materialistik dunyoqarash asoslarini hosil qilish masalalarini ko'rib chiqadi. Bunda kimyo metodikasining ta'siri har xil qiziqishga va boshqa o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan har xil yoshlarga turlicha ekanligiga e'tibor berilishi shartdir. Kimyo metodikasini ilmiy asosida hal qilish uchun maktab kimyo kursining konkret materiallariga dialektik-materialistik falsafa nuqtai nazaridan qarab asoslanish, pedagogikaning, fiziologiya va psixologiyaning hozirgi zamon ma'lumotlarini har tomonlama hisobga olishi albatta zarur.

Kimyo o'qitish metodikasi asosida quyidagi metodologik yo'nalishlar mavjud:

1. Umumiy dialektik uslub, bunda tushunchalarning fikrlash davomida rivojlanishi, o'qitishning har xil qismlarining o'zaro bog'liqligi, ichki qarama-qarshilikning o'zaro bog'liqligi, ularni yechishda muammoli yondashish.

2. Sistematik-struktur yondashish, bunda o'qitish uchun asosiy bo'limlarni ajratish, ularning o'zaro bog'liqligini topish, hamda elementlar o'zaro ta'sirining barqarorligini, yaqinligini ko'rsatish va maktab kimyo o'qitish metodikasini birligini ko'rsatish.

3. Yuqoridagi metodik kategoriyalarni uchta o'qitish funkziyalari: bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirishga asoslanib qarash.

4. Kimyo o'qitish metodikasining asosini didaktik yondashish orqali qarab chiqish.

Kimyo o'qitish metodikasida o'qitish uslubini didaktik tarbiyalashni tarbiya qonuniyatlari, bilimini rivojlantirishni-psixologiya fanlari o'rgatadi. O'qitish davrida bu uchala tarkibiy qismlar o'zaro ta'sirlanadi va kimyo o'qi tish metodikasi asosida turadi. Demak, kimyo o'qitish metodikasi maktabda o'quvchilarga bilim berish, tarbiyalash va bilimini rivojlantirishni kimyo darslarini o'qitish davomida o'rgatadigan pedagogik fan ekan. Kimyo o'qitish metodikasi pedagogika, kimyo, jamiyatshunoslik va boshqa fanlarning qoq markazida joylashgan bo'lib ular bilan uzviy bog'liqdir. 



Kirish

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.

Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o`quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o`quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.

Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.

O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan iboratdir. Bu barobarida darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. 
I. Didaktik o`yin texnologiyalari

Didaktika yunoncha “didaktikos” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`qitish, o`rganish ma`nosini bildiradi. O`quvchilarga bilim berishda yangi inavatsion tehnalogiyalardan foydalanib darslarni olib borish yaxshi natija beradi.

So`ngi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda. 
Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratdilar. 

  1. An’anaviy 2. Progressiv. 3. Zamonaviy. 



Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayoni o`yin faoliyati orqali uyg`unlashtiriladi. Shu sababli o`quvchilarning ta’lim olish faoliyati o`yin faoliyati bilan uyg`unlashgan darslar, didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o`yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi

- o`yin faoliyati orqali shaxsning o`qishga va mehnatga bo`lgan qiziqishi ortadi.

- o`yin davomida shaxsning muloqatga kirishishi ya’ni komunativ – muloqat madaniyatini egallash uchun yordam beriladi.

- shaxsning o`z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o`zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi.

- hayotda va o`yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo`ljalni to`g`ri olish ko`nikmalarni tarkib topishiga yordam beradi.

- o`yin jarayonida ijtimoy normalarga mos xulq – atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.

- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.

- insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan qadriyatlar tizimi ayniqsa ijtimoiy, manaviy – madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`rganishga etibor qaratiladi.

- o`yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqat madaniyatini rivojlantirish ko`zda tutiladi.

Didaktik o`yinlar texnologiyalari o`quvchi faoliyatining faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchiga ijobiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o`yinlar o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tatqiq qilish hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash axloq – odob o`rgatish, nutq o`stirish til o`rgatish, yangi bilimlar o`rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo`rdam beradi.

Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini oshirib borishi bilan alohida o`ringa ega.

Quyida kimyo darslarida didaktik o`yinlar qo’llash haqida fikr yuritamiz. 



Ishchanlik o`yin darsi – dars mavzusi bo`yicha masalalarni hal etish jarayonida o`quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o`zlashtirish mashqi.

Kimyoda “7-sinifda Suvning tarkibi va xossalari” mavzusida o`quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo`lib xar bir guruhga sovollar beriladi.




  1. Suv qanday modda. 2. Suvdan qanday foydalanamiz. 3.suvning tarkibi qanday. 




Ro`lli o`yin darsi - dars mavzusi bo`yicha masalalarni o`rganishda o`quvchilarga oldindan ma’lum ro`llarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro`lni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi.

Masalan; 7-sinifda “Birikmalardagi elementlar atomlarining valentligi” mavzusida o`quvchilarga element belgilari berilib ularni valetlik asosida birikishi ko`rsatiladi.

H2 O H-------O ----------H , NO N-------O--------N. 

Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog`liq sahna ko`rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo`yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.

8-sinif “Elektrolitlar va elektrolitmaslar ”mavzusiga sahna ko`rinishi tayyorlash mumkin



Kompyuter darsi – tegishli o`quv fani bo`yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari ( multimediya, virtual o`quv kursi va shu kabilar ) asosida o`tiladigan dars. 

Kim oshdi savdosi darsi – o`quv fani ayrim bo`limi bo`yicha bilimlarni har bir o`quvchi qanchalik ko`p bilishini namoyish etish darsi. Bunda o`quvchlarga sovollarni berib to`gri lavoblarni yutib olishini tashkil qilinadi. 

Yamarka darsi – dars mavzusini bo`laklar bo`yicha oldindan o`zlashtirish o`quvchilarning o`zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o`tiladigan dars. 

Formulalar darsi – o`quvchilarning formulalarni puxta o`zlashtirishlari bo`yicha turli o`yinlar shaklidagi mashqlar o`tkazish darsi. Bunda o`quvchilarga reaksiya tenglamalari yozilgan varaqlar beriladi va ularga mos sherikni toppish aytiladi, natijada o`quvch bilimini tekshirish mumkin. 

O`yin darsi – dars mavzusiga mos o`yin orqali o`quvchilarning o`zlashtirishlarini tashkil etish darsi. 

Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi – dars mavzusini oldindan puxta o`rgangan o`quvchilar yordamida qiziqarli savol – javoblar, tahlillar asosida isbotlab, tushuntirish mashqlari bo`lib, bunda o`quvchilar dars mavzusini o`zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar. 

Integral ( integratsiyalangan ) dars – bir nechta fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo`lgan mavzular bo`yicha tashkil qilingan dars (5) O`qitishning individuallashuvi jamoa bilan yanada chuqur bog`lanishiga olib boradi, jamoadagi o`zining “men” ini namoyish qilishning, shaxsiga aylanishning yorqin istiqbollarini vujudga keltiradi. Shaxsni ta’sir ko`rsatishning jamoaviy vositasida tarbiyalash – unda jamiyatga to`g`ri munosabatni tegishli faoliyat bilan qo`shilishining axloqiy – estetik normalar haqidagi, ularga ongli yondashish to`g`risidagi tushunchalarni tarkib toptirishni bildiradi. Mustaqillik va faollikni, o`ziga xoslikni rivojlantirish esa ijtimoiy konstruktiv – ijodiy ishlarda o`zini yaqqol namoyon etishdir.

“Individuallik” – tushunchasi shaxsning boshqa kishilardan farqlanadigan alohida va yagona xususiyatini o`z ichiga oladiki, bu xususiyat shaxsga jamiyatda o`ziga xoslik va takrorlanmaslik baxsh etadi, yani kishi – kishini eksploatatsiya qilmaydigan tizimda jamiyat va shaxs o`zaro qarama–qarshi bo`lmaydi. Har qanday individullikning betakrorligi jamiyatdan ajralib qolmaydi, balki jamiyatning uzviy bog`liqligi uning manfaatlarini va harakat qonuniyatlarini tushinishdadir. Jamiyatsiz shaxs bo`lmaydi, individullik bo`lmaydi, chunki kamolatning manbai jamiyatdadir. Shaxsning kamol topishida o`zining kuch g`ayrati, bevosita faoliyati juda katta ro`l o`ynaydi. Bizning tarbiya va talim tizimimiz har bir bolada iste’dod, faollik, onglilik va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Avval xususiyatlarni hisobga olib, umumiylikni, keyin umumiyni hisobga olib, alohidalikni rivojlantirish kerak. Respublikamizda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo`yicha izlanishda o`qitishning yangi shakllari asta – sekin mustahkam o`rin olmoqda. Bular gimnaziya, ixtisoslashtirilgan sinflardir. Lekin ta’limning yangi shakllari asosan maktabning o`rta va yuqori bo`g`inlariga dahldordir. Ho`sh, boshlang`ich maktabda nimalar bo`lyapti? Boshlang`ich maktab har qanday holda ham o`quvchilardagi bilimlarni shakllantirishda va ularning qobilyatlarini aniqlashda asosiy rol o`ynaydi, keyin ham shunday bo`lib qoladi. Ammo boshlang`ich maktabdagi barcha o`quvchilar, bolalarning qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun tegishli ishlarni amalga oshiryaptimi? Masalan : nima uchun yuqori sinflarda a’lo bahoga o`zlashtiradigan bolalar soni kamayib bormoqda? Maktabni bitta yoki ikkita o`quvchi imtiyozli bitirishini qanday tushinish kerak? Iste’dodli, qobilyatli bolalar yo`qmi yoki o`qitish jarayoni shunchalik samarasiz bo`lib qolganmi? Bularning sababi nima? Sababi ko`p. Birinchidan, boshlang`ich sinflar o`qituvchining bolalar bilan individual ish olib borish imkoniyati cheklangan. Sinflarda bo`sh o`zlashtiradigan o`quvchilarga e’tibor berish zarur.

Kimyoga oid qiziqarli mavzularga krossvord, rebus va ijodiy izlanishga undaydigan masalalarni kiritish mumkin. Bunday qiziqarli masalalar quyidagi didaktik talablarga javob berish kerak.

1.Qiziqarli masalalar tezkor va obrazli fikrlashni rivojlantirib, ularni yechish jarayonida ijodiy motivatsiya hosil qilishi.

2.Taqdim etilayotgan materialning o`quvchilar uchun yangi va qiziqarli bo`lishi.

3. O`quvchilarning o`quv-biluv faoliyati darajasini oshirish maqsadida topshiriqlarning mazmunida uni turli usullar bilan yechilishining ko`zda tutilishi.

4. Qiziqarli masalalarning yechish jarayonida bosqichma-bosqich o`quvchilarning ijodkorligini yuzaga chiqarishga yo`naltirilishi.

5. O`quvchilarning mustaqil ishlashini taminlash uchun topshiriqlarning variativ bo`lishi.

6. Topshiriqlarni o`quvchilarning fazoviy tasavvur va tafakkurini rivojlantirishga qaratilishi.

Kimyoni o`qitishda krossvord va rebuslardan foydalanish o`quvchilarni zeriktirmaslikka, kimyo atamalaridan so`z boyligini oshirish va tez fikrlashga o`rgatadi. Kimyoga oid rebursni tuzoishda turmushda uchraydigan va o`quvchilarga ma’lum bo`lgan obyektlar, shakllar yoki tajribalarni tanlash maqsadga muvofiq. Rebusda berilgan turli hil obyektlar, shakllar va tasvirlar o`quvchilarga ma’lum bo`lgani uni o`qitishning hamma bosqichida qo`llash mumkin. O`quvchilarni fanga qiziqtirish, darsda qiziqarli masalalar va didaktik o`yinlardan unumli foydalanib faol o`quv – biluv jarayonini vujudga keltirish orqali o`quvchilarning grafik tayyorgarligi darajasini oshirish va kasbiy shakllantirish mumkin. O`quv jarayonida didaktik o`yinlar o`quvchilarning oldiga qo`ygan maqsadidan kelib chiqib:

1. Yangi mavzular tushuntirishdan oldin (bunda o`yin muammoli vaziyat sifatida )

2.Yangi mavzuni tushuntirish vaqtida ( o`quvchilarning diqqatini jalb qilish maqsadida )

3.Mavzuni mustahkamlashdan oldin, shuningdek o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakasini tekshirish vaqtida ( o`quvchilarni o`ziga hos o`yinga jalb etib, kichik guruhlar xosil qilish va raqobatni yuzaga keltirish ) qo`llash mumkin.

Yuqoridagi fikrlar aosida kimyo fanidan didaktik o`yinlar ishlab chiqish va imkon qadar kompyuter o`yinlari tarzida yaratib, dars jarayonida foydalanish o`quvchilarning qiziqishini orttiradi. Kimyo fanidan yaratilgan o`yin dasturlari o`quvchilarda o`quv motivatsiyasini shakllantirishga, ijodiy fikrlashga, mustaqil ishlash va bilim boyligini oshirishga xizmat qiladi.

Kimyo fanida kompyuter o`yinlarini ishlab chiqish texnologiyalari quyidagi bosqichda amalga oshiriladi.

1.O`quvchilarni o`zlashtirishida murakkab bo`lgan mavzu tanlab olinadi.

2.O`yinning maqsadi va sharti tanlab olinadi.

Ta’limiy maqsad – o`yin davomida o`quvchi mavzuning mohiyatini to`liq tushunib oladi.

Tarbiyaviy maqsad-o’quvchilarda kuzatuvchanlik, ziyraklik, ogohlik, topqirlik va estetik did kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.

Rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarning fazoviy tasovvur qilish, mantiqiy fikrlashva ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

3.Tanlangan mavzu bo’yicha o’quvchini o’ylashga va fikr yuritishga majbur qiladigan, eng asosiysi, o’yinni o’ynashga ehtiyoj sezdiradigan qiziqarli dizayn va g’oya yaratiladi.

4.O`yinning tuzilishi va o’ynash bosqichlari ishlab chiqiladi.

5.O`yin metodi asosida o’quvchilarning tanlangan mavzu bo’yicha bilm ko’nikmalarini shakillanishini ta`minlovchi pedagogik talablar aniqlanadi.



6.O`quvchining boshlang’ich bilmini va o’zlashtirilishini nazorat qiluvchi masalalar tizimi ishlab chiqiladi.

7.O’yin meto’dining samaradorligini aniqlovchi nazorat va kompleks topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi. 
Download 24,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish