Kuygan bemorlarni parvarish qilish.
Kuygan bemorning to‘shagi iflos bo‘lmasligi uchun matras bilan choyshab orasiga albatta kleyonka solinadi. Ichki kiyimlarini umumxirurgik bemorlarga nisbatan, tez-tez almashtirib turish kerak, chunki bunday bemorlarda yara yuzasi katta bo‘lganidan kiyim ko‘pincha yaradan ajralayotgan suyuqlikni shimadi. Uncha katta bo‘lmagan soha kuyganda terini haftada bir marta oddiy gigiyenik vanna qilib tozalash oson. Ko‘p joy kuyganda esa tadrijiy, umumgigiyenik vannalardan tashqari, terining sog‘lom joylari har kuni 2% li bor spirt eritmasi bilan artib turiladi. Davolashda va parvarish qilishda kuygan bemorni ovqatlantirish juda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |