Baxtsiz hodisalar xarakteri
|
Ehtimolligi
|
Avtofojea (halokat)
|
4000 dan 1
|
Qulash
|
10000 dan 1
|
Alanga va yonuvchi moddalar ta’siri
|
25000 dan 1
|
So‘vga cho‘kish
|
30000 dan 1
|
O‘q otadigan qurollardan jarohatlar
|
100000 dan 1
|
Aviahalokatlar
|
100000 dan 1
|
Jismlarning qulashi
|
160000 dan 1
|
Elektrjarohat
|
160000 dan 1
|
O‘raganlar-bo‘ronlar
|
2500000 dan 1
|
Mehnat muhofazasi–mehnat jarayonida insonning mehnatga layoqati va salomatligini saqlash, xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi ijtimoiy–iqtisodiy, texnik, gigienik, davolash profilaktik, hamda tashkiliy tadbirlar va vositalar qonuniy aktlarning tizimidan iborat.
Mehnat muhofazasi borasida asosiy vazifalar–ishlab chiqarish jarohatlari, kasbiy xastaliklarning oldini olish hamda butun dunyoda mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Unumli mehnat va hordiq rejimlarini tashkil qilishini ko‘zda tutuvchi mehnat muhofazasi bilan mustahkam bog‘liq. Ilmiy mehnat boshqarmasini qo‘llash, hayotga tadbiq etish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, inson salomatligi va mehnatga yaroqliligini saqlashga imkon beradi.
Mehnat sharoitini tubdan o‘zgartirish, moliyaviy xarajatlarni talab etuvchi kasblarni qisqartirishga olib keladi, biroq bunda asab tarangligini oshirish bilan bog‘liq kasblar soni o‘sadi. SHuning uchun mehnat muhofazasining zamonaviy uslublaridan psixologiya, mehnat gigienasi va ergonomika kabi fanlar yutuqlaridan keng qo‘llaniladi.
Mehnat muhofazasi mehnatning xavfsiz va bezarar sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq. Mehnat muhofazasi qonunlari majmuasi masallarini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlayotgan zararli ishlab chiqarish omillariga ta’sirning oldini oluvchi vositalar va tashkiliy, gigienik, sanitariya–texnik tadbirlar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi. Yong‘in xavfsizligi mehnat muhofazasi qonunlari majmuasiga bevosita bogliq. Butun dunyoda mehnat qonunchiligi ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlari muhofazasini belgilaydi, mehnatning o‘ta qulay sharoitlarini ta’minlaydi.
Xavfsizlik–tushunchasi deganda ishlash davomida insonga ta’sir etuvchi xavfsizlikni va inson salomatligiga ta’sir etuvchi xolatdir. Xavfsizlik tizimi ob’ekt ximoyasi bo‘yicha qo‘yidagilarga bo‘linadi: insonni xayot faoliyati davomida shaxsiy va jamao xavfsizlik tizimiga, texnogen tizimlar xavfsizligiga, ekologik xavfsizlik tizimiga, milliy xavfsizlik tizimidagi global xavfsizlik tizimlariga.
Texnogen xavfsizlikning eng kerakli elementlari bo‘lib qo‘yidagilarni aytish mumkin:
insonlarni va boshqa ob’ektlarni biosferaga va atrof muhitga texnik ta’sirlarni ma’lum darajada chegaralaydi, ya’ni ekologik salbiy oqibatlarga olib kelmasligiga erishish;
texnogen avariya va katastrofalarni olib keluvchi holatni minimal darajasiga olib kelishini ta’minlash, ro‘xsat etilgan me’yorlar va o‘zini oqlay olgan ko‘rsatgichlarni ijtimoiy-ekologik omillar va halqaro me’yorlarni nazarda tutugan holda;
texnogen xalokat va ofatlarda hayot xavfsizligini ta’minlash, inson sog‘ligini hozirda va kelajak avlodlarga ta’sir etmasligini ta’minlash.
Ekolgik xavfsizlikda hayotiy eng muxim bo‘lgan talablar, yashash uchun kerak bo‘lgan sharoit, insonnni rivojlanishi jamoa, davlatlarga atrof muhitni ekologik sferada eng qulay sharoitlarni ta’minlay olishda:
inson salomatligini maksimal yuqori ko‘rsatgichlariga erishish;
insonlarni va tirik organizmlarni yashashlari uchun hamma talablariga javob bera olish;
o‘rtacha umrni integral ko‘rsatgichini imkoni boricha maksimal darajasiga erishish.
Ekologik xavfsizlik o‘z ichiga xavflarni oldini olish va ekologik xavfni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlarini yo‘qotish, ya’ni insonlarni xayotini va sog‘liklarini saqlash va atrof muhitni himoyalashdir.
Ekologik xavfsizlikning tashkiliy ishlaridan biri: tabiiy muxini ifloslantiruvchilarga qarshi kurashish, ya’ni buning uchun texnolgiyani rivojlantirgan holda chiqindilar, yig‘ilib qolgan sanoat va maishiy axlatlar, atrof muhitni radioaktiv ifloslantiruvchilar bilan kurashish, ekologik toza texnologiyalarni, transportni, energetikani yaratish, tabiiy resurslarlardan oqilona foydalanish va boshqalar.
Halokatga olib kelish albatta insonning o‘zi sababchi bo‘ladi, chunki yul hararkatlariga, yong‘in kelib chiqishiga, elektr asboblaridan foydalanish qonunlariga roya qilmaslik va boshqa narsalarga engil qarashlik oqibatidan kelib chiqadi.
Hayot faoliyati fanini o‘rganish: mehnat muhofazasi va favqulotda sharoitlarda xavfsizlik choralaridan iborat.
Mehnatni muhofaza qilish–bu ijtimoiy, iqtisodiy, sanitariya- gigiena, mehant qonunlari va tashkiliy chora tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog‘ligiga va mehnat qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan.
Inson jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosoiy kuch ekanligini hisobga olib, uning xavfsizligini va sog‘ligini saqlash ijtimoiy taraqqkiyot yo‘lidagi muxim omil hisoblaniladi. SHuning uchun xam sanoat korxonalarida maxsulot etishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jaroxatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqishi manabalarini yo‘qotish, shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallikning manbai bo‘lmasdan qo‘vonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo‘lishini ta’minlashga xararkat qilish zarur.
Sanoat korxonalarida to‘qkis sanitariya–gigiena sharoitlarini ta’minlash, og‘ir qo‘l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va kasb kasalligini butunlay yuqotish chora tadbirlarini amalga oshirish kerak, zero mehnat qilish faqat yashash vositasi bo‘lib qolmasdan, balki hayot talabi bo‘lib qolishi kerak.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi fani o`z tarkibiga inson faoliyatining atrof-muhit bilan aloqasi, mehnat faoliyatidagi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligi bo`limlarini qamrab olgandir. Hayotiy faoliyat xavfsizligi printsip va usullar asosida: baxtsiz, hodisalar, qurbonlar va ular natijasida kelib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarini keng miqyosda qo`yadigan va hal qiladigan fandir. HFX-bu har qanday ko`rinishdagi faoliyatga qo`llanishi mumkin bo`lgan xavfsizlikning nazariy asosidir.
«Hayotiy faoliyat xavfsizligi» kursi bo`lg`usi mutaxassislarni mehnat muhofazasining ilmiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish va ularda ishlab chiqarishdagi mehnat sharoiti hamda mehnat muhofazasini yaxshilash muammolarini ijobiy hal etishga qiziqish uyg`otishga mo`ljallangan. Buning ilmiy zamini esa quyidagilardan iboratdir.: ishlab chiqarishda shikastlanish, kasalliklar, ishlab chiqarishda sodir bo`ladigan yong`in hamda portlashlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish; ishlab chiqarishdagi xavflilik va zararlilik darajasini o`rganish; to`qimachilik, paxta, ipak va engil sanoatda qabul qilingan yoki joriy etishga tavsiya etiladigan, og`ir hamda sermehnat ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni ko`zda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholash. Mazkur kurs «Ergonomika», «Muhandislik psixologiyasi», «Mehnatni ilmiy tashkil qilish», «Texnik estetika», «Mehnat fiziologiyasi va gigienasi», «Huquqshunoslik», «Iqtisodiyot», «Atrof muhitni muhofaza qilish» kabi fanlar bilan bog`langandir.
2. HFX fanining diqqat markaziga qo`yilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi roli.
Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli, u bilan bog`liq masalalarni o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Hozirgi vaqtda inson-tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi. Shu xavf-xatarlar natijasida juda ko`p insonlar hayotdan ko`z yumadilar (Armanistodagi zilzila, Chernobil AES halokati, Jigaristondagi er siljishi, Admiral Naximov paroxodining cho`kishi, Serdlovskiyda Chelyabinsk-Ufa temir yo`l uchastkasida portlash va h.k.). Shuning natijasida 3000 dan ortiq odam halok bo`ldi. 20000 odam nogiron bo`ldi va 200000 odam kasallandi.
Hayotiy faoliyat xafvsizligi tushunchasida ko`p uchraydigan ta'riflar bilan belgilanadi.
Faoliyat-insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kerakli sharoit. Mehnat-faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, inosnning ta'rifi-harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.
Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo`lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi.
Xavflar-yashirin (potentsial) va haqiqiy bo`ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo`lishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataladi. Xavf va sabalarni misollar (raqamlarda) ko`rish mumkin:
So`nggi 30 yil ichida (69-1990 y.) tabiiy ofat ikki marta ko`paygan;
1909 yildan 1974 yilgacha asabiy kasalliklar 24 marta ko`paygan;
Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bo`lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz hodisa natijasida bo`lgan. Har qanday faoliyat yashirin (potentsial) xavflidir. Shu bilan birga xavf darajasini boshqarish ham mumkin. Buf ikr mutlaqo xavfsiz faoliyat bo`lmasligiga asoslangan.
Xavfsizlik – bu ayrim extimollarga asoslanib paydo bo`ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir.
Xavfsizlik – bu maqsad, HFX bo`lsa shu maqsadga erishish uchun qo`llanadigan vositalar, yo`l-yo`riq, qo`llanmalar usullardir.
HFX – bu xavf-xatarlarni o`rganish va insonni himoya qilishni o`rganadigan fandir.
3. Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyil (printsip)lar va usullar ko`rilayotgan bilim sohasida aloqador to`g`rsida to`la tasavvur qilishga metodologik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |