Hozirgi zamon arab adabiy tili va lahjalari.
XIX asrga kelib arab tili tarixida
yangi bosqich boshlandi. Klasik adabiy arab til asosida uning yangi shakli-zamonaviy
arab tili vujudga keldi. Milliy yuksalish harakati - an-nahda - arab tilini o‘zgarayotgan
yangi hayot sharoitiga moslashuvini talab qildi. Zamonaviy arab tili XIX asrning
ikkinchi yarmida milliy-ozodlik harakati jarayonida yanada rivojlanib ketdi. Shu
davrda yashab ijod qilgan yirik yozuvchilar, shoirlar, publitsistlar zamonaviy arab tilini
yaratishda o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar. Bular: misrlik Ahmad Shavqiy
Ibrohim, Abdulloh Nodim, Mustafo Komil, Jurji Zaydon, livanlik Nasif al-Yazijiy,
Butrus al-Bustaniy, Ahmad Foris ash-Shidyaq, Amin ar-Rayhoniy, suriyalik adib
Ishoq, Abdurahmon al-Kavakibiy va boshqalar.
Zamonaviy arab tili hozirda
22 ta
arab davlatlarida «Davlat tili» maqomidadir.
U ilm, fan, matbuot, badiiy adabiyotda, ijtimoiy-siyosiy, ommaviy xabarlarda, ta’lim-
tarbiya muassasalarida, radio, televideniye, barcha davlat hujjatlari olib borishda
qo‘llanadi. Zamonaviy adabiy arab tili har xil arab davlatlarida yashovchi arab xalqlari
uchun umumiy bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarida va yaqinlashish jarayonida
muhim vositadir.
Mustaqil O‘zbekiston hozirgi kunda arab davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy,
madaniy aloqalar o‘rnatmoqda. Arab tlini yahshi o‘zlashtirib, bemalol gaplasha
oladigan arab tilida puhta tarjima qilib, ilmiy tadqiqotlar olib boradigan
mutahassislarga talab katta. Shu bois respublikamizda arab tilini o‘rganishga ahamiyat
berilib kelmoqda ekan, butun dunyoda arab tili jahon tili sifatida mavqei oshganligini,
ko‘p davlatlarda uni o‘rganilayotganligini hisobga olib, nazarda tutishimiz kerak.
Jahondagi 15 yirik tilning bittasi arab tilidir.
Adabiy arab tili bilan bir qatorda har bir arab davlati o‘z shevasiga ega. Hozirgi
arab shevalari bir tomondan zamonaviy arab adabiy tilidan, ikkinchi tomondan bir-
biridan talaffuz, lug’at va nahv jihatida sezilarli darajada farq qiladi. Hatto bir shevada
gapiruvchi ikkinchi shevada so‘zlovchini tushunmasligi mumkin. Arab mamlakatlarida
lahjalar faqatgina og’zaki nutqda foydalanilmasdan, balki radio eshittirishda, teatr, kino
va adabiyotda o‘z o‘rnini topmoqda. Ayniqsa, misr adabiyotida salmoqli o‘rin tutgan
she’riy asarlar yaratilgan. Adabiy asarlardagi so‘zlashuv-dialog ko‘pincha lahjalarda
yoziladi. Ba’zi bir yozuvchilar o‘z asarlarini ham adabiy tilda, ham lahjada yozadilar.
Masalan, mashhur yozuvchii Mahmud Taymur birinchi bo‘lib ikki tilda yozish uslubini
qo‘llagan. Keng tarqalgan arab shevalarini o‘rgatish arab tilini o‘rganish jarayonida
o‘rin olgan.
Arab tilining tahsirini o‘zbek tilida ham kuzatish mumkin. Mashhur tilshunos
olim Fotih Abdullaev o‘zbek tilidagi arabizm haqidagi tadqiқot ishlarida
55-60
foiz
arab so‘zlarining o‘zbek tiliga o‘zlashganligini aytadilar. Hozirgi O‘zbekiston
hududida yashagan ko‘p shoir va yozuvchilar arab va fors tillarida ijod etganlar, ular
“نيناسللا وذ”
(ikkitillik) yozuvchilar deb atalgan.
Ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan boy mahnaviy merosimiz, asosan, arab
yozuvidagi manbalar orqali yetib kelgan. Ma’lumki, bu yozuv arablarnigina emas, balki
arab bo‘lmagan ko‘pgina sharq xalqlarining adabiyoti va fanida qo‘llanib kelgan harf-
tovushli yozuvdir. U qadimgi finikiy yozuvining oromiy tarmog’idan kelib chiqqan.
Milodning III–IV asrlarida shakllanib, arab tilining ifodasi uchun qo‘llana boshlagan
va “arab yozuvi” nomini olgan. Oromiy alifbosida
22 ta
harf bo‘lgan. Arablar bu
alifboga
6 ta
yangi tovush harf
(ث ح ذ ض ظ غ) qo‘
shib, 28 taga yetkazganlar.
Tillarni o‘rganadigan fan tilshunоslik ilmi
)ِةَغُّللا ُمْلِع(
dеb ataladi. Uning:
1.
Fоnеtika
ُمْلِع(
)ِتا َوْصَلأا
- tоvush va uning yozuvdagi ifоdasini o‘rganuvchi fan;
2.
Mоrfоlоgiya
)
ُف ْرَّصلَا(
- so‘zlarni o‘rganuvchi fan;
3.
Sintaksis
) ُوْحَّنلَا(
- gap tuzilishini o‘rganuvchi fan turlari bоr.