1-mavzu: Kirish. Fanning
Vazifasi, maqsadi va tarixi.
Viruslarning asosiy
Xususiyatlari
O’QITUVCHI: ASS. ABDURAXMONOV.SH.M.
Reja;
1.Kirish.
2. Fanning vazifasi, maqsadi va tarixi.
3. Viruslarning asosiy xususiyatlari.
K I R I Sh
O‘simliklarning kasalliklari hosil sifati va miqdoriga salbiy ta’sir
Ko‘rsatib qolmasdan, balki ularni butunlay nobud qiladi. Xozirgi ekologik
Sharoitda kasallangan o‘simlik maxsulotlarini iste’mol qilish insonlar
Salomatligiga, ishlab chiqarish jarayonida va xo‘jaliklar iqtisodiyotiga salbiy
Ta’sir ko‘rsatmoqda.Barcha o‘simliklarning kasalliklari zamburug‘lar,
Bakteriyalar, viruslar, mikoplazmalar, aktinomitsetlar tomonidan keltirib
Chiqariladi va ular miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. Bu kasalliklarga qarshi
Kurash jarayonida insonlar ularga bevosita (kimyoviy, fizikaviy) va bilvosita
(agrotexnik, seleksiya) ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada, kasallik qo‘zg‘atuvchi
Mikroorganizmlarning xususiyatlari o‘zgarib, yangi tur va shakllari vujudga
Kelmoqda. Xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, savdo munosabatlarining kengayishi
Bir davlat xududidagi kasallik va ularning qo‘zg‘atuvchilarini boshqa xududlarga
Tarqalib o‘z arealini kengayishiga sabab bo‘lmoqda.
Ekinlar kasalliklari to‘g‘risida fitopotologik bilimlar saviyasi kasallikning kelib
Chiqishi, tarqalishi, zarari, patogenlik jarayonining sabablarini to‘g‘ri bilish, ularga qarshi
Kurashning ilmiy asoslangan choralarini ishlab chiqish imkonini beradi.
O‘simlik kasalliklariga qarshi kurash ularning hosildorligini oshirish, isrof qilmasdan
Saqlash maqsadida qaratilgan yagona iqtisodiy siyosatini amalga oshirib qolmasdan, balki
Zararsiz, xavfsiz kimyoviy va biologik vositalardan foydalangan holda inson salomatligini,
Hamda tashqi muxitni muxofaza qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda har bir fermer, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari ekinlarning
Kasalliklarini to‘g‘ri aniqlab, zamonaviy kurash choralarini qo‘llash asosida, hosildorligini
Saqlab qolish yo‘llarini bilishni taqozo qilmoqda.
Jaxon qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan maxsulotlarning 30% dan ortig‘i vegetatsiya
Davomida kasalliklar, hasharotlar, begona o‘tlar salbiy ta’siri natijasida, 20% ularni
Omborxonalarda saqlash jarayonida nobud bo‘ladi. Bu zararning miqdorini kamaytirishda,
Aholiga ekologik sof oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda kasalliklarni keltirib chiqargan
Mikroorganizmlar turlar tarkibini bilish, ularning biologik xususiyatlarini o‘rganish,
Kasalliklarga qarshi to‘g‘ri kurash choralarini ishlab chiqish muhim ilmiy va amaliy
Axamiyatga ega.
Kasalliklarga qarshi kurashdan ko‘ra uning oldini olish muhimdir. Buning uchun kasallik
Qo‘zg‘atuvchilarini to‘g‘ri aniqlash, kasallik belgilarining namoyon bo‘lishi, infeksiya
Manbalarini bilish, ularning ekinlarga keltiradigan zararini keskin kamaytiradi va ekinzorlarning
Fitosanitariya holatini yaxshilash imkonini beradi.
Ekinlarning kasalliklariga qarshi agrotexnik, biologik, fizikaviy, kimyoviy kurash
Choralari keng qo‘llanilmoqda. Bu kurash choralarini to‘g‘ri belgilashda malakali
Mutaxassislarning bilim saviyasi va ko‘nikmalari asosiy rol uynaydi. Keyingi yillarda matbuotda
O‘simlik kasalliklariga qarshi kurash borasida ko‘p fundamental ishlar chop etilgan bo‘lsada,
Ular xorij mutaxassislari tomonidan rus, ingliz tillarida yozilgan bo‘lganligidan mahalliy
Mutaxassislarga yetib borishida va kadrlar tayyorlashda ularning adabiyotlar bilan
Ta’minlanishida o‘ziga xos qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda. Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda
Virusologiyadan o‘quv qo‘lanmani chop etilishi muhim qadam bo‘ladi.
Virusologiya fanidan davlat tilida yaratilgan o‘quv qo‘llanma mualliflarning Respublikada
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni hayotga tadbiq qilish borasidagi sayiharakati natijasidir.
Mualliflar umid bildiradiki, ushbu o‘quv qo‘llanma o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha
Mutaxassislar, agronomlar, fermerlar, aspirantlar, magistrlar, talabalar uchun foydali bo‘lib, uni
Kelajakda yaxshilash uchun mushtariy o‘quvchilarning fikr, muloxazalarini mamnuniyat bilan
Qabul qiladi.
1.1.Fitopatogen viruslarni o‘rganish tarixi
XIX asrning oxirida fitopatologlarning ob’ekti sifatida patogenlarning yangi guruhi –
Viruslar yuzaga chiqdi. Viruslar inson, hayvon va o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi juda
Mayda (submikroskopik – yorug‘lik mikroskoplarida ko‘rinmaydigan) organizmlardir. Ular
Hujayra tuzilishiga ega emas, sun’iy ozuqa muhitlarida o‘smaydi va faqat xo‘jayin
Organizmning tirik hujayralari ichida hayot kechiradi.
Viruslarning o‘simliklar kasalliklari paydo bo‘lishidagi roli aniqlanishi
Fitopatologiyaning yana bir – fitovirusologiya yo‘nalishiga asos yaratdi.
1886 yilda gollandiyalik olim A. Mayer (Adolph Mayer) mozaika bilan zararlangan
Tamaki bargidan olingan shira sog‘lom o‘simlikka kiritilganda unda ham mozaika
Rivojlanishini aniqladi. Kasal o‘simlikda va undan olingan shirada zamburug‘lar mavjud
Bo‘lmagani sababli, A.Mayer kasallikni bakteriya qo‘zg‘atadi, deb xulosa qildi.
1892 yilda rus tadqiqotchisi D.I. Ivanovskiy (1864-1920) zararlangan tamaki bargi
Shirasidagi tamaki mozaikasi kasalligini qo‘zg‘atuvchi organizm bakterial filtrdan o‘ta
Olishini, demak, qo‘zg‘atuvchi bakteriya emasligini isbotladi. Ammo D.I. Ivanovskiy tamaki
Mozaikasini birorta bakteriyaning toksini yoki juda mayda, bakterial filtrdan ham o‘ta
Oladigan bakteriya qo‘zg‘atishi mumkin, degan xulosaga keldi.
1898 yilda yilda M.U.Beyerink (Martinus Willem Beijerink) (1851-1931) D.I.Ivanovskiy
Tajribalaridan ba’zilarni takrorladi va tamaki mozaikasini mikroorganizm emas, balki “infeksion
Tirik suyuqlik” qo‘zg‘atadi va bu suyuqlikning nomi “virus” deb xulosa qildi.
Ammo yana taxminan 40 yil davomida (1935 yilgacha) hech bir olimda viruslarning tabiati,
Tuzilishi, kattaligi, shakli, kimyoviy xususiyatlari va ko‘payish usullari haqida g‘oya paydo
Bo‘lmadi. Bu vaqt davomida qo‘zg‘atuvchilari virus hisoblangan bir qancha o‘simlik kasalliklari
(jumladan, bodring, pomidor, loviya, kartoshka, mevali va rezavor mevali daraxtlarning belgilari
Tamaki mozaikasinikiga o‘xshash bo‘lgan kasalliklari) bayon qilindi, ammo ularning
Qo‘zg‘atuvchilarini aniqlay olishmadi, chunki viruslarning tabiati bu davr davomida
Noma’lumligicha qoldi. Buning sababi – viruslarni odatdagi mikrobiologik usullar yordamida
Tadqiq qilib bo‘lmasligi, jumladan, juda mayda bo‘lgani uchun ularni oddiy yorug‘lik
Mikroskoplarida ko‘rib, tekshirish hamda sun’iy ozuqa muhitlarida o‘stirish mumkin emasligi edi.
Viruslarni tadqiq qilish uchun an’anaviy mikrobiologik metodlarni emas, balki yangi
Metodlarni qo‘llash lozim edi. Bu yo‘nalishda keyingi muvaffaqiyatga amerikalik bioximik va
Virusolog U.M.Stenli (Wendell Meredith Stanley) (1904-1971) erishdi. U 1935 yilda tamaki
Mozaikasi virusi (TMV) bilan zararlangan tamaki barglaridan olingan shiraga ammoniy sulfat
Qo‘shib, cho‘kmada kristall shaklli oqsilni ajratdi. Bu oqsilli cho‘kmani tamaki barglariga
Ishqalaganda TMV kasalligining xarakterli belgilari paydo bo‘ldi.. U.Stenli TMV kasalligini ushbu oqsil qo‘zg‘atadi, deb xulosa qildi. Ammo keyinchalik bu
Xulosa noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
1936 yilda ingliz olimlari F.Bouden va boshqalar ushbu kristallar tarkibida oqsildan
Tashqari, ribonuklein kislotasi (RNK) ning past konsentratsiyalari ham mavjudligini isbotlashdi.
TMV ning zarrachalarini birinchi marta elektron mikroskopda 1939 yilda Kosh va b.
(Kausche et al.) ko‘rishdi.
Nihoyat, 1956 yilda Gerrer (Gierrer) va Shramm (Schramm) TMV shirasidan olingan
Kristalldan oqsilni ajratib olishdi hamda butun genetik ma’lumot qolgan RNK tarkibida
Ekanligini va bu RNK bilan tamaki barglarini sun’iy zararlaganda virus to‘la reproduksiya
Qilinishi mumkinligini ko‘rsatib berishdi.
U. Stenli, F. Bouden, Gerrer, Shramm va boshqalarning tadqiqotlari viruslarning
Xususiyatlarini keng miqyosda o‘rganishga yo‘l ochib berdi. Ko‘p boshqa viruslar kristall
Shaklida ajratib olindi va ularning kimyoviy tarkibi aniqlandi. Keyinchalik fitopatogen
Viruslarning aksariyatining nuklein kislotalari bir-ipli RNK, ba’zilariniki ikki-ipli RNK,
Boshqalariniki esa bir yoki ikki-ipli DNK ekanligi isbotlandi.
Fitovirusologiya fanining rivojlanishiga rus olimlaridan A.A. Yachevskiy, V.L. Ro‘jkov,
M.S. Dunin, A.M. Vovk, S.N. Moskoves, I.K. Atabekov, Yu.I. Vlasovlar o‘z hissalarini
Qo‘shganlar.
Oxirgi yillarda kasalliklarni oldindan aytish uchun matematik modellar, ob-havo
Ta’sirida ham kasallik qo‘zg‘atuvchilarni aytish mumkin. Bundan tashqari, ko‘pgina iqtisodiy
Va matematik tadqiqot usullari o‘simliklarni himoya qilish samaradorligini baholashda
Ishlatiladi (Vlasov Yu,1982, Dementeva, Dyakov,1984).
O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish, yuqori samaradorlikka erishish uchun, kasal
O‘simlikda kechayotgan jarayonni chuqur o‘rganish ahamiyatini, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning
Biologik ahamiyatini, atrof – muhitning ta’siri, infeksiyaning tarqalishi va manbaalarini bilish
Kerak.
O‘zbekiston respublikasida o‘simliklarni virus va mikoplazmalar keltiradigan
Kasalliklarni o‘rganishda S.A.Asqarova, A.G.Xolmurodov, N.G.Zaprametov, M.A.Karimov,
A.Vaxobov, S.M.Xodjibaeva, M.E.Mavlyaniy va J. Yuldashovlar hissasi kattadir.
S.A.Asqarova 1965 yil Botanika institutida, virusologiya va bakteriologiya
Laboratoriyasini tashkil etgan. Mikrobiologiya institutida, mutaxassislar molekular sharoitda
Fitopatogenlarning biologik, fiziologik, biokimyoviy guruhlarini o‘rganmoqdalar.
Hozirgi vaqtda respublikamizda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yetarli mutaxassislar
Tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida o‘simlik kasalliklarini himoya qilishda katta hissa
Qo‘shmoqdalar.1-MAVZU : VIRUSLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI.
Viruslarning asosiy xususiyatlari.
Viruslar juda mayda (submikroskopik) insonlar, xayvonlar va o‘simliklarda
Kasallik qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, quyidagi xususiyatlari bilan ta’riflanadi: ular sun’iy
Oziqa muhitlarida rivojlanmaydi, xujayra tuzilishiga ega emas, faqat tirik xujayrada
Ko‘payadi, genlari nuklein kislotadan iborat. Zararlanish ob’ektlariga qarab
Zoopatogen viruslar (xayvonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi) va fitopatogen viruslar
(o‘simlik viruslari) bagteriofaglar (virus bakteriyalar), sianofaglar (siyohrang yashil
Suv o‘tlari virusi) dir. (Vlasov, 1982, Popkova.K.V. 1989, Dyakov, 1976).
Ivanovskiy tamaki mozaikasini o‘rganib chiqqandan so‘ng, aynan shu
Kasallikni golland mikrobiologi M.Beyerink (1898) o‘rganib, kasallik
Qo‘zg‘atuvchisi virus bo‘lganligi sababli, virus zahar deb nom qo‘ydi. 1935 yil
Amerikalik olim U.Stenli tamaki mozaikasining virusini sof kristal holda ajratdi,
1937 yil angliyalik bioximik olim F.Bouden va N.Piri tamaki mozaikasining virusi
95 % oqsil va 5 % nuklein kislotadan iboratligini aniqlagan. (Vlasov.Yu.I., 1982 y).
Viruslarning tuzilishi va morfologiyasi
Viruslarning asosiy xususiyatlaridan biri, ularning kristall hosil qilishidir.
Viruslarning kristalga aylanib qolish jarayoni tamakining mozaika bilan kasallangan
Barg to‘qimalarida aniqlashgan. (Cherimsinov) U.Stenli (1935) yilda tamakining
Mozaika virusini juft kristall holida ajratib oldi. Zamonaviy biokimyoviy tajribalar
Orqali, viruslarni kasallangan o‘simlik shirasidan, juft kristallar holida ajratib olish
Imkoniyati mavjuddir. Viruslarning ma’lum sharoitda kristall holga o‘tishi ularning
Parazitlik xususiyatini pasaytirmaydi. Kristall holida ajratib olingan viruslar o‘z
Virulentlik xususiyatini saqlab qoladi. Uni sog‘lom o‘simlik to‘qimasiga yuborganda
Oldingi virus manbasi bo‘lgan o‘simlikdan olingan shira va kristall holdagi viruslar
Yana aynan o‘sha kasallikni qo‘zg‘atadi.
Virus bo‘lakchalarining shakllari.
Ko‘pchilik fitopatogen viruslarni morfologik tuzilishiga ko‘ra 4 ta guruhga
Bo‘lish mumkin; tayoqchasimon, ipsimon, batsillasimon va o‘ralgan. Viruslarning
Asosiy qismi nuklein kislota va oqsil qobig‘idan (kapsid) iborat bo‘lib,
Nukleoproteidlar o‘tishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Virus bo‘lakchalarining xajmi ularning tuzilishi va shakli, virus turlari,
Rivojlanish, fazasiga bog‘liq. Xujayrada viruslarning rivojlanishini hosil bo‘lishini
Tugashi, voyaga yetgan va tinchlik davrini suruvchi shakllari quyidagi xajmlarga
Ega: tamaki mozaikasining virioni 300x 15 nm, bodring mozaikasi virusi – 2 da
(Cucumis virus –2) 280 x 16 nm kartoshkaning X – virusi esa 730x60 nm,
Shaftolining X-virusining sferik shakldagi virioni – 50 nm, bodring mozaikasi
(Cucumis virus –1) 35 nmdir. (Dyakov, 1984; Dementeva).
Viruslarning kimyoviy tarkibi.
Viruslarning kimyoviy tarkibini o‘rganish bilan ancha ilgari shug‘ullanilgan.
1935 yil V.M.Stenli birinchi bo‘lib tozalangan VTM preparatini ajratib oldi. Virus
Bo‘lakchalarini umumiy analiz qilinganda, quyidagi kimyoviy elementlar miqdori
Aniqlandi: uglerod ( 50 %), vodorod ( 7 %), azot (15-17 %), fosfor (0,5-0,4 %),
Oltingugurt ( 0-16 %) va kul tarkibi.
Viruslar kimyoviy tarkibiga qarab nukleoproteidlar hisoblanib, ular oqsil va
Nuklein kislotalardan iborat. Viruslar tarkibida nuklein kislotalarning bittasi, RNK
(ribonuklein kislota) yoki DNK (dezoksiribonuklein kislota) ishtirok etadi.
Ko‘pchilik fitopatogen viruslar tarkibida RNK mavjudligi aniqlangan. (DNK esa
Bakteriyalarda parazitlik qiluvchi virus bakteriofaglarda, issiqqonlilarda parazitlik
Qiluvchi viruslarda DNK mavjud). Nuklein kislotalar virus bo‘lakchalarining
Markaziy qismini egallab, uning ko‘rinishi spiralga simmetrik joylashgan
Molekulalar holida bo‘ladi.
Miqdori bo‘yicha virus zarrachalarida nuklein kislota miqdori kam qismni
Tashkil qiladi. ( Kartoshkaning X- virusida 5-6% nuklein kislota bo‘lib, qolgan 95-
99% oqsilni tashkil etadi).Lekin kasallik infeksiyasini tashuvchi va irsiy belgilarni
Ko‘chiruvchi aynan nuklein kislotalar. Oqsil esa nuklein kislotalarni saqlovchi,
Himoya qiluvchi qobiq vazifasini o‘taydi. (Suxov,1985 va boshqalar).
Zamonaviy bilim darajasi yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi viruslar
Quyidagi xususiyatlarga ega ekanligini tan oladi.
Ular faqat xo‘jayin organizm tanasida yoki tashuvchisida ko‘payadi, sun’iy
Oziqa muhitlarda o‘smaydi, o‘ziga xos ko‘payish xossasiga ega.
Xujayra to‘qimasiga ega emas, asosan oqsil qatlami bilan o‘ralgan RNK (bir
Yoki ikki zanjirli) va DNK dan iborat bo‘ladi.
Nuklein kislotalar viruslarning genlari hisoblanib, xo‘jayin organizmning
Ferment tarkibi hisobiga reproduksiyalanadi.
Nuklein kislota – infeksiya tashuvchi bo‘lib, oqsil esa himoyalash (RNK va
DNK) funksiyasini bajaradi
Viruslarning kimyoviy va fizik ta’sirlarga chidamliligi.
Issiqlik viruslar uchun hamma boshqa organizmlarga kabi katta ahamiyatga
Ega. Viruslar yuqori issiqlik haroratiga turlicha chidamlilik xususiyatiga ega.
Viruslarning issiqlikka chidamliligi ularni identifikatsiya (aniqlashda) asosiy
Ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Infeksion (zararlangan) shirani 10 diqiqa
Qizdirgandan so‘ng virus butunlay (inoktivatsiya) ajraladi, bunda
(intensivaktivatsiya) issiqlik nuqtasi aniqlanadi. Ko‘pchilik fitoviruslarda IIN .500
-
600 S oralig‘ida bo‘ladi. Shu bilan birga chidamsiz viruslar (pomidorda bronzalanish
Virusi 430S inaktivatsiyaga uchraydi) va issiqlikka chidamli viruslar M: VTM da
Inaktivatsiya 920
-950S ba’zi shtammlarda 980 S da sodir bo‘ladi.
Virus bilan zararlangan barglarni muzlatib qo‘yish yoki ular shirasini siqib
Olish viruslarning yuqumlilik xususiyatiga aytarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ultra binafsha nur
Ultra binafsha nur bilan viruslar o‘z fizik-kimyoviy va genlarga qarshilik
Ko‘rsatish xususiyatini yo‘qotmagan holda tez inaktivatsiya qilinadi. Ba’zi
Viruslarda ultra binafsha nurlar bilan ishlov berilgandan keyin yana yuqumlilik
Xosiyati tiklanadi.
Bu ko‘rinish «fotoreaktivatsiya» degan nom olgan. Kasallikka beriluvchan
O‘simlikka inaktivirovat qilingan virusni yuborilganda fotoreaktivatsiya holati ancha
Muddat o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Kimyoviy birikmalar.
Tadqiqotlar jarayonida ma’lum bo‘lishicha viruslarni inaktivirovat qiluvchi
Qator kimyoviy moddalar aniqlangan. Ularga oqsilni denaturat holga aylantiruvchi
Yoki RNK ni inaktivatsiya qiluvchi va virus bo‘lakchalarining ikkala komponentiga
(ingibirovat) ta’sir qiluvchi reagentlar kiradi.
Ularga organik erituvchilar, azot kislotasi, formaldegid, gidroksilamin ba’zi
Fermentlar organik kislotalardan mochevina, og‘ir metall tuzlari, tapinlar kiradi.
Viruslarning latent holati. Viruslar orasida latentlik (simptomsiz) holat
Uchraydi, bunda o‘simlikda virus mavjudligi hech qanday belgi ( simptom)
Bermaydi. O‘simlikda viruslarning latentlik (belgisiz) holati ko‘p tarqalgan.
Latentlik holatining muddati yoki davomiyligi har xil viruslarda turlicha o‘tadi, bu
Muddat ekin ekilgan joyining atrof muhitiga va issiqlik haroratiga bog‘liq. Bu
Hollarda ba’zan virus kasalligi belgilarining (maskirovkasi) ko‘rinmasligi kuzatiladi.
(Rodigin).
Viruslarning quritilgan holatda saqlanishi.
Ko‘p viruslar quritilgan holda saqlanadi. Ammo ularning hammasi ham
Tirik o‘simlikdan tashqarida yashash, chidamlilik xususiyatiga ega emas. Bunga
Misol: tamaki mozaika virusi quruq tamakida 30 yil va undan oshiqroq saqlanib,
Bodring virusi esa quritilgan barglarda bir kecha kungina saqlanadi xalos.
Pomidordagi bronzasimon virus esa uy haroratida 4-10 soatdan keyin
Inaktivatsiyaga uchraydi. (Rodigin)
Viruslarning saqlanishi.
Organik ozuqaga muhtoj bo‘lgan viruslar, faqat, tirik o‘simliklarda, virus
Tashuvchi hashorat organimizmida saqlanib qolish xususiyatiga ega.
Vegetativ ko‘payuvchi o‘simliklarda viruslar tuganaklarida, ildizmevasida,
Piyozboshilarida saqlanib qoladi.
Tuganaklarda asosan kartoshka hosilini zararlovchi viruslar, lavlagi ildiz
Mevasida mozaika sarg‘ayish kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslar qishlab qoladi.
Tuproqda o‘simlik qoldiqlarida qishlovchi viruslar eng chidamli mozaika
Guruhidagi viruslar bo‘lib, ular tamakining mozaika virusi (VTM), bodring virusi 2
Va boshqalardir.
Mozaika viruslarining asosiy qismi urug‘lik materiallarda saqlanib qoladi,
Bular bodring virusi no‘xot mozaika virusi, loviya mozaika virusi, danakli meva
Daraxtlarining xalqali viruslaridir. (Vlasov ,1982 Dementeva)
Viruslar zararlash xususiyatiga qarab 2 xil bo‘ladi. Ayrimlari faqat bir xil
Turdagi o‘simliklarni zararlaydi – Cucumus virus 2 (bodringning ko‘k mozaika
Virusi) faqat bodring o‘simligini, ba’zan qovoqdoshlar oilasiga mansub ekinlarni
Zararlaydi.
Cucumus virus 1 – virusi esa qovoqdoshlar bilan bir qatorda boshqa botanik
Oilalarga mansub grechixa, shpinat, pomidor o‘simliklarni zararlaydi. (Suxov).
Viruslarning ko‘payishi
Virus bo‘lakchalari to‘qima tuzilishiga ega bo‘lmay, ularning
Ko‘pchiligi fermentsiz bo‘ladi. Shu sababli ularning ko‘payish usullari ham
Boshqachadir. Virus bo‘lakchalar o‘simlik xujayralariga tushganda oqsil va nuklein
Kislotalariga bo‘linadi. Virusni har xil zararlanishdan himoya qiluvchi oqsil endi
Unga keragi bo‘lmay qoladi.Virusning nuklein kislotalari esa o‘simlik xujayrasidagi
Nuklein kislotalar faoliyatini to‘xtatib qo‘yib, xujayrada modda almanishini o‘z
Qo‘liga oladi. Tirik xujayra esa endi faqat virus uchun zarur bo‘lgan fermentlar
Ishlab chiqaradi. Bu fermentlar xujayrada mavjud oqsili va nuklein kislotalaridan
Yangi virus bo‘lakchalari paydo qiladi. Xujayrada bunday zarrachalar soni bir necha
Mln.gacha yetadi. Shunda xujayra qattiq xolsizlanib, virusning ko‘payish fazasi
To‘xtab, tinchlik davrini o‘tovchi fazasi boshlanadi.
Viruslarning reproduksiyasi
Molekular biologiyaning rivojlanishi ko‘p jihatdan viruslarning qayta
Tiklanish mexanizmini bilib olishni aniqladi.
Keyingi yillarda o‘simlik viruslarini protoplazmada, kallus, xujayralarda
Alohida o‘stirilgan in vitro barg xujayrasida, virus tashuvchilarda va xujayrasiz oqsil
Sintez qilish sistemasi RNK ni uzaytirishda kultivirovat qilish
Viruslarning…ko‘payishini aniqlashda yangi yo‘nalishlarni ochadi.
Bu o‘rinda nuklein kislotalarning, genlar va xromosomalarning o‘z-o‘zidan
Paydo bo‘lishi nigizida DNK va RNK sintezi yetadi deb tushuniladi.
Yangitdan sintezlangan nuklein kislotalar virus oqsillaridan yangi virus
Zarrachalari yaraladi bu o‘z-o‘zini yaratish» dir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
M.Ya.Moldovan. – Virusnыe bolezni tabaka v Moldavii i meropriyatiya
Po borbe s nimi. Avtoref.d.b.n. Kishinev,1974
Yu.I.Vlasov i dr. – Virusnыe bolezni ovoщnыx i baxchevыx
Kultur.Leningrad. 1973
3..I.V.Panarin –Zaщita zlakovыx kultur ot virusnыx bolezney.
Moskva ,1985.
4.V.A.Shmыglya i dr.- Metodы diagnostiki virusov v seleksii i
Semenovodstve kartofelya.Moskva. 1987..
.5. V.A.Shmыglya.- Diagnostika virusnыx i mikoplazmennыx bolezney
Kartofelya. Moskva. 1977.
6. Yu.I.Vlasov i dr. Selskoxozyaystvennaya virusologiya. Kolos. Moskva.
2-mavzu: G‘o‘za va
G‘alla ekinlarini virusli
Kasalliklari va qarshi
Kurash choralari.
O’QITUVCHI: ASS. ABDURAXMONOV. SH.M.
Reja;
1.G‘o‘za bargining bujmayishi.
2.G‘o‘za barg shaklining o‘zgarishi (kurchavost)
3.Kuzgi bug‘doy mozaikasi.
4.Kuzgi bug‘doy mozaikasi.
5.Bug‘doyning chiziqchali mozaikasi.
6.Arpaning tasmacha (chiziqcha) shaklli mozaikasi.
7.Makkajo‘xori mozaikasi, makkajo‘xorining
Pastbo‘ylilik mozaikasi va jo‘xorining qizil chiziqchali
Kasalligi.
G‘o‘za bargining bujmayishi.
Ushbu kasallik faqat MDH mamlakatlarida uchraydi. Kasallik birinchi marta 1934
Yilda Ozarbayjonda keyinchalik Turkmaniston, Tojikiston va Armeniyada aniqlangan.
Kasallikni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, uning zarari g‘o‘zani shonasini guli va
Ko‘sagini keskin kamayishi hatto 50 % gacha kamayishiga olib keladi. Kasallik erta paydo
Bo‘lsa g‘o‘zaning generativ a’zolari umuman hosil bo‘lmaydi va o‘simlik o‘sishdan orqada
Qolib pakana bo‘lib qoladi. Shu bilan birgalikda tola va chigit sifati yomonlashadi (tola
Uzunligi qisqaradi, uning sifati pasayadi, chigit yengil bo‘lib qoladi va unib chiqish energiyasi
Pasayadi).
Zararlangan ingichka tolali g‘o‘za navlari o‘sishdan orqada qoladi, poya qisman
Egiladi va poya bug‘in oralig‘i qisqaradi. Zararlanishning asosiy belgilaridan biri g‘o‘za o‘suv
Nuqtasining rivojlanmasligi va uning o‘rnida bir qancha yosh barglarning paydo bo‘lishidir bu
Barglar boshqa barglardan kichkinaligi bilan ajralib turadi. Zararlangan barg va gul kosa
Barglari barg tomiri tomonga qarab egiladi va barg truba shakliga kiradi. Natijada barg rangi
O‘zgarib och-yashil tusga kiradi. Kasallik belgisi asosan g‘o‘zaning shonalash davrida va
Yig‘im – terim oldidan paydo bo‘ladi (2-rasm).
Kasallikka tashxis qo‘yish usuli sifatida kimyoviy usul qo‘llaniladi bunda o‘simlik
Sharbati rangi o‘zgarishi bilan uning xarakterli belgilari aniqlanadi.
G‘o‘za bargini bujmayishi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi virus. Ushbu virusning
Morfologik belgilari o‘rganilmagan.
Tadqiqotlarni ko‘rsatishiga o‘simlik inokulyatsiya qilinganda virus yuqmaydi,
Faqatgina virus o‘simlik bitlari orqali tarqaladi. Bu bitlarga shaftoli biti, akatsiya biti, g‘o‘za
Bitlari kiradi. Virusning rivojlanishini eng past davri xashoratlarda 10 soatni, o‘simlikda esa
1-2 oyni tashkil etadi. Virus zararlangan o‘simlikdan tashqari urug‘ orqali ham tarqaladi.
Shuning bilan birgalikda begona o‘tlardan surepkada ham saqlanadi. Zararlangan o‘simlik
Qoldiqlarida va tuproqda virus saqlanmaydi.
Hozirgi kunda bizning respublikamizda g‘o‘za bargining bujmayishiga qarshi olib
Borilgan tadbirlar yaxshi natijalar bergan, buning birgina misoli qilib kasallikka chidamli
G‘o‘za navlarini yaratilganligidir. Bundan tashqari yuqori agrotexnik tadbirlarni amalga
Oshirilishi, begona o‘tlarni yo‘q qilinishi va o‘simlik bitlariga qarshi olib borilayotgan
Kurash choralari yaxshi samara bermoqda.
G‘o‘za barg shaklining o‘zgarishi (kurchavost)
Ushbu kasallik tufayli Sudan va Nigeriya davlatlarida g‘o‘za hosilini 20 % gacha miqdori
Yo‘qotilgan. Kasallik natijasida ko‘sak soni keskin pasayib ketadi.
Kasallik bilan kuchli zararlangan o‘simlikni barg plastinkalari va meva o‘simtalari
Bujmayadi, buning natijasida asosiy poya yaxshi rivojlanmaydi ya’ni uning bug‘in oralig‘i
Qisqarib ketadi va bir xillikni hosil qilmaydi. G‘o‘za navlariga qarab kasallik belgilari farqlanadi.
Masalan, g‘o‘zaning Gossypium barbadense avlodi turida kasallik natijasida barg
Tomirlari ingichkalashadi va yangidan yosh kichik bujmaygan barglar rivojlanadi, ularning chetlari
Pastga yoki yuqoriga qarab bujmayadi.
Gossypium hirsutum avlodiga mansub g‘o‘za navlarida kasallik mozaika belgisi
Ko‘rinishida rivojlanadi. Kasallikning dastlabki belgilari barg tomirlarini och tusga kirishi bilan
Boshlanadi, keyinchalik barg plastinkasi yoppasiga olachipor rangga kiradi. Dog‘larni rangi och-
Yashil rangdan och-sariq ranggacha rivojlanib oq tusga kiradi. Bargning ustki qismida shishlar
Paydo bo‘ladi. Poya bo‘g‘in oralig‘ining qisqarishi natijasida o‘simlik pakana bo‘lib qoladi.
Infeksiya manbai bo‘lib kasallangan g‘o‘za ildizi va zararlangan ko‘p yillik begona o‘tlar
Hisoblanadi. Qarshi kurash choralari. Ushbu kasallikni bartaraf qilishning asosiy yo‘llaridan biri
Kasallikka chidamli navlarni yaratish va ularni ekish. G‘o‘zani o‘z vaqtida ekish va kasallikni
Tarqatuvchi hashorotlarga qarshi kimyoviy kurash choralarini qo‘llash yuqori samara beradi.
Kuzgi bug‘doy mozaikasi.
Ushbu kasallik birinchi bo‘lib Rossiyaning Voronej viloyatida topilgan va
O‘rganilgan, keyinchalik Moskva va Quybishev viloyatlarida, Krasnadar
O‘lkasida va Markaziy Osiyoda aniqlangan va o‘rganilgan.
Kasallikni xarakterli belgisi barglarni mozaika rangiga ya’ni och-yashil
Rangga kirishi va barg tomirlari bo‘ylab sariq chiziq hosil bo‘lishidir.
Kasallangan bug‘doy qishlab chiqsa yoppasiga boshoqlash davrida o‘simlik
Razetka ko‘rinishga ya’ni asosiy poya ikkiga bo‘linib qoladi. Ko‘pchilik
O‘simliklar umuman boshoq hosil qilmaydi. Kuzgi bug‘doy kasalligining asosiy
Belgisi mozaika va o‘simlikni o‘sishdan orqada qolishdir. Ushbu virusli kasallik
Bilan bug‘doydan tashqari arpa, suli, tariq zararlanadi.
Hozirgi vaqtda kasallikni iqtisodiy zarari kamaytirilgan buning sababi
Agrotexnik kurash choralarini yaxshi amalga oshirilganligidir.
Kuzgi bug‘doyning mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus-viroinlari
Batsilla shaklida bo‘lib uzunligi 260 + 20 nm, eni 60 + 5 nm bo‘ladi.
Virusning batsilla shaklidagi qismlari kasallikni tashuvchi sikadka hashorotidan
Ham topilgan.
Virusga tashxiz qo‘yish usullaridan asosan elektron-mikroskopik usuli
Hisoblanadi. Ushbu kasallik bilan begona o‘tlardan Setaria glauca va S.
Veridislar ham zararlanadi.
Kasallik asosan sikadka hashoroti va uni tuxumi orqali tarqaladi.
Infeksiya asosan kuzgi bug‘doyda saqlanib qishlab chiqadi.
Kurash choralari. Bug‘doyni o‘z vaqtida ekish (muddatdan oldin
Ekmaslik), urug‘lik bug‘doyni miqdoriga qat’iy e’tibor qilish, begona o‘tlarni
Yo‘q qilish, bug‘doyni kuzgi bug‘doy va kuzgi ekinlardan uzoqda ekish, o‘suv
Davrida sikadka xashorotiga qarshi kurashish. Muddatdan oldin ekish kasallikni
Kuchli tarqalishiga olib keladi, bu esa kasallikni tarqatuvchi xashorotlarni
Rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
Arpaning sariq pastbo‘yliligi. Ushbu kasallik ko‘pgina mamlakatlarga tarqalgan
Shuningdek, Ukraina, Shimoliy Kavkaz va Baltika bo‘yi mamlakatlarida ham tarqalgan.
Kasallikning xarakterli belgisi bo‘lib asosan arpa bargining uchki qismini oltinsimon sariq
Rangga kirishi hisoblanadi. Zararlangan o‘simlik egilib qoladi va uning pastbo‘yli bo‘lishi
Kuchayadi. Arpadan tashqari virus bilan suli, sholi, bug‘doy, makkajo‘xori va boshqa
Madaniy va yovvoyi o‘simliklar zararlanadi. Virusning kriptogrammasi quyidagichadir; R
/1 : 2/* : S/s : S /Ap.
Arpaning sariq pastbo‘ylilik kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus kartoshka bargini
Bujmaytiruvchi viruslar guruhiga kiradi. Virionlari izometrikdir. Virus qismlarining
O‘lchami 25 nm ga tengdir. Virusga tashxiz qo‘yish usullari bo‘lib indikatorli va elektron-
Mikroskopik usul hisoblanadi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi virusni tarqatuvchi va tashuvchi bo‘lib o‘simlik bitlari hisoblanadi
(3-rasm).
Kurash choralari: kuzgi bug‘doy mozaikasiga qarshi kurash choralari bilan bir xil.
Bug‘doyning chiziqchali mozaikasi. Kasallik AQSh, Kanada, Yevropaning
Bir qancha davlatlarida, Shimoliy Kavkazda, Ukrainada, Moldaviyada va Markaziy
Osiyoda tarqalgan.
Bug‘doy virus bilan zararlanganda o‘simlikda kuchsiz och yashil chiziqlar hosil
Bo‘ladi, ushbu chiziqlar asosan barg tomirlarida yaqqol ko‘rinadi. Kasallik rivojlana borgan
Sari o‘simlik sarg‘aya boshlaydi, o‘sishdan orqada qoladi va zararlangan barg qismlari
Qurib qoladi. Kasallangan o‘simlik boshoqlarida qisman don hosil bo‘ladi yoki umuman
Bo‘lmaydi.
Bug‘doyning chiziqchali mozaika virusi kriptogrammasi; (BChMV) : R/1 :2.8 /* :
Ye/Ye : S/E : S/Ac.
Virus virionlarining hajmi 700 nm atrofida .
Virusga tashxiz qo‘yish usullari bo‘lib elektro mikroskopik va serologik usul hisoblanadi.
Ushbu virusli kasallikni tashuvchilar bo‘lib o‘simlik kanalaridan Aceria avlodiga
Kiruvchilar hisoblanadi.
Kasallik bilan bug‘doydan tashqari arpa, suli va boshqa begona o‘tlar ham zararlanadi.
Kurash choralari: Kuzgi bug‘doy mozaikasiga qarshi kurash choralari bilan bir xil.
Arpaning tasmacha (chiziqcha) shaklli mozaikasi. Kasallikni tayoqcha shaklli,
O‘lchami 125-150x30 nm keladigan virus (Barley stripe mosaic virus) qo‘zg‘atadi. Kasallik
MDHda Latviya, Ukraina, Moldova, Shimoliy Kavkaz va Rossiyaning Noqoratuproq
Zonasida qayd etilgan.
Zararlangan o‘simliklarning barglarida parallel joylashgan och-yashil yoki sariq
Tasmachalar hamda to‘q-qo‘ng‘ir tusli, to‘g‘ri yoki ba’zan «v» shaklli nekrotik chiziqchalar
Hosil bo‘ladi. Kasallik belgilari arpa navi va virus shtammiga bog‘liq holda o‘zgaruvchan
Bo‘ladi. Erta va kuchli zararlangan o‘simliklar o‘sishdan orqada qoladi va xunuk shaklli
Boshoqlar hosil qiladi.
Zararlanadigan o‘simliklar. Virus bilan, arpadan tashqari, bug‘doy va shakar
Makkajo‘xori (ba’zan qiltiqsiz yaltirbosh ham) zararlanadi. Ularning barglarida och-yashil
Yoki oqish tasmachalar hosil bo‘ladi, ba’zan barglar butunlay oqaradi. Virusning tashuvchisi
Aniqlanmagan. Patogen zararlangan o‘simliklardan olingan urug‘lik don orqali tarqaladi.
Zararlangan arpa donida virus hayotchanligini 10 yilgacha saqlashi mumkin. O‘simliklar
Qancha erta zararlansa, virusning hosilga zarari ham shunchalik katta (3-jadvalga qarang).
Makkajo‘xori mozaikasi, makkajo‘xorining pastbo‘ylilik mozaikasi va
Jo‘xorining qizil chiziqchali kasalligi.
Ushbu yuqorida qayd etilgan kasalliklarni barchasini bitta fitopatogen virus
Qo‘zg‘atadi. AQShda ushbu kasallikni makkajo‘xorining pastbo‘yliligi deb Yevropada esa
Oddiy mozaika deb nomlanadi.
Makkajo‘xorida ushbu kasallik mozaika ko‘rnishida bo‘lib kuchsiz yoki kuchli
Rivojlanishi mumkin. Zararlangan o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi. Kasallik o‘simlikning
Generativ a’zolarini rivojlanishiga ta’sir etadi ya’ni makkajo‘xori supurgisi deformatsiyaga
Uchraydi va sutasi yaxshi rivojlanmaydi. Zararlangan jo‘xorida esa och yashil dog‘lanish va
Chiziqchalar paydo bo‘ladi vaqt o‘tishi bilan esa och yashil dog‘lar sarg‘ish va qizg‘ish botiq
Dog‘lar ko‘rinishiga kiradi.
Makkajo‘xorining pastbo‘ylilik mozaikasi yoki jo‘xorining qizil chiziqchalik
Kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus potiviruslar guruhiga kiradi. Uning kriptogrammasi : */* : */* :
Ye/Ye : S/Ar.
Yuqorida ko‘rsatilgan virus shakar o‘simligi (stiviya) virusiga yaqin va uning shtammi
Hisoblanadi
Makkajo‘xorining past bo‘ylilik va jo‘xorining qizil chiziqchali
Kasalligini qo‘zg‘atuvchi virusning ipsimon qismlarining xajmi
670….. 780 nm. Ni tashkil etadi. Virus mexanik usulda ya’ni uning
Sharbati orqali oson yuqadi. Virusning rivojlanishi uchun 50-55 *C
Harorat kerak bo‘ladi. Virusga tashxis qo‘yish usullaridan asosan
Elektro – mikroskopik va serologik usul hisoblanadi. Virusni
Tashuvchisi asosan o‘simlik bitlaridir. Virusni rivojlanishi uchun
Qulay o‘simlik bu g‘umay o‘simligidir, unda rivojlangan virusni
O‘simlik bitlari boshqa o‘simliklarga yuqtiradi.
Kurash choralari: Kasallikka chidamli navlarni ekish begona
O‘tlarni ya’ni asosan g‘umayni yo‘q qilish va o‘simlik bitlariga qarshi
Kurashish.
2 – Mavzu. Fitopatogen viruslarni o‘rganish tarixi
XIX asrning oxirida fitopatologlarning ob’ekti sifatida patogenlarning yangi
Guruhi – viruslar yuzaga chiqdi. Viruslar inson, hayvon va o‘simliklarda kasallik
Qo‘zg‘atuvchi juda mayda (submikroskopik – yorug‘lik mikroskoplarida
Ko‘rinmaydigan) organizmlardir. Ular hujayra tuzilishiga ega emas, sun’iy ozuqa
Muhitlarida o‘smaydi va faqat xo‘jayin organizmning tirik hujayralari ichida hayot
Kechiradi.
Viruslarning o‘simliklar kasalliklari paydo bo‘lishidagi roli aniqlanishi
Fitopatologiyaning yana bir – fitovirusologiya yo‘nalishiga asos yaratdi.
1886 yilda gollandiyalik olim A. Mayer (Adolph Mayer) mozaika bilan
Zararlangan tamaki bargidan olingan shira sog‘lom o‘simlikka kiritilganda unda ham
Mozaika rivojlanishini aniqladi. Kasal o‘simlikda va undan olingan shirada
Zamburug‘lar mavjud bo‘lmagani sababli, A.Mayer kasallikni bakteriya qo‘zg‘atadi,
Deb xulosa qildi.
1892 yilda rus tadqiqotchisi D.I. Ivanovskiy (1864-1920) zararlangan tamaki
Bargi shirasidagi tamaki mozaikasi kasalligini qo‘zg‘atuvchi organizm bakterial
Filtrdan o‘ta olishini, demak, qo‘zg‘atuvchi bakteriya emasligini isbotladi. Ammo
D.I. Ivanovskiy tamaki mozaikasini birorta bakteriyaning toksini yoki juda mayda,
Bakterial filtrdan ham o‘ta oladigan bakteriya qo‘zg‘atishi mumkin, degan xulosaga
Keldi.
1898 yilda yilda M.U.Beyerink (Martinus Willem Beijerink) (1851-1931)
D.I.Ivanovskiy tajribalaridan ba’zilarni takrorladi va tamaki mozaikasini
Mikroorganizm emas, balki “infeksion tirik suyuqlik” qo‘zg‘atadi va bu
Suyuqlikning nomi “virus” deb xulosa qildi. Ammo yana taxminan 40 yil davomida
(1935 yilgacha) hech bir olimda viruslarning tabiati, tuzilishi, kattaligi, shakli,
Kimyoviy xususiyatlari va ko‘payish usullari haqida g‘oya paydo bo‘lmadi. Bu vaqt
Davomida qo‘zg‘atuvchilari virus hisoblangan bir qancha o‘simlik kasalliklari
(jumladan, bodring, pomidor, loviya, kartoshka, mevali va rezavor mevali
Daraxtlarning belgilari tamaki mozaikasinikiga o‘xshash bo‘lgan kasalliklari) bayon
Qilindi, ammo ularning qo‘zg‘atuvchilarini aniqlay olishmadi, chunki viruslarning
Tabiati bu davr davomida noma’lumligicha qoldi. Buning sababi – viruslarni
Odatdagi mikrobiologik usullar yordamida tadqiq qilib bo‘lmasligi, jumladan, juda
Mayda bo‘lgani uchun ularni oddiy yorug‘lik mikroskoplarida ko‘rib, tekshirish
Hamda sun’iy ozuqa muhitlarida o‘stirish mumkin emasligi edi.
Viruslarni tadqiq qilish uchun an’anaviy mikrobiologik metodlarni emas,
Balki yangi metodlarni qo‘llash lozim edi. Bu yo‘nalishda keyingi muvaffaqiyatga
Amerikalik bioximik va virusolog U.M.Stenli (Wendell Meredith Stanley) (1904-
1971) erishdi. U 1935 yilda tamaki mozaikasi virusi (TMV) bilan zararlangan
Tamaki barglaridan olingan shiraga ammoniy sulfat qo‘shib, cho‘kmada kristall
Shaklli oqsilni ajratdi. Bu oqsilli cho‘kmani tamaki barglariga ishqalaganda TMV
Kasalligining xarakterli belgilari paydo bo‘ldi. U.Stenli TMV kasalligini ushbu oqsil
Qo‘zg‘atadi, deb xulosa qildi. Ammo keyinchalik bu xulosa noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
1936 yilda ingliz olimlari F.Bouden va boshqalar ushbu kristallar tarkibida
Oqsildan tashqari, ribonuklein kislotasi (RNK) ning past konsentratsiyalari ham
Mavjudligini isbotlashdi.
TMV ning zarrachalarini birinchi marta elektron mikroskopda 1939 yilda
Kosh va b. (Kausche et al.) ko‘rishdi.
Nihoyat, 1956 yilda Gerrer (Gierrer) va Shramm (Schramm) TMV shirasidan
Olingan kristalldan oqsilni ajratib olishdi hamda butun genetik ma’lumot qolgan
RNK tarkibida ekanligini va bu RNK bilan tamaki barglarini sun’iy zararlaganda
Virus to‘la reproduksiya qilinishi mumkinligini ko‘rsatib berishdi. U. Stenli, F.
Bouden, Gerrer, Shramm va boshqalarning tadqiqotlari viruslarning xususiyatlarini
Keng miqyosda o‘rganishga yo‘l ochib berdi. Ko‘p boshqa viruslar kristall shaklida
Ajratib olindi va ularning kimyoviy tarkibi aniqlandi. Keyinchalik fitopatogen
Viruslarning aksariyatining nuklein kislotalari bir-ipli RNK, ba’zilariniki ikki-ipli
RNK, boshqalariniki esa bir yoki ikki-ipli DNK ekanligi isbotlandi.
Fitovirusologiya fanining rivojlanishiga rus olimlaridan A.A.
Yachevskiy, V.L. Ro‘jkov, M.S. Dunin, A.M. Vovk, S.N. Moskoves, I.K. Atabekov,
Yu.I. Vlasovlar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Oxirgi yillarda kasalliklarni oldindan aytish uchun matematik modellar, ob-
Havo ta’sirida ham kasallik qo‘zg‘atuvchilarni aytish mumkin. Bundan tashqari,
Ko‘pgina iqtisodiy va matematik tadqiqot usullari o‘simliklarni himoya qilish
Samaradorligini baholashda ishlatiladi (Vlasov Yu,1982, Dementeva,
Dyakov,1984).
O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish, yuqori samaradorlikka
Erishish uchun, kasal o‘simlikda kechayotgan jarayonni chuqur o‘rganish
Ahamiyatini, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning biologik ahamiyatini, atrof – muhitning
Ta’siri, infeksiyaning tarqalishi va manbaalarini bilish kerak.
O‘zbekiston respublikasida o‘simliklarni virus va mikoplazmalar keltiradigan
Kasalliklarni o‘rganishda S.A.Asqarova, A.G.Xolmurodov, N.G.Zaprametov,
M.A.Karimov, A.Vaxobov, S.M.Xodjibaeva, M.E.Mavlyaniy va J. Yuldashovlar
Hissasi kattadir.
S.A.Asqarova 1965 yil Botanika institutida, virusologiya va bakteriologiya
Laboratoriyasini tashkil etgan. Mikrobiologiya institutida, mutaxassislar molekular
Sharoitda fitopatogenlarning biologik, fiziologik, biokimyoviy guruhlarini
O‘rganmoqdalar.
Hozirgi vaqtda respublikamizda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yetarli
Mutaxassislar tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida o‘simlik kasalliklarini
Himoya qilishda katta hissa qo‘shmoqdalar.
Fitopatogen viruslarning tuzilishi, o‘lchamlari, ko‘payishi va tarqalishi
Fitopatogen zamburug‘lar kabi viruslar ham o‘simlik kasalliklarining muhim
Qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. Ular o‘simliklarda keng tarqalgan va o‘ta zararli
Kasalliklar (virozlar) ni qo‘zg‘atadi. Keyingi o‘n yilliklarda aniqlangan fitopatogen
Viruslarning soni keskin ko‘paydi. Hozir viruslar bilan zararlanmaydigan bironta
Ham madaniy o‘simlik turi yo‘q. Viruslar bilan zararlangan ekin maydonlari
Kengaymoqda va hosil yo‘qotilishi oshmoqda.
Shakli hamda virus zarrasining molekular qurilishi haqida ko‘pgina ma’lumotlar
Berdi.
Viruslarning kattaligini o‘lchash uchun har xil usullardan
Foydalaniladi. Ulardan biri viruslarni teshiklarining kattaligi, avvaldan ma’lum
Kallodiy pardalari orqali o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash bo‘lsa, ikkinchisn — yuqori
Tezlik bilai (bir minutda 30-60 ming marta ) aylanuvchi sentrifugalarda, virus
Zarralarini cho‘ktirish yo‘li bilan aniqlashdir. Bir necha ming marta katta qilib
Ko‘rsatish qobiliyatiga ega, zlektron mikroskopning kashf etilishi, virus
Zarrasining kattaligi, formasi va nozik qismlarini ko‘rish va virus zarrasining
Tashkil topishi haqida malumot olish imkonini beradi (1 -jadval).
Jadval
Bakteriya, rikketsiy, virus va oqsil molekulasining solishtirma kattaliklari
Mikroorganzmlar
Eni x bo‘yi yoki diametri
(mkm)
Bakteriya 750
Rikketsiy 475
Uchuq virusi 150
Gripp 115
Bakteriofag T2 60 x80
Bakteriofag T3 45
Tamaki mozaika virusi 18x300
Yashur 20
Gemoglobin molekulasi 3x15
Viruslarniig kimyoviy tuzilishini o‘rganish ularning asosan nuklein kislota,
Oqsil va kul elementlaridan tashkil topganligini ko‘rsatdi. Bu uch qism hamma
Viruslarga ham xos bo‘lib, lipidlar va uglevodlar esa faqat murakkab viruslar
Tarkibida uchraydi.
Oqsil, nuklein kislota va kul elementlaridan tashkil topgan viruslar oddiy va
Minimal viruslar deb ataladi. Ularga o‘simlik viruslari hamda ba’zi bir hayvon va
Hasharot viruslari kiradi. Ammo kimyoviy jihatdan oddiy viruslarga yaqin
Bo‘lgan bakteriofaglarning tuzilishi juda murakkabdir.
Tarkibida yuqorida aytilgan uch qismdan tashqari lipid va uglevodlar
Uchraydigan viruslar murakkab viruslar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi ko‘pgina
Viruslar odam va hayvonlarda kasallik tug‘diradi.
Agar viruslar murakkabliligiga qarab, bir qatorga joylashtirilsa, ular jonsiz
Organik materiya bilan jonli bir hujayrali organizmlar orasidagi bo‘sh joyni
Egallaydi. Bu qatorda, oddiy va murakkab viruslar bilan birga, xlomidozoolar ham
Turadi. Xlomidozoolarda, xuddi hujayrali organizmlardagi kabi, nuklein
Kislotaning ikkala tipi uchraydi, bu guruhning eng oxirida rikketsiy turadi.
Rikketsiylar viruslar bilan bakteriyalar orasida turuvchi organizmlardir. Ular
Sintetik apparatlariniig yo‘qligi va hujayrada parazitlik qilishi bilan viruslarga
Yaqin bo‘lsada, morfologiyasi, ko‘payishi, kimyoviy tuzilishining murakkabligi
Bilai bakteriyalarga yaqin turadi.
Viruslar tabiatda, hujayradan tashqari (“virion”) va hujayra ichida
(“vegetativ” virus formasida) uchraydi.
Viruslarning murakkabligi va xususiyatlariga ko‘ra, olimlar (Atabekov,
1970) ularni shartli ravishda bir necha guruxlarga bo‘ladi.
1.Tayoqchasimon viruslar. Bu guruhga kiruvchi viruslar to‘g‘ri,
Bukilmaydigai, mo‘rt, silindir formasida o‘lib, ular tamaki chiporlanish kasalligi
Viruslari guruhi deyiladi. Bu guruhga uzunligi 130-300 millimikron eni 20
Millimikronga yaqin viruslar kiradi.
2.Ipsimon viruslar. Ipsimon viruslarniig zarrachalari oson
Bukuluvchan, elastiq va bir biri bilan matashishi xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ipsimon viruslarniig eni 10 millimikron atrofida bo‘lib, uzunligi 1 mikronga
Yetishi mumkin.
Viruslarning ipsimon formasi faqat o‘simlik virusiga xos deb hisoblanar
Edi. Ammo keyingi vaqtlarda DNK va RNK tutuvchi bakteriofag viruslarining ham
Ipsimon formalari topildi.
3.Sharsimon viruslar. Bu guruhga juda ko‘p xayvoi, o‘simlik,
Hasharot, zamburug‘, suv o‘tlari va bakteriofag viruslar kiradi. Sharsimon virus
Zarralari ko‘p qirralari steroidga o‘xshaydi. Bu xil virus zarralarining diametri
20 millimikrondan 130 millimikrongacha yetishi mumkin. Bu guruxga
Bakteriya, o‘simlik, hayvon va odamlarda kasallik tug‘diruvchi viruslar kiradi,
4. Tuxumsimon viruslar. Bu guruhga kiruvchi viruslardan beda
Chiporlanish virusini (20 x 60 mmk) ko‘rsatish mumkin.
5. Murakkab viruslar. Bu guruhga biologiyasi va morfologiyasi juda xilma
Xil, yuqorida keltirilgan viruslardan o‘zining murakkab tuzilishi bilan viruslar
Kiradi. Miksoviruslar (gripp, OITS virusi, qushlar o‘lati virusi va boshqalar) shu
Guruhga kirib, ancha katta (100-250 millimikron) va kompleks struktura hosil
Qiladi. Miksoviruslarga xos xususiyatlardan biri polimorfizm va virus zarrachasi
Ichida spiral strukturasiga ega nukleoprotoid ipining borligidir.
Kolbasimon viruslar xam murakkab viruslar guruhiga kirib, virus zarrasida
Ikki morfologik qism – bosh va dum qismi borligi bilan xarakterlanadi. Bu
Guruhga ko‘pgina bakteriya, aktinomitset, chechak va ba’zi hayvon viruslari
Kiradi. Virus zarrachalarining o‘ziga xos tuzilishi uning asosiy funksiyasi – o‘ziga
O‘xshash zarrachalarni xosil qilish vazifasini bajarish imkoniyatini beradi. Nuklein
Kislotasi virusining genetik funksiyasini bajarsa, oqsil qismi nuklein kislotani
Tashqi muhitdan to‘la muhofaza qilib, virus zarrasining avtonomligini
Ta’minlaydi va uning turg‘unlignni oshiradi.
Viruslarning kimyoviy tarkibi oqsil va nuklein kislotalaridan –
Nukleoproteidlardan – iborat. Nuklein kislotasi dumaloq shaklli viruslar tarkibining
15-45 foizi, tayoqchasimon viruslarning taxminan 5 foizi va batsilla shaklli
Viruslarning taxminan 1 foizini tashkil qiladi, ularning qolgan qismlari oqsildan
Iborat; masalan, kartoshka X-virusining zarrachalari tarkibida 5-6% RNK va 94
95% oqsil mavjud. Lekin aynan RNK infeksiya tashuvchi va irsiy belgilarni
Aniqlovchi agent bo‘lib, oqsil faqat ushbu nuklein kislotasini (virus hujayradan
Tashqarida bo‘lganida) himoyalovchi qobiq vazifasini bajaradi. Yetuk viruslarning
Nukleoproteid zarrachalari virion deb ataladi. Mollikyutlar (500 mln dalton) va
Bakteriyalar (1 500 mln dalton) bilan solishtirganda, viruslar nuklein kislotalarining
Og‘irligi kam: virus zarrachalari nukleoproteinlarining og‘irligi 4,6-7,3 mln dalton
Orasida, sof nuklein kislotalariniki esa 1-3 mln (ba’zilariniki esa 6-16 mln) dalton.
Viruslarning ko‘pchiligi RNK ga va faqat ba’zilari DNK ga ega (boshqa guruhlarga
Mansub bo‘lgan kasallik qo‘zg‘atuvchilari hujayralarida har ikki xil nuklein
Kislotalari mavjud).
Viruslarning ko‘payishi. Viruslarning nuklein kislotalari o‘sish va
Bo‘linib ko‘payishga qodir emas. Ular faqat o‘simlik hujayralarini nuklein kislotalari
Bilan zararlaganda, o‘simlikning ribosomalaridan foydalanib ko‘payadi; bu absolyut
Parazitizm hisoblanadi. Fitopatogen viruslarning ko‘pchiligida infeksion agent
Funksiyasini RNK (juda kam hollarda DNK) bajaradi, ular oqsildan tashkil topgan
Qobiqqa ega. Hujayraga kirgan virusning oqsil va nuklein kislotasi ajralib ketadi.
Nuklein kislotasi hujayraning irsiy apparatiga qo‘shilib, u virusning yangi nuklein
Kislotalari va oqsil qobiqlari sintez qilinishini ta’minlaydi; ulardan esa hujayra ichida
Yangi virionlar yig‘iladi. Yangi virionlar o‘tkazuvchi sistema (floema va ksilema)
Orqali o‘simlikning barcha qismlariga tarqaladi (1-rasm).
Virionlar (ularning nuklein kislotalari) ko‘payishi replikatsiya deb
Ataladi. Replikatsiya paytida irsiy o‘zgargan shakllar – virus shtammlari hosil
Bo‘ladi. Bu jarayon tufayli oldin viruslar bilan zararlanmaydigan ekin navlari
Chidamliligini yo‘qotadi. Fitopatogen viruslarning ko‘p shtammlari aniqlangan,
Masalan VTM ning har xil o‘simlik turlari va navlarini zararlash qobiliyati, kasallik
Belgilari, fizik va kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha farqlanuvchi 200 tadan ko‘proq
Shtammi mavjud.
Viruslarning atrof-muhit faktorlari ta’siriga chidamliligi har xil va bu
Belgidan foydalanib ularning turlarini aniqlash mumkin. Viruslar in vitro ikki
Guruhga: turg‘unlar va bardoshsizlarga bo‘linadi. Turg‘un viruslar yuqori harorat,
Muhit nordonligi va boshqa faktorlar ta’sirida halok bo‘lmaydi. Misol uchun VTM
80-90oS da isitishga 10 min davomida chidaydi, o‘simlikdan siqib olingan suvida
(shirasida) 50 yildan uzoq saqlanadi, hatto quruq tamaki mahsulotida va sigaretalar
Ustida o‘simliklarni zararlash xususiyatini yo‘qotmaydi. Ammo viruslarning
Ko‘pchiligi bunday sharoitlarga chidamsiz va ular bardoshsiz viruslar hisoblanadi.
Masalan pomidor olachipor so‘lishi (bronza tusini olishi) ni qo‘zg‘atuvchi virus uy
Haroratida 4-10 soat orasida inaktivatsiyalanadi (1-jadval).
3-mavzu: Dukkakli don
Ekinlarining virusli
Kasalliklari va ularga
Qarshi kurash choralari.
O’QITUVCHI: ASS. ABDURAXMONOV. SH. :
1.Soya mozaikasi.
2.No‘xotning oddiy mozaikasi.
3.Loviyaning oddiy mozaikasi.
4.Beda mozaikasi.
SOYА MOZAIKASI
Ushbu kasallik jahonning soya yetishtiradigan barcha davlatlarida keng tarqalgan.
Kasallikning zarari hosilni kamayishi, soya doni sifatini buzilishi va uning tarkibidagi yog‘ va
Oqsil miqdorini kamayishi bilan ifodalanadi. Soyaning mozaika kasalligi tufayli hosildorlik 20-
26 % ga pasayar ekan.
Kasallikning asosiy belgisi barglarni olachipor rangga kirishi, barglarni bujmayishi va
Ularda shishlarni hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kasallik ta’sirida o‘simlik o‘sishdan
Orqada qoladi.
Soyaning mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchisi virus. Ushbu virus potiviruslar guruhiga
Kiradi. Uning kriptogrammasi ushbu guruhga mansub viruslarni xarakterli belgilarini beradi.
R/1 : 3,5/5 : Ye/Ye : S/Ap. Soya mozaikasi virusining alohida tuzilishi hozircha o‘rganilmagan.
Soya mozaikasi qo‘zg‘atuvchisini virionlari ipsimon ko‘rinishida bo‘lib, uzunligi 750
Nm, virusning aktivlashuv (inaktavatsiya) xarorati 55……62 S.
Virusga tashxiz qo‘yish usullari bo‘lib elektron- mikroskopik va serologik usul
Hisoblanadi.
Virusning ixtisoslashuvi juda tor. Ushbu fitopatogen tabiiy sharoitda faqat soyada
Aniqlangan.
Virus urug‘ orqali, o‘simlik bitlari va tadqiqot olib borish davrida
Inokulyatsiya qilish jarayonida o‘simlik sharbati orqali yuqadi.
Kasallikni tarqalishida asosiy o‘rinni zararlangan urug‘ egallaydi,
Uning tarqalishida kasallikka chidamsiz navlarni o‘rni kattadir, ular
Orqali kasallik 0,2 % dan 30 % gacha tarqaladi.
Tabiatda ushbu virusni turli xil shtammlari tarqalgan. Yapon
Olimlari tomonidan ushbu shtammlarni kuchsiz patogenlarini A, V,S va
Kuchli patogenlarini D, Ye xarflari bilan belgilashgan.
KURASh ChORALARI. Urug‘likni sog‘lom o‘simliklardan yig‘ish,
Kasallangan o‘simliklarni o‘z vaqtida aniqlab yo‘q qilish, kasallikni
Tarqatuvchi o‘simlik bitlariga qarshi kimyoviy kurash choralarini olib
Borish, ekish vaqtini to‘g‘ri tanlash, eng asosiyni kasallikka chidamli
Navlarni yaratish va ularni ekish kerak.
NO‘XOTNING ODDIY MOZAIKASI
Kasallik no‘xot yetishtiriladigan ko‘pgina mamlakatlarda jumladan Ukraina, Litva,
Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonda keng tarqalgan.
Mozaika bilan zararlangan no‘xot nimjon bo‘lib o‘lishdan orqada qoladi, natijada
Undan olinadigan don hosildorligi va hatto ko‘p massaning miqdori ham pasayadi. Kasallik
Bilan zararlangan barg tomirlarida sarg‘ayishni kuzatiladi, keyinchalik och doirasimon
Dog‘lar paydo bo‘ladi. Natijada o‘simlik mozaika ko‘rinishidagi olachipor rangga kiradi.
No‘xotning ayrim navlari kasallik bilan zararlanganda barglar bujmayadi.
No‘xot mozaikasini qo‘zg‘atuvchi virus o‘zining tuzilishi va tarkibi jihatidan
Loviyani sariq mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi virusga o‘xshaydi. Lekin no‘xot mozaikasi
Virusi loviya navlarini zararlay olmaydi.
No‘xot mozaikasi virusini o‘simlik bitlari tashiydi, virus ko‘p yillik dukkakli begona
O‘tlarda saqlanadi. Virus urug‘ bilan tarqalmaydi bundan ko‘rinib turibdiki, virus tabiatlagi
Begona o‘tlarda ko‘payadi.
KURASh ChORALARI. : Ekishni erta tashkil etish, no‘xot ekiladigan dalalarni ko‘p yillik
Dukkakli don ekinlari ekilgan dalalardan uzoqda joylashtirish, urug‘likni o‘z miqdorida
Sifatli qilib ekish, kasallikka chidamli nav va gibridlarni ekish tavsiya etiladi.
LOVIYАNING ODDIY MOZAIKASI..
Kasallik loviya yetishtirilayotgan barcha mamlakatlarda keng tarqalgan.
Loviya mozaikasi kasalligi belgilari har xil ko‘rnishda bo‘lib zararlangan o‘simlik
Mozaika ko‘rinishdagi rangga kiradi, barglari o‘z shaklini o‘zgartiradi, zararlangan barglar
Bujmayib pastga qarab qoladi.
Loviya oddiy mozaikasini qo‘zg‘atuvchi virus potiviruslar guruhiga kiradi. Ushbu
Virusni kriptogrammasi qo‘yidagichadir. R/1 : 3,5/5 : Ye/Ye : S/Ap.
Loviya oddiy mozaikasini qo‘zg‘atuvchi virus virionlari apsimon ko‘rinishga ega
Bo‘lib, ularning xajmi 750 nm, ularning aktivlashuv (inaktivatsiya) xarorati 580Sni tashkil
Etadi.
Virusga tashxis qo‘yishda elektron – mikroskopik, serologik va indikatorli usullardan
Foydalaniladi.
Virus urug‘ orqali tarqaladi. O‘suv davrida esa o‘simlikdan o‘simlikka virusni
O‘simlik bitlari tashib o‘tadi.
KURASh ChORALARI.: Kasallik bilan zararlangan o‘simlikni o‘z vaqtida aniqlab yo‘q
Qilish, ekishni o‘z vaqtida o‘tkazish, kasallikni tashuvchi o‘simlik bitlariga qarshi o‘z vaqtida
Kurashish va kasallikka chidamli navlardan foydalanish.
BEDA MOZAIKASI.
Kasallik Amerika qit’asida, Yevropada, Osiyoda va Yangi Zellandiyada tarqalgan.
Kasallikni zarari bedadan olinadigan ko‘k massani kamayishi, urug‘likni sifatini va miqdorini
Kamayishi bilan ifodalanadi.
Kasallik belgisi bedada turlichadir: o‘simlik a’zolarining och yashil rangga, sariq ranga kirishi,
Barglarni turli xil shaklga kirishi bilan xarakterlanadi. Zararlangan o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi va past
Bo‘ylilikni hosil qiladi.
Beda mozaikasini qo‘zg‘atuvchi virus ko‘p komponentlidir. Buni esa uning kriptogrammasida ko‘rish
Mumkin: uning kriptogrammasi: R/1 : 1,1/16 + 0,8/16 : I/I : S/Ap.
Virus virionlari batsilla ko‘rinishini aks ettiradi. Virus tabiatda ko‘pgina shtammlar ko‘rinishda
Tarqalgan. Virus ko‘pgina o‘simliklarni zararlaydi. Virusga tashxis qo‘yishda indikatorli, elektron-mikroskopik
Va serologik usuldan foydalaniladi. Virusga nisbatan xo‘jayin o‘simlik bo‘lib bir qancha madaniy va yovvoyi
O‘simliklar hisoblanadi. Infeksiyani beda bitlari tashiydi. Virusni saqlanib qolishda ko‘p yillik o‘tlardan klever,
Oq donnik, malinali klever va bedaning o‘zi hisoblanadi.
Virus bedadan tashqari bir yillik madaniy ekinlardan kartoshka, pomidor, qalampir, baqlajon, loviya,
No‘xot, soya va lyupinni zararlaydi.
QARShI KURASh ChORALARI
Beda yetishtirish texnologiyasiga qat’iy e’tibor berish kerak chunki qarigan beda kasallik bilan ko‘p zararlanadi.
Yangi beda ekiladigan dalaning eski beda dalasidan uzoqda joylashtirish va kasallikka chidamli navlarni ekish
Kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
V.I.Bilay. – Mikroorganizmы vozbuditeli bolezney rasteniy. Kiev, 1988
2.V.F.Peresыpkin – Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya. Moskva,1989.
M.Ya.Moldovan. – Virusnыe bolezni tabaka v Moldavii i meropriyatiya po borbe s
Nimi. Avtoref.d.b.n. Kishinev,1974
Yu.I.Vlasov. – Trudы vsesoyuznogo nauchno-issledovatelskogo instituta zaщito‘
Rasteniy, Leningral, 1979.
Yu.I.Vlasov i dr. – Virusnыe bolezni ovoщnыx i baxchevыx kultur.Leningrad. 1973
6.I.V.Panarin –Zahita zlakovыx kultur ot virusno‘x bolezney. Moskva ,1985.
7.V.A.Shmыglya i dr.- Metodы diagnostiki virusov v seleksii i semenovodstve
Kartofelya.Moskva. 1987..
8. V.A.Shmыglya.- Diagnostika virusnыx i mikoplazmennыx bolezney kartofelya.
Moskva. 1977.
9. Yu.I.Vlasov i dr. Selskoxozyaystvennaya virusologiya. Kolos. Moskva. 1982.
3 – Mavzu: G‘o‘zaning virusli kasalliklari va ularga
Qarshi kurash choralari.
G‘o‘za bargining bujmayishi.
Ushbu kasallik faqat MDH mamlakatlarida uchraydi. Kasallik birinchi
Marta 1934 yilda Ozarbayjonda keyinchalik Turkmaniston, Tojikiston va
Armeniyada aniqlangan.
Kasallikni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, uning zarari g‘o‘zani shonasini
Guli va ko‘sagini keskin kamayishi hatto 50 % gacha kamayishiga olib keladi.
Kasallik erta paydo bo‘lsa g‘o‘zaning generativ a’zolari umuman hosil bo‘lmaydi va
O‘simlik o‘sishdan orqada qolib pakana bo‘lib qoladi. Shu bilan birgalikda tola va
Chigit sifati yomonlashadi (tola uzunligi qisqaradi, uning sifati pasayadi, chigit
Yengil bo‘lib qoladi va unib chiqish energiyasi pasayadi).
Zararlangan ingichka tolali g‘o‘za navlari o‘sishdan orqada qoladi,
Poya qisman egiladi va poya bug‘in oralig‘i qisqaradi. Zararlanishning asosiy
Belgilaridan biri g‘o‘za o‘suv nuqtasining rivojlanmasligi va uning o‘rnida bir
Qancha yosh barglarning paydo bo‘lishidir bu barglar boshqa barglardan kichkinaligi
Bilan ajralib turadi. Zararlangan barg va gul kosa barglari barg tomiri tomonga qarab
Egiladi va barg truba shakliga kiradi. Natijada barg rangga o‘zgarib och-yashil tusga
Kiradi. Kasallik belgisi asosan g‘o‘zaning shonalash davrida va yig‘im – terim
Oldidan paydo bo‘ladi.
Kasallikka tashxis qo‘yish usuli sifatida kimyoviy usul qo‘llaniladi
Bunda o‘simlik sharbati rangi o‘zgarishi bilan uning xarakterli belgilari aniqlanadi.
G‘o‘za bargini bujmayishi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi virus. Ushbu
Virusning morfologik belgilari o‘rganilmagan.
Tadqiqotlarni ko‘rsatishiga o‘simlik inokulyatsiya qilinganda virus
Yuqmaydi, faqatgina virus o‘simlik bitlari orqali tarqaladi. Bu bitlarga shaftoli biti,
Akatsiya biti, g‘o‘za bitlari kiradi. Virusning rivojlanishini eng past davri
Xashoratlarda 10 soatni, o‘simlikda esa 1-2 oyni tashkil etadi. Virus zararlangan
O‘simlikdan tashqari urug‘ orqali ham tarqaladi. Shuning bilan birgalikda begona
O‘tlardan surepkada ham saqlanadi. Zararlangan o‘simlik qoldiqlarida va tuproqda
Virus saqlanmaydi.
Hozirgi kunda bizning respublikamizda g‘o‘za bargining bujmayishiga
Qarshi olib borilgan tadbirlar yaxshi natijalar bergan, buning birgina misoli qilib
Kasallikka chidamli g‘o‘za navlarini yaratilganligidir. Bundan tashqari yuqori
Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirilishi, begona o‘tlarni yo‘q qilinishi va o‘simlik
Bitlariga qarshi olib borilayotgan kurash choralari yaxshi samara bermoqda.
G‘O‘ZA BARG ShAKLINING O‘ZGARIShI (KURChAVOST )
Ushbu kasallik tufayli Sudan va Nigeriya davlatlarida paxta hosilini 20
% gacha miqdori yo‘qotilgan. Kasallik natijasida ko‘sak soni keskin pasayib ketadi.
Kasallik bilan kuchli zararlangan o‘simlikni barg plastinkalari va meva
O‘simtalari bujmayadi, buning natijasida asosiy poya yaxshi rivojlanmaydi ya’ni
Uning bug‘in oralig‘i qisqarib ketadi va bir xillikni hosil qilmaydi.~o‘za navlariga
Qarab kasallik belgilari farqlanadi.
Masalan, g‘o‘zaning Gossypium barbadense avlodi turida kasallik
Natijasida barg tomirlari ingichkalashadi va yangidan yosh kichik bujmaygan barglar
Rivojlanadi, ularning chetlari pastga yoki yuqoriga qarab bujmayadi.
Gossypium hirsutum avlodiga mansub g‘o‘za navlarida kasallik
Mozaika belgisi ko‘rinishida rivojlanadi. Kasallikning dastlabki belgilari barg
Tomirlarini och tusga kirishi bilan boshlanadi, keyinchalik barg plastinkasi
Yoppasiga olachipor rangga kiradi. Dog‘larni rangi och-yashil rangdan och-sariq
Ranggacha rivojlanib oq tusga kiradi. Bargning ustki qismida shishlar paydo bo‘ladi.
Poya bo‘g‘in oralig‘ining qisqarishi natijasida o‘simlik pakana bo‘lib qoladi.
G‘o‘za barg shakli o‘zgarishi kasalligini qo‘zg‘atuvchi virusni bir
Nechta shtammlari mavjud. Ular mexanik inokulyatsiya qilinganda o‘simlik sharbati
Orqali yuqmaydi va tuproq, urug‘lik orqali tarqalmaydi. Kasallikni tashuvchi g‘o‘za
Oqqanoti hisoblanadi.
Infeksiya manbai bo‘lib kasallangan g‘o‘za ildizi va zararlangan ko‘p
Yillik begona o‘tlar hisoblanadi.
QARShI KURASh ChORALARI
Ushbu kasallikni bartaraf qilishning asosiy yo‘llaridan biri kasallikka
Chidamli navlarni yaratish va ularni ekish. ~o‘zani o‘z vaqtida ekish va kasallikni
Tarqatuvchi xashoratlarga qarshi kimyoviy kurash choralarini qo‘llash yuqori samara
Beradi.
ANTOTSIANOZ
Kasallik Xindistonda va Osiyoning boshqa mamlakatlarida aniqlangan.
Virus bilan zararlangan o‘simlikni o‘rta va pastki yarusdagi barglarida
Magniy moddasi yetishmasligi va virus ta’sirida qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘ladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi virus urug‘ va mexanik usullar bilan yuqmaydi. O‘suv
Davrida virus g‘o‘za bitlari orqali tarqaladi.
KURASh ChORALARI. : Kasallikka chidamli navlarni yaratish va
Rayionlashtirish, virusni tarqatuvchi g‘o‘za bitlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash
Chora tadbirlarini qo‘llash.
Foydalanilgan adabiyotlar.
V.I.Bilay. – Mikroorganizmы vozbuditeli bolezney rasteniy. Kiev, 1988
2.V.F.Peresыpkin – Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya. Moskva,1989.
Yu.I.Vlasov i dr. – Virusnыe bolezni ovoщnыx i baxchevыx
Kultur.Leningrad. 1973
4.V.A.Shmыglya i dr.- Metodы diagnostiki virusov v seleksii i
Semenovodstve kartofelya.Moskva. 1987..
5.Yu.I.Vlasov i dr. Selskoxozyaystvennaya virusologiya. Kolos. Moskva.
1982.
6.Karimov M.A. Go‘za kasalliklari
Pomidorda bodring mozaikasini shu mozaikaning virusi (Cucumis virus 1) qo‘zg‘atadi.
Uning kriptogrammasi R/1; 1,3/19 + 1,1/19 + 0,8/19; S/S; S/Ap (kriptogrammalarning bayoni
12 bobning “Viruslar va viroidlar” bo‘limida keltirilgan). Virionlari dumaloq shaklli, izometrik,
Diametri 30 nm gacha. O‘simlik shirasida 6-19 kungacha hayotchanligini saqlaydi; tozalangan
Preparatlarda 0-4
oS harorat va rN 9 sharoitida infeksiya qo‘zg‘atish qobiliyatini bir necha oy
davomida saqlaydi. Bu mozaika dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O‘zbekiston va
boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida ham uchraydi va ayniqsa issiqxonalarda keng tarqalgan
(Vlasov, 1958, 1960; Watterson, 1985). Pomidordan tashqari yuzlab o‘simlik turlarini zararlaydi
(MacNab et al., 1983). Virusning har xil shtammlari mavjud bo‘lib, kasallik belgilari pomidor
Qaysi shtamm bilan zararlanishiga bog‘liq.
Kasal o‘simliklarning bo‘yi va poya bo‘g‘in oralarining uzunligi kamayadi, barglar
Ingichkalashib, ba’zilari deyarli ip shakliga kiradi (4-rasm). Ilgari barglarning ipsimonligini
Tamaki mozaikasi virusi qo‘zg‘atadi, deb hisoblashgan (Vlasov, 1958, 1960; Vyangelyauskayte
Va b.q., 1989). Kasallik ta’siridan mevalar o‘smay qoladi, xunuk shakl oladi. Virus o‘simlik
Qoldiqlarida saqlanmaydi, payvand qilganda ham kasal pomidordan sog‘lomiga (tamaki
Mozaikasi virusi bilan solishtirganda) qiyinchilik bilan o‘tadi. Odatda u zararlangan shaftoli
Yashil shirasi (Myzus persicae) bilan o‘tadi; virus ba’zi boshqa shira turlari bilan ham o‘tishi
Shubha qilinadi.
Pomidorda beda mozaikasini shu mozaikaning ko‘p komponentli, batsilla
Shaklli virusi (Medicago virus 2) qo‘zg‘atadi. Virionlarining aksariyati batsilla
Shaklli, inaktivatsiya harorati 70oS atrofida, oxirgi suyultirish 1:4000.
Kriptogrammasi R/1; 1,1/16 + 0,8/16 + 0,8/16; U/U; S/Ap. Kasallik
Dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Kasal o‘simliklar pastga qarab
Bujmayadi. Poyaning tuproqqa yaqin qismi (ildiz bo‘g‘zi) to‘q-qo‘ng‘ir tus oladi
Va bu dog‘lar poya tepasi va novdalariga tarqaladi. Ildizda qizg‘ish-qo‘ng‘ir
Dog‘lar paydo bo‘ladi. Kasallik boshlanish davri bilan bog‘liq holda,
Mevalarning hajmi kamayadi, tashqi va ichki qismlarida har xil darajada
Rivojlangan qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi (5-rasm). Kasallik pomidorga
Zararlangan bedadan odatda qanotli shaftoli yashil shirasi (imagolari) orqali
O‘tadi. Pomidor dalalari ichida kasallikning ikkilamchi tarqalishi deyarli
Kuzatilmaydi. Qo‘zg‘atuvchi virus beda va pomidordan tashqari bir yillik
Madaniy ekinlardan kartoshka, qalampir, baqlajon, loviya, no‘xat, soya va
Lyupinni zararlaydi (Watterson, 1985; Sattarova va b., 2003
Pomidorda tamaki mozaikasini tamaki mozaikasi virusi (TMV) (Nicotiana virus 1)
Qo‘zg‘atadi. Virionlari uzunchoq shaklli, ularning uzunligi 300 nm gacha va diametri 18 nm
Gacha. Kriptogrammasi R/1; 2/5; E/E; S/O. TMV butun dunyoda, jumladan O‘zbekistonda,
Ochiq dalalarda va ayniqsa issiqxonalarda keng tarqalgan. Virus pomidor, baqlajon, qalampir
Va boshqa ko‘p ekinlarni zararlaydi. Uning ko‘p shtammlari mavjud bo‘lib, ular pomidor
Navlarini har xil darajada zararlashi va kasallik belgilari o‘ta o‘zgaruvchanligi bilan
Ta’riflanadi. Zararlangan o‘simliklar, ayniqsa ular jadal o‘sayotgan bo‘lsa, quyoshli ob-
Havoda so‘lishi mumkin, ammo harorat pasayishi bilan yana sog‘lom holati tiklanadi. Bunday
Vaqtincha so‘lish fazasi, virus bilan zararlangan vaqtdan boshlab 1-2 hafta davom etadi.
Virusning ko‘p tarqalgan oddiy shtammlari pomidor barglarida umumiy simptom –
Mozaika paydo qiladi, bunda bargda biroz bo‘rtib chiqqan to‘q-yashil va och-yashil qismlari
Birin-ketin joylashadi (7-rasm), barglar buraladi va shaklini yo‘qotadi, ba’zan ipsimon
Shaklga kiradi. Ba’zi shtammlar o‘simlik bargi, poyasi va mevalarida nekrozlar paydo qiladi,
Boshqalari barglarda xloroz rivojlanishiga olib keladi. TMV kartoshkaning X-virusi bilan
Birga uchraganda, pomidorda juft strik belgilari rivojlanadi (keyingi bo‘limga qarang). Virus
O‘simlik bo‘yini va hosil tugishini har xil darajada pasaytirishi mumkin. Ba’zan pomidor
Mevalari zararlanadi va ularning ustida qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. TMV juda barqaror
Bo‘lib, u o‘simlik qoldiqlarida 50 yilgacha saqlanadi.
Virus o‘simliklarga qo‘l bilan tekkanda ham tarqaladi. Kasal o‘simliklardan
Sog‘lomlariga virus ishchilar ishlagan paytda, mashinalar, jihozlar va asbob-
Uskunalar orqali mexanik usulda o‘tadi. Virus tamaki ustida mavjud bo‘lib,
Chekuvchi ishchilar tomonidan ekinga tarqatilishi mumkin. Infeksiya o‘simlik
Qoldiqlarida saqlanadi va keyingi yili ekilgan pomidor nihollarini ildizi orqali
Zararlaydi. O‘zbekistonda VTM ning tabiiy o‘choqlari qurtena (Sysymbrium
Loeselii) da qayd etilgan. Asosiy infeksiya manbai bo‘lmasa ham, pomidorga virus
Kemiruvchi hasharotlar (misol uchun, chigirtka va qo‘ng‘izlar) vositasida o‘tishi
Isbotlangan. Dalada virus mozaika bilan zararlangan begona o‘tlardan
(bangidevona, ituzum, yovvoyi tamaki, gorchitsa va b.q.) pomidorga tarqaladi. Bir
Mavsumdan ikkinchisiga virus urug‘dan ham o‘tishi mumkin, ammo mozaika
Asosan ko‘chatlarni yaganalash va dalaga ko‘chirib ekish paytda tarqaladi. Kasallik
Erta boshlanganda hosil dalalarda 10-15%, issiqxonalarda 50 foizgacha pasayishi
Mumkin (Vlasov, 1958, 1960; Kuznesova, Tursumetova, 1970; Vlasov, Larina,
1982; Peresыpkin, 1982; MacNab et al., 1983; Watterson, 198; sыplenkov, 1986;
Fletcher, 1987; Vyangelyauskayte va b.k., 1989; Sattarova va b., 2003).
Pomidorda juft strik kasalligi o‘simlik birdaniga ikkita qo‘zg‘atuvchi – tamaki
Mozaikasi virusi (TMV q Nicotiana virus 1) va kartoshka X-virusi (KXV q Solanum virus 1)
Bilan zararlanishi oqibatida rivojlanadi. Juft ctrik dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan
O‘zbekistonda ochiq dalalarda va ayniqsa issiqxonalarda keng tarqalgan. Kasallik barglarda
Ularga olachipor tus beruvchi och-yashil dog‘lar va kichik kulrang-qo‘ng‘ir nekrozlar,
Novdalarda qo‘ng‘ir chiziqlar paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. So‘ngra dog‘lar yashil, sariq va
Qo‘ng‘ir tus oladi, barglar o‘smaydi va rivojlanmaydi, pastga qarab bukiladi; dog‘lar qo‘shilib,
Butun bargni qoplaydi, barg nobud bo‘ladi. Ayrim novdalarning uchlari quriydi, o‘simliklar
Pakana bo‘lib qoladi. Umuman, poya, novda, barg bandi va meva bandlarida uzuq-uzuq chiziq
Va tasmasimon dog‘lar rivojlanishi (9-rasm) juft strikka xos diagnostik belgi deb hisoblanadi.
Mevalar soni kamayadi, ular dag‘al, qattiq bo‘lib qoladi, ustlari har xil hajmdagi
Qo‘ng‘ir, suv shimib olganga o‘xshash nekrotik dog‘lar va yaralar bilan qoplanadi (10- rasm).
Kasallik rivojlanish darajasi o‘simlikni zararlagan virus shtammi va ekologik faktorlarga
Bog‘liq. Yorug‘lik yetarli bo‘lmagan va 20oC dan past harorat sharoitlarida o‘sayotgan, agressiv
Shtamm bilan zararlangan pomidor juft strik bilan juda og‘ir shaklda kasallanadi. Bunday
Sharoitda kasallikning inkubatsion davri 10-14 kunga teng. Turkmanistonning Doshhovuz
Viloyatining ochiq dalalarida juft strik tufayli pomidor hosilining 15 foizgachasi (Abdullaev,
1994),
O‘zbekistonda issiqxonalarida 50-70 foizgachasi, kasallik juda kuchli
Rivojlanganda esa, o‘simlik nobud bo‘lib, 100 foizgacha hosil yo‘qotilishi
Kuzatiladi (Vlasov, 1958, 1960; Gerasimov, Osniskaya, 1961). Kartoshka X-
Virusi, TMV kabi, ekin ichida mexanik usullar bilan ishchilar vositasida juda
Oson tarqaladi. TMV tamaki o‘simliklarida, KXV esa kartoshka tuganaklarida
Qishlaydi. Dalada viruslar zararlangan begona o‘tlar – eshaksho‘ra, pechak,
Jag‘-jag‘, sikoriy, kress, qaylyug‘un va ixrojdan pomidorga o‘tadi. Kasallik
Bilan kurashda kartoshka X-virusining manbaini topish va u pomidor ekilgan
Dala va / yoki issiqxonalarga o‘tish yo‘lini yo‘qotish eng muhim chora
Hisoblanadi. Agar kasal o‘simlik paydo bo‘lsa, uni juda ehtiyotkorlik bilan
Qazib olish, issiqxonadan (daladan) chiqarib, ko‘mib tashlash va qo‘llarni uch
Marta sovun va cho‘tka bilan puxta yuvish talab qilinadi (Vlasov, 1958, 1960;
Kuznesova, Tursumetova, 1970; Vlasov, Larina, 1982; MacNab et al., 1983;
Watterson, 1985; so‘plenkov, 1986; Fletcher, 1987; Vyangelyauskayte i dr.,
1989; Ganiev, Nedorezkov, 2005)
Pomidor o‘simligi tepasi bujmayishi kasalligini lavlagi tepasini
Bujmaytiruvchi virus (Beta virus 1) qo‘zg‘atadi. Kasallik dunyoning barcha
Mamlakatlarida, ayniqsa iqlimi quruq, sug‘oriladigan mintaqalarda tarqalgan.
O‘zbekistonda uchrashi ham ehtimol tutiladi. Kasal o‘simlik biroz «hurpaygan»
Shakl oladi, bo‘yi o‘smay qoladi, barglari qalinlashadi va tepaga bukiladi, barg
Bandlari esa pastga bukiladi (11-rasm). So‘ngra barglar kulrang-sariq,
Tomirchalari esa to‘q-qizil tus oladi. Ildizlari chiriydi. Juda kam meva tugadi,
Zararlanishdan oldin tugilganlari vaqtidan oldin pishadi; shakli xunuk, kichik,
G‘ijimlangan va qurib qolganga o‘xshaydi. Kasallik pomidorga faqat saraton
(Circulifer tenellus) orqali, odatda virus bilan zararlangan qand lavlagi va
Begona o‘tlardan o‘tadi. Pomidor ekinlari ichida kasallikning ikkilamchi
Tarqalishi kuzatilmaydi, yoki juda kam uchraydi. Tarvuz, handalak, qovoq,
Qalampir, ismaloq va dukkakli o‘simliklar ham qo‘zg‘atuvchi virus bilan
Zararlanishi mumkin (MacNab et al., 1983; Watterson, 1985).
Pomidor olachipor so‘lishi (bronza tusini olishi) kasalligini pomidor olachipor so‘lish
Virusi (Lycopersicum virus 3) qo‘zg‘atadi. Virionlari dumaloq shaklli, ba’zilari xivchinchali,
Diametri 40-120 nm, inaktivatsiya harorati 41...44oS, o‘simlik sharbatida xona haroratida 3-5 soat
Saqlanadi, barg qurishi paytida darhol faolligini yo‘qotadi. Kriptogrammasi R/*; */*; S/*; S/Th.
Bu virus dunyoning barcha mamlakatlarida tarqalgan, O‘zbekistonda ham uchrashi ehtimoli bor.
Kasallik pomidordan tashqari baqlajon, qalampir va tamakida uchraydi. Zararlangan pomidor
O‘simliklarining o‘sishi sekinlashadi. Kasallikning belgilari juft striknikiga juda o‘xshaydi, ammo
Undan ancha og‘ir kechadi. O‘simlik tepalari kuchli zararlanadi va ko‘pincha nobud bo‘ladi (12-
Rasm). Barglarda qoramtir, kichik, dumaloq dog‘lar paydo bo‘lib, ularni olachipor qilib qo‘yadi,
O‘simlik bronza tusini oladi. Novda, barg va meva bandlarida qoramtir, yaltiroq tasmasimon
Dog‘lar rivojlanadi (13- rasm). Mevalarda yashil, sariq, qizg‘ish, diametri 1,3 sm gacha dog‘lar
Paydo bo‘ladi; ular ketma-ket joylashib, konsentrik doiralar hosil qiladi, ularning o‘rtalari biroz
Ko‘tarilgan bo‘lib, mevalar xunuk shakl oladi (14-rasm). Kasallik pomidorga zararlangan begona
O‘tlar, gullar va manzarali o‘simliklardan ularda oziqlangan bug‘doy tripsi (Frankliniella tritici)
Va tamaki tripsi (Thrips tabaci) ning lichinkalari orqali o‘tadi. Lichinkalar qanot chiqargan tripsga
Aylanib, pomidor dalalariga shamol bilan uchib keladi. Kasal o‘simlikdan sog‘lomiga virus
Mexanik ravishda o‘ta olishi haqida ham xabar qilingan (Vyangelyauskayte va b.q., 1989). Odatda
Kasallik dalada kam joylarda, “o‘choqlar” shaklida tarqaladi
Pomidorning tamaki mozaikasi, juft strik va boshqa virus hamda mikoplazma
Kasalliklariga qarshi kurash choralari. Ekish uchun 3 yil davomida saqlangan urug‘
Ishlatish pomidor viruslar bilan zararlanishini keskin kamaytiradi. Dalalarda shira, trips va
Saratonga qarshi sistemali insektitsid, begona o‘tlarga qarshi gerbitsid qo‘llash (1-ilova),
Chidamli va/yoki tolerant navlar ekish; pomidorni gulzor, g‘alla, bog‘lardan, qishlagan
Lavlagidan, kartoshka hamda bedadan uzoq yoki shamol beda tomondan esmaydigan
Dalalarga ekish; oldingi yili TMV yoki juft strik bilan zararlangan pomidor, tamaki,
Baqlajon, qalampir hamda viruslar bilan kasallangan kartoshka dalalariga pomidor ekmaslik;
Pomidor har 3-4 yilda o‘sha dalaga qayta ekishni ta’minlaydigan almashlab ekishni joriy
Etish (pomidor va baqlajon uchun eng yaxshi o‘tmishdoshlar – poliz ekinlari va boshoqli
O‘tlar, qoniqarlilari – karam, ildizmevali ekinlar, piyoz va sabza o‘tlardir ); iloji boricha
Urug‘ni bevosita dalalarga ekish; kartoshka ekinlari yoki tuganaklari bilan ishlagandan so‘ng
Pomidor ekinlari ichiga kirmaslik; pomidor tup sonini oshirish tavsiya qilinadi.
Issiqxonalarda chidamli va/yoki tolerant navlar ekish; ekishdan oldin urug‘ni 70oS da 4
Kun davomida, yoki kaliy permanganatning 1% eritmasi bilan 20 daqiqa davomida
Zararsizlantirish (va suv bilan yaxshilab yuvish);
KARTOShKANING ChIZIQChALI MOZAIKASI
Ushbu kasallik kartoshka yetishtiilayotgan barcha xududda keng
Tarqalgan bo‘lib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Morshinistkali mozaikaning xarakterli belgisi kartoshka barglarining
Tirishib qolishi va o‘simlikni o‘sish va rivojlanishdan orqada qolishi bilan
Ifodalanadi. Chiziqchali mozaikada esa kartoshka barg tomirlarida nekrozlar
Hosil bo‘ladi, kasallik kuchli rivojlansa barg butunlay nobud bo‘ladi.
Ushbu kasallikni kartoshkada Y – virusi keltirib chiqaradi.
Virusning kriptogrammasi qo‘yidagichadir: R/*: */* : Ye/Ye : S/Ap.
Kasallikni rivojlanish darajasi kartoshka navlari, tabiiy sharoit va
Virusning shtammlariga bog‘liq.
Virus –Y ga tashxis qo‘yishda serologik, elektro-mikroskopik va
Indikatorli usullardan foydalaniladi.
Infeksiya urug‘lik tuganakda saqlanadi, o‘suv davrida esa o‘simlikdan –
O‘simlikka o‘simlik bitlari orqali yuqadi.
KARTOShKA BARGINING BUJMAYIShI
Ushbu kasallik ham kartoshka yetishtiriladigan barcha xududlarda keng
Tarqalgan. Kasallik ta’sirida hosildorlik 38 – 74 % gacha kamayadi.
Kasallik bilan zararlangan kartoshkaning barglari xo‘rpaygan ko‘rinishni
Beradi, natijada barg plastinkasi chetlari o‘rta tomirga tomon bujmayadi. Kasallik
Belgilari faqat yuqori yarusdagi barglarda emas balki pastki yarusdagi barglarda
Ham kuzatiladi. Kasallangan o‘simliklardan olingan tuganaklar kichkina bo‘lib
Ichki tomonida nekroz hosil bo‘ladi. Kasallik belgilarini hosil bo‘lishi virus
Shtammlari, tabiiy sharoit va kartoshka navlarining xususiyatlariga bog‘liq.
Kasallikni kartoshkada virus –L qo‘zg‘atadi. Virus virionlari dumaloq
Shaklda bo‘lib uning diametri 25 nm keladi. Virusning kriptogrammasi
Kartoshkaning barg bujmayish kasalligi qo‘zg‘atuvchilari guruhiga kiradi. R/1:
2/* : S/S : S/Ap/
Kasallikni o‘suv davrida har xil o‘simlik bitlari tarqatadi.
KARTOShKA BARGINING MOZAIKA KO‘RINIShIDAGI BUJMAYIShI.
Kasallik jahonning ko‘plab mamlakatlarida yetishtirilayotgan kartoshka navlarida
Aniqlangan. Kasallikni iqtisodiy zarari virus shtammi va kartoshka navlariga bog‘liqdir.
Ushbu kasallikni boshqa kasalliklardan farqi bujmayishi belgilari qari barglarda emas
Faqat yosh barglarda kuzatilishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun bir vaqtning o‘zida mozaika
Belgilari ham paydo bo‘ladi. Kartoshkada kasallik qo‘zg‘atuvchisi virus – M hisoblanadi.
Uning kriptogrammasi qo‘yidagichadir: */: */: Ye/Ye : S/Ap.
Virus virionlari ipsimon ko‘rnishida bo‘lib uzunligi 650 nm va eni 12-13 nm ni tashkil
Etadi.
Infeksiya manbayi bo‘lib zararlangan tuganak hisoblanadi, o‘suv davrida esa
O‘simlikdan – o‘simlikka o‘simlik bitlari yuqtiradi. Shuning bilan birga virus o‘simlik sharbati
Orqali ham yuqadi.
QARShI KURASh ChORALARI.
Urug‘lik uchun yetishtirilayotgan kartoshkani oziq-ovqat kartoshkasi, pomidor,
Qalampir va baqlajon ekilgan dalalardan uzoqda ekish kerak. Urug‘lik tuganakni miqdordagi
Chuqurlikka o‘z vaqtida ekish, zararlangan o‘simliklarni daladan chiqarib yo‘q qilish,
Kasallikni tashuvchi xashoratlarga qarshi kimyoviy kurash choralarini qo‘llash, begona o‘tlarni
Yo‘q qilish va nixoyat virusli kasalliklarga chidamli navlarni ekish kerak.
Va ularga qarshi kurash choralari.
Kuzgi bug‘doy mozaikasi
Ushbu kasallik birinchi bo‘lib Rossiyaning Voronej viloyatida topilgan
Va o‘rganilgan, keyinchalik Moskva va Kuybishev viloyatlarida, Krasnadar
O‘lkasida va O‘rta Osiyoda aniqlangan va o‘rganilgan.
Kasallikni xarakterli belgisi barglarni mozaika rangiga ya’ni och-yashil
Rangga kirishi va barg tomirlari bo‘ylab sariq chiziq hosil bo‘lishidir. Kasallangan
Bug‘doy qishlab chiqsa yoppasiga boshoqlash davrida o‘simlik razetka ko‘rinishga
Ya’ni asosiy poya ikkiga bo‘linib qoladi. Ko‘pchilik o‘simliklar umuman boshoq
Hosil qilmaydi. Kuzgi bug‘doy kasalligining asosiy belgisi mozaika va o‘simlikni
O‘sishdan orqada qolishdir. Ushbu virusli kasallik bilan bug‘doydan tashqari arpa,
Suli, tariq zararlanadi. Hozirgi vaqtda kasallikni iqtisodiy zarari kamaytirilgan
Buning sababi agrotexnik kurash choralarini yaxshi amalga oshirilganligidir.
Kuzgi bug‘doyning mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus-viroinlari
Batsilla shaklida bo‘lib uzunligi 260 + 20 nm, eni 60 + 5 nm bo‘ladi.
Virusning batsilla shaklidagi qismlari kasallikni tashuvchi sikadka
Hashoratidan ham topilgan.
Virusga tashxis qo‘yish usullaridan asosan elektron-mikroskopik usuli
Hisoblanadi. Ushbu kasallik bilan begona o‘tlardan Setaria glauca va S. Veridislar
Ham zararlanadi.
Kasallik asosan sikadka xashorati va uni tuxumi orqali tarqaladi.
Infeksiya asosan kuzgi bug‘doyda saqlanib qishlab chiqadi.
KURASh ChORALARI. Bug‘doyni o‘z vaqtida ekish (muddatdan
Oldin ekmaslik), urug‘lik bug‘doyni miqdoriga qat’iy e’tibor qilish, begona o‘tlarni
Yo‘q qilish, bug‘doyni kuzgi bug‘doy va kuzgi ekinlardan uzoqda ekish, o‘suv
Davrida sikadka xashoratiga qarshi kurashish. Muddatdan oldin ekish kasallikni
Kuchli tarqalishiga olib keladi, bu esa kasallikni tarqatuvchi xashoratlarni
Rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
ARPANING SARIQ PASTBO‘YLILIGI.
Ushbu kasallik ko‘pgina mamlakatlarga tarqalgan shuningdek Ukraina,
Shimoliy Kavkaz va Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ham. Kasallikning xarakterli
Belgisi bo‘lib asosan arpa bargining uchki qismini oltinsimon sariq rangga kirishi
Hisoblanadi. Zararlangan o‘simlik egilib qoladi va uning pastbo‘yli bo‘lishi
Kuchayadi. Arpadan tashqari virus bilan suli, sholi, bug‘doy, makkajo‘xori, va
Boshqa madaniy va yovvoyi o‘simliklar zararlanadi. Virusning kriptogrammasi
Qo‘yidagichadir; R /1 : 2/* : S/s : S /Ap.
Arpaning sariq pastbo‘ylilik kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus kartoshka
Bargini bujmaytiruvchi viruslar guruhiga kiradi. Virionlari izometrikdir. Virus
Qismlarining o‘lchami 25 nm. Virusga tashxis qo‘yish usullari bo‘lib indikatorli va
Elektro-mikroskopik usul hisoblanadi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi virusni tarqatuvchi va tashuvchi bo‘lib o‘simlik
Bitlari hisoblanadi.
4 – Mavzu: Boshoqli don ekinlarining virusli kasalliklari
Va ularga qarshi kurash choralari.
Kuzgi bug‘doy mozaikasi
Ushbu kasallik birinchi bo‘lib Rossiyaning Voronej viloyatida topilgan
Va o‘rganilgan, keyinchalik Moskva va Kuybishev viloyatlarida, Krasnadar
O‘lkasida va O‘rta Osiyoda aniqlangan va o‘rganilgan.
Kasallikni xarakterli belgisi barglarni mozaika rangiga ya’ni och-yashil
Rangga kirishi va barg tomirlari bo‘ylab sariq chiziq hosil bo‘lishidir. Kasallangan
Bug‘doy qishlab chiqsa yoppasiga boshoqlash davrida o‘simlik razetka ko‘rinishga
Ya’ni asosiy poya ikkiga bo‘linib qoladi. Ko‘pchilik o‘simliklar umuman boshoq
Hosil qilmaydi. Kuzgi bug‘doy kasalligining asosiy belgisi mozaika va o‘simlikni
O‘sishdan orqada qolishdir. Ushbu virusli kasallik bilan bug‘doydan tashqari arpa,
Suli, tariq zararlanadi. Hozirgi vaqtda kasallikni iqtisodiy zarari kamaytirilgan
Buning sababi agrotexnik kurash choralarini yaxshi amalga oshirilganligidir.
Kuzgi bug‘doyning mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus-viroinlari
Batsilla shaklida bo‘lib uzunligi 260 + 20 nm, eni 60 + 5 nm bo‘ladi.
Virusning batsilla shaklidagi qismlari kasallikni tashuvchi sikadka
Hashoratidan ham topilgan.
Virusga tashxis qo‘yish usullaridan asosan elektron-mikroskopik usuli
Hisoblanadi. Ushbu kasallik bilan begona o‘tlardan Setaria glauca va S. Veridislar
Ham zararlanadi.
Kasallik asosan sikadka xashorati va uni tuxumi orqali tarqaladi.
Infeksiya asosan kuzgi bug‘doyda saqlanib qishlab chiqadi.
KURASh ChORALARI. Bug‘doyni o‘z vaqtida ekish (muddatdan
Oldin ekmaslik), urug‘lik bug‘doyni miqdoriga qat’iy e’tibor qilish, begona o‘tlarni
Yo‘q qilish, bug‘doyni kuzgi bug‘doy va kuzgi ekinlardan uzoqda ekish, o‘suv
Davrida sikadka xashoratiga qarshi kurashish. Muddatdan oldin ekish kasallikni
Kuchli tarqalishiga olib keladi, bu esa kasallikni tarqatuvchi xashoratlarni
Rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
ARPANING SARIQ PASTBO‘YLILIGI.
Ushbu kasallik ko‘pgina mamlakatlarga tarqalgan shuningdek Ukraina,
Shimoliy Kavkaz va Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ham. Kasallikning xarakterli
Belgisi bo‘lib asosan arpa bargining uchki qismini oltinsimon sariq rangga kirishi
Hisoblanadi. Zararlangan o‘simlik egilib qoladi va uning pastbo‘yli bo‘lishi
Kuchayadi. Arpadan tashqari virus bilan suli, sholi, bug‘doy, makkajo‘xori, va
Boshqa madaniy va yovvoyi o‘simliklar zararlanadi. Virusning kriptogrammasi
Qo‘yidagichadir; R /1 : 2/* : S/s : S /Ap.
Arpaning sariq pastbo‘ylilik kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus kartoshka
Bargini bujmaytiruvchi viruslar guruhiga kiradi. Virionlari izometrikdir. Virus
Qismlarining o‘lchami 25 nm. Virusga tashxis qo‘yish usullari bo‘lib indikatorli va
Elektro-mikroskopik usul hisoblanadi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi virusni tarqatuvchi va tashuvchi bo‘lib o‘simlik
Bitlari hisoblanadi.
KURASh ChORALARI : kuzgi bug‘doy mozaikasiga qarshi kurash choralari
Bilan bir xil.
BUG‘DOYNING ChIZIQChALI MOZAIKASI.
Kasallik AQSh, Kanada, Yevropaning bir qancha davlatlarida,
Shimoliy Kavkazda, Ukrainada, Moldaviyada va O‘rta Osiyoda tarqalgan.
Bug‘doy virus bilan zararlanganda o‘simlikda kuchsiz och yashil
Chiziqlar hosil bo‘ladi, ushbu chiziqlar asosan barg tomirlarida yaqqol ko‘rinadi.
Kasallik rivojlana borgan sari o‘simlik sarg‘aya boshlaydi, o‘sishdan orqada qoladi
Va zararlangan barg qismlari qurib qoladi. Kasallangan o‘simlik boshoqlarida
Qisman don hosil bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi.
Bug‘doyning chiziqchali mozaika virusi kriptogrammasi; ( BChMV) :
R/1 :2.8 /* : Ye/Ye : S/E : S/Ac.
Virus virionlarining hajmi 700 nm atrofida .
Virusga tashxis qo‘yish usullari bo‘lib elektro mikroskopik va serologik
Usul hisoblanadi.
Ushbu virusli kasallikni tashuvchilar bo‘lib o‘simlik kanalaridan Aceria
Avlodiga kiruvchilar hisoblanadi.
Kasallik bilan bug‘doydan tashqari arpa, suli va boshqa begona o‘tlar
Ham zararlanadi.
KURASh ChORALARI : Kuzgi bug‘doy mozaikasiga qarshi kurash
Choralari bilan bir xil
5-mavzu: Lavlagi, piyoz va
Tamakining virusli kasalliklari
Va ularga qarshi kurash
Choralari.
O’QITUVCHI: ASS. ABDURAXMONOV. SH. M.
REJA:
1.Tamaki mozaikasi.
2.Tamaki bargining bronza rangiga
Kirishi.
3.Lavlagi mozaikasi.
4.Irlandiya sariq kasalligi
LAVLAGI KASALLIKLARI
1.Tamaki mozaikasi.
Ekin ichida virus 44 ta shira turlari asosan lavlagi qora shirasi, yashil shaftoli
Shirasi, burgalar, saratonlar va qandalalar vositasida tarqaladi. Bu hasharotlar
O’simlik shirasini 6-10 sek. Davomida iste’mol qilgandan keyin tashuvchiga
Aylanadi va infeksiyani 30 min. Davomida saqlashi mumkin. Asosiy infeksiya
Manbai virus bilan zararlangan, urug’ olish uchun ekilgan ildizmevalar hamda
Qishlovchi begona o’tlar hisoblanadi; ulardan virus birinchi yil ekilgan lavlagiga
O’tadi. Kasallik ildizmcvalarda saqlanishi tufayli o’simliklarni birinchi va
Ikkinchi yilda ham kasallantiradi. Virus kasallangan o’simlik shirasida
Ko’payadi.
Kasallik ildizmevalar hosilini pasaytiradi, urug’ hosilini 20% gacha kamaytiradi.
Kasallangan o’simlikning fiziologik jarayonlari buzilib, fotosintez faolligi
Pasayadi. Natijada o’simliklarning ildizmevasi 5-7% ga, qand miqdori 1-2 % ga,
Urug’ hosil qilish xususiyati 15-20% ga pasayadi.Irlandiya sariq kasalligi lavlagi etishtiradigan Evropaning shimoliy
Regionlarda 10-39% ekinzorlarda keng tarqalgan. Bu kasallikning nekrozli va
Kam sarg’ayish turlari mavjud bo’lib, ulaming birinchisi urug’dan ungan
Ko’chatlami 2-5 ta barg hosil qilgungacha zararlaydi. Bunda barg tomirlari
Sarg’ayadi. Keksa barglarda, ulaming uchki qismidan boshlanib,
Noaniqchegarali sariq dog’lar hosilbo’ladi. Keyinchalik bu dog’lar bargning
Asosiga qadar tarqalib, barg yuzasini butunlay qoplaydi. Natijada, barg bronza
Yoki qizil rangga kiradi. Kasai barglar yo’g’onlashib, seret bo’lib qoladi. Ular
Qo’l bilan tekkanda maydalanib ketadi. Kasallangan barglar floemasidagi
Elaksimon naylar va ularning atrofidagi hujayralar nobud bo’ladi, ichi sariq,
Shilimshiq modda bilan to’ladi. Bargning qoplag’ich to’qimalari sarg’ayib,
Shishib ketadi. Bunday holat keyin barg yuzasidan barg bandi va
Ildizmevalarining o’tkazuvchi naylar bog’lamigacha etib boradi. Barg
Tomiridagi sariqlik barg yaprog’iga ham tarqalib, ular qurib qoladi.Sariq kasalligi rozetkaning pastki barglarida namoyon bo’ladi, kuchli
Rivojlanganida o’rta yaruslami ham egallaydi. Kasallik belgilari urug’lik
Ko’chatlarda yorqin ifodalangan bo’ladi.
Irlandiya sariq kasalligini kompleks viruslar keltirib chiqarsada ular zarar
Ko’rsatish xususiyatiga qarab farqlanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi egilgan uzun
Tayoqcha shaklida bo’lib, 50-55°C haroratda 10 minutda ajralib chiqadi. Bu
Virus urug’ orqali tarqalmaydi.
Qish faslida bu viruslar lavlagi ildizmevasida saqlanib, kasallikning dastlabki
Belgilari aprel-may oylarida namoyon bo’ladi. Ulardan virus hasharotlar
Vositasida urug’dan ungan yangi ko’chatlarga va boshqa dalalarga tarqaladi.
Kasallik tarqalishida qo’ypechak, sho’ra, g’umay, ochambiti, eshaksho’ra kabi
Begona o’tlar acosiy rol o’ynaydi. Kasallik so’ruvchi hasharotlar, mexanik
Zararlanish va zarpechaklar vositasida tarqaladi. Kasallik urug’ orqali
Tarqalmaydi.
Kasallangan o’simliklarda barg nobud bo’lishi fotosintez jarayoni buzilishiga,
Ildizmevalarhajmi kichrayishiga olib keladi, natijada hosil keskin kamayadi.
Masalan, sog’lom o’simlik ildizmevasining og’irligi 284 g, undagi qand miqdori
17,5% bo’lsa, kasal o’simlik ildizmevasiningog’irligi 188 g, qand miqdori 15% ni
Tashkil qiladi. Kuchli zararlangan ildizmeva og’irligi 96 g, undagi qand miqdori
14% gacha kamayadi. Bunday ildizmevalar uzoq saqlanmaydi va tez chirib
Ketadi.
TAMAKI MOZAIKASI.
Tamaki mozaikasi yer sharining tamaki yetishtirilayotgan barcha
Mamlakatlarida A+Sh, Avstraliya, Yaponiya, Braziliya, Yugoslaviya, Afrika
Mamlakatlari va MDH respublikalarida keng tarqalgan.
Ushbu kasallikni zarari tamaki hosilini kamayishi, zararlangan barglar
Tarkibidagi nikotin miqdorini oshishi va undan olingan tamaki mahsulotlarini
Chekish sifatini pasayishi bilan ifodlanadi.
Tamaki mozaikasi birinchi bo‘lib 1982 yil rus virusologi D.I.Ivanovskiy
Aniqlagan va o‘rgangan, keyinchalik bu kasallikni I.P.Xudina,
M.F.Ternovskiy, M.Ya.Moldavan va boshqa olimlar o‘rganishgan. Ushbu
Tadqiqotchilarni fikricha ushbu kasallik faqat tamakichilikni rivojlantirishda
Emas balki umumiy virusologiyani o‘rganishda asosiy muammo bo‘lib
Qolmoqda. Ushbu ma’lumotlar faqat shu kasallikka emas balki tamakini
Boshqa virusli kasalliklariga ham taalluqlidir. Shuning uchun tamakini virusli
Kasalliklarini tor doirada o‘rganmaslik kerak, balki uning qancha tomonlarini
Ya’ni umumbiologik xususiyatlarini atroflicha o‘rganishni taqazo etadi.
Tamaki mozaikasini belgilari kasallikni qo‘zg‘atuvchi virusning
Shtammiga bog‘liqdir. Oddiy mozaika bilan zararlangan tamaki barglari
Olachipor rangga kiradi, ya’ni och va to‘q yashil dog‘lar gallanib joylashadi,
Bargning tepa qismi deformatsiyaga uchraydi va tirishib shishlar hosil qiladi.Tamaki zararlovchi VTM ni boshqa shtammlari orasida sariq mozaika va xalqali
Nekrozli dog‘lanishni qo‘zg‘atuvchilari alohida xarakterga ega bo‘lib ushbu
Shtammlarni M.Ya.Moldavanov yaxshi o‘rgangan. Tamakining zararlangan
Barglarida nekrozli shishlar to‘plami, dog‘lar, doiralar, hattoki ayrim paytlarda
Nekrozlar ta’sirida barglar umuman qurib qoladi.
VTM virusining kriptogrammasi : R/1 : 2/5 : Ye/Ye : S/O.
VTM virusini o‘rganishda elektron – mikroskopik, serologik va indikatorli
Usullardan foydalaniladi.
VTM tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pgina o‘simliklarni zararlaydi va
Xatto ularning organik moddalari tarkibida ham aniqlangan. O‘rta Osiyo sharoitida
Virus tabiatda o‘simlik qoldiqlarida infeksiya markazini (ogagini) hosil qilib
Saqlanadi.
VTM virusi kontaktli viruslar guruhiga kiradi va u o‘simlikdan – o‘simlikka
Tamakiga ishlov berish vaqtida va hosilni yig‘ish davrida o‘simlik soki yordamida
Yuqadi. Virusni xashoratlar tashishi hozirgi kungacha noaniq bo‘lib turli
Tortishuvlarga olib kelmoqda.
Virus birlamchi infeksiya tarzida zararlangan o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi,
Xatto u ishchi qurollari va idishlarda uzoq vaqtgacha saqlanadi, shuning bilan
Birga chekuvchilar qo‘lida ham bo‘lishi mumkin.
Virus chekishga mo‘ljallangan tamakida va tuproqda ham bo‘lishi
Mumkin.
KURASh ChORALARI.
Tamakini chidamli navlari yetishtirilayotgan dalalarni VTM virusiga
Chidamsiz navlar ekilgan daladan uzoqda joylashtirish, almashlab ekishga
Qat’iy rioya qilish, ishchi qurollariga formalin preparati va kaliy permanganat
(margansovka) eritmasi bilan ishlov berish, ko‘chatlarni dalaga ekishdan
Oldin tekshirib kasallanganlarini yo‘q qilish va hatto tamakiga ishlov berishda
Chekuvchi odamlarni ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
TAMAKI BARGINING BRONZA RANGGA KIRIShI.
Kasallik Avstraliya, Argentina, Braziliya, Afrika mamlakatlarida, Yevropada,
Ukrainada, Moldaviyada, Armaniston va Ozarbayjonda tarqalgan bo‘lib,
Tamakichilik bilan shug‘ullanayotgan xo‘jaliklarga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Ushbu kasallikni tamakida ikki xil shakli oddiy bronza rangga kirishi va barg
Uchini (surovaya) bronza rangga kirishi uchraydi. Birinchi ko‘rinish bilan
Zararlanganda tamaki barglarida nekrozli chiziqlar va doirasimon nekrozlar paydo
Bo‘ladi, ikkinchi ko‘rinishda esa o‘simlik uchun egilishi va o‘simlikni nobud
Bo‘lishi (urodlivost) bilan xarakterlanadi.
Moldaviyada tamakining ikki xil ko‘rinishi tamaki pastbo‘yligi va xalqali
Dog‘lanish xillari aniqlangan. Tamakining pastbo‘yliligi ertangi tamakining
Rivojlanish davrida uchraydi. Zaralangan o‘simlik xunuk (urod) ko‘rinishga kiradi
Va egiladi, ko‘pgina barglarda ingichka oq chiziqlar paydo bo‘lib keyinchalik
Qo‘ng‘ir tusga kiradi va katta-katta nekrozga aylanadi, natijada ushbu barglar nobud
Bo‘ladi.
Bronza tusga kirish bilan zararlangan barglarda xalqali dog‘lar paydo
Bo‘lib, xalqasimon nekrozlar va chiziqlar hosil bo‘ladi. Kuchli zararlangan
Barglar nobud bo‘ladi.
Xarorat 36 – 380S va undan yuqori bo‘lganda bargdagi kasallik belgilari
O‘sib chiqayotgan barglarda kuzatilmaydi va o‘simlik qisman sog‘lomlashadi.
Kasallik moxorkani ham zararlaydi va u uchki xloroz deb nomlanadi,
Kasallikning moxorkadagi zarari kattadir.
Ushbu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi viruslar pomidorni bronza rangga
Kirish kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus guruhiga mansubdir. Uning
Kriptogrammasi qo‘yidagichadir: R/* : */* : S/* : S/Th. Virusning virionlari
Doirasimon ko‘rinishda bo‘lib uzunligi 40 –120 nm keladi.
Virusga tashxis qo‘yishda elektron – mikroskopik, indikatorli usullardan
Ko‘plab qo‘llaniladi.Kasallik qo‘zg‘atuvchi virus o‘simlik sharbati orqali yaxshi
Tarqalmaydi, virusni tarqatuvchisi bo‘lib tamaki tripsi hisoblanadi.
Ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchi virus bir qancha begona o‘t va
Manzarali ekinlarni, jumladan Xrizantema,georgina va boshqalarni ham
Zararlaydi. Shuning uchun virus tabiatda keng tarqalgan bo‘lib ushbu
Ekinlarda saqlanishi va tamaki, sabzavot ekinlariga o‘tishi uchun infeksiya
Manbayi sifatida xizmat qilishi mumkin.
QARShI KURASh ChORALARI.
Kasallikni tarqatuvchi xashoratlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash
Choralaridan agrotexnik va kimyoviy tadbirlarni vaqtida qo‘llash, dala
Chetidagi begona o‘tlarni yo‘q qilish. Tamakidan bo‘shagan dalani yaxshi
Chuqur xaydash va almashlab ekishni tashkil etish zarur. Eng asosiysi
Kasallikka chidamli navlarni ekish tavsiya etiladi.
5 – Mavzu: Pamidorning virus kasalliklari.
POMIDORDA TAMAKI MOZAIKASI VIRUSI (VTM) QO‘ZG‘ATUVChI
VIRUSLAR.
VTM virusi tabiiy sharoit, virus shtammlar xususiyatlari va zararlash
Davriga qarab pomidorda ham bir nechta kasalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan,
Mozaika, strik, barglarni ipsimon bo‘lishi, pomidor mevasini ichki qismini
Nekrozlanishi.
MOZAIKA
Kasallik bilan pomidorning asosan bargi zararlanadi. Zararlangan
Barglar och – yashil, sarg‘ish va to‘q yashil ranglar gallanib joylashadi ya’ni
Olachipor rangga kiradi. Kasallik bilan zararlangan o‘simlik o‘sish va rivojlanishdan
Orqada qoladi. Kasallik VTM virusiga chidamsiz pomidor navlarida keng tarqalgan.
Mozaika kasalligi tufayli pomidorni 10-15 % hosili nobud bo‘ladi. Kasallikni zarari
Boshqa kasalliklarga nisbatan kattadir.
STRIK
Kasallik noqulay sharoitda ya’ni yuqori yorug‘lik va xaroratda
Yetishtirilayotgan pomidorlarda ko‘p uchraydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi VTM
Virusi. Kasallik bilan pomidorning yer ustki a’zolarini barchasi, ya’ni poya, barg va
Mevasi zararlanadi. Strik kasalligi belgilari azot moddasi ko‘p bo‘lganda hosil
Bo‘ladigan belgiga o‘xshab ketadi. Strik bilan zararlangan pomidor barglarini uchki
Qismi qo‘ng‘ir tusga kirib burishadi va quriydi, poyasida esa chiziqchali
Ko‘rinishdagi qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi zararlangan mevaning ustki qismida
Botiq qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘lib mevaning ichki qismi yog‘ochlashib iste’molga
Yaroqsiz bo‘lib qoladi.
MEVA IChKI QISMINI NEKROZLANIShI.
Kasallik bilan pomidorni mevasi zararlanadi. Zararlangan mevani ichki
Qismidagi to‘qimalarida nekroz hosil bo‘ladi. Zararlangan to‘qimalar qo‘ng‘ir – kul
Rang yoki qizg‘ish – qo‘ng‘ir rangga kiradi. Ushbu to‘qimalar yashil mevada rangsiz
Epidermis hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi. Kasallik bilan pastki yarusdagi mevalar
Ko‘plab zararlanadi, chunki ularga yorug‘lik yetarlicha bo‘lmaydi va namlik yuqori
Bo‘ladi.
Meva ichki nekrozini bizning sharoitda VTM virusi keltirib chiqarishini
Virusolog olimlar o‘rgangan va bizning sharoitda uchrashi tasdiqlangan.
POMIDOR BARGLARINI IPSIMON YoKI PAPOROTNIKSIMON
TUSGA KIRIShI.
Pomidor barglarini ipsimon yoki paporotniksimon tusga kirish kasalligi
O‘simlikda barglar hosil bo‘lish bosqichida boshlanib barglarni zararlaydi va barglar
Ingichka bo‘lib ipsimon tusga kiradi. Ushbu kasallik eng xavfli va zararli
Mozaikasimon kasalliklarga kiradi. Zararlangan o‘simlik o‘sish va rivojlanishdan
Orqada qoladi, hosil bo‘lgan mevalari kichkina bo‘lib yaxshi rivojlanmaydi.
Kuchli zararlangan o‘simlik bitta poya hosil qilguncha o‘xshab poya
Bug‘in oralig‘i uzunlashadi va o‘simlik nimjon bo‘lib qoladi.
Pomidorni tamaki mozaikasi virusi bilan shunchalik ko‘p xil
Zararlanishi VTM ni biologik xususiyatlari turlichaligidan dalolat beradi.
Pomidordagi VTM virusiga tashxis qo‘yishda taxminiy, elektron –
Mikroskopik, indikatorli, serologik va ichki xujayralarni qo‘shilishi usullaridan
Foydalaniladi.
Pomidordagi VTM virusini ochiq va yopiq sharoitda tarqalishini
Ko‘plab xillari bo‘lib bulardan asosiysi zararlangan urug‘ hisoblanadi. Pomidordagi
VTM virusi kontakt usulida juda tez taraqaladi. ( ko‘chatlarni ekishda, o‘simliklarni
Bog‘lashda, ularni bargini yulishda, qator orasiga ishlov berishda va xakazo).
Shuning uchun ham VTM virusi issiqxonalarda keng tarqalgandir.
Respublikamizda VTM virusi begona o‘tlarda rivojlanishi ham
Aniqlangan.
VTM virusini o‘suv davrida o‘simlik bitlari ham tarqatadi.
VTM virusini saqlanib qolishda infeksiya manbayi bo‘lib asosan tuproq
Hisoblanadi, bu esa issiqxonalarda kasallikni rivojlanib ketishiga olib kelmoqda.
QARShI KURASh ChORALARI.
Urug‘likni sog‘lom o‘simliklardan mexanik usulda yig‘ib olish kerak.
Urug‘likni ekishdan oldin 500 S xaroratda 24 soat qizdirish yaxshi samara
Beradi.
Urug‘likni 5% margansovka eritmasiga 30 minut ivitish tavsiya etiladi.
O‘simlikni iloji boricha ko‘chatsiz ekishga xarakat qilish kerak.
Kasallangan o‘simliklar aniqlanib yo‘q qilinishi zarur.
Kasallikka chidamli navlar ekish.
Tuproqqa mikroelementlarni solish.
Issiqxonalardagi tuproqni, ishchi qurollarni 5 % li margansovka eritmasi bilan
Dezinfeksiya qilish kerak
Ko‘chatlarni ekishda sog‘lomlaridan foydalanish va ularni yetishtirish uchun
Tavsiya etilgan barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli qilib o‘tkazish
Tavsiya etiladi.
POMIDORNI BRONZA RANGGA KIRIShI
Pomidorni ushbu kasalligi jahonning ko‘pgina mamlakatlarida
Tarqalgan.
Kasallik bilan zararlangan pomidor barglarida bronza rangidagi dog‘lar
Paydo bo‘ladi va asta-sekin barg yuzasini qoplab oladi. Mevalarida esa yumaloq
Bronza rang ko‘rinishdagi dog‘lar doira shaklida paydo bo‘ladi.
Pomidorni bronza rangiga kirish kasalligini virus qo‘zg‘atadi.
Virusning tavsifi tamakining xunuklashishi (urodlevost) kasalligida to‘liq yoritilgan.
Virusni o‘suv davrida tamaki trips xashorati tashiydi. Pomidor kasallik
Bilan piyozga yaqin ekilganda kuchli zararlanadi, chunki piyozda tamaki tripsi
Ko‘plab rivojlanadi. Virus qishda tamaki organizmida saqlanadi
Qora dengiz bo‘ynidagi Kavkaz xududida pomidorni erta va kech
Ekishda kasallikni rivojlanishida katta farq kuzatilgan ya’ni erta ekilgan pomidor 2-
6 %, kech ekilgan 18-45 % kasallangan. Buning sababi erta ekilgan pomidor tamaki
Tripsi qishlovdan chiqqungacha yaxshi rivojlanadi va kasallikka chalinishdan
Himoyalanadi.
QARShI KURASh ChORALARI.
Pomidor dalalarini georgina va piyoz ekiladigan dalalardan uzoqda
Joylashtirish kerak buning sababi kasallik tashuvchi tamaki tripsi ushbu ekinlarda
Kuchli rivojlanadi. Kasallikka chidamli navlarni ekish; tamaki tripsi oziqlanadigan
Begona o‘tlarga qarshi kurash olib borish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
V.I.Bilay. – Mikroorganizmы vozbuditeli bolezney rasteniy. Kiev, 1988
2.V.F.Peresыpkin – Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya. Moskva,1989.
M.Ya.Moldovan. – Virusnыe bolezni tabaka v Moldavii i meropriyatiya po
Borbe s nimi. Avtoref.d.b.n. Kishinev,1974
Yu.I.Vlasov. – Trudы vsesoyuznogo nauchno-issledovatelskogo instituta
Zaщitы rasteniy, Leningral, 1979.
Yu.I.Vlasov i dr. – Virusnыe bolezni ovoщnыx i baxchevыx
Kultur.Leningrad. 1973
6.V.A.Shmыglya i dr.- Metodы diagnostiki virusov v seleksii i
Semenovodstve kartofelya.Moskva. 1987..
7. V.A.Shmыglya.- Diagnostika virusnыx i mikoplazmennыx bolezney
Kartofelya. Moskva. 1977.
8. Yu.I.Vlasov i dr. Selskoxozyaystvennaya virusologiya. Kolos. Moskva.
1982.
6-mavzu: Poliz ekinlarining
Virusli kasalliklari va ularga
Qarshi kurash choralari
O’QITUVCHI: ABDURAXMONOV. SH. M.
REJA:
1.Poliz ekinlarining mozaikasi.
2.Bodringning yashil (olachipor, ingliz)
Mozaikasi.
3.Bodringning oq (sariq) mozaikasi.
4.Poliz ekinlarida tarvuz mozaikasi.
5.Poliz ekinlarida qovoq mozaikasini.
POLIZ EKINLARINING MOZAIKASI.
Mozaika – kasalligini qovoqdoshlar oilasi vakillarida Cucumis mosaic virus
Keltirib chiqaradi. Oddiy bodiring mozaikasi asosan ochiq joydagi o‘simliklarni
Kasallantirish hususiyatiga ega.
Kasallik belgilari o‘simliklar 6-8 ta barg hosil qilgan davrdan boshlab
Namoyon bo‘ladi. Kasallangan barglar sargish yashil rangda bo‘lib, yuzasi gadir
Budir bo‘lib qoladi. O‘simlik o‘sishdan orqada qoladi, buginlari qisqaradi,
Mevasi ko‘rimsiz bo‘lib qoladi.Virus kasalligi bilan kasallangan qovunda – barg
Yaprog‘i jigar rangga kirib qolsa, tarvuz bargi marmarga o‘xshaydi, yosh barglari
Va uchki novdalari xalok bo‘ladi. Bodring mozaikasi ko‘pgina o‘simliklarni va
Begona o‘tlarni zararlaydi.Kasallik bir o‘simlikdan ikkinchi o‘simlikka asosan
Shiralar vositasida tarqaladi.Urug orqali tarqalmaydi.
Qarshi kurash choralari: ekinzorlardagi begona o‘tlarga va shiralarga qarshi
Kurashni o‘z vaqtda o‘tkazish, kasallangan o‘simliklarni namunalarini
Ekinzorlardan bartaraf qilish, chidamli navlarni ekish.
Bodringning yashil (olachipor, ingliz) mozaikasini virus (Cucumis virus)
Qo’zg’atadi. Ushbu virus VTM guruhiga kiradi, kriptogrammasi R/l; */5; E/E;
S/Ар. Virionlari tayoqcha shaklli, uzunligi 300 nm, inaktivatsiya harorati 90 C,
Oxirgi suyultirish 1:1000000.
Barcha poliz ekinlari zararlanadi. Bodringda issiqxonalarda keng tarqalgan,
Rossiyada deyarli har bir issiqxonada uchraydi, ammo O’zbekistonda qayd
Etilgani haqida xabar mavjud emas.
Zarariangan barglarda och-yashil va sariq dog’lar mozaika hosil qiladi,
So’gallar paydo bo’ladi, barglar g’ijimlangan shakl oladi. Meva tugunchalari
Qurib, to’kiladi, meva kam tugiladi, sarg’ish tus va xunuk shaklga kiradi, ustida
Mozaika rivojlanadi (7-8 rasm). Kasallik mexanik usulda (o’simlik shirasi
Bilan) va ishchilaming anjomlari bilan oson tarqaladi. Virus dalada keng
Tarqalganda hosilning 25 foizi yo’qotilishi mumkin.
Virus ancha barqaror, 90°S da 10 daqiqada faolligini yo’qotadi. Tuproq
Ustidagi o’simlik qoldiqlarida va urug’da 1 yilgacha saqlanadi.
Bodringning oq (sariq) mozaikasini virus (Cucumis virus)
Qo’zg’atadi. Kasallik ko’pincha issiqxonalarda yashil mozaika
Bilan birga uchraydi.
Zararlangan barglarda ravshan sariq yoki sarg’ish, och-yashil,
So’ngra oq tus oluvchi, yulduz shaklli xloroz dog’lari rivojlanadi.
Barglar g’ijimlangan shakl olmaydi. Mevalar kam tugiladi, xunuk
Shakl oladi, usti oqish dog’lar, ba’zan bo’rtmalar bilan qoplanadi.
Zararlangan barglarda ravshan sariq yoki sarg’ish, och-yashil,
So’ngra oq tus oluvchi, yulduz shaklli xloroz dog’lari rivojlanadi.
Barglar g’ijimlangan shakl olmaydi. Mevalar kam tugiladi, xunuk
Shakl oladi, usti oqish dog’lar, ba’zan bo’rtmalar bilan qoplanadi.
Kasallikning zarari yashil mozaikanikidan ko’p, dalada kuchli
Rivojlanganida hosilni 50% gacha kamaytirishi mumkin.Poliz ekinlarida tarvuz mozaikasini virus (Watermelon mosaic virus)
Qo’zg’atadi. Virus barcha poliz ekinlarini, dukkakli o’simliklami va ba’zi begona
O’tlami zararlaydi. Zararlangan o’simliklar barglarining tomirchalari oralari
Sarg’ayadi, so’ngra barglar ingichkalashadi, ulaming bo’laklari ipsimon shakl oladi.
Yosh barglarda mozaika va ulaming ustida so’galsimon shishlar paydo bo’ladi, ular
Qiyshayib va burishib qoladi. Kasallikning zarari yashil mozaikanikidan ko’p,
Dalada kuchli rivojlanganida hosilni 50% gacha kamaytirishi mumkin.
Zararlangan o’simliklarning palaklari kalta bo’lib qoladi. Mevalar ustida ham
Shishlar paydo bo’lishi mumkin.
Virus barcha qovoqdoshlar va dukkakdoshlar oilasiga mansub o’simliklarda va ba’zi
Begona o’tlarda saqlanadi. Ekin ichida va daladan dalaga shiralar, barg minyorlari
Va boshqa hasharotlar vositasida hamda tuproqqa ishlov berish mashinalari va meva
Teruvchilar orqali tarqaladi.
Bu kasallik poliz ekinlarida O’zbekistonda qayd etilmagan, ammo uchrashi ehtimol
Qilinadi.Poliz ekinlarida qovoq mozaikasini virus (Squash mosaic virus)
Qo’zg’atadi. Virusning ikkita irqi mavjud, ular bodringni zararlamaydi. 1-irq
Qovun, oddiy va o’ris qovoq, qovoqcha hamda kulchaqovoq (patisson)ni, 2-irq
Bulardan tashqari tarvuzni ham zararlaydi.
Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida tarqalgan, O’zbekistonda ham
Uchrashi ehtimol qilinadi. Markaziy Osiyoda “qovun mozaikasi virusi” nomi
Bilan atalgan qo’zg’atuvchi haqiqatda qovoq mozaikasi virusi ekanligi gumon
Qilinadi, chunki bu virus faqat qovun va qovoqni zararlaydi, biroq bodringni,
Ko’p irqlari tarvuzni ham, zararlamaydi.
Ko’p irqlari tarvuzni ham, zararlamaydi.
Zararlangan o’simliklarning barglarida sariq dog’lar, barg ustida shishlar
Paydo bo’ladi, tomirchaiari rangsiz bo’lib qoladi, barg xunuk shakl oladi.
O’simliklarning bo’yi pasayadi, palak va mevalaming soni kamayadi.
Kasallik sog’lom o’simliklarga bodring qo’ng’izchalari, chigirtkalar,
Kolorado qo’ng’izi va boshqa kemiruvchi hashoratlar vositasida tarqaladi.
7-mavzu: Mevali daraxtlar
Va tokning virusli
Kasalliklari va ularga qarshi
Kurash choralari.
O’QITUVCHI: ABDURAXMONOV. SH. M
REJA:
1.Olma mozaikasi.
2.Olma proliferatsiyasi.
3.Olma daraxtining yog’och qismi rezinkasimon bo’lib qolishi
Kasalligi.
4.Olma mevalari ytilmasligi va ularning normal rangi
Rivojlanmasligi.
5.Olma zaiflashishi kasalligi
6.Nok mevasining qattiqlashishi (toshga aylanishi).
7.Nok zaiflashishi.
8.Olxo’ri cliechagi (sharka, yoki cho’tir kasalligi).
9. Tokning sariq kasalligi.
OLMA MOZAIKASI.
Ushbu kasallik yer sharining bir qancha davlatlarida ya’ni Yevropa, AQSh, Avstraliya,
Xindiston, Latviya, Moldaviya, Belorussiya, Gruziya va boshqalarda ro‘yxatga olingan.
Kasallikni virus qo‘zg‘atadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi virusning bir nechta shtammlari
Mavjud va ularning zarari virus shtammlari va olma navlarini kasallikka chidamlilik
Darajasiga qarab aniqlanadi. Angliyada kasallikka moyil navlarni agressiv shtamm
Zararlanganda mozaika kasalligi tufayli olmani 30-40 % hosili yo‘qotilgan.
Moldaviyada olmaning sariq-yashil va och yashil mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi
Virusning ikkita shtammi aniqlangan. Birinchi shtamm bilan zararlanganda kasallik belgilari
Erta bahorda o‘sib chiqayotgan yosh novdalardagi barglarda mozaika ko‘rinishidagi noaniq
Shakllar, och yashil yoki sariq-yashil rangda paydo bo‘ladi. Harorat oshgan sari kasallik
Belgilari rivojlanishi susayadi.
Olma mozaikasi kasalligini qo‘zg‘atuvchi virusning kriptogrammasi: (R) /* : /(16) :
S/S : S/*. Virionlari spiral (sferik) shaklda bo‘lib diametri 29 nm ga teng keladi.
Virus o‘simlik a’zolarida saqlanadi va zararlangan material hamda emlash vaqtida
Yuqadi.
Olma proliferatsiyasi. Bu kasallik Janubiy Yevropa va Gollandiyadan Qora dengiz
Bo’yidagi davlatlargacha tarqalgan va ushbu mintaqalarda olmaning muhim kasalligi
Hisoblanadi. Proliferatsiya tufayli olma hosilining 10-80 foizi yo’-qotiladi.
Daraxtlarning novdalari, mevalari va ildizi zararlanadi. Eng ko’zga tashlanadigan
Belgisi – “jodugar supurgusi” – novdaning uch qismining o’sishi kamayishi va u erdagi,
Odatda tinim davrida bo’luvchi qo’ltiq kurtaklar o’sib, novdalar dastasi (“supurgi”) hosil
Bo’lishidir. Ba’zan novdalar dastasi o’rniga barglar rozetkasi rivojlanadi. Novda dastalari va
Rozetkalardagi barglar mayda bo’lib qoladi, ochroq yashil tus oladi, barg yonliklarining
O’lchami esa yaqqol kattalashadi. Kuzda (sog’lom barglar sarg’aygan paytda) kasal barglar
Qizg’ish tus oladi.
Daraxtlarning ildizlari yaxshi rivojlanmaydi, zich joylashgan ildiz dastalari paydo
Bo’ladi, ularda shishlar va bo’rtmalar rivojlanadi, yirik tomirlar soni kamayadi. Kasal
Daraxtlar zaiflashadi,ularning mevalari kichik bo’lib qoladi, og’irligi 30 – 60 foizga
Kamayadi, rangi o’zgaradiva 80 foizgachasi bozorbopliginiyo’qotadi. Zararlangan
Mayda mevalaming bandi sog’lomlarinikiga nisbatan uzayadi.
Bahorda kasal novdalarda barglar oldin chiqadi, ammo ular
Sog’lomlaridan biroz keyin gullaydi. Kasallik ba’zi mavsumlarda
Ko’proq, boshqalarida kamroq namoyon bo’lishi mumkin. Kasallikni
Zararlangan o’simlik to’qimalari ichida joylashuvchi fitoplazmasimon
Organizm qo’zg’atadi. Qo’zg’atuvchi organizm kuchli darajada
O’zgaruvchan, diametri 200-800 nm, uch qatli membranasi mavjud,
Ammo qattiq hujayra qobig’i yo’q.
Kasallik zararlangan daraxtlardan sog’lomlariga payvand orqali
Hamda bir qator so’ruvchi hasharot (chirildoq-sikada va chigirtka)
Turlari vositasida o’tadi. Kasallikning yashirin davri nihollarda 1
Yilgacha, etilgan daraxtlarda 2 yil yoki ko’proq. Ba’zi zararlangan
Kattaroq daraxtlar o’z-o’zidan sog’ayib ketadi. Qo’zg’atuvchi
Daraxtlaming ildiz qismida qishlaydi.
Olma daraxtining yog’och qismi rezinkasimon bo’lib qolishi kasalligi
Yevropa (jumladan sobiq Chexoslovakiya) va Shimoliy Amerikaning ko’pchilik
Mamlakatlarida, Yangi Zelandiya, JAR va Hindistonda qayd etilgan. Kasallikni
Aniqlash oson – yoshi 3 yildan ozroq bo’lgan daraxtlaming shoxlari, lignin hosil
Bo’lishi kamayishi natijasida, haddan tashqari egiluvchan bo’lib qolishidir.
Zararlangan daraxtlar o’sishdan orqada qoladi, zaiflashadi, hosil va meva o’lchami
Kuchli darajada kamayishi mumkin; ko’pincha daraxtlaming tagidan yangi shoxlar
O’sadi. Qo’zg’atuvchining barcha izolyatlari bilan kuchli zararlanadigan Lord
Labume navi indikator o’simlik sifatida qo’llaniladi. Gala, Golden Delishes, Jeyms
Griov, Starking Delishes va Starkrimson navlari ham chidamsiz. Ba’zi navlarda
Kasallikni aniqlash qiyin, chunki uning belgilari yaqqol ko’rinmaydi. Olmadan
Tashqari nok va behi ham zararlanishi mumkin, behining barglarida xlorozlar paydo
Bo’ladi. Qo’zg’atuvchi fitoplazmasimon organizm ekanligi xabar qilingan, ammo bu
Aniq isbotlanmagan. Kasallik payvand bilan oson yuqadi, tabiatda tarqalmaydi yoki
Tarqalishi juda kam, ammo zararlangan daraxtlarning hosili sezilarli darajada
Kamayadi.
Olma mevalari ytilmasligi va ularning normal rangi
Rivojlanmasligi. Kasallik AQSH, Yvropa, JAR, va Yangi
Zelandiyada qayd etilgan Lord Laburne navida iyun oyidan boshlab
Mevalar o’sishi va rivojlanishi sekinlashadi, natijada hosil yig’ish
Paytida ular kichik va yashil bo’lib qoladi; o’lchami normal bo’lgan
Mevalar yaltiroq qizil rang o’rniga kulrang-qo’ng’ir- qizil tus oladi.
Ba’zi mevalarda diametri 5 mmcha bo’lgan, chetlari qizil,
To’q-yashil, dumaloq dog’lar paydo bo’ladi. Boshqa navlarda
Kasallikning aniq belgilari rivojlanmasa ham, hosil kamayib ketishi
Mumkin. Kasallikni fitoplazmasimon organizm qo’zg’atishi xabar
Qilingan. Kasailik payvand bilan oson yuqadi, tabiatda sekin
Tarqaladi va vektori noma’lum.
Olma zaiflashishi kasalligi AQSHda Delishes va Golden
Delishes navlarini zararlaydi. Oldin bitta novdada kichik,
Dumaloq barglar paydo bo’ladi, novda o’sishi juda
Sekinlashadi. Bir mavsumda kasailik belgilari butun daraxtga
Tarqaladi, birinchi bo’lib zararlangan novda, uchidan
Boshlab, qurib qoladi. Uchinchi yilga kelib novdalarning
Ko’pchiligi qurib qoladi, 3-4 yil ichida daraxt nobud bo’ladi.
Bitta daraxtda paydo bo’lgan kasailik radial yo’nalishlarda
Bog’dagi barcha daraxtlarga tarqaladi. Zararlangan daraxtlar
Ildizlaridagi tuklar yo’qoladi, mevalari mayda va kechpishar
Bo’lib qoladi, bozorbopligini yo’qotadi. Kasallikni
Fitoplazmasimon organizm qo’zg’atadi.
NOK MEVASINING QATTIQLAShIShI.
Kasallik AQShda, Yevropaning barcha davlatlarida
Gruziyada, Latviya va Moldaviyada ro‘yxatga olingan. Kasallikni
Zarari nok mevasining mazasi va meva sifatini buzilishi bilan aks
Etadi.
Nok mevasi hosil bo‘lgandan so‘ng 10-20 kun o‘tgach meva
Epidermis to‘qimasi ostida to‘q yashil dog‘ paydo bo‘ladi va shu
Dog‘ paydo bo‘lgan joyni mazasi buziladi. Mevani rivojlanishi
Davom etgan sari u chuzinchoq bo‘lib chuqurlashib boradi va qotib
Qolgan xujayralarni hosil qiladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi virus emlash vaqtida yuqadi.
Nok zaiflashishi Yevropa va Amerikada barcha mamlakatlarda
Tarqalgan, Isroilda va Avstraliyada ham qayd etilgan. Kasallikning uchta
Asosiy belgisi – daraxtning umumiy ahvoli tez yoki sekin yomonlashishi;
Barglar qizg’ish tus olishi va ba’zan ulaming uchki qismlari pastga, yon
Tomonlari esa ichiga qarab bukilishidir.
Daraxtning umumiy ahvoli tez yomonlashishi odatda issiq va quruq
Ob- havo sharoitida, yozda yoki kuzda, daraxt bir necha kun yoki yoki bir
Necha hafta ichida so’lishi va nobud bo’lishi bilan ta’riflanadi. Bu odatda
Daraxtning umumiy ahvoli sekin yomonlashishi va barglar qizg’ish tus
Olishidan so’ngra kuzatiladi. Qo’zg’atuvchi fitoplazmasimon organizm,
Daraxtlaming ildiz qismida qishlaydi. Kasallikni sog’lom daraxtlarga
Payvand bilan yuqtirish mumkin. Tabiatda qo’zg’atuvchi nok
Burgachasining (Psylla spp.) bir necha turi vositasida tarqaladi.
Olxo’ri cliechagi (sharka, yoki cho’tir kasalligi). Ushbu karantin kasalligi
Yevropa davlatlarida (Avstriya, Angliya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya,
Gollandiya, Gretsiya, Moldova, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Serbiya, Turkiya,
Ukraina, Chexiya,Estoniya, Shvetsariya, Shvetsiya, Yugoslaviya) tarqalgan.
Sharka bilan olxo’ridan tashqari tog’olcha, o’rik. Shaftoli va ternosliv ham
Zararlanadi.
Kasallikni virus (Prunus virus 7 – Plum pox virus) qo’zg’atadi. Kasallik
Tufayli chidamsiz daraxtlaming 25-50%, ba’zan 100% hosili yo’qotiladi.
Zararlangan daraxtlar mevasining ko’pchiligi to’kiladi, qolganlari mayda va
Beta’m bo’lib qoladi.
Kasallik belgilari daraxtlar virus bilan zararlangandan so’ng 9-11 oy o’tganda
Namoyon bo’ladi. Bahorda olxo’ri va tog’olcha barglari va yosh novdalarida
Keng xalqa, yoy, tasma va boshqa shakllardagi, kengligi 2-3 mm dan 10-15 mm
Gacha keladigan och-yashil yoki och-sariq xlorotik dog’lar va tasmachalar
Paydo bo’ladi (11-rasm).
Ulaming soni va o’lchami o’simlik navining chidamliligi, zararlanish muddati va ob-havo
Sharoitlari bilan bog’liq holda o’zgaradi, Harorat 20-25°S gacha isishi bilan bu belgilar ba’zi
Navlarda yo’qoladi, boshqalarida saqlanib qoladi.
Yozda iyun oyida kasallikka chidamsiz navlar mevalari ustida botiq nekrotik, to’q-yashil
Tusli tasma, xalqa va yarim xalqa shaklli dog’lar rivojlanadi. Meva eti qo’ng’ir yoki qizg’ish
Tus oladi, zichlashib rezinkasimon va beta’m bo’lib qoladi, ba’zi qismlarining ichi elimga
To’ladi. Meva danaklarida ba’zan botiq, qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi. Zararlangan mevalar
Mayda bo’lib qoladi, shakli buziladi, vaqtidan oldin rangga kiradi, ta’mi buziladi, tarkibida
Qand moddasi kamayadi va sog’lomlaridan 20 – 30 kun oldin to’kiladi ( 12 – rasm)
QARShI KURASh ChORALARI
Mevali daraxtlarning virusli kasalliklariga qarshi kurashni eng asosiysi bu sog‘lom
Ekindan urug‘lik va ekish materiallarini olishdir.
Bundan tashqari urug‘li meva daraxtlarini ya’ni olma va nokning urug‘larini ma’lum
Vaqtda termostatda qizdirish va urug‘larni qaynoq suvga ivitish virusdan holi bo‘lishda yaxshi
Natijalarni beradi.
Shuningdek kasallikni tarqatuvchi xashoratlarga qarshi kimyoviy kurash choralarini o‘z
Vaqtida sifatli qilib o‘tkazish kerak.
TOKNING SARIQ KASALLIGI.
Tokning sariq kasalligi. Tokning sariq (tok barglari zarrin sarg’ayishi –
Flavescens doree) kasalligi Fransiya, Italiya, Sloveniya va Ruminiyada tarqalgan.
Bahorda zararlangan novdalar o’smaydi, bo’g’in oralari qisqaradi, kurtaklar
Yozilmaydi yoki yozilishi kechikadi. Yozda chidamsiz navlaming ko’pchiligida
Novdalar (lignin hosil bo’lmasligi sababli) rezinkaga o’xshab, pastga osilib
Qoladi, ba’zan novda bo’ylab qora pustulalar paydo bo’ladi, ulaming o’sish
Nuqtalari tezda nobud bo’ladi.
Zararlangan barglar qattiq va mo’rt bo’lib qoladi, chetlari sal pastga bukiladi,
Oftob ta’sirida oq mevali navlaming barglari tilla-sariq, qora mevali navlamiki
Qizil tus oladi. Yoz oxirida barglarning asosiy asosiy tomirlarida och- jigarrang
Dog’lar paydo bo’ladi va ular nekrozlashadi; ba’zan barglarda 2-3 ta asosiy
Tomirlar orasida, oq mevali navlarda sariq, qora mevali navlarda qizil tusli,
Serqirra dog’lar hosil bo’ladi (13-rasm).
Kasallik gullashdan oldin yoki gullash paytida paydo bo’lsa, to’pgul quriydi, keyinroq
Kuzatilsa, meva bandi quriydi va qorayadi, uzumlar burishib, qurib qoladi.
Barcha sariq kasalliklarining harakterli belgilari:
Barg tomirlari bo’ylab och-jigarrang va qirrali dog’lar mavjudligi va barg chetlari pastga
Bukilishi;
Novdalar yog’ochlashmasligi;
Novdalarda qora pustulalar paydo bo’lishi;
Uzumlar burishib qolishidir.
Leafroil va corky bark virozlarida barg chetlari pastga bukilishi kuzatiladi, ammo och-
Jigarrang yoki qirrali dog’lar va qora pustulalar hech qachon paydo bo’lmaydi; leafroll
Kasalligida novda yog’ochlashmasligi uchramaydi; GFLV bilan kasallangan tok barglarida
Bunday dog’lar bo’lishi mumkin, ammo burglar bukilmaydi va mo’rt bo’lib qolmaydi;
Virozlar uzum burishib qolishiga olib kelmaydi. Qo’zg’atuvchi fitoplazmasimon organizm
Ekanligi taxmin qilinadi. U sikada (Scaphoides littoralis) vositasida tokdan vika va
Xrizantemaga yuqadi va ulardan tokka qayta o’tadi. Tajribada kasallikni sog’lom o’simlikka
Kurtak payvandi orqali yuqtirish mumkin.
Kasallik rivojlanishi va zarari. Kasallikni tokzorda sikada tarqatadi.
Sikada yiliga bir avlod beradi. Qo’zg’atuvchi zararlangan novdalarda
Qishlaydi. Bahorda qo’zg’atuvchini sikadaning nimfasi yoki etuk zoti
Yutadi, uch haftadan so’ng ularda tokni zararlash qobiliyati paydo
Bo’ladi.
Kasallik belgilari vektor vositasida tabiiy zararlanishdan so’ng keyingi
Yili kuchli va sistemali shaklda rivojlanadi. Ammo tok boshqa virus
(black ring virus) bilan zararlangan bo’lsa, kasallik sistemali
Bo’lmasdan, qo’zg’atuvchi to’qimaga kirgan joyda lokal bo’lib qoladi.
Keyingi mavsumlarda kasallik rivojlanishi 2 tipda o’tishi mumkin: 1)
Sistemali belgilar yildan yilga kuchayadi va oxiri tok nobud bo’ladi; 2)
Tok qaytadan zararlanmasa, sog’ayadi; 4-5 yildan keyin qayta
Zararlanish yuz bersa, tokda yana 1 – tip sistemali zararlanishning
Belgilari rivojlanadi.
7 – Mavzu: KARTOShKANING VIRUSLI KASALLIKLARI.
KARTOShKANING ChIZIQChALI MOZAIKASI
Ushbu kasallik kartoshka yetishtiilayotgan barcha xududda keng
Tarqalgan bo‘lib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Morshinistkali mozaikaning xarakterli belgisi kartoshka barglarining
Tirishib qolishi va o‘simlikni o‘sish va rivojlanishdan orqada qolishi bilan
Ifodalanadi. Chiziqchali mozaikada esa kartoshka barg tomirlarida nekrozlar hosil
Bo‘ladi, kasallik kuchli rivojlansa barg butunlay nobud bo‘ladi.
Ushbu kasallikni kartoshkada Y – virusi keltirib chiqaradi.
Virusning kriptogrammasi qo‘yidagichadir: R/*: */* : Ye/Ye : S/Ap.
Kasallikni rivojlanish darajasi kartoshka navlari, tabiiy sharoit va
Virusning shtammlariga bog‘liq.
Virus –Y ga tashxis qo‘yishda serologik, elektro-mikroskopik va
Indikatorli usullardan foydalaniladi.
Infeksiya urug‘lik tuganakda saqlanadi, o‘suv davrida esa o‘simlikdan
O‘simlikka o‘simlik bitlari orqali yuqadi.
KARTOShKA BARGINING BUJMAYIShI
Ushbu kasallik ham kartoshka yetishtiriladigan barcha xududlarda keng
Tarqalgan. Kasallik ta’sirida hosildorlik 38 – 74 % gacha kamayadi.
Kasallik bilan zararlangan kartoshkaning barglari xo‘rpaygan
Ko‘rinishni beradi, natijada barg plastinkasi chetlari o‘rta tomirga tomon bujmayadi.
Kasallik belgilari faqat yuqori yarusdagi barglarda emas balki pastki yarusdagi
Barglarda ham kuzatiladi. Kasallangan o‘simliklardan olingan tuganaklar kichkina
Bo‘lib ichki tomonida nekroz hosil bo‘ladi. Kasallik belgilarini hosil bo‘lishi virus
Shtammlari, tabiiy sharoit va kartoshka navlarining xususiyatlariga bog‘liq.
Kasallikni kartoshkada virus –L qo‘zg‘atadi. Virus virionlari dumaloq
Shaklda bo‘lib uning diametri 25 nm keladi. Virusning kriptogrammasi
Kartoshkaning barg bujmayish kasalligi qo‘zg‘atuvchilari guruhiga kiradi. R/1: 2/* :
S/S : S/Ap/
Kasallikni o‘suv davrida har xil o‘simlik bitlari tarqatadi.
KARTOShKA BARGINING MOZAIKA KO‘RINIShIDAGI
BUJMAYIShI.
Kasallik jahonning ko‘plab mamlakatlarida yetishtirilayotgan
Kartoshka navlarida aniqlangan. Kasallikni iqtisodiy zarari virus shtammi va
Kartoshka navlariga bog‘liqdir.
Ushbu kasallikni boshqa kasalliklardan farqi bujmayishi belgilari qari
Barglarda emas faqat yosh barglarda kuzatilishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun bir
Vaqtning o‘zida mozaika belgilari ham paydo bo‘ladi. Kartoshkada kasallik
Qo‘zg‘atuvchisi virus – M hisoblanadi. Uning kriptogrammasi qo‘yidagichadir: */:
*/: Ye/Ye : S/Ap.
Virus virionlari ipsimon ko‘rnishida bo‘lib uzunligi 650 nm va eni 12-
13 nm ni tashkil etadi.Infeksiya manbayi bo‘lib zararlangan tuganak hisoblanadi, o‘suv
Davrida esa o‘simlikdan – o‘simlikka o‘simlik bitlari yuqtiradi. Shuning bilan birga
Virus o‘simlik sharbati orqali ham yuqadi.
QARShI KURASh ChORALARI.
Urug‘lik uchun yetishtirilayotgan kartoshkani oziq-ovqat kartoshkasi,
Pomidor, qalampir va baqlajon ekilgan dalalardan uzoqda ekish kerak. Urug‘lik
Tuganakni miqdordagi chuqurlikka o‘z vaqtida ekish, zararlangan o‘simliklarni
Daladan chiqarib yo‘q qilish, kasallikni tashuvchi xashoratlarga qarshi kimyoviy
Kurash choralarini qo‘llash, begona o‘tlarni yo‘q qilish va nixoyat virusli
Kasalliklarga chidamli navlarni ekish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
V.I.Bilay. – Mikroorganizmы vozbuditeli bolezney rasteniy. Kiev,
1988
2.V.F.Peresыpkin – Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya. Moskva,1989.
Yu.I.Vlasov. – Trudы vsesoyuznogo nauchno-issledovatelskogo
Instituta zaщitы rasteniy, Leningral, 1979.
Yu.I.Vlasov i dr. – Virusnыe bolezni ovoщnыx i baxchevыx
Kultur.Leningrad. 1973
5.V.A.Shmыglya i dr.- Metodы diagnostiki virusov v seleksii i
Semenovodstve kartofelya.Moskva. 1987..
V.A.Shmыglya.- Diagnostika virusnыx i mikoplazmennыx bolezney
Kartofelya. Moskva. 1977.
Yu.I.Vlasov i dr. Selskoxozyaystvennaya virusologiya. Kolos. Moskva.
1982.
8 – Mavzu: LAVLAGI VA KARAMNING VIRUS KASALLIKLARI.
8-Amliy mashg’ulot
Reja:
Lavlagi mozaikasi
Irlandiya sariq kasalligi
Karam mozaikasi
Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, mikroskop, buyum va
Qoplog’ich oyna, lupalar, Petri iikopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka,
Pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlik gerbariylari va bankalarda
Saqlanayotgan namunalami tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib
Olish va rasmini chizish, zararlangan organlaridan preparat tayyorlab mikroskop
Ostida ko’rish.
Lavlagi mozaikasini virus (Beta virus) qo’zg’atadi. Virionlari ipsimon
Shaklli, 733x15 nm, inaktivatsiya harorati 55...60°C virus o’simlik sharbatida xona
Haroratida 2-4 kun saqlanadi. Kriptogrammasi */*; */*; E/E; S/Ap. Virusni
Kasallangan barg shirasidan 60°S haroratda 10 minutdan keyin, xona sharoitida 6
Kundan keyin ajratib olish mumkin.
Kasallik dunyoning barcha mintaqalarida tarqalgan, O’zbekistonda xo’raki va
Xashaki lavlagida qayd etilgan. Lavlagidan tashqari, virus bilan xashaki dukkakli
Ekinlar, ismaloq, eshaksho’ra, qaylyug’un, sho’ra, g’umay va olabo’ta ham
Zararlanadi. Infeksiya zaralangan o’simliklaming qoldiqlaridaham saqlanadi.
Zararlangan o’simlik barglarida mozaika (rangsiz nuqtasimon, dumaloq,
Yulduzsimon, to’rsimon dog’lar) rivojlanadi, ulaming usti biroz g’ijimlangan tus
Oladi. Bargning kasallangan to’qimalarida xloroplastlar soni kamayib ketadi. Bu
Kasallik belgilari yosh barglarda yorqin ifodalansa, keksa barglarda ko’zga
Tashlanmaydi. Mozaika asosan urug’lik ko’chatzorlarda uchrab 3-8% o’simliklarni
Kasallantiradi. Dog’lar turli kattalikda bo’lib, yupqa bo’lib qoladi, bir necha qavat
Ustunsimon to’qimalar o’miga bir qator kubsimon to’qimalar hosil bo’ladi.
Ekin ichida virus 44 ta shira turlari asosan lavlagi qora shirasi, yashil shaftoli
Shirasi, burgalar, saratonlar va qandalalar vositasida tarqaladi. Bu hasharotlar
O’simlik shirasini 6-10 sek. Davomida iste’mol qilgandan keyin tashuvchiga aylanadi
Va infeksiyani 30 min. Davomida saqlashi mumkin. Asosiy infeksiya manbai virus
Bilan zararlangan, urug’ olish uchun ekilgan ildizmevalar hamda qishlovchi begona
O’tlar hisoblanadi; ulardan virus birinchi yil ekilgan lavlagiga o’tadi. Kasallik
Ildizmcvalarda saqlanishi tufayli o’simliklarni birinchi va ikkinchi yilda ham
Kasallantiradi. Virus kasallangan o’simlik shirasida ko’payadi.
Kasallik ildizmevalar hosilini pasaytiradi, urug’ hosilini 20% gacha
Kamaytiradi. Kasallangan o’simlikning fiziologik jarayonlari buzilib, fotosintez
Faolligi pasayadi. Natijada o’simliklarning ildizmevasi 5-7% ga, qand miqdori 1-2
% ga, urug’ hosil qilish xususiyati 15-20% ga pasayadi.
Irlandiya sariq kasalligi lavlagi etishtiradigan Evropaning shimoliy
Regionlarda 10-39% ekinzorlarda keng tarqalgan. Bu kasallikning nekrozli va kam
Sarg’ayish turlari mavjud bo’lib, ulaming birinchisi urug’dan ungan ko’chatlami 2-
5 ta barg hosil qilgungacha zararlaydi. Bunda barg tomirlari sarg’ayadi. Keksa
Barglarda, ulaming uchki qismidan boshlanib, noaniqchegarali sariq dog’lar
Hosilbo’ladi. Keyinchalik bu dog’lar bargning asosiga qadar tarqalib, barg yuzasini
Butunlay qoplaydi. Natijada, barg bronza yoki qizil rangga kiradi. Kasai barglar
Yo’g’onlashib, seret bo’lib qoladi. Ular qo’l bilan tekkanda maydalanib ketadi.
Kasallangan barglar floemasidagi elaksimon naylar va ularning atrofidagi hujayralar
Nobud bo’ladi, ichi sariq, shilimshiq modda bilan to’ladi. Bargning qoplag’ich
To’qimalari sarg’ayib, shishib ketadi. Bunday holat keyin barg yuzasidan barg bandi
Va ildizmevalarining o’tkazuvchi naylar bog’lamigacha etib boradi. Barg tomiridagi
Sariqlik barg yaprog’iga ham tarqalib, ular qurib qoladi.
Sariq kasalligi rozetkaning pastki barglarida namoyon bo’ladi, kuchli
Rivojlanganida o’rta yaruslami ham egallaydi. Kasallik belgilari urug’lik
Ko’chatlarda yorqin ifodalangan bo’ladi.
Irlandiya sariq kasalligini kompleks viruslar keltirib chiqarsada ular zarar
Ko’rsatish xususiyatiga qarab farqlanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi egilgan uzun
Tayoqcha shaklida bo’lib, 50-55°C haroratda 10 minutda ajralib chiqadi. Bu virus
Urug’ orqali tarqalmaydi.
Qish faslida bu viruslar lavlagi ildizmevasida saqlanib, kasallikning dastlabki
Belgilari aprel-may oylarida namoyon bo’ladi. Ulardan virus hasharotlar vositasida
Urug’dan ungan yangi ko’chatlarga va boshqa dalalarga tarqaladi.
Kasallik tarqalishida qo’ypechak, sho’ra, g’umay, ochambiti, eshaksho’ra
Kabi begona o’tlar acosiy rol o’ynaydi. Kasallik so’ruvchi hasharotlar, mexanik
Zararlanish va zarpechaklar vositasida tarqaladi. Kasallik urug’ orqali tarqalmaydi.
Kasallangan o’simliklarda barg nobud bo’lishi fotosintez jarayoni buzilishiga,
Ildizmevalarhajmi kichrayishiga olib keladi, natijada hosil keskin kamayadi.
Masalan, sog’lom o’simlik ildizmevasining og’irligi 284 g, undagi qand miqdori
17,5% bo’lsa, kasal o’simlik ildizmevasiningog’irligi 188 g, qand miqdori 15% ni
Tashkil qiladi. Kuchli zararlangan ildizmeva og’irligi 96 g, undagi qand miqdori 14%
Gacha kamayadi. Bunday ildizmevalar uzoq saqlanmaydi va tez chirib ketadi.
Karam mozaikasini virus (Brassica virus) qo’zg’atadi. Kriptogrammasi D/2;
4,5/16; S/S; S/Ар. Virus bilan karamdan tashqari rediska, turup, sholg’om va boshqa
Butguldosh ekin va begona o’tlar zararlanadi.
9 – Mavzu: DUKKAKLI DON EKINLARINING VIRUSLI
KASALLIKLARI.
SOYA MOZAIKASI
Ushbu kasallik jahonning soya yetishtiradigan barcha davlatlarida keng
Tarqalgan. Kasallikning zarari hosilni kamayishi, soya doni sifatini buzilishi va uning
Tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdorini kamayishi bilan ifodalanadi. Soyaning mozaika
Kasalligi tufayli hosildorlik 20- 26 % ga pasayar ekan.
Kasallikning asosiy belgisi barglarni olachipor rangga kirishi, barglarni
Bujmayishi va ularda shishlarni hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kasallik ta’sirida
O‘simlik o‘sishdan orqada qoladi.
Soyaning mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchisi virus. Ushbu virus potiviruslar
Guruhiga kiradi. Uning kriptogrammasi ushbu guruhga mansub viruslarni xarakterli
Belgilarini beradi. R/1 : 3,5/5 : Ye/Ye : S/Ap. Soya mozaikasi virusining alohida
Tuzilishi hozircha o‘rganilmagan.
Soya mozaikasi qo‘zg‘atuvchisini virionlari ipsimon ko‘rinishida bo‘lib,
Uzunligi 750 nm, virusning aktivlashuv (inaktavatsiya) xarorati 55……62 S.
Virusga tashxis qo‘yish usullari bo‘lib elektron- mikroskopik va serologik
Usul hisoblanadi.
Virusning ixtisoslashuvi juda tor. Ushbu fitopatogen tabiiy sharoitda faqat
Soyada aniqlangan.
Virus urug‘ orqali, o‘simlik bitlari va tadqiqot olib borish davrida
Inokulyatsiya qilish jarayonida o‘simlik sharbati orqali yuqadi.
Kasallikni tarqalishida asosiy o‘rinni zararlangan urug‘ egallaydi, uning
Tarqalishida kasallikka chidamsiz navlarni o‘rni kattadir, ular orqali kasallik 0,2 %
Dan 30 % gacha tarqaladi.
Tabiatda ushbu virusni turli xil shtammlari tarqalgan. Yapon olimlari
Tomonidan ushbu shtammlarni kuchsiz patogenlarini A, V,S va kuchli patogenlarini
D, Ye xarflari bilan belgilashgan.
KARShI KURASh ChORALARI. Urug‘likni sog‘lom o‘simliklardan yig‘ish,
Kasallangan o‘simliklarni o‘z vaqtida aniqlab yo‘q qilish, kasallikni tarqatuvchi
O‘simlik bitlariga qarshi kimyoviy kurash choralarini olib borish, ekish vaqtini
To‘g‘ri tanlash, eng asosiyni kasallikka chidamli navlarni yaratish va ularni ekish
Kerak.
NO‘XOTNING ODDIY MOZAIKASI
Kasallik no‘xot yetishtiriladigan ko‘pgina mamlakatlarda jumladan Ukraina,
Litva, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonda keng tarqalgan.
Mozaika bilan zararlangan no‘xot nimjon bo‘lib o‘lishdan orqada qoladi,
Natijada undan olinadigan don hosildorligi va hatto ko‘p massaning miqdori ham
Pasayadi. Kasallik bilan zararlangan barg tomirlarida sarg‘ayishni kuzatiladi,
Keyinchalik och doirasimon dog‘lar paydo bo‘ladi. Natijada o‘simlik mozaika
Ko‘rinishidagi olachipor rangga kiradi. No‘xotning ayrim navlari kasallik bilan
Zararlanganda barglar bujmayadi.
No‘xot mozaikasini qo‘zg‘atuvchi virus o‘zining tuzilishi va tarkibi jihatidan
Loviyani sariq mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi virusga o‘xshaydi. Lekin no‘xot
Mozaikasi virusi loviya navlarini zararlay olmaydi.
No‘xot mozaikasi virusini o‘simlik bitlari tashiydi, virus ko‘p yillik dukkakli
Begona o‘tlarda saqlanadi. Virus urug‘ bilan tarqalmaydi bundan ko‘rinib turibdiki,
Virus tabiatlagi begona o‘tlarda ko‘payadi.
KURASh ChORALARI. : Ekishni erta tashkil etish, no‘xot ekiladigan
Dalalarni ko‘p yillik dukkakli don ekinlari ekilgan dalalardan uzoqda joylashtirish,
Urug‘likni o‘z miqdorida sifatli qilib ekish, kasallikka chidamli nav va gibridlarni
Ekish tavsiya etiladi.
LOVIYANING ODDIY MOZAIKASI..
Kasallik loviya yetishtirilayotgan barcha mamlakatlarda keng tarqalgan.
Loviya mozaikasi kasalligi belgilari har xil ko‘rnishda bo‘lib zararlangan
O‘simlik mozaika ko‘rinishdagi rangga kiradi, barglari o‘z shaklini o‘zgartiradi,
Zararlangan barglar bujmayib pastga qarab qoladi.
Loviya oddiy mozaikasini qo‘zg‘atuvchi virus potiviruslar guruhiga kiradi.
Ushbu virusni kriptogrammasi qo‘yidagichadir. R/1 : 3,5/5 : Ye/Ye : S/Ap.
Loviya oddiy mozaikasini qo‘zg‘atuvchi virus virionlari apsimon ko‘rinishga
Ega bo‘lib, ularning xajmi 750 nm, ularning aktivlashuv (inaktivatsiya) xarorati
580Sni tashkil etadi.
Virusga tashxis qo‘yishda elektron – mikroskopik, serologik va indikatorli
Usullardan foydalaniladi.
Virus urug‘ orqali tarqaladi. O‘suv davrida esa o‘simlikdan o‘simlikka virusni
O‘simlik bitlari tashib o‘tadi.
KURASh ChORALARI.: Kasallik bilan zararlangan o‘simlikni o‘z vaqtida
Aniqlab yo‘q qilish, ekishni o‘z vaqtida o‘tkazish, kasallikni tashuvchi o‘simlik
Bitlariga qarshi o‘z vaqtida kurashish va kasallikka chidamli navlardan foydalanish.
BEDA MOZAIKASI.
Kasallik Amerika qit’asida, Yevropada, Osiyoda va Yangi Zellandiyada
Tarqalgan.
Kasallikni zarari bedadan olinadigan ko‘k massani kamayishi, urug‘likni
Sifatini va miqdorini kamayishi bilan ifodalanadi.
Kasallik belgisi bedada turlichadir: o‘simlik a’zolarining och yashil rangga,
Sariq ranga kirishi, barglarni turli xil shaklga kirishi bilan xarakterlanadi.
Zararlangan o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi va past bo‘ylilikni hosil qiladi.
Beda mozaikasini qo‘zg‘atuvchi virus ko‘p komponentlidir. Buni esa uning
Kriptogrammasida ko‘rish mumkin: uning kriptogrammasi: R/1 : 1,1/16 + 0,8/16 :
I/I : S/Ap.
Virus virionlari batsilla ko‘rinishini aks ettiradi. Virus tabiatda ko‘pgina
Shtammlar ko‘rinishda tarqalgan. Virus ko‘pgina o‘simliklarni zararlaydi. Virusga
Tashxis qo‘yishda indikatorli, elektron-mikroskopik va serologik usuldan
Foydalaniladi. Virusga nisbatan xo‘jayin o‘simlik bo‘lib bir qancha madaniy va
Yovvoyi o‘simliklar hisoblanadi. Infeksiyani beda bitlari tashiydi. Virusni saqlanib
Qolishda ko‘p yillik o‘tlardan klever, oq donnik, malinali klever va bedaning o‘zi
Hisoblanadi.
Virus bedadan tashqari bir yillik madaniy ekinlardan kartoshka, pomidor,
Qalampir, baqlajon, loviya, no‘xot, soya va lyupinni zararlaydi.
QARShI KURASh ChORALARI
Beda yetishtirish texnologiyasiga qat’iy e’tibor berish kerak chunki qarigan
Beda kasallik bilan ko‘p zararlanadi. Yangi beda ekiladigan dalaning eski beda
Dalasidan uzoqda joylashtirish va kasallikka chidamli navlarni ekish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
V.I.Bilay. – Mikroorganizmы vozbuditeli bolezney rasteniy. Kiev, 1988
2.V.F.Peresыpkin – Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya. Moskva,1989.
M.Ya.Moldovan. – Virusnыe bolezni tabaka v Moldavii i meropriyatiya po
Borbe s nimi. Avtoref.d.b.n. Kishinev,1974
Yu.I.Vlasov. – Trudы vsesoyuznogo nauchno-issledovatelskogo instituta
Zaщito‘ rasteniy, Leningral, 1979.
Yu.I.Vlasov i dr. – Virusnыe bolezni ovoщnыx i baxchevыx
Kultur.Leningrad. 1973
6.I.V.Panarin –Zahita zlakovыx kultur ot virusno‘x bolezney. Moskva
,1985.
7.V.A.Shmыglya i dr.- Metodы diagnostiki virusov v seleksii i
Semenovodstve kartofelya.Moskva. 1987..
V.A.Shmыglya.- Diagnostika virusnыx i mikoplazmennыx bolezney
Kartofelya. Moskva. 1977.
Yu.I.Vlasov i dr. Selskoxozyaystvennaya virusologiya. Kolos. Moskva.
1982
10 – MAVZU; POLIZ EKINLARI VIRUS KASALLIKLARI.
10- amaliy mashg’ulot
Reja:
Bodringning yashil (olachipor, ingliz) mozaikasi
Bodringning oq (sariq) mozaikasi
Poliz ekinlarida tarvuz mozaikasi
Poliz ekinlarida qovoq mozaikasi
Zaruriy jixozlar: Kasallangan o’simlik gerbariylari, mikroskop, buyum va
Qoplog’ich oyna, lupalar, Petri likopchalar, preparoval nina, pipetkalar, spirtovka,
Pinsentlar.
Topshiriq bajarish tartibi: Kasallangan o’simlik gerbariylari namunalarni
Tashqi ko’rinishlariga qarab ajratish, belgilarini yozib olish va rasmini chizish,
Zararlangan organlaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’rish.
Bodringning yashil (olachipor, ingliz) mozaikasini virus (Cucumis virus)
Qo’zg’atadi. Ushbu virus VTM guruhiga kiradi, kriptogrammasi R/l; */5; E/E; S/Ар.
Virionlari tayoqcha shaklli, uzunligi 300 nm, inaktivatsiya harorati 90 C, oxirgi
Suyultirish 1:1000000.
Barcha poliz ekinlari zararlanadi. Bodringda issiqxonalarda keng tarqalgan,
Rossiyada deyarli har bir issiqxonada uchraydi, ammo O’zbekistonda qayd etilgani
Haqida xabar mavjud emas.
Zarariangan barglarda och-yashil va sariq dog’lar mozaika hosil qiladi,
So’gallar paydo bo’ladi, barglar g’ijimlangan shakl oladi. Meva tugunchalari qurib,
To’kiladi, meva kam tugiladi, sarg’ish tus va xunuk shaklga kiradi, ustida mozaika
Rivojlanadi (7-8 rasm). Kasallik mexanik usulda (o’simlik shirasi bilan) va
Ishchilaming anjomlari bilan oson tarqaladi. Virus dalada keng tarqalganda
Hosilning 25 foizi yo’qotilishi mumkin.
Virus ancha barqaror, 90°S da 10 daqiqada faolligini yo’qotadi. Tuproq
Ustidagi o’simlik qoldiqlarida va urug’da 1 yilgacha saqlanadi.
Bodringning oq (sariq) mozaikasini virus (Cucumis virus) qo’zg’atadi.
Kasallik ko’pincha issiqxonalarda yashil mozaika bilan birga uchraydi.
Zararlangan barglarda ravshan sariq yoki sarg’ish, och-yashil, so’ngra oq tus
Oluvchi, yulduz shaklli xloroz dog’lari rivojlanadi. Barglar g’ijimlangan shakl
Olmaydi. Mevalar kam tugiladi, xunuk shakl oladi, usti oqish dog’lar, ba’zan
Bo’rtmalar bilan qoplanadi. Zararlangan barglarda ravshan sariq yoki sarg’ish, och-
Yashil, so’ngra oq tus oluvchi, yulduz shaklli xloroz dog’lari rivojlanadi. Barglar
G’ijimlangan shakl olmaydi. Mevalar kam tugiladi, xunuk shakl oladi, usti oqish
Dog’lar, ba’zan bo’rtmalar bilan qoplanadi.
Kasallikning zarari yashil mozaikanikidan ko’p, dalada kuchli rivojlanganida
Hosilni 50% gacha kamaytirishi mumkin.
Poliz ekinlarida tarvuz mozaikasini virus (Watermelon mosaic virus)
Qo’zg’atadi. Virus barcha poliz ekinlarini, dukkakli o’simliklami va ba’zi begona
O’tlami zararlaydi. Zararlangan o’simliklar barglarining tomirchalari oralari
Sarg’ayadi, so’ngra barglar ingichkalashadi, ulaming bo’laklari ipsimon shakl oladi.
Yosh barglarda mozaika va ulaming ustida so’galsimon shishlar paydo bo’ladi, ular
Qiyshayib va burishib qoladi. Kasallikning zarari yashil mozaikanikidan ko’p, dalada
Kuchli rivojlanganida hosilni 50% gacha kamaytirishi mumkin.
(7-rasm) Bodringning oddiy mozaikasi bilan zararlangan bodring
Barglari (qo’zg’atuvchi Cucumis virus 1).
(
(8-rasm). Bodringning oddiy mozaikasi bilan zararlangan bodring
Mevalari (qo’zg’atuvchi Cucumis virus 1).
Zararlangan o’simliklarning palaklari kalta bo’lib qoladi. Mevalar ustida ham
Shishlar paydo bo’lishi mumkin.
Virus barcha qovoqdoshlar va dukkakdoshlar oilasiga mansub o’simliklarda
Va ba’zi begona o’tlarda saqlanadi. Ekin ichida va daladan dalaga shiralar, barg
Minyorlari va boshqa hasharotlar vositasida hamda tuproqqa ishlov berish
Mashinalari va meva teruvchilar orqali tarqaladi.
Bu kasallik poliz ekinlarida O’zbekistonda qayd etilmagan, ammo uchrashi
Ehtimol qilinadi.
(9-rasm) Tarvuz mozaikasi bilan zararlangan tarvuz o’simligi barglari
(qo’zg’atuvchi Watermelon mosaic virus 2).
Poliz ekinlarida qovoq mozaikasini virus (Squash mosaic virus)
Qo’zg’atadi. Virusning ikkita irqi mavjud, ular bodringni zararlamaydi. 1-irq qovun,
Oddiy va o’ris qovoq, qovoqcha hamda kulchaqovoq (patisson)ni, 2-irq bulardan
Tashqari tarvuzni ham zararlaydi.
Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida tarqalgan, O’zbekistonda ham
Uchrashi ehtimol qilinadi. Markaziy Osiyoda “qovun mozaikasi virusi” nomi bilan
Atalgan qo’zg’atuvchi haqiqatda qovoq mozaikasi virusi ekanligi gumon qilinadi,
Chunki bu virus faqat qovun va qovoqni zararlaydi, biroq bodringni, ko’p irqlari
Tarvuzni ham, zararlamaydi.
Ko’p irqlari tarvuzni ham, zararlamaydi.
Zararlangan o’simliklarning barglarida sariq dog’lar, barg ustida shishlar
Paydo bo’ladi, tomirchaiari rangsiz bo’lib qoladi, barg xunuk shakl oladi.
O’simliklarning bo’yi pasayadi, palak va mevalaming soni kamayadi.
Kasallik sog’lom o’simliklarga bodring qo’ng’izchalari, chigirtkalar,
Kolorado qo’ng’izi va boshqa kemiruvchi hashoratlar vositasida tarqaladi
11 – Mavzu: TAMAKINING VIRUS KASALLIKLARI VA
ULARGA.
TAMAKI MOZAIKASI.
Tamaki mozaikasi yer sharining tamaki yetishtirilayotgan barcha
Mamlakatlarida A+Sh, Avstraliya, Yaponiya, Braziliya, Yugoslaviya, Afrika
Mamlakatlari va MDH respublikalarida keng tarqalgan.
Ushbu kasallikni zarari tamaki hosilini kamayishi, zararlangan barglar
Tarkibidagi nikotin miqdorini oshishi va undan olingan tamaki mahsulotlarini
Chekish sifatini pasayishi bilan ifodlanadi.
Tamaki mozaikasi birinchi bo‘lib 1982 yil rus virusologiya D.I.Ivanovskiy
Aniqlagan va o‘rgangan, keyinchalik bu kasallikni I.P.Xudina, M.F.Ternovskiy,
M.Ya.Moldavan va boshqa olimlar o‘rganishgan. Ushbu tadqiqotchilarni fikricha
Ushbu kasallik faqat tamakichilikni rivojlantirishda emas balki umumiy
Virusologiyani o‘rganishda asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Ushbu ma’lumotlar
Faqat shu kasallikka emas balki tamakini boshqa virusli kasalliklariga ham
Taalluqlidir. Shuning uchun tamakini virusli kasalliklarini tor doirada o‘rganmaslik
Kerak, balki uning qancha tomonlarini ya’ni umumbiologik xususiyatlarini atroflicha
O‘rganishni taqazo etadi.
Tamaki mozaikasini belgilari kasallikni qo‘zg‘atuvchi virusning shtammiga
Bog‘liqdir. Oddiy mozaika bilan zararlangan tamaki barglari olachipor rangga kiradi,
Ya’ni och va to‘q yashil dog‘lar gallanib joylashadi, bargning tepa qismi
Deformatsiyaga uchraydi va tirishib shishlar hosil qiladi.
Tamaki zararlovchi VTM ni boshqa shtammlari orasida sariq mozaika va
Xalqali nekrozli dog‘lanishni qo‘zg‘atuvchilari alohida xarakterga ega bo‘lib ushbu
Shtammlarni M.Ya.Moldavanov yaxshi o‘rgangan. Tamakining zararlangan
Barglarida nekrozli shishlar to‘plami, dog‘lar, doiralar, hattoki ayrim paytlarda
Nekrozlar ta’sirida barglar umuman qurib qoladi.
VTM virusining kriptogrammasi : R/1 : 2/5 : Ye/Ye : S/O.
VTM virusini o‘rganishda elektron – mikroskopik, serologik va indikatorli
Usullardan foydalaniladi.
VTM tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pgina o‘simliklarni zararlaydi va
Xatto ularning organik moddalari tarkibida ham aniqlangan. O‘rta Osiyo sharoitida
Virus tabiatda o‘simlik qoldiqlarida infeksiya markazini (ogagini) hosil qilib
Saqlanadi.
VTM virusi kontaktli viruslar guruhiga kiradi va u o‘simlikdan – o‘simlikka
Tamakiga ishlov berish vaqtida va hosilni yig‘ish davrida o‘simlik soki yordamida
Yuqadi. Virusni xashoratlar tashishi hozirgi kungacha noaniq bo‘lib turli
Tortishuvlarga olib kelmoqda.
Virus birlamchi infeksiya tarzida zararlangan o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi,
Xatto u ishchi qurollari va idishlarda uzoq vaqtgacha saqlanadi, shuning bilan birga
Chekuvchilar qo‘lida ham bo‘lishi mumkin.
Virus chekishga mo‘ljallangan tamakida va tuproqda ham bo‘lishi mumkin.
KURASh ChORALARI.
Tamakini chidamli navlari yetishtirilayotgan dalalarni VTM virusiga
Chidamsiz navlar ekilgan daladan uzoqda joylashtirish, almashlab ekishga qat’iy
Rioya qilish, ishchi qurollariga formalin preparati va kaliy permanganat
(margansovka) eritmasi bilan ishlov berish, ko‘chatlarni dalaga ekishdan oldin
Tekshirib kasallanganlarini yo‘q qilish va hatto tamakiga ishlov berishda chekuvchi
Odamlarni ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
TAMAKI BARGINING BRONZA RANGGA KIRISHI.
Kasallik Avstraliya, Argentina, Braziliya, Afrika mamlakatlarida, Yevropada,
Ukrainada, Moldaviyada, Armaniston va Ozarbayjonda tarqalgan bo‘lib,
Tamakichilik bilan shug‘ullanayotgan xo‘jaliklarga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Ushbu kasallikni tamakida ikki xil shakli oddiy bronza rangga kirishi va barg
Uchini (surovaya) bronza rangga kirishi uchraydi. Birinchi ko‘rinish bilan
Zararlanganda tamaki barglarida nekrozli chiziqlar va doirasimon nekrozlar paydo
Bo‘ladi, ikkinchi ko‘rinishda esa o‘simlik uchun egilishi va o‘simlikni nobud bo‘lishi
(urodlivost) bilan xarakterlanadi.
Moldaviyada tamakining ikki xil ko‘rinishi tamaki pastbo‘yligi va xalqali
Dog‘lanish xillari aniqlangan. Tamakining pastbo‘yliligi ertangi tamakining
Rivojlanish davrida uchraydi. Zaralangan o‘simlik xunuk (urod) ko‘rinishga kiradi
Va egiladi, ko‘pgina barglarda ingichka oq chiziqlar paydo bo‘lib keyinchalik
Qo‘ng‘ir tusga kiradi va katta-katta nekrozga aylanadi, natijada ushbu barglar nobud
Bo‘ladi. Bronza tusga kirish bilan zararlangan barglarda xalqali dog‘lar paydo bo‘lib,
Xalqasimon nekrozlar va chiziqlar hosil bo‘ladi. Kuchli zararlangan barglar nobud
Bo‘ladi.
Xarorat 36 – 380S va undan yuqori bo‘lganda bargdagi kasallik belgilari o‘sib
Chiqayotgan barglarda kuzatilmaydi va o‘simlik qisman sog‘lomlashadi.
Kasallik moxorkani ham zararlaydi va u uchki xloroz deb nomlanadi,
Kasallikning moxorkadagi zarari kattadir.
Ushbu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi viruslar pomidorni bronza rangga kirish
Kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus guruhiga mansubdir. Uning kriptogrammasi
Qo‘yidagichadir: R/* : */* : S/* : S/Th. Virusning virionlari doirasimon ko‘rinishda
Bo‘lib uzunligi 40 –120 nm keladi.
Virusga tashxis qo‘yishda elektron – mikroskopik, indikatorli usullardan
Ko‘plab qo‘llaniladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi virus o‘simlik sharbati orqali yaxshi tarqalmaydi,
Virusni tarqatuvchisi bo‘lib tamaki tripsi hisoblanadi.
Ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchi virus bir qancha begona o‘t va manzarali
Ekinlarni, jumladan Xrizantema,georgina va boshqalarni ham zararlaydi. Shuning
Uchun virus tabiatda keng tarqalgan bo‘lib ushbu ekinlarda saqlanishi va tamaki,
Sabzavot ekinlariga o‘tishi uchun infeksiya manbayi sifatida xizmat qilishi mumkin.
QARShI KURASh ChORALARI.
Kasallikni tarqatuvchi xashoratlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash
Choralaridan agrotexnik va kimyoviy tadbirlarni vaqtida qo‘llash, dala chetidagi
Begona o‘tlarni yo‘q qilish. Tamakidan bo‘shagan dalani yaxshi chuqur xaydash va
Almashlab ekishni tashkil etish zarur. Eng asosiysi kasallikka chidamli navlarni ekish
Tavsiya etiladi.
VIRUSOLOGIYA FANI XAQIDA QMSQAChA MA’LUMOT
O‘simliklarning kasalliklari hosil sifati va miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatib
Qolmasdan, balki ularni butunlay nobud qiladi. Xozirgi ekologik sharoitda
Kasallangan o‘simlik maxsulotlarini iste’mol qilish insonlar salomatligiga, ishlab
Chiqarish jarayonida va xo‘jaliklar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Barcha o‘simliklarning kasalliklari zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar,
Mikoplazmalar, aktinomitsetlar tomonidan keltirib chiqariladi va ular miqdori
Yildan-yilga ortib bormoqda. Bu kasalliklarga qarshi kurash jarayonida insonlar
Ularga bevosita (kimyoviy, fizikaviy) va bilvosita (agrotexnik, seleksiya) ta’sir
Ko‘rsatmoqda. Natijada, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning xususiyatlari
O‘zgarib, yangi tur va shakllari vujudga kelmoqda. Xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy,
Savdo munosabatlarining kengayishi bir davlat xududidagi kasallik va ularning
Qo‘zg‘atuvchilarini boshqa xududlarga tarqalib o‘z arealini kengayishiga sabab
Bo‘lmoqda.
Ekinlar kasalliklari to‘g‘risida fitopologik bilimlar saviyasi kasallikning kelib
Chiqishi, tarqalishi, zarari, patogenlik jarayonining sabablarini to‘g‘ri bilish, ularga
Qarshi kurashning ilmiy asoslangan choralarini ishlab chiqish imkonini beradi.
O‘simlik kasalliklariga qarshi kurash ularning hosildorligini oshirish, isrof
Qilmasdan saqlash maqsadida qaratilgan yagona iqtisodiy siyosatini amalga oshirib
Qolmasdan, balki zararsiz, xavfsiz kimyoviy va biologik vositalardan foydalangan
Holda inson salomatligini, hamda tashqi muxitni muxofaza qilishga qaratilgan
Bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda har bir fermer, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari ekinlarning
Kasalliklarini to‘g‘ri aniqlab, zamonaviy kurash choralarini qo‘llash asosida,
Hosildorligini saqlab qolish yo‘llarini bilishni taqozo qilmoqda.
Jaxon qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan maxsulotlarning 30% dan ortig‘i
Vegetatsiya davomida kasalliklar, hasharotlar, begona o‘tlar salbiy ta’siri natijasida,
20% ularni omborxonalarda saqlash jarayonida nobud bo‘ladi. Bu zararning
Miqdorini kamaytirishda, aholiga ekologik sof oziq-ovqat mahsulotlarini
Yetishtirishda kasalliklarni keltirib chiqargan mikroorganizmlar turlar tarkibini
Bilish, ularning biologik xususiyatlarini o‘rganish, kasalliklarga qarshi to‘g‘ri
Kurash choralarini ishlab chiqish muhim ilmiy va amaliy axamiyatga ega.
Kasalliklarga qarshi kurashdan ko‘ra uning oldini olish muhimdir. Buning
Uchun kasallik qo‘zg‘atuvchilarini to‘g‘ri aniqlash, kasallik belgilarining namoyon
Bo‘lishi, infeksiya manbalarini bilish, ularning ekinlarga keltiradigan zararini keskin
Kamaytiradi va ekinzorlarning fitosanitariya holatini yaxshilash imkonini beradi.
Ekinlarning kasalliklariga qarshi agrotexnik, biologik, fizikaviy, kimyoviy
Kurash choralari keng qo‘llanilmoqda. Bu kurash choralarini to‘g‘ri belgilashda
Malakali mutaxassislarning bilim saviyasi va ko‘nikmalari asosiy rol uynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |