KORXONA HUDUDIDA HARAKATLANISH TRANSPORT VOSITALARI
Korxona hududida harakatlanish uskunalaridan xavfsizlik texnikasining asosiy talabi barcha harakatga keltiruvchi qismlarni ishonchli kilib tusiklar bilan ta’minlashdir. Ayniksa, tishli gildiraklar, zanjirli va tasmali harakat uzatgichlar, muftalar va boshqa xdrakatlanuvchi va aylanuvchi qismlar xavflidir.
Konveyerlarning barabanlarini, roliklarini va tasmalarini harakatlanib turganda tozalash, sirpanib, tasma yurmay kolganda tasma va baraban tagiga biror material tashlab yurgizib yuborish takikdanadi.
Konveyerning uzunligi 20 m dan kam bulganda tuxtatish tugmalari uning bosh va oyok qismlariga, undan katta bulgan xollarda xar 20 m oralikda urnatiladi. Bu uskunada biror nosozlik sezilganda tezlik bilan tuxtatish imkonini beradi.
Yuk kutarish-tashish uskunalarini ishlatayotganda, ayniksa, uning elektr qismlariga dikkatni karatish kerak buladi. Ularning elektr qismlari elektr uskunalarini tuzilish koidalari talablariga moe bulishi kerak.
Yuk tashish uskunalarini (zanjirli, tasmali konveyerlarni) yurib turgan holda moylash mumkin emas. Ularni sozlash vaktida dvigateli albatta uchirilgan va yurgizish tugmasi ustiga "YUrgizmang — konveyer sozlanayapti" degan yozuvli taxtacha osib kuyilishi shart.
KORXONA HUDUDIDA YURISH VA O‘ZINI TUTISH QOIDALARI
Zamonaviy engil sanoat korxonalari ishlab chiqarish, maishiy va yordamchi xujalik binolaridan tashkil topadi va ular turli-tuman belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan: portlash xavfi, yongin xavfi, zararli gazlar va changlar ajralib chikishi, avtomobil va temir yo’llar va x.k. lar bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, ishlovchilarga qulayliklar yaratish niyatida korxona territoriyasini aloxida guruxlarga, ya’ni zonalarga bulinadi. Zonalarga ajratish - xar bir binoning vazifasiga, sanitariya xarakteristikasiga, xom ashyoning yonuvchanligiga, texnologik jarayonga, transport xizmatiga, ishlovchilar soniga va boshqa ko’plab
omillarga bog’liq
Korxona xovlisini rejalashtirishda avtomobil yo’llarining va piyodalar yo’laklarining eng oddiy va qulay sxemasi tanlanadi. Bunda avtomobil yo’llari bilan piyodalar yo’llari kesishmasligiga e’tibor berish kerak. Kesishmasligining iloji bulmaganda er osti yo’llari yoki k,ushimcha yo’llar kurish bilan xavfsizlik ta’minlanishi kerak. Magistral avtomobil yo’llarining eni 6 yoki 3 songa bo’linadigan qilib olinadi.
Korxonada odatda yo’llar tutash bulishi kerak. Ayrim xollarda tupik yo’llar bulishiga ruxsat etiladi, agarda ularning uzunligi 100 m dan oshmasa. Piyodalar uchun muljallangan yo’lkalarning eni 0,75 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Nazorat savolllari:
Magistral avtomobil yo’llarining eni qancha miqdorda bo’ladi?
Korxona hududida harakatlanish transport vositalari turlarini keltiring
Korxona hududida yurish va o‘zini tutish qoidalarini yozing
Topshiriq: Savollarga javob yozish
Do'stlaringiz bilan baham: |