1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - mutaxassislarning transport oqimi nazariyasi asoslari va kompyuter orqali simulyatsiyalash usullarini bilishini rivojlantirish, taxlil qila olish ko‘nikmasini yaxshilash hamda kompyuter dasturlarini qo‘llagan holda transport oqimini imitatsiya qilish, yaratilgan kompyuter modellarni joriy etish orqali transport oqimini samarali boshqarish usullarini o‘rganish, matematik modellashtirish bo‘yicha bilimlarini shakllantirish.
Fanning vazifasi - mutaxassislarni muayyan transport oqimlarini samarali boshqarish va rejalashtirish uchun mavjud matematik va dasturiy ta’minot bilan masalalarni mustaqil yechishda etarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishdir. Talabalarni muhandislik va mutaxassislik fanlariga oid yo‘l-transport infratuzilmalarining kompyuter modellarini yaratish kabi ishlarni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga etarli darajada o‘rgatish va tanishtirishdan iborat.
Ushbu o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarning bilim, o‘quv va ko‘nikmasiga quyidagi talablar qo‘yiladi: Fanni o‘rganish natijasida Talaba:
Yo‘l-transport hodisalari holatini modellashtirishga asoslangan tizimli yondashuv tamoyillari;
Dinamik tizimlarning matematik modellari va ularning elementlari;
Yo‘l harakati holatini modellashning asosiy tushunchalari;
Tajriba ma’lumotlarini eksperimental rejalashtirish va qayta ishlash;
Simulyatsiyalash tushunchalari;
Transport harakati xavfsizligini ta’minlash va tashkil etish bo‘yicha umumiy tushunchalarga haqida tasavurga ega bo‘lishi;
Talabalar:
yo‘l-transport oqim modellarini yaratish;
yo‘l harakati holatini tahlil qilish;
yo‘l-transport vaziyatlarining dinamikasini tasvirlash uchun matematik amallardan foydalanish.
transport harakatini tashkil qilishning eng samarali sxemalarini ishlab chiqish;
transportni modellashtirish va transport jarayonlarini boshqarish uchun samarali echimlar tanlash;
transport jarayonining samaradorligini oshirish uchun ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash;
transportda tashish masalalari va boshqarish muammolarini echish uchun zamonaviy kompyuter texnikasidan foydalanish.
yo‘l-transport vaziyatlarining simulyatsiya modellarini yaratish va tahlil qilish;
zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida transport kompleksida boshqaruv jarayonlarini modellashtirish usullari va vositalari;
transport oqimini avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlarni baholash va tanlash usullari hamda texnologiyalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi kerak.
Modellashtirishdan ilmiy-tadqiqot ishlarida ancha ilgari vaqtlardan beri foydalana boshlangan. U texnik konstruksiya, qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va ijtimoiy fanlarda o‘z ifodasini topgan.
XVII asrda yashagan angliyalik statistik va iqtisodchi Vilyam Petti (1623- 1687) o’zining “Siyosiy arifmetika” (1683) nomli asarida modellashtirish masalalariga to‘xtalib o’tgan.
XX asrdagi modellashtirish usullari hozirgi zamon fanlarining hamma sohalariga muvaffaqiyat keltirdi.
“Model” so‘zi lotincha “modulus” so’zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, namuna, norma kabi ma'nolarni bildiradi. Model sifatida uyning, shahardagi qurilishlarning, avtomobilning, raketaning va hokazolarning loyihasi yoki maketini olish mumkin.
Model – tadqiqot ob'ektining eng muhim hususiyatlarini aks ettiruvchi moddiy ob'ekt yoki obraz (shartli yoki hayoliy: gipoteza, g‘oya, mavhum tasvir, tavsif, sxema, formula, chizma, reja, xarita, algoritm blok-sxemasi, no‘qtalar va boshqalar).
Har qanday model har doim haqiqiy ob'ektdan sodda va faqat uni eng muhim tomonlari, asosiy elementlari va bog‘liqliqlarini aks ettiradi. Shu sababdan birgina tadqiqot ob'ekti uchun bir nechta modellar mavjud. Modellar ko‘rinishi modellashtirishni tanlagan maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Modellarni turli xil usullar yordamida hosil qilish mumkin. Masalan, biror ob'ektning formasini-predmetli model (maket) shaklida, informatsion aloqalar - informatsion model, matematik formulalar yordamida aniqlangan funksional bog’lanishlar - matematik model shaklida ifodalanadi.
Tarixdagi haqiqiy ob'ektlarni o‘rnini bosgan birinchi modellar ehtimol tilga oid belgilar bo‘lgan. Ular insoniyatning rivojlanish yo‘lida paydo bo‘lgan va asta- sekinlik bilan so‘zlashish tiliga aylangan. Demak, so‘z haqiqiy ob'ektning (hodisaning) birinchi modeli bo‘lgan.
Birinchi hujjatlar asosida qayd etilgan grafik modellar qoyalarda aks ettirilgan hayotiy sahnalar, hayvonlar va ov sahnalarini tasvirlari bo‘lgan. Bu tasvirlarni yoshi 200 ming yil miqdorida baholanadi.
Matematik modellar - o‘rganilayotgan ob'ekt yoki jarayonlarning asosiy xossalarini matematik formulalar, tenglamalar va tenglamalar sistemasi, tengsizliklar va tengsizliklar sistemasi orqali ifodasidir.
Ob'ekt yoki hodisa modelini hosil qilish va uni model ostida tahlil etish jarayoni modellashtirish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |