1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja


PREZIDENT Marketing bo’yicha vitse-prezident



Download 288,84 Kb.
bet83/114
Sana16.01.2022
Hajmi288,84 Kb.
#374271
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114
Bog'liq
o'zbek tili sohada qo'llanilishi fanidan mavzular 1 15

PREZIDENT
Marketing bo’yicha vitse-prezident
Reklama boshqaruvchisi

  • Bu struktura firma rahbari va bir nechta boshqaruvchi subektlardan iborat bo‘ladi. Bu kabi firmalar asosan hech qachon reklamani o‘zlari tayyorlamaydi va ko‘pgina reklama agentliklariga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Bunday strukturali firma va tashkilotlar faqat tayyor bo‘lgan reklama, e’lonlar bahosi bilan qiziqishadi va bu kabi reklama beruvchilarning ko‘pchiligi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi firma va savdo tashkilotlari bo‘lishi mumkin.

    O‘zbekistonda hozircha bozorda marketing muhiti yetuk darajada bo‘lmaganligi sababli ham bu strukturadagi muassasalar ko‘pdir.

    Bozorda aniq bir maqsadga tayangan holda ish yurituvchi kompaniyalar ham bor. Ularning tarkibiy tuzilishi ham faoliyat yuritish predmetiga bog‘liq. Quyida asosan ishlab chiqaruvchi korxonalar va yirik davlat miqyosidagi kompaniyalar berilgan.

    Bu tarkib bo‘yicha reklamani boshqarishda chakana savdoda samaradorlikka erishish mumkin. Shu bilan birga marketing xizmati faoliyati korxonada yangi chiqqan tovarlar yordamida iste’molchilar xohishlarini, ya’ni moddiy jihatdan o‘ziga to‘q bo‘lganlarni boshqarish imkonini beradi. Biz bilamizki, hozir O‘zbekistonda reklama ko‘p hollarda intuitiv ravishda, ya’ni iste’molchilar harakatiga mos kelmagan holda hech qanday dastur va tadbirlarsiz berilmoqda. Chiqayotgan reklamalar moddiy va ma’naviy nuqtayi nazardan pastliligi bilan xorij reklamalaridan ajralib turadi. Deyarli respublikamizdagi bir qancha firma va tashkilotlarda reklama bilan shug‘ullanuvchi marketing bo‘limlari bo‘lib, ularning ayrimlari ham shunchaki nomiga faoliyat yurgizmoqda. Ammo bir qancha kompaniya va banklar, tashkilotlar mavjudki, ular o‘z boshqaruv strukturasini shunday tashkil qilganlarki, reklama tayyorlash faqat tovar va xizmatlar uchun yo‘naltirib qolmasdan, balki shu korxona imidjini saqlanishi uchun ham kurash olib boradi. Ma’lumki, sifatli tovarlar - bu yaxshi reklama. Yaxshi reklama - bu korxona imidji. Bu kabi korxonalarga hozirda O‘zbekistonda «O‘zDeu», O‘zBAT», «Asakabank», «Demir» kabilarni kiritishimiz mumkin. Reklamani boshqarishning yuqorida keltirilgan tarkibiy tuzilishi reklama tayyorlashning hamma vositalaridan foydalanib, uning elementlarini aniqlagan holda, ma’lum bir guruh segmentga yo‘naltirilgan reklama tayyorlash mumkin. Bozor talablariga javob beruvchi vositani topish reklama boshqaruvchisining asosiy muammosidir. Reklama vositalariga yondashishning son (reklama qancha kishini qamrab oladi) va sifat (reklama ma’lumotlari iste’molchilarning qaysi tabaqalariga yetib boradi) mezonlari mavjud. Masalan, reklama boshqaruvchisi asosan ayollarni qiziqtiruvchi tovarlarni targ‘ib qilmoqchi. U buning uchun ikki gazetadan birini tanlashi lozim. «A» gazeta kundalik ommaviy gazeta bo‘lib, uni turli kishilar o‘qiydilar. Reklama narxi: 1000 nusxadagi bir ustun joy o‘n dollardan. «B» gazeta ixtisoslangan, asosan uy bekalari o‘qiydigan gazeta. Undagi reklama narxi: 1000 nusxadan bir ustun joy 25 dollardan. To‘g‘ri qarorga kelish ko‘p omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi.

    Biroq, asosan talab - bu reklama sarflangan mablag‘iga yarasha samarali bo‘lishi kerak. Shu bank boshqaruvchisi «B» gazetasi reklama berish uchun tanlashi ehtimoli ko‘proq. Bu vaqtda boshqaruvchi reklamasining sifatiga ahamiyat berishi ham lozim, chunki bu tovarning reklamasi asosida shu tovarni ishlab chiqargan ishchilarning moddiy manfaatlari yotadi.

    Reklama bo‘yicha mutaxassislar bozor va raqobatchi haqidagi, ulardagi nisbatan o‘zi ishlab chiqqan chora-tadbirlarni va qo‘llamoqchi bo‘lgan marketing biznes-rejasini, strategiya va taktikasini raqobat sharoitida tijorat siri sifatida saqlaydilar. Eng yaxshi qarorlar esa patentlashtiriladi va mualliflik huquqi sifatida qonun tomonidan himoya qilinadi.


    Download 288,84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish