1-mavzu. Kirish. Fanni maqsadi va vazifalari. Ishlab chiqarish texnik bazasini vazifalari


ATTK ni loyihalash fanining predmeti, korxonalarni loyihalashning uslubiyoti va asoslari



Download 498,91 Kb.
bet2/2
Sana20.02.2023
Hajmi498,91 Kb.
#913012
1   2
Bog'liq
m-1

ATTK ni loyihalash fanining predmeti, korxonalarni loyihalashning uslubiyoti va asoslari

Avtomobillarning butun ishlash muddatida TXK va T ishlariga sarflangan mehnat hajmi yangi avtomobil tayyorlashga ketgan mehnat hajmidan bir necha o’n barobar ortiqdir, chunki avtomobil bir marta yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan zavod sharoitida ishlab chiqariladi va o’n yillab ishlash sharoitida unga minglab marta TXK va T ishlari xizmati ko’rsatiladi.
Avtotransport korxonalari va servis xizmati ko’rsatish korxonalarining ishlab chiqarish-texnik negizi ATTK ichida katta salmoqqa ega. Mavjud adabiyotlarda avtotransport korxonalari (ATK) va texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarini loyihalash asoslari keng yoritilgan. ATK larda yuk va yoTovchi tashish bilan bir qatorda avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bozor sharoitiga o’tishi munosabati bilan ATKlarda tuzilmaviy o’zgarishlar yuz bermoqdaki, markazlashgan birlashmalar, kombinatlar, katta korxonalar tog’ - metallurgiya sanoatida va katta qurilishlarda saqlanib qolgani xolda, umumtransport soxasidagi avtotransport korxonalari raqobatga bardosh bera oladigan optimal
holgacha maydalashmoqda, yangi kichik korxonalar paydo bo’lmoqda. Ba’zi ATKlarda shaxsiy avtomobillarga va har xil turdagi muassasalar avtomobillariga ham servis xizmati ko’rsatilmoqda. Respublikamizda avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish stansiyalari (ATXKS) ishlab chiqarish-texnik bazasi ham rivojlanib bormoqda. Ularda shaxsiy avtomobillar bilan bir qatorda kichik korxonalar va muassasalar avtomobillariga servis xizmati ko’rsatiladi. Hatto ba’zi ki chik ATKlar ularning xizmatidan foydalanib, o’zlari yuk va passajir tashishni tashkil etuvchi kommersiya korxonalariga aylanib qolmoqdalar. ATK va ATXKSlarini loyihalashda umumiylik ko’p, shuning uchun kitobda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash mintaqalari va ustaxonalarini loyihalashga alohida e’tibor berilgan. ATK va ATXKSlardan tashqari avtomobil transportidan samarali foydalanishni
ta’minlaydigan avtomobillarga, yo’lovchilarga, yuklarga, aholiga, sayyohlarga va boshqalarga xizmat ko’rsatish korxonal ari mavjud.
Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillar uchun, O’zbekiston avtomagistrali yo’l infratuzilmasi va servis soxasini rivojlantirish Dasturiga ko’ra, 5 yil davomida 75 ta gaz va avtomobil yoqilg’i quyush shaxobchalari, 59 ta gaz toTdiruvchi kompressor stansiyalari, 73 ta avariya xizmatiga ega texnik yordam punktlari, 47 ta avtomobillarning qisqa muddatli to’xtash maydonchalari, 23 ta kemping va 48 ta motel qurilishi rejalashtirilmoqda.

  1. ATTKlarni texnologik loyihalashning mutaxassis tayorlashdagi ahamiyati

«Avtotransport tarmog’i korxonalarini texnologik loyihalash» fanining asosiy maqsadi - 5310600 - «Er usti transport tizimlari ekspluatasiyasi» (avtomobil transporti bo’yichA., 5111104 «Kasb ta’limi» (Er usti transport tizimlari ekspluatasiyasi) va ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitiladigan bakalavrlarga avtotransport tarmog’i korxonalarini (ATTK) loyihalash bo’yicha ilmiy va amaliy bilimlar berish, ATTKning ishlab chiqarish-texnik bazasi (ITB)ni texnologik loyihalash, qayta qurish va qayta jihozlashning zamonaviy yoTlarini o’rgatishdir.
1991 yil Respublikamiz mustaqillikka erishgach, o'zining avtomobil zavodiga va avtomobillariga ega bo'lish maqsadida "DEU" Janubiy Koreya firmasi bilan shartnoma tuzib, Asaka shaxrida o'rta sinfli NEXIA, kichik sinfdagi TICO va DAMAS avtomobillari ishlab chiqarishga mo'ljallangan "UzDEUavto" avtomobil zavodini, Samarqand shahrida O'zbekiston-Turkiya qo'shma korxonasi "Samkochavto" zavodidan O'ZOTAYO'L kichik turkumdagi avtobuslar (xozirgi vaqtda bu zavodda Yaponiyaning “Isuzu” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda va ixtisoslashgan yuk avtomobillari (35.9, 65.9, 85.12 va boshqalar) kichik sig'imdagi avtobuslar ishlab chiqarish zavodlarini va boshqa turdagi avtomobil, hamda uning agregatlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan korxonalar barpo eta boshladi.
Iqtisodiyotimiz talablarini qondirish maqsadida xorijdan maxsus avtomobillar keltirish va ulardan foydalanish keng yo'lga qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasida ekspluatatsiya qilinayotgan, ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan avtomobillarning soni ko'payishi bilan bu sohada ishlovchi mutaxassislar tayyorlashga e'tibor tobora ortib bormoqda.
3. ATK ning turlari va vazifalari, tasnifi, ko 'rsatkichlari Avtomobillar texnik tayyorligini va ulardan samarali foydalanishni ta'minlaydigan korxonalar majmuiga avtotransport tarmog'i korxonalari (ATTK) deyiladi.

Avtomobil transporti tarmog'i korxonalari tasnifi
1-jadval


2-jadval


3-jadval

4jadval
Avtota’mirlash korxonalari






5-jadval




Ishlash sharoitida avtomobillarning yuqori texnik tayyorligi ishlab chiqarish- texnik bazasi tomonidan ta'minlanadi.


Avtomobillar texnik tayyorligini va ulardan samarali foydalanishni ta'minlaydigan korxonalar majmuyi avtotransport tarmog'i korxonalari (ATTK) deyiladi. Hozirgi kunda ularning turlari ko'p va yangilari shakllanib bormoqda. ATTK ning turlari ko'p bo'lgani uchun ham ularning tasnifi har xil adabiyotlarda har xil keltiriladi. Ularning tahlili asosida quyidagi tasnifni keltirish mumkin (1.1- rasm).
Avtotransport tarmog'i korxonalari ish bajarish funksiyalariga (vazifalarigA. ko'ra quyidagi 4 guruhga bo'linadi:

  • avtoekspluatatsion;

  • xizmat ko'rsatish;

  • avtota'mirlash;

  • yordamchi.

Avtotransport tarmog'i korxonalari ichida ishlab chiqarish-texnik bazasiga sarflangan moddiy mablag'lar salmog'i bo'yicha avtoekspluatatsion koraxonalar birinchi o'rinda turadi.
I. Avtoekspluatatsion korxonalar (1.2-rasm) avtomobillarning ekspluatatsiya qilinishini ta'minlaydi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • yuk yoki yo'lovchi tashish;

  • avtomobillarni saqlash;

  • texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash;

  • yonilg'i-moy mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan ta'minlash.

Korxonalar, o’z navbatida, avtomobil turiga qarab quyidagilarga bo’linadi:

  • yuk;

  • avtobus;

  • yengil avtomobil;

  • aralash;

  • maxsus.

Mulkdorlik shakliga ko’ra korxonalaming quyidagi turlari mavjud:

  • davlat;

  • hissadorlik;

  • hususiy.

Avtomobillar soniga qarab avtoekspluatastion korxonalar quyidagilarga bo’linadi:

  • avtotransport korxonalari;

  • avtokombinatlar;

  • ishlab chiqarish avtotransport birlashmalari.

Avtotransport korxonalaridagi avtomobillar soni 400 gacha, avtokombinatlarda

  1. .1500 gacha, ishlab chiqarish avtotransport birlashmalarida 3000 gacha etishi mumkin.

Avtotransport korxonalari kompleks korxona hisoblanadi. Avtokombinatlar bosh korxona (kompleks) va sho’balardan (nokompleks) tashkil topadi. Sho’balarda TXK- 2 va katta hajmdagi JT ishlari o’tkazilmaydi, ular bosh korxonada bajariladi. Avto - ekspluatastion korxonalar bir necha yillar oldin shunday loyiha-langan va ishlatilgan edi. Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng xo’jalik yuritishning iqtisodiy asoslari tubdan o’zgardi, bozor munosabatlari shaklllandi, avtotransport vositalarining takomillashgan turlari paydo bo’ldi, ma’naviy eskirganlari esa hisobdan chiqarilib yuborila boshlandi. Buning natijasida avtoekspluatastion korxonalar tarkibida tuzilmaviy o’zgarishlar yuz bermoqdaki, markazlashgan birlashmalar, kombinatlar, katta korxonalar raqobatga bardosh bera oladigan xolgacha maydalashmoqda, yangi kichik va qo’shma korxonalar, transport kompaniyalari va xoldinglar paydo bo’lmoqda.
II. Xizmat ko’rsatish korxonalari (1.3-rasm) quyidagilarga bo’linadi:

  • avtomobillarga xizmat ko’rsatish korxonalari ( texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari, markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bazalari, servis xizmati ko’rsatish markazlari, yoqilg’i quyish shohobchalari, tashhislash markazlari, saqlash joylari);

  • yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish korxonalari (avtovokzal, avtostansiya, dispetcherlik punktlari);

  • yuklarga xizmat ko’rsatish korxonalari (transekspedistiya korxonalari, yuk stansiyalari, mexanizatsiyalash bazalari);

  • logistik markazlarda yo’lovchi va yuk tashish jaroyonlarini transportlararo muvofiqlashtirish amalga oshiriladi;

  • aholiga xizmat ko’rsatish korxonalari (transport ekspedistiya korxonalari, prokat punktlari);

  • sayyohlarga xizmat ko’rsatish korxonalari (motellar, kempinglar).

Xizmat ko’rsatish korxonalari ichida eng ko’p tarqalgani avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari bo’lib, ulardagi ishchi postlari soni bittadan (xususiy tadbirkorlar) 50 tagacha (Toshkent shahridagi «VAZ» avtomobil markazi, «Avtotexxizmat» bosh korxonasi va boshqalar) boradi.
Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash (MTXK va T) bazasi sifatida «O’zavtotrans» korporastiyasi tomonidan bir necha yil oldin tajriba sifatida tashkil etilgan «KamAZ» avtomobillari «MTXK va T» bazasini keltirish mumkin.
«Toshshaharyo’lovchitrans» Davlat uyushmasi tomonidan «O’zOtayo’l» va «Mersedes-Benz» avtobuslariga servis xizmati ko’rsatish markazlari tashkil etilgan. Xuddi shunday markazlar «Daewoo» va «Xunday» maxsuslashtirilgan (chiqindi tashuvchi) yuk avtomobillari uchun ham tashkil etilgan. Ular muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
III. Avtota’mirlash korxonalari (1.4-rasm) quyidagi korxonalardan iborat:

  • avtomobillarni ta’mirlash zavodlari;

  • agregatlarni ta’mirlash zavodlari;

  • detal va uzellarni ta’mirlash ustaxonalari.

Hozirgi kunda avtomobil ta’mirlash zavodlari qisqarib, faqat maxsus avtomobillarni ta’mirlaydiganlari bor, boshqa avtomobillarni mukammal (tubdan, kapital) tiklash avtotransport korxonalarida amalga oshiriladi.
Maxsus ustaxonalarda ta’minot tizimi agregatlari (yoqilg’i nasoslari, forsunkalar, injektorlar, karbyuratorlar va boshqalar),
dvigatelning tsilindrlar bloki va tirsakli vali ta’mirlanmoqda, gaz ballonli avtomobil lar ta’minot tizimini sinash va gaz ballonlarini davriy ko’rikdan o’tkazish va guvohnoma berish amalga oshirilmoqda.
IV. Yordamchi korxonalarga (1.5-rasm) quyidagilar kiradi:

  • markaziy dispetcherlik;

  • hisoblash-ma’lumot markazi;

  • loyiha-texnologiya byurosi;

  • moddiy ta’minot bazalari;

  • o ’ quv markazlari.

ATTK ichida eng salmoqlisi - ATK lar va avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari bo’lgani uchun ularni loyihalashni batafsil ko’rib chiqamiz.
Keyslar banki
Keys 1. ATK ning turlari va vazifalari, tasnifi, ko'rsatkichlari Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:

  • Keys ATK ning turlari va vazifalari, tasnifi, ko'rsatkichlaridagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang

(indibidual va kichik guruhda).

  • Avtotransport tarmog'i korxonalarining vazifalari, tasnifi, ko'rsatkichlarini taqdim eting. (individual holda).

Nazorat uchun savollar

  1. ATTK ni loyihalash fanining predmeti?

  2. Korxonalarni loyihalashning uslubiyoti va asoslari?

  3. ATTKlarni texnologik loyihalashning mutaxassis tayorlashdagi ahamiyati?

  4. ATK ning turlari va vazifalari haqida gapiring ?

  5. Avtomobil transporti tarmog'i korxonalari tasnifi?

  6. Avtoekspluatatsion korxonalar avtomobillarning ekspluatatsiya qilinishini ta'minlaydi va quyidagi vazifalarni bajaradi?

  7. . Xizmat ko’rsatish korxonalari quyidagilarga bo’linadi?

  8. Avtota’mirlash korxonalari quyidagi korxonalardan iborat ?

  9. Yordamchi korxonalarga quyidagilar kiradi?

  10. Avtotransport korxonalarining tasnifi, ko'rsatkichlarini tushintirig ?

Download 498,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish