Yangi tuproqning hosil bo’lishi (12-rasm)
Klimaks jamoalar
Akvatik ekotizimlar
Suv eng qimmatli tabiiy resurs.U hayotni tashkil qiluvchi moddalar almashinuvi jarayonida muhim rol oynaydi. Suv sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda, maishiy turmushda katta ahamiyatga ega. Suv yeryuzasini shakllanishida ishtirok etadi, tabiatda aylanib turadi, shuningdek iqlimni, ob-havoni shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.Suv dunyoning eng katta boyligi, ammo chuchuk suv zahiralari cheksiz emas.Yersharining ko’pgina rayonlarida, chuchuk suv tanqisligi dolzarb muammo hisoblanadi.Suv resurslari okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llar, qutb va tog’likdagi muzliklar, yer osti suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat. Chuchuk suvlar asosan Antarktida muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va tog’larda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |