1-mavzu: kirish. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kursi, uning maqsad-vazifalari, tuzilmasi va qisqacha tarixi mavzu rejasi



Download 36,99 Mb.
bet43/59
Sana09.07.2022
Hajmi36,99 Mb.
#762858
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
1-mavzu kirish. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kursi, un

Ultirabinafsha nurlari. Ozon qatlamining yemirilishi oqibatida Yer yuziga tushayotgan ultirabinafsha nurlarning miqdori oshib bormoqda. Ultirabinafsha nurlar insonlarda teri rakining oshishiga ham sabab bo’lmoqda. Bu yana boshqa organizmlarga ham ziyon yetkazishi mumkin. Ozon qatlami Yerdagi hayotni ta’minlash uchun juda muhim sanaladi, shu sabab butun dunyo davlatlari sanoatida CFC ni ishlatishni to’xtatishi lozim.
Ozon qatlami yerdagi hayotni va Yer yuzini xavf – xatardan muhofaza etadi.
Qayta ishlash. Bu qayta foydalanishning bir ko’rinishi bo’lib, unda tabiiy resurslarni yoki tovarlarni o’zgartirib taqdim etishni o’z ichiga oladi. Qayta ishlanadigan materiallar o’z ichiga shishalar, metallar, qog’oz, plastmassa, hovli va oshxona jihozlarini qamrab oladi.16
Qayta ishlash va qayta foydalanishning farqi nimada? Plastiklarni boshqa materiallarga nisbatan qayta ishlash biroz qiyinroq. Chunki, ko’plab plastik turlaridan foydalanilmoqda. Har bir plastik konteynerlarida plastiklarni ishlashda foydalangan tur ko’rsatiladi va qayta ishlash kodi belgilanadi. Ko’plab plastik qoplar 2 yoki 4 plastik turidan ishlab chiqariladi. 6 va 7- turlar har doim ham qayta ishlanmaydi, chunki ular turli xil plastiklar aralashmasidan hosil qilingan. Qayta ishlashdan avval har bir plastik turi ehtiyotlik bilan ajratilish kerak.
Atmosfera sayyoramizning gazsimon qobig’i hisoblanib, Yeryuzasi xar hil gazlar aralashmasi va suv bug’lari, changlardan tashkil topgan. Hozirgi yerning atmosfera qobig’i keyin paydo bo’lgan albatta, Atmosfera erning geologik tarixida yer qobig’ining tarkibiy qismlari bilan tirik organizmlar faoliyati o’rtasidagi geokimyoviy jarayonlar oqibatida litosferadan ajralib chiqqan gazsimon moddalardan tarkib topgan.
Atmosferadagi gazlar tarkibi ancha turg’un: unda azot 78,08%,kislorod 20,95%,argon 0,93%,karbonat angidrid 0,032%. Boshqa gazlar (neon, geliy, metan, ksenon, radon va boshqalar) tahminan 0,01% ni tashkil etadi. Ana shu tarkibning buzilishi, karbonat angidrid miqdorini ortishi va kislorod miqdorini kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar ko’radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib keladi.
Tabiat uchun atmosfera havosining ahamiyati juda katta. Atmosfera havosi nafas olish uchun kislorod, fotosintez uchun karbonat angidrid manbai hisoblanib, sayyorada suv bug’larini tashuvchi hisoblanib, tirik organizmlarni kosmik nurlanishdan saqlab turadi. Havo iqlimni idora etadi, havo uchib yuruvchi organizmlar uchun muhit bo’lib, tuproq unumdorligiga ta’sir yetadi, bir qancha kimyoviy jarayonlar roy berishiga imkon beradi.
Havo kishilarga kimyoviy xom ashyo beradi. Undan energiya manbai sifatida foydalaniladi. Havo kislorodni yonish jarayoniga sabab bo’ladi.
Yersharida kislorodsiz hayot bo’lishi mumkin emas. Kislorod quruqlikdagi o’simliklarning hayot faoliyati mahsulidir, o’simliklar fotosintez paytida suvni va karbonat angidridni yutib parchalab, atmosferaga erkin kislorod ajratib chiqaradi. Boshqa barcha tirik mavjudotlar kislorodni o’zlashtiradi xolos.
Karbonat angidrid tirik organizmlarning nafas olishi, yoqilg’i yoqilishi, organik moddalarning chirishi va parchalanishi oqibatida atmosferaga tarqaladi.
Atmosferadagi azot muhim biologik ahamiyatga ega. U azot to’plovchi bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari uchun ozuqa manbaidir. U boshqa o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Fiziologik nuqtai nazardan esa atmosfera bosimini ushlab turib hayot jarayonlarini amalga oshishiga imkon beradi.
Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod bombalarini sinovdan o’tkazish bo’lsa bundan tashqari ridioaktiv ifloslanish yadro qurollarini tayyorlashda elektrostantsiyalarining atom reaktorlari va radiaktiv chiqindilardan atmosferaga tarqaladi.
Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining freonlar bilan ifloslanishi jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan sovutgich qurilmalarida, yarim o’tkazgichlar va aerozol balonchalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Freonlar ozon qatlamiga ta’sir yetadi. Ular qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi natijada xlor, ftorlarga ajraladi. Natijada xlor va ftorlar ozon bilan o’zaro ta’sir etadi. Ozon qatlamining siyraklashishi havfli yerlarga ultrabinafsha nurlarning kirib kelishi natijasida teri raki kasalligi ortishiga sababchi bo’lmoqda.
Havoning ifloslanishi natijasida odamlarda darmonsizlanish, ish qobiliyatini pasayishi, yo’tal, bosh aylanishi, ovoz boylamlarining siqilishi, o’pka, ko’z bilan bog’liq har xil kasalliklar organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning susayishi kabilar kelib chiqadi.
Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurashish juda murakkab va ko’p qirralidir. Shuningdek, katta kuch va mablag’ talab etadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo’llash lozim:
1. Havfli moddalarni hosil bo’lishini bartaraf etuvchi mavjud texnologiyalarni takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlarni joriy etish;
2. Yoqilg’i tarkibi apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, tozalovchi qurilmalar yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini kamaytirish va bartaraf etish;
3. Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalarni to’g’ri joylashtirish orqali atmosferani ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlarni kengaytirish.



Download 36,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish