4. MENING FE’LIM
Bir o’zi yig’layotgan bolani ko’rsam, chidolmayman: bolani xo’rlaganlar odam emas, deyman. Ba’zan men yashayotgan uyga tilanchilar keladi. Ularning aksariyati lo’lilar. Zarari yo’q. Yelkasiga xurjun tashlab olgan, kelbati mendan ikki baravar katta yigitlar yoki yuzlaridan qon tomib turgan, ammo bola yetaklab olgan sog’lom ayollar… Ha, mayli, tilanchilik ularning kasbi, deb qo’ya qolaman. Ammo oyda uch-to’rt marta har xil tilanchi bolalar – ruslar, o’zbeklar kelishadi va qornimiz och, non bering, deyishadi, shunda nomusdan o’lgim keladi. Bolalarni bu holga solganlardan nafratalaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |