IPT-sharhlovchi ma’ruza.
IAT- mavzuga doir video ma’ruza, slayd.
Adabiyotlar: I [1,2,]; II [3,4,6]; III [16,17,19,20,21], IV, V,VI
Tayanch tushuncha va iboralar: Chet el bolalar adabiyoti,Shari Perro, Aka-uka Grimlar, Xans Kristian Andersen ijodi, Aleksandr Sergeyevich Pushkin, ertak-dostonlarda ilgari surilgan
g‘oyalar,Nikolay Alekseyevich Nekrasov,Nikolayevich Tolstoy, “Yangi alifbo”, Korney Ivanovich Chukovskiy ,Samuil Yakovlevich Marshak.
Sharl Perro ijodi tahlili: Bundan 390 yil oldin «Qizil qalpoqcha», «Zolushka», «Ko‘ksoqol» kabi mashhur ertaklar dunyoga keldi. Yozuvchi ularni umrining so‘nggi yillarida yozgan. Ungacha esa Sharl Perro Fransiyaning nufuzli amaldorlaridan biri edi.
«Men 1628-yil 12-yanvarda egizaklardan biri bo‘lib dunyoga kelganman. Mendan bir necha soat avval tug‘ilgan egizagim olti oydan so‘ng vafot etgan», — deb yozgandi Sharl Perro o‘z xotiralarida. Bu oiladagi barcha aka-ukalar Lyudovik XIV davridagi ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynashgan.
O‘n yettinchi asrda Fransiya har tomonlama: san’at, ilm, sanoat, harbiy tizim jihatdan yuksak darajada edi. Fransuz qiroli Yevropadagi eng nufuzli insonlardan biri hisoblanardi. Lyudovik XIVning «o‘ng qo‘li» bo‘lgan Jan Batist Kolber davlat boshqaruvini noldan boshlab shakllangantirgan shaxsdir. Kolberning «o‘ng qo‘li» esa Sharl Perro edi.
Perro ham o‘z o‘rnida katta kuchga ega bo‘lgan. Uning vazifalari quyidagilardan iborat edi:
• Qirollik qurilishi intendantligining bosh kotibi. Bu juda muhim lavozim bo‘lib, o‘sha davrlarda Luvr muzeyi, Versal saroyi bunyod etilgan. Uning qurilishiga Sharl Perro bosh bo‘lgan.
• «Qirollik shon-shuhrati byurosi»ning amaldagi boshqaruvchisi. Keyinchalik byuro kichik akademiyaga aylantirilgan. Uni tashkil qilish uchun Lyudovik XIVning shaxsan o‘zi 1664-yili Perro bilan uchrashgan.
• Madaniyat bo‘yicha kotib. Perro adabiyot olamini ham kuzatib borardi.
• Gobelen ustalari nazoratchisi. Garchi oddiy lavozimdek ko‘rinsa-da, o‘n yettinchi asrda bu muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Gobelen tayyorlashda fransuzlarning oldiga tushadigan yo‘q edi, global brend sifatida bu mahsulot chet elga eksport qilinib davlatga katta foyda keltirgan.
• Kolberning shaxsiy kotibi. Bu Perroning asosiy yumushi edi. U boshlig‘ining barcha buyruqlarini ado etardi. 1666 yili Kolber adabiyot ahli uchun 100 ming livrlik fond tashkil qildi, uni Perro boshqardi. Fond pullari nafaqat fransuzlar, balki xorijiy yozuvchilar uchun ham ajratilgan. Shuningdek, dunyo olimlari ham Parijda ishlashga jalb etilgan.
Perro mas’uliyatli va sharafli lavozimlardan bo‘shab, nafaqaga chiqqanidan so‘ng ertaklar yozishni boshlagan. Ilk ertagi 1691-yili chiqqan, eng mashhur to‘plami — «Ona g‘oz ertaklari» esa 1697-yili nashr qilingan. Akademik Sharl Perro bularni haqiqiy adabiyot deb hisoblamas, hatto muallif sifatida ismini ham ko‘rsatmas edi. Barchasini o‘g‘li Per de Armankur-Perro taxallusi ostida e’lon qilardi. Uning kitoblari qirolning aziz jiyani — malika Orleanskiyning sevimli asarlari edi. Afsuski, Sharlning o‘g‘li armiyada halok bo‘ladi. Uning ismi bilan chiqarilgan kitoblarning asl nusxasi haligacha saqlanib kelinadi.
Sharl Perroning ismi bilan yozilgan kitoblar esa 1724-yilda, yozuvchining o‘limidan 21 yil o‘tgachgina chop qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |