IPT-sharhlovchi ma’ruza.
IAT- mavzuga doir video ma’ruza, slayd.
Adabiyotlar: I [1,2,]; II [3,4,6]; III [16,17,19,20,21], IV, V,VI
Tayanch so’z va iboralar: Zafar Diyor, Sh.Sahdulla,hayotiy voqealar, badiiy tasvir, janr rang-barangligi,badiiy xususiyatlar, obrazlar talqini, tarbiyaviyligi, hayotiyligi,Sulton Jo‘ra,Hakim, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar,Po‘lat Mo‘min ,Qudrat Hikmat, tinchlik va baxtli bolalik, Xudoyberdi To‘xtaboyev, “Sariq devni minib”, “Qasoskoming
oltin boshi”, “Besh bolali yigitcha” ,Farhod Musajon
1 . Oʻzbek bolalar adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri Zafar Diyor 1912 yili Namangan viloyatining Chust tumanida, kambagʻal dehqon oilasida tugʻildi. Avval eski maktabda, soʻng bolalar uyida taʼlim va tarbiya oldi.
Boʻlgʻusi shoir 1927 yilda Oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kirib, uni 1933 yilda aʼlo baholar bilan tugatdi; shu ilm oʻchogʻida adabiyot muallimi boʻlib xizmat qildi. 1941 yilda esa Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatdi.
Shoir ijodi garchi erta boshlangan va koʻpgina sheʼrlari yoshlar gazetalari va “Yosh kuch”, “Kolxozchi bolalar” kabi jurnallarda chop etilgan boʻlsa ham, “Qoʻshiqlar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1938 yilda nashr etildi. Shoirning ijodiy faoliyati jurnalistika bilan chambarchas bogʻliqdir. U 1941 yildan to umrining oxirigacha respublika gazetalarida masʼul kotib, boʻlim mudiri vazifalarida ishladi. Shoirning “Qoʻshiqlar” toʻplamidan soʻng “Tantana” (1938), “Sheʼrlar” (1939), “Bizning qurolimiz”, “Bizning oila” (1942), “Sovgʻa” (1944) kabi sheʼriy toʻplamlari chop etildi.
Zafar Diyor Ikkinchi jahon urushi yillarida rang-barang janrlarda samarali ijod qildi. Uning “Qurol bering menga ham!” sheʼri H. Olimjonning “Qoʻlingga qurol ol!” asariga hamohang. Shuningdek, “Orzu”, “Temurchilar maktubi”, “Otam kelar yaqinda”, “Tabassum”, “Toʻqqizinchi may” kabi sheʼrlari yoshlarni qahramonlik, vatanparvarlik va doʻstlik ruhida tarbiyalashda muhim rol oʻynaydi. Zafar Diyor mohir bolalar shoiri boʻlishi bilan birga, yana navqiron naslning suyukli dramaturgi ham edi. Uning uch qismdan iborat “Baxtli yoshlik”, “Uch ogʻayni” pyesalarida bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, ahillik ardoqlanadi. U adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi, tarjimon va nosir ham edi.
Z afar Diyor 1946 yil 14 aprelda vafot etdi. Vafotidan keyin “Kichkina bogʻbon haqida doston” (1947), “Chaman” (1948), “Gunafsha” (1952), “Qanotli doʻstlar” (1958), “Suv bilan suhbat” kabi toʻplam va saylanmalari nashr etilgan.
2.. Sh.Sahdulla ijodida hayotiy voqealaming haqqoniy badiiy tasviri, janr rang-barangligi va
badiiy xususiyatlari, obrazlar talqini, tarbiyaviyligi, hayotiyligi.
Shukur Sa’dulla 1912-yilning 15-yanvarida Jizzax shahrining Toshkentlik mahallasida xizmatchi oilasida tugildi. U 7 yoshga to‘lganda mahalladagi eski maktabga boradi va u yerda tez savod chiqaradi, so‘ngra yangi tashkil etilgan Narimonov nomli maktabda o‘qishni davom ettiradi. 12 yoshida maktabni bitirgach, bilimini yanada oshirish maqsadida 1924-yilda Samarqand shahriga kelib, Pedagogika bilim yurtiga kiradi. Xuddi shu maskanda adabiyotga bir umr bog’lanadi, she’r mashqiga jiddiy beriladi.
Sh. Sa’dullaning dastlabki she’rlari, asosan, kattalarga mo’ljallangan. Ular shoirning o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hodisalardan olgan taassurotlarining ifodasi tarzida bunyodga kelgan. Shoirning ana shu mavzudagi she’rlari 1932-yilda „Hayqiriq“ nomi ostida maxsus to‘plam shaklida Toshkentda chop etilgan. O‘n bir she’r va bir kichik poemani o‘z ichiga olgan bu birinchi kitobning nomlanishi ham ramziy xarakterda edi. Bu davrda Samarqandda (1929-yilning boshida) bolalar adabiyoti to‘g‘risida kengash bo‘lib o‘tadi. Kengash Sh. Sa’dullaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Unda quvnoq bolajonlaming baxtiyor hayotini ifodalash tuyg‘usi kuchayadi.
Toshkent va Buxoro o‘quv yurtlarida taiim olayotgan Zafar Diyor, Ilyos Muslim, Sulton Joialar bolalar uchun yozish an’anasini boshlab bergan edilar. Sh. Sa’dulla ular bilan bir safda turib, ijod qila boshladi. 1931-yilda O‘zbekiston Davlat nashriyotining bolalar va yoshlar adabiyoti boiimiga muharrirlikka ishga taklif etiladi.
1950-yilda Sh. Sa’dulla I. Muslim bilan hamkorlikda bolalar shoiri S. Marshakning „She’r va ertaklar“ asarini o‘zbek kitobxonlariga tortiq etishdi. Shuningdek, Sh. Sa’dulla daniyalik mashhur ertakchi G. X. Andersen, rus yozuvchisi N. A. Nekrasovning asarlarini, L. Tolstoy va B. Jitkovning hikoyalarini, bolalar shoirlari M. Kvitko, A. Barto, M. Mirshakar, O. Bedyorov, M. Fayzulina she’rlami, V. Lebedov-Kumechning yoshlik taronalarini, B. Gorbatovning „Bo‘ysunmaganlar“ (1953), V. Oseyevaning „Vasyok Trubachev va uning o‘rtoqlari“ (1954) povestlarini, Korney Chukovskiyning „Doktor Voyjonim“ (1966) asarini ona tilimizga taijima qilgan.
AYIQ
O‘rmonda bo‘lganmisiz?
Ayiqni ko‘rganmisiz?
Ustida po‘stini bor,
Pisand emas unga qor.
Men uning naslidanman,
Ayiqning aslidanman.
Otamdan qoldi po‘stin,
O‘sha po‘stin menga to‘n.
Farqim shu: men qo‘g‘irchoq,
Bolalarga o‘yinchoq!
BUZOQ
Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.
Iflos yerga yo‘latmang,
O‘yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.
Sigir bolmayman unda,
Qaymoq bermayman kunda.
Mayli, o’ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!
TOYCHOQ
Toychog‘im bor — uchqur ot,
Quralay ko‘z —tulpor zot.
Egar-jabduq uraman,
Minib, olg‘a suraman.
O‘zi yog‘och, yoli qil,
Ovunchog‘im, olg‘a yel!
ULOQCHAM
Kichkina qora — uloq,
O‘ynar oshib umbaloq,
Men bilan inoq, o‘rtoq.
Ko‘kat bersam yamlaydi,
Orqamdan hech qolmaydi.
Kappalaydi o‘t bersam,
O‘ynaydi quloch kersam,
Suzadi musht o‘qtalsam.
Boshchasida shoxi bor,
Dumchasida oqi bor.
MITTI
Mitti degan mushugim,
O‘taketgan olg‘ir, shum.
Mitti poylab turadi.
Sichqonvoyni ko‘radi.
Sichqon mushukni ko‘rib,
Qochar teshikka urib.
Sichqon qochib qutular,
Mushuk esa tutilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |