Geografik kartaning elementlari
Geografik karta tuzish va undan to„la foydalanish uchun uning xususiyatlarini
bilish zarur. SHuning uchun ham karta tuzishda va undan foydalanishda tahliliy
yo„ldan foydalaniladi. Kartaning har bir elementi alohida o„rganilishi, bu
elementlarning vazifasi, ahamiyati va ular orasidagi o„zaro bog„liqlikni bilish
kerak. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir, unda tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy voqea va hodisalar to„g„risida etarli darajada ma‟lumot berilib, ularning
tarqalishi, holati, o„zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma‟lumotlar
geografik kartaning asosini tashkil qiladi.
1-rasm. Umumgeografik karta elementlari.
Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topadi.
Masalan, umumgeografik kartaning mazmunini quyidagi elementlar tashkil qiladi:
suv ob‟ektlari, er yuzasining relefi, o„simliklar qoplami va tuproq, aholi
yashaydigan joylar, aloqa yo„llari va aloqa vositalari, sanoat, qishloq xo„jaligi,
madaniy ob‟ektlar va ma‟muriy chegaralar.
Geografik elementlar (1-rasm) hamma kartalarda bir xilda mukammal
tasvirlanmaydi. Masalan, biron mavzuga bag„ishlangan kartada uning mazmuniga
mos hududdagi georgafik elementlar tanlanadi. Misol uchun tuproqlar kartasida
aloqa yo„llari va aholi vositalari, relef kartalarida aloqa yo„llari va aholi
yashaydigan joylarning hammasi tasvirlanishi shart emas. Lekin kartaning
mazmuni va maqsadiga, tasvirlanayotgan elementlarning ahamiyatiga qarab ba‟zi
bir geografik elementlar hamma mavzuli kartalarda bo„lishi shart. Masalan, O„rta
Osiyoga tegishli mavzuli kartalarda suv (gidrografik) ob‟ektlarning ahamiyati katta
bo„lgani uchun imkoni boricha to„laroq ko„rsatiladi. CHunki suv ob‟ektlari
(gidrografiya) mavzuli kartalarning boshqa elementlarini bir-biriga bog„lovchi
zarur elementdir.
Kartaning geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to„g„ri bo„lishi kartaning
matematik asosiga bog„liq. Matematik asos, o„z navbatida, bir qancha
elementlardan tashkil topgan. Masalan, proeksiya va koordinata turi, masshtab
hamda geodezik asos (triangulasiya, poligonometrik va nivelirlash shoxobchalari)
va komponovka. Hamma kartalar kartografik proeksiyalar asosida tuziladi va Er
ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog„ozga tushirish yo„llarini ko„rsatib beradi.
Kartografik to„r (geografik kenglik va geografik uzoqlik) esa geografik
elementlarning er yuzasidagi o„rnini tasvirlaydi. Lekin ba‟zi bir kartalarda
kartografik to„r berilmasligi ham mumkin. Masalan, geografik atlasdagi faqat
siyosiy-ma‟muriy va tabiiy kartalarda ko„rsatilsa bo„ladi. CHunki ba‟zi bir
tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo„lsa-yu, kartografik to„r
ko„rsatilsa, kartaning o„quvchanligi qiyinlashadi, yoki kartada
va
larni
Картанинг математик асоси
Геодезик асос
Масштаб
Картографик
хатолик
Таянч
пунктлари
Ту
зил
иш
и
бў
йи
-
ча
б
ўл
ин
иш
и
Дав. Геодез.
Шохоб.
Ц
ил
ин
др
ик
Картографик
хатолик
Узунлик
масштаби
Сонли
Г
ео
гр
аф
ик
ко
ор
дин
ат
ал
ар
К
ен
гл
ик
6
0
зона
Тў
ғр
и
цил
ин
др
ик
К
ўнда
ла
нг
ци
лин
др
ик
Тў
ғр
и
аз
им
ут
ал
К
ўнда
ла
нг
аз
им
ут
ал
Қ
ий
ш
иқ
а
зим
ут
ал
Т
енг
б
урч
ак
ли
конус
ли
пр
ое
кц
ия
И
хт
иё
рий
конус
ли
пр
ое
кци
я
Те
нг
о
ра
лиқ
ли
пр
ое
кци
я
Тў
ғр
и
бу
рч
ак
ли
ко
ор
дин
ат
ал
ар
У
зо
қл
ик
А
бси
сс
а
О
рдин
ат
а
Сўзли
Чизиқл
и
Бош
Хусуси
й
Х
ат
ол
иг
и
бў
йи
-
ча
б
ўл
ин
иш
и
Х
ат
ол
ик
ту
рл
ар
и
Х
ат
ол
ик
чиз
иқ
ла
ри
Х
ат
ол
ик
ку
рс
ат
кич
ла
ри
А
зим
ут
ал
К
ону
сл
и
К
ўп
ко
ну
сл
и
Те
нг
о
ра
лиқ
Те
нг
б
ур
ча
к
И
хт
иё
рий
У
зу
нл
ик
Ш
ак
л
Б
ур
ча
к
М
ай
до
н
Э
лип
с
ха
то
лиг
и
2-rasm. Kartaning matematik asoslari.
aniqlash ishlari ko„zda tutilmagan bo„lishi mumkin. Ba‟zan kartaning maxfiyligi
ham e‟tiborga olinadi. Karta elementlaridan biri – legenda (shartli belgilar
sistemasi) bo„lib, karta mazmunini o„qish uchun asosiy qurol bo„lib hisoblanadi.
Legenda kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning hammasini o„z ichiga
olishi kerak. Kartaning legendasi sodda, aniq, mantiqli hamda qisqa bo„lishi zarur.
To„g„ri tuzilgan legenda kartadan to„g„ri va oson foydalanish imkoniyatini
tug„diradi. Kartaning nomi, muallif va muharrirlarning familiyalari, nashr qilingan
vaqti, qaysi manbalar asosida tuzilganligi, nashriyot nomi va manzili, chop
qilingan joy nomi va boshqalar ham kartaning yordamchi elementlariga kiradi (2-
rasm).
Kartalardagi ochiq joylardan (ramkaning ichidagi va tashqarisidagi)
mukammal foydalanish maqsadida asosiy kartaga qo„shimcha ravishda, qirqim
kartalar (vrezka), grafiklar, profillar, diagrammalar, blokdiagrammalar va jadvallar
beriladi, bu esa kartani yanada mukammallashtiradi. Bularning hammasi kartaning
qo„shimcha elementlarini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |