O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
TT va KT fakulteti TT 12-18S- guruh talabasining
Simsiz aloqalar fanidan
Mustaqil ish
Bajardi. Ochilov S.
Qarshi - 2022
1-Mavzu: Kanallar va to‘lqinlarning tarqalishi.
Reja:
1. Radio chastotalarning tasniflanishi.
2. Radio to‘lqinlarning umumiy xossalari.
3. Bo‘shliqda (ochiq fazoda) radioto‘lqinlarning tarqalishi.
Radio chastotalarning tasniflanishi.
Barcha aloqa tizimlari odatda uzatiladigan alohida yoki guruhli signal bilan modulyatsiyalangan garmonik YUCh tebranishlar ko‘rinishidagi(sinusoidal) radiosignallarni ishlatadi. Har bir aloqa liniyasiga ma’lum polosa ajratiladi. Ajratilgan polosaning o‘rta chastotasi uzatuvchi radiostansiyaning nominal chastotasi deyiladi. Xalqaro radioaloqa reglamentiga muvofiq radiochastotalar 9ta diapazonlarga bo‘lingan, ularda radio to‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari bir xil va 4dan 12gacha nomerlar bilan belgilanadi.
N nomerli diapazon pastdan 0,3 · 10NGs va yuqoridan 3 · 10NGs chastota bilan chegaralangan. Diapazonlarga quyidagi nomlar berilgan(1.1-jadval).
Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, diapazonning nomeri ortishi bilan chastotalar diapazoni kengligi oshadi,
masalan: №4daΔf4=27kGs, №12da esa Δf12=2700kGs. Diapazonning chegaralarida radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari taxminan bir xil. Uzatish joyidan qabul qilish joyiga xabarlarni tashish uchun radioaloqa liniyasining ishchi chastotasi yoki tashuvchi chastota quyidagi talablarni hisobga olish orqali tanlanadi:
Ishlaydigan, nurlanishlari rejalashtiriladigan liniyaning kerakli punktlarida radio qabul qilishga halaqit qiladigan radiostansiyalarning mavjud emasligi;
Bu chastotada ishlashi yangi uztkichni ishlashiga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan radioaloqa va uzatish tizimlarining mavjud emasligi;
Tanlanadigan chastota mavjud radiochastotalarni taqsimlanishi rejalari bo‘yicha bu radioaloqa turi uchun ajratilgan diapazonda bo‘lishi kerakligi;
Uzatiladigan radiosignallar spektri kengligiga mos keladigan yetarlicha katta keng chastotalar polosalarini egallash imkoniyati bo‘lishi kerakligi.
Keltirilgan talablarni tahlil qilish bilan ko‘rsatish mumkinki, ko‘p kanalli radiokanalni qurish barcha 9ta diapazonlarning hammasida ham maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Masalan, №4diapazonda AM qo‘llanilganda faqat 3- kanalli TLF radio liniyalarini tashkil etish mumkin (ΔFtlf= 0,3 ÷ 3,4 kGs,Δfp= 8 kGs,Δf4= 27 kGs). Bu diapazonda hatto bitta uzatish (ΔFuzat= 15 kGs) va TV(ΔFTV=6MGs) kanalini yuqori sifatli uzatilishini tashkil etish mumkin emas. TV uzatish uchun №8 diapazon, radioeshittirish uchun, ko‘p kanalli radioliniyani tashkil etish uchun esa odatda UQT diapazon (8va undan yuqori diapazonlar) ishlatiladi. RRL ko‘p kanalli hisoblanadi, u holda tashuvchi chastotalar ESY orqali aloqa tizimlarida bo‘lganidek UQTdiapazonida tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |