Distonik reaksiya –Tomir urishning ancha tezlashishi maksimal qon bosimini oshishi bilan birgalikda minimal arterial qon bosim haddan tashqari pasayib, nol darajasiga tushib ketishi bilan ifodalanadi. Bunday holat “CHeksiz tovush” (ton) fenomeni deb ataladi. “CHeksiz tovush” tiklanish davrining birinchi minutida eshitilsa, bunday o’zgarishlarga ahamiyat berilmaydi, chunki bunday holatlar sog’lom sportchilarda ham uchrashi mumkin. “CHeksiz tovush” tiklanish davrining bir necha minut davomi holda bunday organizmning javob reaksiyasi qoniqarsiz deb baholanadi.
Bosqichli reaksiyasi maksimal arterial qon bosimi pog’ona shakli bosqichda oshishi-bunda tiklanish davrining ikkinchi va uchinchi minutdagi qon bosimning raqamlari birinchi minutdagi raqamlarga nisbatan balandroq bo’ladi. Ko’pincha javob reaksiyasining bu turi 15 sekund yugurishdan so’ng uchraydi va sportchi organizmining funksional holatidagi noxush o’zgarishlardan dalolat beradi. Bunday holat sportchilarda yurak tomir tizimining funksional holatini sustlashganini ifodalaydi va qoniqarsiz deb baholanadi.
Bunday atipik javob reaksiyasi ko’proq sport mashg’ulotlarga tayyorgarlik davri boshida sportchilarning funksional tayyorgarligi yetarli bo’lmaganligi tufayli ko’proq uchraydi.
Musobaqalar davridagi aniqlangan har xil atipik javob reaksiyalari mashg’ulotlar rejasining buzilishi yoki noto’g’ri tuzilishi haqida dalolat beradi.
Nazorat savollari:
Nerv tizimining funkional tekshirish usullarini aytib bering.
Simpatik va parasimpatik nervlar tonusida qanday farq bor?
Nafas organlarini qanday funksional sinamalarini bilasiz ?
SHafranovskiy sinamasini natijalari qanday baholanadi?
YUrak qon tomir tizimini funksional holatini tekshirishda qanday sinamalarni bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Gaziyeva Z.YU., Nurmuhamedov K.A. Sport tibbiyotidan ma’ruzalar to’plami. Toshkent,O’zDJTI Nashriyoti 2012, 158b.
Gazieva Z.Yu. Sport tibbiyoti. Toshkent, O’zDJTI, 2012.
Grayevskaya N.D., Dolmatova. Sportivnaya meditsina; kurs leksii i prakticheskix zanyatiy. CHast I. Moskva, 2005.
Dubrovskiy V.I. Sportivnaya meditsina. Uchebnik dlya vuzov. Vlados. 2002, 480s.
Epifanov V.A. Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina. Moskva, «Meditsina», 1999, 304s.
Merkulova R.A., Xrushev S.V., Xelbin V.N. Vozrastnaya kardiodinamika u sportsmenov. Moskva. «Meditsina», 1989, 105s.
Dubrovskiy V.I. Sportivnaya meditsina (uchebnik). Vlados., 2002, 480s.
WWW.Google, ru
WWW.other regrets all best ru
Sport medicine ru.
WWW.Yandex ru
Do'stlaringiz bilan baham: |