Jismoniy rivojlanishni baholash usullari.
Somatoskopiya va antropometriya ko’rsatkichlari asosida tana tuzilishini va jismoniy rivojlanishini baholash uyg’un birlikda olib boriladi. Har qanday jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini baholashda yoshi, jinsi, sport turi va malakasi e’tiborga olinishi kerak. CHunki har bir ko’rsatkich ba’zi sport turidagi sportchilar uchun ijobiy, boshqa turdagi sportchilar uchun salbiy bo’lishi mumkin.
Antropometrik standartlar usuli yoki o’rtacha antropometrik ko’rsatkichlar usuli. Antropometrik standartlar – bu bir qancha bir xil kontingentli (jinsi, yoshi, kasbi, shug’ullanadigan mashg’uloti, iqlim sharoitlari bir xil bo’lgan ) odamlar ichida jismoniy rivojlanish belgilarini statistik hisoblab topiladigan o’rtacha ko’rsatkichlarga aytiladi. Bu usul bilan tekshiriluvchini standart ko’rsatkichlarga solishtirib baholanadi.
Antropometrik profil – bu standartlar bo’yicha jismoniy rivojlanishni baholash ko’rsatkichlari natijalarini grafik tasviri. Tekshiriluvchini ko’rsatkichlari olinib o’rtacha arifmetik kattalikdan qanchaga farq qilishi hisoblanadi va nuqtalar bilan belgilanadi, nuqtalar birlashtirilib antropometrik ko’rsatkichlar grafik tasviri olinadi.
Korrelyatsiya usuli: Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini baholashdagi effektiv usullardan hisoblanadi. Bu usulda belgilar orasidagi bog’liqlik (korrelyatsiya) e’tiborga olinadi. Jismoniy rivojlanish belgilari o’zaro bog’liq, bir belgining o’zgarishi o’z navbatida ikkinchi belgining o’zgarishiga olib keladi. Uzviy bog’liqlik bir xil emas, u musbat va manfiy bo’lishi mumkin. Bir belgining kattalashishi ikkinchisining kattalishiga olib kelsa, musbat hisoblanadi. Bir belgining kattalashishi ikkinchisining kamayishiga olib kelsa, manfiy hisoblanadi.
Belgilar orasidagi bog’liqlikni korrelyatsiya koeffitsiyenti (r) ni aniqlab topish mumkin. Korrelyatsiya koeffitsiyentining eng yuqorisi +1,0 ga teng bo’lishi kerak. “ r” qanchalik birga yaqin bo’lsa, belgilar orasidagi uzviy bog’liqlik shuncha yaqin. Agar “ r ” 0,4 dan 0,6 gacha o’zgarsa – belgilar orasidagi bog’lanish – o’rtacha darajada, 0,6 dan 0,8 gacha bo’lsa – yuqori, 0,8 dan 0,9 gacha – juda yuqori darajada bo’ladi. Jismoniy rivojlanishni korellyatsiya usuli bilan baholash, uning tavsifini antropometrik standartlar yordamida oydinlashtiradi. Masalan,18 yoshli sportchining antropometrik ko’rsatkichlari quyidagicha: bo’yi172+7,0 sm, vazni 65,0 + 7,5 kg, ko’krak qafasining aylanasi 89,0+ 4,9 sm va h.z. Regressiya koeffitsiyenti shu vazn iuchun -0,75kg, ko’krak qafasining aylanasi-2,0sm va h.z. bo’yning 172sm dan har bir baland sm uchun regressiya koeffitsiyentiga qo’shiladi, har bir 172 sm dan past sm ga o’rta arifmetik son ayriladi. Bundan shu xulosa kelib chiqdiki, 170sm bo’yda vazn 65 kg –(0,75x2)=63,5kg, ko’krak qafasining aylanasi 89-(2,0x2) =85 sm bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |