Boshqa harakat sifatlarining gigiyenik tavsifi va ularning mashq qilish vositalari.
Egiluvchanlik muayyan gigiyenik ahamiyatga egadir. Bunday harakat sifatining mashg’uloti bo’g’imlar funksiyasini va harakatchanligini yaxshilaydi, ularni turli kasalliklarga chalinishdan saqlaydi. Egiluvchanlik mashqlarini bajarish vaqtida muskullar, paylar va paychalar, bo’g’im tog’aylari, samarali ta’sirga duch keladilar. Periferik qon va limfa aylanishi faollashadi, ichkn a’zolar massaj ta’siriga duch keladi.
Oldinga engashgan vaqtda tnzzalarni bukmasdan mushtlarni polga tekkiza olish, gavdani bukish vaqtida oyoq uchlarida turib, kaftlarni oyoq uchiga tekkizish egiluvchanlikning taxminiy gigiyenik normativlari hisoblanadi. Egiluvchanlikning boshqa normativlaridan ham — gavdani tik tutgan holda o’z o’qi atdafida-burish (aylantirish), gavdani bukish, tos-bel hamda yelka bo’g’imlarini harakatlantirish vaqtidagi mashq normativlaridan ham foydalanish mumkin.
Egiluvchanlikni rivojlantirish va saqlab turish mashqlarini dinamik mashqlar, shuningdek, statik mashqlarni kuch chidamliligini oshirish uchun mashq qilish jarayonida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bunda mashqlarning har ikkala yo’nalishi — dinamik mashqlar ham, statik mashqlar ham birdek yaxshi ta’sir ko’rsatib, egiluvchanlik fazilatlarini rivojlantirishga hamda dinamik va statik rivojlanishning har birini samarali tarzda bir vaqtda mashq qilishni kuchaytiradi.
Tezlik-kuch sifatlarining rivojlanishi va harakatlarning koordinatsiya qilishi asab tizimi funksiyasini yaxshilaydi hamda muskul-suyak, yurak-tomir, nafas olish tizimlariga, ichki a’zolar funksiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tez yugurish va sakrash bo’yicha «Alpomish» va «Barchinoy» sinov me’yoriy mashqlarining tegishli normativlari tezlik-kuch sifatlarining gigiyenik normasi hisoblanadi. Tez yugurish va sakrash mashqlarini tegishli ravishda bajarish mana shu harakat sifatlarining mashq qilish vositalari hisoblanadi. Sport o’yinlari va harakatli o’yinlar (tennis, badminton, voleybol, futbol, basketbol, stol tennisi va boshqalar) tezlik-kuch sifatlarini mashq qilishning hamda harakat koordinatsiyasining samarali vositasi hisoblanadi.
Harakatlarni koordinatsiya qilish kasbiy faoliyatda g’oyat muhum amaliy ahamiyatga egadir va u barcha jismoniy mashq mashg’ulotlari vaqtida ham zarurdir. U shikastlanishning oldini olishga, ayniqsa, chavandozlik, chang’i, velosiped, tog’ turizmi singari sport turlarida murakkab mashqlarni bajarish vaqtida shikastlanishning oldini olishga yordam beradi.
Harakatlar koordinatsiyasi barcha mashq-mashg’ulot vositalari orqali hamda eng samarali hisoblangan voleybol, gandbol, tennis, badminton singari sport o’yinlari orqali rivojlantiriladi. Koordinatsiyalash qobiliyati bolalik va o’smirlik yoshida yaxshiroq mashq qilinadi. Bu yoshda muvozanatni his qilish va reaksiyalar tezligi osonroq mashq qilinadi, kinestetik hislar, fazoda mo’ljal olish hamda maromika hiyla murakkab tarzda mashg’ulot qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |