Deviant axloq deganda quyidagilar tushuniladi (lat. Deviatio – uklonenie)
1. mazkur jamiyat me'yorlarida rasmiy belgilangan va amal qilinadigan me'yorlarga mos bo‘lmagan insonning faoliyati, bu ruhiy sog‘lik, huquq, madaniyat yoki axloq bo‘lishi mumkin.».
2. mazkur jamiyat me'yorlarida rasmiy belgilangan va amal qilinadigan me'yorlarga mos bo‘lmagan inson faoliyatining ommaviy shakllarida aks etuvchi ijtimoiy hodisa (standart, shablon).
Deviant axloqning birinchi mazmunida umumiy va yosh psixologiyasi, pedagogika, psixiatriya predmetlari aks etadi. Ikkinchisida esa sotsiologiya va sotsial psixologiya predmeti bo‘ladi.
Deviant axloq ko‘pgina salbiy ko‘rinishlar. Diniy dunyoqarashdagi yovuzlik timsollari, tibbiy nuqati nazardan esa kasallik belgisi bo‘lib, huquqiy me'yorlarga muvofiq noqonuniy, hattoki me'yoriy bo‘lmagan xulqni aks ettiradi.
Ijtimoiy tizimning buzilmasdan ishlashi inson hayot faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy o‘zgarishlar deviant axloq, tabiiy va zarur xulqdagi chetlanishlar orqali amalga oshadi. Ular shaxsiy tajriba kengayishiga xizmat qiladi. Insonning psixofizik. Ijtimoiy madaniy, manaviy-axloqiy holatida paydo bo‘luvchi ularning axloqi jamiyatni takomillashtirish, ijtimoiy rivojlanishni amalga oshirishning shartidir.6.
Deviantlikni bilim me'yorlariga asoslanmasdan aniqlash mumkin emas. Tibbiy me'yorda –bu mutlaqo sog‘lom inson, pedagogikada- barcha fanlardan muvaffaqiyatga erishuvchi shaxs, ijtimoiy hayotda jinoyatchilikning yo‘qligi. Ruhiy me'yorlarni belgilash ko‘pchilik insonlar uchun axloq etaloni bo‘lgan ijobiy xususiyatlar yig‘indisidir.
Shunday qilib, funksional me'yor individning yagonaligiga e'tiborni qabul qilib, ammo ko‘pchilik insonlar uchun etalon bo‘lgan ijobiy xususiyatlarni aks ettirmaydi.7
.
Ijtimoiy me'yor – bu majburiy bo‘lmagan real axloq, me'yoriy axloq esa- oddiy bo‘lmagan eng ko‘p uchraydigan namunadir. Bu tushunchaga asosan ijtimoiy kutishga to‘g‘ri yoki tegishli axloq, qandaydir qonuniyatga ega me'yorlar, o‘ziga rozilik va ko‘rsatma berish, shu jumladan nimanidir talab qilish yoki qandaydir harakatni ta'qiqlash
Bunday zarur cheklov. Me'yor va deviatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi
1. nimaningdir o‘rtachasi, massadan ajratilmagan holatdagi;
2.nimaningdir atrof muhitga eng yaxshi moslashishi .
Ijtimoiy me'yor ma'lum jamiyatdagi chegaralar, tadbirlar, axloqning mumkin bo‘lgan intervali, insonlar faoliyati, ijtimoiy guruh, ijtimoiy tashkilotlardagi tarixiy murakkablikni belgilaydi. Tabiiy me'yorlardan farqi ijtimoiy me'yorlar jamiyat ishlashining ob'ektiv qonuniyatlarini inson harakati va anglashida aks ettirish natijasi bo‘ladi.
Delinkvent axloq tushunchasi xuquqiy va ijtimoiy me'yorlarning keng ko‘lamda buzilishini qamrab oladi. Delinkvent axloq- jinoyat kodesi nuqtai nazaridan huquqbuzarlik, mayda bezorilik, magazindagi mahsulotlarni kichik miqdorda o‘zlashtirish, transport yoki bozorlardagi kichik o‘g‘rilik. Og‘ir jarog‘at yetkazish, aldash va boshqalar bo‘ladi. Kriminologiyada ular yoshlar huquqbuzarligi kabi belgilanib, sud yoki ma'muriy huquqbuzarliklarning 12 va 20 yosh oralig‘idagi yoshlar tomonidan amalga oshirilishidir.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra barcha yoshlarning 30% i qandaydir qonunga qarshi harakatlarni amalga oshiradilar, 5% iijiddiy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yadilar.8.
A.I.Kravchenko deviant va delikvent axloq o‘rtasidagi chegarani shunday ko‘rsatadi: Deviantlik va delinkvetlik – me'yoriy axloqdan chiqishning ikkita shaklidir. Birinchi shakl nisbatan kam ahamiyatga ega, ikkinchisi esa katta ahamiyat kasb etadi.
Bunda gap bezori o‘smirlarning ko‘cha guruhlari to‘g‘risida borib, deviatsiya sifatidagi navbatdagi harakatga o‘z a'zolaridan birini ishtirok etmasligidir. Bu harakatlar deviant axloq kabi militsiya va bu ko‘chada turuvchilarning ko‘pchiligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qayd etish kerakki, Kravchenko delinkvent harakatlarga yozilgan me'yorlar va qonunlarga zid bo‘lgan harakatlarni kiritib, biz bu yerda jinoyat deb ataymiz.
Delinkvent axloq qonunlarga qarshi bo‘lgan keng turdagi harakatlarni qamrab oladi. Axloqning ko‘plab turli shakllari ijtimoiy muhokama qilinishi kerak. Deviant axloq narkotiklar iste'mol qilishdan tortib futbol firibgarligacha va hattoki jodugarlik va sehr bilan shug‘ullanishni qamrab oladi. Deviatsyai sotsiologiyasi an'anaviy kriminologiyaga nisbatan ko‘p jinsli axloq toifalarini o‘rganish ob'ekti sifatida turadi.
Ingliz sotsiologlari fikricha jamiyatdagi yoshlar tomonidan qilinadigan odatiy qoidabuzarliklarga o‘g‘irlik, begona uyni buzish va sindirish kirib 17 yoshdan kattalar o‘rtasida kuch ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yoshlar jinoyatchiligining ko‘plab sotsiologik nazariyalari bu jinoyatlarni shahardagi o‘g‘rilarni o‘rganish natijalaridan foydalanib, kriminal jamiyat va ularning imkoniyatlari qamrovini bilib tushuntiradi.
Jinoyatchilikka umumiy qarashlardan biri bu jinoyatchi-shunchaki yomon odam, u bilan muloqot qilishnig yagona usuli unga jazo berishdir.
Saudiya Arabistoni va bosh musulmon mamlakatlarida bugungi kunda ham o‘g‘rilik uchun qo‘l kesilib, ko‘pgina boshqa jinoyatlarga o‘lim jazosi beriladi. Bu ommaviy tarzda ijro etiladi, ammo bazan barcha jamoaning bo‘lishi talab qilinadi.
Deviant axloq ikkita guruhga bo‘linadi:
1. ruhiy sog‘lik me'yorlaridan farq qiluvchi axloq
2. insoniyatning manaviy-axloqiy me'yorlaridan farq qiluvchi axloq.9.
Deviant axloq namoyon bo‘lishining asosiy shakllari quyidagilar ichkilikbozlik va alkogolizm; Foxishalik; suitsidal axloq; jinsiy kasalliklar asosidagi deviant axloq; huquqbuzarlik va narkomaniya. Bu tushunchalar o‘rtasida farqlar mavjud. Ularga batafsil to‘xtalamiz
Alkogolizm –sprili ichimliklarga patologik qaramlik va shaxsning ijtimoiy-axloqiy zavol topishi Ichkilikbozlik – bu muntazam alkogol iste'mol qilish, ijtimoiy moslashuvning buzilishidir. Rus sotsiologlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra yirik sanoat korxonalarida 99% erkak va 97% ayollar alkogol iste'mol qiladi. Ichkilikning motivlari quyidagilar: ko‘ngil ochish, yaqin atrofning ta'siri, ichkilik an'analariga rioya qilish, muhim kunlarni nishonlash, ishdagi ko‘ngilsizliklar.10.
Alkogolga qaramlik bosqichma-bosqich shakllanadi va murakkab o‘lchovlar bilan belgilanadi. Sprili ichimlikka havas inson axloqida quyidagilarni namoyon qiladi: ichishga tayyorlanishda behalovatlikning oshishi, qo‘l urishtirish, ruhiy ko‘tarinkilik. Qancha ko‘p vaqt alkogol ichilsa ichishdan shuncha kam quvonch tuyiladi..
Alkogolizmning shakllanishida bir qator omillar ta'sir qiladi: irsiy omillar, xarakter, shaxsiy individual xususiyatlari va atrof muhit ta'siri. Shunindek moddiy holat va ta'limning kamligi ham buning omiliga kiradi. Foxishalik (ot lat. slova prostitution – bulg‘amoq, nomusiga tegmoq, ). Olimlar fohishalikda quyidagi belgilarni ajratadilar.:
Bandlik turi – mijozning jinsiy ehtiyojlarini qondirish;
Bandlik xususiyati –turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish shakli, mijozning jinsiy ehtiyojlarini istalgan shaklda qondirish ;
Bandlik motivi – oldindan pul yoki moddiy qiymatlikni olish, fohishaning yashashining asosiy va qo‘shimcha manbasi bo‘ladi.
Uning sabablari ijtimoiy iqtisodiy va manaviy-axloqiy omillar bo‘ladi. Ammo o‘ziga xos sabablari ham bor. Bunday ayollar kuchli va ehtiyojlarni o‘rtachadan yuqori qondiradilar. Boshqa sabab muhitdir.
Foxishalik – bu jinoyatchilik. Alkogolizm va deviant axloqning boshqa shakllari kabi ijtimoiy muammodir..
Foxishalik xavflimi? Albatta birinchidan, Foxishalik – ijtimoiy parazitizmning shaklidir. Foxishalik venerik kasalliklar va OITS tarqalishiga sabab bo‘ladi. Agar bu ayollar o‘z sog‘ligini yo‘qotsa sog‘lom farzand ko‘ra olmaydi. Ular ruhan tushkunlikka tushib o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadilar.
Uni kamaytirish omillari aholi hayot darajasini ko‘tarish, jinsiy tarbiya dasturlarini amalga oshirish, bu faoliyat uchun jinoiy javobgarlikni kiritish
Do'stlaringiz bilan baham: |