Foiz svopi (interest rate swap, IRS) birjadan tashqari foiz derivativlarining keng tarqalgan turlaridan biridir. Foiz svopi (interest rate swap, IRS) – oldindan kelishilgan shartli summadagi aniq foiz to’lovlarini almashish to’g’risidagi ikki tomon orasidagi hosila moliyaviy vosita shaklidagi bitim, shartnoma hisoblanadi. Ya’ni, har biri aniq bir summadan hisoblanuvchi turli muddatli foiz stavkalar qarz majburiyatlarini almashtirish to’g’risidagi shartnomadir. Svop operatsiyasi qarzdorga fiksirlangan stavkali qarzlarini suzuvchi stavkali qarzlarga almashtirish imkonini beradi va aksincha. Ya’ni, ushbu bitimda ma’lum bir sanada bir tomon ikkinchi tomonning qat’iy belgilangan (fiksirlangan) foiz stavkadagi aniq summasini to’lab beradi va ikkinchi tomondan suzuvchi foiz stavkadagi (masalan LIBOR, TIBOR, UZIBOR foiz stavkasidagi) to’lovlarni qabul qilib oladi. Fizik summa almashinilmaydi, faqat foiz to’lovlar o’zaro o’tkazib beriladi, ya’ni odatda amaliyotda bunday to’lovlar o’zaro tenglashtirillib, tomonlardan biri foiz stavkalar o’rtasidagi farqni to’lab beradi. Foiz svoplari ham FRAlar kabi faqat birjadan tashqarida muomalada bo’ladi.
Turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkalar almashinuvi (fixed – for – fixed)
Ushbu foiz svop bitimi turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkalarni ma’lum bir muddatga o’zaro almashtiradi. Masalan, siz 100 mln. so’mlik kreditga yillik 24 foiz ustama foiz to’lasangiz, USD/UZS = 1000 bo’lganda, ushbu svop bitimi orqali 100 ming AQSh dollariga teng kredit bo’yicha 25 foiz10 ustama haqini to’lashingiz mumkin va aksincha.
Bir valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga almashtirish (fixed – for – floating)
Tomonlardan biri ma’lum bir summadagi va muddatdagi fiksirlangan (yoki suzib yuruvchi) foiz stavkasidagi bir xil valyutada bo’lgan to’lovlarini suzib yuruvchi (fiksirlangan) foiz stavkasiga almashtiradi. Masalan, siz 10 yil muddatga olingan 100 ming AQSh dollar miqdoridagi kreditga o’zining yillik LIBOR+3 foiz stavkasi o’rniga ushbu svop bitimi orqali yillik fiksirlangan 12 foiz stavkadagi to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin va aksincha. Agar tomonlardan biri svop bitimi orqali suzib yuruvchi stavka o’rniga fiksirlngan foiz stavkada to’lovlarni amalga oshirayotgan bo’lsa foiz svop bitimining uzun pozitsiyasini egallagan hisoblanadi. Bunga yana bir misol qilib, yillik 12 foiz fiksirlangan stavkadagi va foiz to’lovlari har oyda amalga oshiriladigan muddati 3 yil bo’lgan 10 ming AQSh dollarlik kreditga ega, 10 ming AQSh dollarlik investitsiyasidan har oyda LIBOR+4 suzuvchi foiz stavka bo’yicha daromad oluvchi kompaniyani olish mumkin. Ushbu svop bitimi orqali kompaniya o’z daromadlarini fiksirlangan stavkaga o’tkazishi va bundan qo’shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Agar kompaniya foiz svoplar bozorida 10 ming AQSh dollarlik shartli summada oylik LIBOR+4 suzuvchi foiz stavkani yillik 20 foiz fiksirlangan stavkaga almashtira olsa, u har oyda qo’shimcha 0,67 foiz ((20-12)/12 oy) miqdorida foyda ko’radi. Shuningdek, kompaniya o’z daromadlarini fiksirlangan 20 foizga o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |