14.2. Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari
Forvard shartnomalari –kelishilgan shartlar asosida, kelajakda, shartnomadagi bazis aktivlarni etkazib berish bo’yicha ikki tomon o’rtasida tuzilgan bitim. Forvard shartnomalar individual xususiyatga ega bo’lib, birjalarda muomalada bo’lmaydi, ya’ni birjadan tashqaridagi savdolarda ayriboshlanadi. Forvard shartnomalari, fyuchers bitimlari kabi tomonlarga bazis aktivlarni sotish va sotib olish majburiyatini yuklaydi. Forvard shartnomalari tomonlar o’rtasida erkin holda tuziladi. Shuningdek, mazkur shartnomalar korxonalarga o’zlarining uzoq muddatli davriy oraliqda yirik miqdordagi xarajatlarini rejalashtirish hamda kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxini xedjirlash imkonini beradi.
Forvard shartnomalarida qo’llaniladigan kursni avvaldan hisoblashning bir qator formulalari mavjud bo’lib, ulardan eng asosiysi va oddiyi quyidacha:
Bunda:
F – forvard kursi; S – spot (joriy) kurs; r – risksiz daromadning foiz stavkasi (odatda, bunda banklarning depozit foiz stavkasi, yoki davlat qimmatli qog’ozlari foiz stavkalari olinadi) (bu ko’rsatkich koeffitsient ko’rinishida olinadi, masalan 10 foiz 0,1 koeffitsient, 14 foiz – 0,14 va h.k.); t – forvard shartnomasining amal qilish muddati, kun hisobida.
Agar forvard shartnomasidagi aktivlar bo’yicha dividendlar yoki foiz to’lovlari amalga oshirilsa, unda forvard kursini hisoblash bir oz murakkablashib, quyidagi ko’rinishni oladi:
Bunda: Div – dividend.
Fyuchers shartnomalari –kelajakdagi ma’lum bir sanada, oldindan kelishilgan narx bo’yicha, aniq miqdordagi mahsulotlar (bazis aktivlar)ni tomonlar tomonidan sotish yoki sotib olish majburiyatini belgilovchi standartlashgan birja bitimlaridir.
Fyuchers shartnomasini tovarlarni haqiqatda etkazib berishni nazarda tutkasligi ham mumkin. Jahon amaliyotida fyuchers shartnomalari bo’yicha haqiqatda tovarlarni tomonlar o’rtasida o’zaro ayirboshlash jami fyuchers bitimlarining atigi 5%ni tashkil etadi. Birjalarning hisob palatalari orqali fyuchers shartnomalarini hech bir shartlarsiz amalga oshirilishini, bajarilishini ta’minlash ularning yuqori likvidli moliyaviy aktivlarga aylantirgan.
Jahon birjalarida 60 tadan ko’p turli tovarlar fyuchers shartnomalari orqali savdo qilinadi. Ushbu mahsulotlarni shartli ravishda 4 guruhga bo’lish mumkin, ya’ni birichi qishloq xo’jalik va metall mahsulotlari, ikkinchi qimmatli qog’ozlar (asosan obligatsiyalar), uchinchi xorijiy valyutalar hamda to’rtinchi guruhi birja indekslariga bazisida tuziladigan fyucherslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |