To’lov balansini taqdim etish shakllari va uning qoldig’i. To’lov balansini taqdim etish “neytral” va “tahliliy” ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Neytral shaklda taqdim etilgan to’lov balansi tovarlar, xizmatlar va joriy o’tkazmalar joriy operatsiyalarda to’planadi. Kapital o’tkazmalar, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, moliyaviy hosila vositalar, boshqa investitsiyalar va zaxira aktivlari kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida jamlanadi. Ushbu bo’limlar tengligini ta’minlash maqsadida “Sof xatolar va o’tkazib yuborishlar” moddasi qo’shiladi va umumiy natija nolga tenglashtiriladi.
Shu bilan bir qatorda, XVF to’lov balansini tuzishning muqobil shakli bo’lgan “tahliliy” shaklda to’lov balansini taqdim etishni ham mamlakatlarga tavsiya etadi. Bunda, tezkor ma’lumotlar umumlashtiriladi, qayta tasniflanadi, guruhlanadi. Bunda, mustaqil ravishda rezidentlar va norezidentlar tomonidan o’zaro amalga oshirilgan joriy va kapital harakati bilan bog’liq tashqi iqtisodiy operatsiyalar mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlariga tenglashtirilgan holda, to’lov balansi aktiv yoki passiv bo’lishiga sabab bo’ladi. Barcha qolgan operatsiyalar, xususan davlatlar tomonidan amalga oshirilgan saldoni moliyalashtirish yoki undan foydalanish bilan bog’liq balanslashtiruvchi operatsiyalar to’lov balansini tartibga tartibga solish operatsiyalari etib belgilangan.
To’lov balansi qoldig’i mavjud bo’lmaydi, chunki to’lov balansining moddalarini (neytral taqdimotda) qoldig’i nolga tenglashtiriladi. Biroq, “sof eksport” qiymati mamlakat YaIMga kiritilgan bois joriy operatsiyalar qoldig’i to’lov balansi qoldig’i sifatida qayd etiladi. Joriy operatsiyalar hisobi qoldig’ini baholab, to’lov balansi defitsit (passiv) yoki profitsit (aktiv) deb aytish mumkin.
12.2. To’lov balansining tarkibi hamda ularga xos xususiyatlar
To’lov balansi tarkibi. To’lov balansini tuzishning turlicha uslubiyati mavjud bo’lib, hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF) taklif etgan metodika (uslubiyat)dan, ya’ni to’lov balansini moddalarining tasnifidan mamlakatlar amaliyotida keng ko’llaniladi. Mazkur uslubiyatda ob’ektiv reallik ko’proq ko’rinadi, xususan to’lov balansi ikkita yirik bo’limga ajratilgan. Bu, bitimlarning hisobini yuritishning ikki tomonlama xususiyatidan, ya’ni savdo va moliyaviy jihatidan kelib chiqan holda yaratilgan. Xususan, tovarlar va xizmatlar eksporti norezidentlar oldida rezidentlarning talablarini oshiradi (to’lov balansida “+” ishorasi bilan aks ettiriladi), bu esa, o’z navbatida norezidentlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarning kamayishiga olib keladi (“-” ishorasi bilan belgilanadi). Har ikkita hisob-kitob yozuvlarining yig’indisi nolga teng bo’lishi lozim. Tovarlar va xizmatlar eksporti natijasida mamlakatda valyuta zaxiralari to’planib boradi va ular import operatsiyalari to’loviga xizmat qilishi mumkin.
Agar mamlakatda import operatsiyalari to’lovi uchun etarlicha valyuta zaxiralari mavjud bo’lmasa, u xorijdan qarz mablag’larini jalb etishi mumkin. Bu kabi qarz mablag’larini davlatlar o’zlarining tovarlar va xizmatlar eksportini doimiy oshirib borish orqali qoplashi mumkin. Bunday holatda, bitimning savdo qismi (tovarlar va xizmatlarning mamlakatga kirib kelishi) bo’yicha chet elliklar oldida so’ndirishni talab qiluvchi (“-” ishorasi bilan belgilanadigan) mamlakat qarzdorligining paydo bo’lishiga olib keladi. Mamlakatga norezidentlarning kreditlarini jalb etish esa mamlakatning chet elliklar oldida moliyaviy majburiyatlarini ortishiga sabab bo’ladi va “+” ishorasi bilan aks ettiriladi.
Mazkur holatni yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun, haqiqatda mamlakatga kirib kelgan va chiqib ketgan valyutaviy tushum va to’lovlar nisbatini olish mumkin.
Mamlakatning to’lov balansi snoat korxonalari balansiga o’xshab emas, balki bank balansiga o’xshash xolda tuziladi. Masalan, O’zbekistondagi korxona 100 ming AQSh dollarlik mahsulotni eksport qilib, to’lovni uch oy davomida olishga sotib oluvchi bilan kelishgan. O’zbekiston to’lov balansida dastlab mazkur summa tovarlar eksporti sifatida balansining kredit qismida yoziladi va bu xorijdan to’lovni talab qilish huquqini beradi. So’ngra ushbu summa qisqa muddatli kapital sifatida to’lov balansinig debet qismida aks ettiriladi va u O’zbekistondan qisqa muddatli kapitalning chiqib ketishini anglatadi. Ya’ni O’zbekistonlik eksportyor xorijiy importyorga 3 oylik kredit bergan deb hisoblanadi. Bunda O’zbekistonning xorijdagi aktivlari ortadi va to’lov balansining kapital qismi debetlanadi. Mazkur operatsiyani quyidagi shaklda yozish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |