8.3. G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanish bosqichlari
G’arbiy Evropa iqtisodiy integratsiyasi rivojlanish jarayonini shartli ravishda to’rt bosqichga bo’lish mumkin.
1951 yil aprel oyida tarkibiga oltita davlat kiruvchi Evropa ko’mir va po’lat birlashmasi tashkil topdi. 1957 yilda shu davlatlar Evropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energetikasi bo’yicha Evropa hamjamiyati tuzish to’g’risida shartnomaga qo’l qo’ydilar. Hamjamiyat tarkibiga iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan davlatlar kirdi.
Evropa ittifoqining tashkil topish va rivojlanish tarixi 1951 yillardan boshlanadi. 1951 yil aprel oyida tarkibiga 6 davlat kiruvchi Evropa ko’mir va po’lat birlashmasi tashkil topdi. 1957 yilda shu davlatlar Evropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energetikasi bo’yicha Evropa hamjamiyati tuzish to’g’risida shartnomaga qo’l qo’ydilar. Hamjamiyat tarkibiga iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan davlatlar kirdi.
Birinchi bosqich 50-yillar oxiridan 70-yillar o’rtalarigacha davom etdi. Bu davr Evropa iqtisodiy integratsiyasi uchun “oltin asr”bo’ldi.
Evropa iqtisodiy hamjamiyatini yoki “Umumiy bozor”ni tashkil etishning aniq maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
a’zo mamlakatlar o’rtasidagi savdodagi barcha cheklovlarni asta-sekinlik bilan bartaraf etish;
uchinchi mamlakatlar bilan savdoga umumiy boj tariflarini o’rnatish;
“Insonlar, kapital, xizmatlar”ning erkin harakati uchun to’siqlarni tugatish;
Qishloq xo’jaligi va transport sohasida umumiy siyosatni ishlab chiqish va o’tkazish;
Valyuta ittifoqini tuzish;
Soliq siyosatini birxillashtirish;
Qonunchilikni bir-biriga moslashtirish;
Iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish.
Ushbu yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun boshqaruv tuzilmasi tashkil etildi: bular, EIH vazirlar kengashi, Evropa hamjamiyati komissiyasi, Evropa sudi hamda Evropa parlamentidan iborat.
EIH a’zo-mamlakatlarning mahsulotlari, kapitallar, ishchi kuchi va xizmatlarining umumiy bozorini tashkil etish masalasini hal qilishni o’z oldiga birinchi galdagi maqsad qilib qo’ydi. Buning uchun esa Bojxona ittifoqi tashkil qilindi. Ushbu Bojxon ittifoqi EIH asosida turadi. Bojxona ittifoqi doirasida quyidagilar amalga oshirildi:
a’zo-mamlakatlar o’rtasidagi savdo aloqalaridagi cheklovlar bartaraf etildi;
uchinchi mamlakatlar bilan munosabatlar bo’yicha yagona bojxona tarifi o’rnatildi;
kapitallar, kreditlar, pul o’tkazmalari hamda xizmatlarning erkin xarakatiga erishildi;
ishchi kuchi migratsiyasining erkinligi ta’minlandi.
Yuqoridagi barcha choralar sanoat integratsiyasining jadallashishiga imkon tug’dirdi.
Ikkinchi bosqich (70-yillar o’rtalaridan 80-yillar o’rtalarigacha) EI tarixida turg’un davr bo’lib hisoblanadi. Shunday bo’lsada bu davrda EIga a’zo-mamlakatlar Evropa valyuta hamkorligi dasturini qabul qilishga, tashqi siyosiy maslahatlar mexanizmini tashkil etishga muvaffaq bo’ldilar lekin ba’zi salbiy tendentsiyalarning yuzaga kelishi oqibatida g’arbiy Evropa iqtisodiy integratsiyasini, “evroskleroz” nomini olgan jiddiy inqirozga uchrashiga olib keldi. 70 yillarning oxiri va 80 yillarning boshlarida EI mamlakatlari o’rtasida rivojlanish darajasining buzilishi kuchaydi. 1981 yilda Gretsiyaning EIga kirishi bilan bu tendentsiya yanada yaqqol namoyon bo’ldi, uning iqtisodiyoti boshqa ittifoq a’zolari bilan solishtirish bo’yicha ancha past darajada edi.
Uchinchi bosqich (80 – yillarning ikkinchi yarmidan 90-yillar boshlariga qadar) – Ittifoq tarkibini kelajakda kengaytirish bosqichi. 1986 yilda Ispaniya va Portugaliyaning qo’shilishi oldindan davom etayotgan davlatlar o’rtasidagi nomutanosiblikni kuchayishiga olib keldi. EIHga kirish vaqtida Portugaliyada aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadi taxminan EIH bo’yicha 3/2ni, Ispaniyada esa 3/4 atrofida bo’lgan. Yangi a’zo – mamlakatlarda taxminan beshtadan bir kishi qishloq xo’jaligida ishlagan, bu paytda EIHda o’n uchtadan biriga to’g’ri kelgan. Shu bilan birgalikda bu davr G’arbiy Evropa integratsiyasi rivojlanishida Yagona Evropa Aktining (YaEA) qabul qilinganligi ifoda etadi. EIH rivojlanishida 1987 yilda qabul qilingan YaEA muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu akt umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirish yo’nalishlarini belgilab berdi. Ya’ni savdo yo’lidagi barcha to’siqlarni olib tashlash, a’zo-mamlakatlarda ichki chegaralarni ochish, tovar ayirboshlashni jallashtirish, yagona valyuta tizimini joriy etish va barcha fuqarolarning huquqlari tengligi hamda ijtimoiy kafolatlanish tadbirlarini amalga oshirishdan iborat edi.
To’rtinchi bosqich (90-yillar o’rtalaridan XXI asr boshlariga qadar). Yagona Evropa Akti qoidalariga muvofiq 1993 yil 1 yanvardan Ittifoq chegaralari ichida mahsulotlarning erkin harakatlanishi kiritildi. Bunga muvofiq hamjamiyatning o’n ikki davlat rahbarlaridan iborat a’zosi odamlar, tovarlar, kapital va axborotlarning erkin haraktlanishi uchun ishtirokchi-mamlakatlar o’rtasidagi chegaralarni ochish to’g’risida Shengen bitimini imzoladilar. Haqiqatda Ittifoq doirasida yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
1992 yilda EI to’g’risida Maastrix shartnomasi imzolanib, ushbu hujjatga ko’ra quyidagilar ta’sis etildi:
Yagona Evropa fuqaroligi.
Siyosiy ittifoqligi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi.
Evropa ittifoqi faoliyati davomida a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini qo’llab quvvatlashni o’z oldiga eng muhim maqsadlardan biri sifatida qo’ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |