Teskari aloqa zanjiri
Bu sxemalarning farqi shundaki birinchisida inson ishtirok etadi.
Ikkinchisi ishtirok etmaydi.
Boshqarish nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak turlicha tizimlar mavjud. Ularning ichida eng asosiylaridan biri iqtisodiy tizimdir. Iqtisodiy tizim-vaqtga bog’liq holda murakkab qonuniyatlari bilan o’zgarib turadigan tizimlardir. Ularni boshqarish avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlaridan foydalanish, boshqarish jarayonlarini optimal tarzda amalga oshirish imkonini berish bilan birga raxbar rolini oshiradi, boshqaruv mehnatining funksional strukturasini o’zgartiradi, operativlikni oshiradi, tashkilotchilik va aniqlikni kuchaytiradi.
Har qanday boshqarish tizimi dinamik xarakterga ega bo’lib ma’lum muddat ichida o’zgarishga ehtiyoj sezadi. Bunday ehtiyojlar ilmiy texnikaviy axborotlar yordamida amalga oshiriladi. Ilmiy texnikaviy axborotlar tizimini asosan, bir necha turlarga ajratish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
umumdavlvt axborot tizimi;
tarmoq axborot tizimi.
Bunda tarmoq axborot tizimini umumdavlat tizimining bir tizicha-
si sifatida qarash mumkin. Bugungi kunda xalk xo’jaligining barcha tarmoqlari bo’yicha ilmiy tekshirish institutlari faoliyat ko’rsatmoqda va ular ilmiy texnikaviy axborotlarning paydo bo’lishida asosiy manba hisoblanadi.
Umumdavlat avtomatlashtirilgan davlat tizimining ilmiy texni-kaviy axborot tizimchasining paydo bo’lishi va mavjudligi har bir sohaning rivojlanishida muxim rol o’ynaydi. Ularning mavjudligi faqatgina axborotlar bilan ta’minlash funksiyasini bajaradi deb qarash xato. Ularning asosiy vazifasi faqatgina vazirliklar, tarmoqlar va ularning raxbarlarini zarur bo’lgan ilmiy texnikaviy axborotlar bilan ta’minlash funksiyasini bajarish emas, balki tarmoq uchun zarur bo’lgan ilmiy texnikaviy axbrotlarni yig’ish, to’plash hamda ularning ishlab chiqarishga joriy qilishini amalga oshirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda bugungi kunda kelib mavjud bo’lgan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish maksadiga muvofikdir (faks, modem, internet).
Raxbarlik qiluvchi o’z faoliyatida boshqaruv qarorini qabul qilishda axborotlarga tayanadi. Boshqaruv qarorining sifatliligi ko’p jixatdan axborot bilan ta’minlash tizimiga bog’lik bo’ladi. Bunday tizim axborotlarning hajmi jihatdan kichik bo’lishini ta’minlash bilan birga ularni o’z vaktidan yetgazishni ham ta’minlash zarur.
Korxonalarning endilikda nafaqat mamlakat ichkarisidagi korxona-lar bilan balki xorijiy mamlakatlardagi kampaniyalar, firmalar, korxonalar, karporatsiyalar bilan aloqalarni tiklashda bugungi kunda mavjud bo’lgan tizimlar axborot tizimlardan unumli foydalanishlari, ular faoliyatida katta yordam beradi.
Fan va texnika taraqqiyoti natijasida integral axborot tizimiga bo’lgan ehtiyoj ko’paydi. Bunday tizimda ehtiyoj sezilgan axborot turi bo’yicha to’liq ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi. Buning uchun barcha turdagi axborotlar fondi yaratildi. Bu fond bo’yicha mijozlar o’zlariga zarur bo’lgan axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda olishlari mumkin. Shuning uchun ham integral axborot tizimi ko’p funksiyali tizimi hisoblanadi. Bunday tizimdan zarur bo’lgan axborotni faqat bir martagiga emas, balki ko’p martalab aniqlash, olish va foydalanish mumkin. Ayniqsa bu tizimda ilmiy texnikaviy axborotlardan foyda-lanish qulaydir va unda mehnatni tashkil qilish ham to’liq avtomatlashtirilgan Bugungi kunga kelib bizning mamlakatimizda anna shunday axborot tizimi yaratish uchun qator ishlar qilinmoqda va ulardan turli korxonalar, firmalar foydalana olishlari yaqin kunlarda mo’ljallangan.
Raxbarlar uchun axborot tizimini tuzish quyidagi asosiy prinsip-lardan foydalaniladi.
Axborot ta’minoti tizimi raxbarlarga quyidagilarni aniqlash uchun javob berishi zarur:
Tarmoq, birlashma, korxona, bo’yicha ilmiy va ilmiy texnikaviy siyosatni aniqlash uchun;
izlanishlar va izlanmalar yo’nalishini aniqlash uchun;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, hamma ekspluatasiya natijalarini yuksaltirish uchun tashkiliy texnik tadbir kompleksini ishlab chiqish uchun.
Axborot ta’minot tizimi ulardan foydalanuvchilarga ilmiy texnik axborotlarni operativ tarzda to’liq ta’minlash zarur.
Axborot ta’minot tizimi ham gorizontal, ham vertikal integrasiya bo’yicha axborotlarni qayta ishlash uchun moslashtirilgan bo’lishi shart. Axborotlarni gorizontal holda ishlashda korxonalarning turli funksio-nal bo’linlari ishtirok etadi. Bu axborot bo’yicha yagona boshqaruv qarori qabul qilinadi.
Axborotlarni vertikal tarzda qayta ishlashga boshqaruv tuzilmasining boshqaruv pogonalri bo’yicha iyerarxik bo’linmalari ishtirok etadi.
Axborot ta’minoti tizimlarini yaratishda yana bitta asosiy talab qodirilishi zarur yoki boshqacha qilib aytganda, axborot ta’minoti tizimi axborotlarga bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishi zarur.