1-mavzu: Iqtisodiy tahlilning predmeti, asosiy vazifalari va tamoyillari. Reja


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi



Download 152,49 Kb.
bet5/10
Sana28.10.2022
Hajmi152,49 Kb.
#857847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil 1-mavzu (2)

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • 0‘rganilayotgan obyektga (hodisaga) to'g'ri va xolisona baho berish;

  • Korxonaning biznes rejasini tuzish ilchun tegishli axborotlar bilan

ta‘minlash;

  • Tuzilgan biznes rejalamying to‘g‘ri va ilmiy asoslanganligiga baho berish;

  • Har bir yo ‘nalishga ta ’sir etuvchi omillarni aniqlash, ulaming ta'sirini hisoblash va shu omillami ishning samara- dorligini oshirishga safarbar qilish;

  • Biznes rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini ta'minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har bir xojalik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlami o ‘rganish;

  • Moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona foydalanganlikka baho berish;

  • Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to'lovga qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chora-tadbirlami qo ‘llash yo ‘llarini ishlab chiqish;

  • Xojalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish;

  • Korxonalarda mavjud bo'lgan samaradorlikni oshirish yo 'lida ulaming imkoniyatlarini aniqlash;

  • Korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvolini keng jamoatchilikka ko ‘rsata bilish va tashqi investorlami korxona faoliyatini yaxshilashga jalb qilish;

  • Korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, ilg'or g'oya va tajribalarni o'rganilayotgan hodisaga qo ‘llash yo 'l-yo ‘riqlarini ko ‘rsatib berish, tegishli axborotlar mqnbaini yetkazib berish;

  • Eng to'g'ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalami boshqarish bo ‘yicha xulosalar berish;

  • Korxonalami rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko ‘rsatkichlar asosini aniqlash;

  • Rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog'liq bo‘lgan va bog'liq bo'lmagan omillar va sabablami bir-biridan ajratgan holda aniqlash;

  • Korxonalarning xojalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo ‘Igan natijalami oldindan aniqlash;

  • Korxonalarni rivojlantirishga asos bo ‘ladigan innavatsion g ‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash;

  • Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko ‘rsatkichlar asosini aniqlash;

  • Qabul qilingan boshqaruv qarorlarini maqbulligini o'rganish (Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo 'yicha).

Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlilning vazifasi ushbu yuqorida ta’kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o'rganish lozim bo‘ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalaming ayrimlarini sanab o‘tdik, xolos.


Endi esa, yuqoridagi tahlil vazifalarining ayrimlariga chuqurroq nazar tashlasak. Ya’ni iqtisodiy tahlilning eng asosiy vazifalaridan biri uning biznes-reja bilan bog‘liqligidan kelib chiqadi. Tahlil jarayonida birinchi tomondan biznes-rejani amalga oshganligini o‘rgansa, ikkinchidan, xo‘jalik faoliyatini batafsil o'rganib, kelgusi davr uchun biznes-rejani tuzishda tegishli axborotlami to'plab boradi. Rejali iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari davlat tomonidan belgilangan va shu sababli tahlil ishlarini ham yuqori davlat tashkilotlari amalga oshirgan. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida esa har bir korxona o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil 1 belgilaydi, o‘zi biznes-reja tuzadi, uning natijalarini hisobotlarda aks ettiradi va nazorat qiladi. Shu tufayli ham tahlilning roli va vazifasi kundan-kunga oshib bormoqda. Chunki, biznes-rejaning har bir ko‘rsatkichi iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim. Bu esa tahlil orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda biznes-rejani tuzish, unga kiritiladigan ko'rsatkichlar bo'yicha qat'iy belgilangan andoza yo‘q. fiunga zaruriyat ham bo'hnasa kerak. Chunki, bir qancha korxona bir soha bilan shug‘ullansa ham, ulaming ish uslubi har xil, o‘ziga xos bo‘lishi tabiiy. Ammo, umumiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi bir-biriga o'xshash va bog’liq bo’lishi mumkin. Shu tufayli tahlil jarayonida biznes-rejaning bajarilishi darajasini chuqur o‘rganish, shu orqali uning faoliyatiga obyektiv baho berishdek muhim vazifa ham ushbu fan zimmasiga yuklatilgan.
Biznes-rejani bajarish jarayonida ma’lum qonuniyatga ega omillar bilan birga ko‘zda tutilmagan tasodifiy omillar ta’sir qilishi ham mumkin.
Iqtisodiy tahlilning navbatdagi vazifalaridan biri shu omillami aniqlash va har birining ta’sirini hisoblashdan iboratdir. Bu esa bozor munosabatlarining shakllanishi jarayonida vujudga kelgan ko‘pgina yangi ko‘rsatkichlar va omillar ta’sirini aniqlaydigan tahlil usullarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Omilli tahlil natija ko‘rsatkichiga ta'sir etuvchi omillami hisoblash yo‘li bilan tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichni yaxshilashning ichki va tashqi imkoniyatlarini aniqlash va uni kelgusi davr uchun safarbar qilish yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hozirgi turli mulk shaklidagi ishlab chiqarish korxonalarini davlat tomonidan moliyalashtirish butunlay barham topgan bir paytda, ichki imkoniyatlami axtarib topish va uni xo'jalik faoliyatiga safarbar qilish muhim omillami aniqlash va ular ta’sirini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tahlilning asosiy vazifalaridan biri natijaga ta’sir etuvchi omillami chuqur o‘rganish, ichki imkoniyatlami axtarib topish va ulami xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishga safarbar qilishdan iboratdir.
Tahlilning navbatdagi muhim vazifalaridan biri iqtisodiy jarayonlaming dialektik bog‘liqligidan kelib chiqadi. Qaysi soha bo’lmasin, iqtisodiy jarayon sodir bo‘lishi uchun mehnat vositasi, mehnat predmeti va jonli mehnatning mujassamligi lozim bo’ladi. Iqtisodiyotning bu elementlari samaradorligini oshirmay turib boshqa ko‘rsatkichlar miqdorining yuqori bo‘lishiga erishib bo‘lmaydi. Shu tufayli tahlil jarayonida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bunda moddiy-texnika bazasining boshqa elementlarga to‘g‘ri kelishini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim. Masalan, yuqori mehnat unumdorligiga ega bo‘lgan, ilg‘or texnologiyaga asoslangan uskuna mavjud. Lekin shu uskunani ishlata oladigan, shunga malakasi yetarli bo’lgan mutaxassis kerak bo’ladi. Agar korxonaga reja bo‘yicha 100 nafar xodim kerak bo’lsa, uning shtatida shuncha xodim band bo’lsa, ammo, tegishli mutaxassis bo’lmasa bunday holatda korxonaning moddiy-texnika bazasi ham, mehnat resurslari ham samarasiz boTadi.
Texnika va texnologiya takomillashdimi, demak xodimlaming malakasi ham shunga mos ravishda oshib borishi lozim. Shundagina tegishli, ko‘zda tutilgan natijaga erishish mumkin. Aks holda, qilingan tadbirlar, sarflangan xarajatlar tegishli samara bermasligi tabiiy. Bu holatlaming hammasi tahlil orqali aniqlanadi va aniqlangan vaziyatdan tegishli xulosa qilinadi.
Tahlil jarayonida barcha kamchiliklar aniqlanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda esa aniqlangan kamchiliklarga kelgusida yo‘1 qo‘ymaslik chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shu tariqa kamchiliklar brtraf qilinib, xo‘jalik faoliyatining uzluksiz ravishda takomillashuvi va samaradorligi oshib borishi ta’minlanadi.
Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Download 152,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish