1-мавзу. Iqtisodiy tahlilning mohiyati, ahamiyati va vazifalari


Iqtisodiy tahlilning predmeti



Download 21,16 Kb.
bet3/4
Sana29.04.2022
Hajmi21,16 Kb.
#594383
1   2   3   4
Bog'liq
1-¼áóºÒ

1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti

Iqtisodiy tahlil fanining predmeti – iqtisodiy axborotlar ti­zimi bo‘lib aks etgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va kela­digan korxonalar faoliyatidagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli fao­liyatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samarador­ligi hamda yakuniy mo­liya­viy natijalar hisoblanadi.


Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalarning asosiy xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlari hamda ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalar­dagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyati, soliq to‘lovlari kabi munosabatlar tash­kil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holat­da emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi.
Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi.
Obyektiv omillar mavjud bo‘lgan iqtisodiy qonunlar bo‘lib ular asosida xo‘jalik jarayonlari yuzaga keltiriladi va boshqariladi. Mi­sol uchun, talab va taklif qonuni. Bozorda talab oshsa mahsulotga bo‘l­gan narx ham oshadi. Bu bilan korxona ishlab chiqaradigan mahsu­lot­lari hamda sotib oladigan xomashyolar bahosini belgilab olib shu asosda faoliyatini rejalashtiradi. Shuningdek, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar ham obyektiv omillar bo‘lib hisob­lanadi. Misol uchun, davlatning soliqlar bo‘yicha siyosati va undagi zaruriy o‘zgarishlar yoki hamkorlikdagi korxonalarda kutilmagan o‘zga­rishlarning sodir bo‘lishi va shu kabilar.
Subyektiv omillar shaxslar faoliyati (korxona xodimlari) bilan bog‘langan bo‘lib, ularning voqelikka ta’siri natijasida sodir bo‘la­di. Misol uchun, garchand xo‘jalik amaliyoti obyektiv shartlar, omillar asosida bashoratlanib rejalashtirilsada, ularning iqtisodiy munosa­batlar tarzida yuzaga chiqarilishi, amalga oshirilishi subyektiv tarzda sodir bo‘ladi. Ya’ni xo‘jalik faoliyatining asosi obyektiv omillardan tashkil topsada, ulardan ilmiy asosda foydalanish bu shaxslarning bilimi, malakasi, tadbirkorligiga bog‘liq.
Yakuniy moliyaviy natijalar korxona faoliyatining hisobot davri davomida erishgan foyda yoki zararini ifodalab beradi. Mazkur ko‘r­satkichlar iqtisodiy tahlilda turli tomondan tizimli va kompleks o‘rga­niladi. Bundan tashqari moliyaviy hisobot shakllaridagi axborot­lar asosida korxona moliyaviy holati keng ko‘lamda tahlil qilinadi.
Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlarning natijalari rejalashtirishdan oldin hamda rejaning bajarilishi bo‘­yi­cha ham samaradorligini o‘rganish tahlilda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Bu bilan har bir faoliyat va ularga ta’sir etgan omillar bo‘­yicha muhim xulosalar olinadi. Samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘r­ga­nish korxona fao­liyatlari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qi­lishda o‘ta muhim aha­miyatga ega.
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ta’rifida iqtisodiy axbo­rotlar tizimi bo‘lib aks etgan, obyektiv va subyektiv omillar ta’­sirida yuzaga kelgan xo‘jalik subyektlaridagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlar, ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisoblanadi, deb ta’kidlab o‘tildi. Dar­haqiqat, korxonalardagi barcha xo‘jalik munosabatlari iqtisodiy axbo­rotlar ko‘rinishida aks etadi va ular yaxlit tizimni tashkil qiladi. Mazkur tizimda turli xildagi, turli darajadagi, turli vaqtdagi iqtisodiy munosabatlar axborotlar ko‘rsat­kichlar tarzida ifodalab beriladi. Ushbu tizimdagi axborotlar iqtisodiy tahlil uchun baza bo‘lib hisoblanib, ular asosida tadqiq ishlari amalga oshiriladi. Boshqaruv subyektiga kelib tushgan axborotlar belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi. Shuning uchun korxonada axborotlarning sifati, yetarli bo‘lishi, o‘z vaqtida yetkazib be­rilishi kabi tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etilishi iqtisodiy tahlilni davr talablari darajasida bo‘lishiga, pirovard natijada esa maqbul bosh­qaruv qarorlarini qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 21,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish