1-mavzu. Injenerlik geodeziya fani va uning vazifalari. Reja: Geodeziya fani va uning vazifalari. Geodeziya fanining tarixi



Download 21,03 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi21,03 Kb.
#679850
  1   2   3
Bog'liq
1mavzu


1-mavzu. Injenerlik geodeziya fani va uning vazifalari.
Reja:
1.Geodeziya fani va uning vazifalari.
2.Geodeziya fanining tarixi.
3. Geodeziyaning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
4. Geodeziyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch so‘zlar: yer, globus, aerosurat, karta, plan, sistema, profil, Beruniy, Krasovskiy ellipsoidi, Pifagor.
1.Geodeziya fani va uning vazifalari
Geodeziya - yunoncha so‘z bo‘lib, geo - Yer, deziya - o‘lchash, bo‘lish ma’noni bildiradi. geodeziya - Yerning shakli va o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va kartalarda tasvirlash hamda xar xil injenerlik masalalarini yechishda bajariladigan o‘lchash usullari to‘g‘risidagi fandir.
Geodezik o‘lchashlar yer sirtida, dengizlarda, koinotda va yer ostida burchak, masofa va balandliklarni ulchash asboblari yordamida olib boriladi. Jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra geodeziya fani ham rivojlanib bir necha mustaqil fanlarga bo‘lindi:
Oliy geodeziya - butun Yer sirtini yoki uning katta qismlarini shakli va o‘lchamlarini aniqlash, Yer sirtida ayrim nuktalar koordinatalari va baland-liklarini yagona sistemada topish, yer qobig‘ining gorizontal (yotik) va vertikal siljishini o‘rganish kabi masalalarni xal kiladi.
Geodeziya yoki topografiya - Yer sirtining katta bo‘lmagan bo‘laklarining karta va planlarini tuzish, hamda nuqtalarni balandliklarini aniqlash, ularning profili (vertikal kesimi) ni tasvirlash usullari bilan shug‘ullanadi.
Geodeziya - injenerlik inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o‘rganishi bilan shug‘ullanadi.
Fototopografiya yoki aerofotogeodeziya - Yer sirtini suratga olish va topografik karta, planlarni yerning foto va aerosuratlari orqali tuzish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Kartografiya - kartalarni tuzish, nashr qilish va ulardan foydalanish usullarini o‘rganadi.
Kosmik geodeziyasi - yerning sun’iy yuldoshdan turib, yer shaklini aniqlash va uning sirti suratini olish usullarini o‘rganuvchi fandir.
Xalk xo‘jaligidagi xar hil masalalarni yechish maqsadida Yer sirtidagi o‘lchashlar, ular natijalarini ishlab chiqish, plan, karta va profillar tuzish orqali Yerning sirti uning shakli va o‘lchamlari o‘rganib chikiladi.
Shuning uchun Geodeziya fanining vazifalari qo‘yidagilarni tashkil qiladi:
1. Maxsus geodezik asboblar yordamida yer sirtida o‘lchashlarni bajarish usullarini o‘rganish.
2. O‘lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM yordamida ishlab chiqish usullarini o‘rganish.
3. Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylash-tirish usullarini o‘rganish.
4. Turli injenerli masalalarni yechishda o‘lchash natijalari va grafik chizmalarni qo‘llash.



Download 21,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish