1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Download 1,55 Mb.
bet25/82
Sana27.04.2023
Hajmi1,55 Mb.
#932724
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Bog'liq
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Savol va toishiriqlir:
1. Xorijda ijtimoiy pedagogika taraqqiyotining asosiy bosqichlarini sanab o’ting?
2. “Ijtimoiy pedagogika” atamasi kim tomonidan va qachon fanga kiritilgan?
3. Nima sababdan XX asrda ijtimoiy pedagogika fani va faoliyatiga ijtimoiy talab kuchaydi?
4. XX asr ijtimoiy pedagogika vakillarining qarashlarini ochib bering?
5. O’zbekiston ijtimoiy pedagogikasi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
6. Chel elda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishi haqida nimalar deya olasiz?


3 – 4-savol. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. O‘zbek xalq pedagogikasi va islom ta'limotida ijtimoiy-pedagogik g‘oyalar.
Mavzu rejasi:
1. Ijtimoiy pedagogika rivoji. Mustaqillik davrida ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar va ularni amalga oshirishda olib borilgan sayi-harakatlar.
2. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun – ijtimoiy ta’lim va tarbiyaning huquqiy asosi sifatida.
3. «Avesto» va adabiy manbalarda ijtimoiy-pedagogik g‘oyalar. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy-pedagogik g‘oyalari.
4. XVIII-XIX asr ma'rifatparvarlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari.
1. Ijtimoiy pedagogika rivoji. Mustaqillik davrida ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar va ularni amalga oshirishda olib borilgan sayi-harakatlar
Vatanimizning, jumladan, Osiyo xalqlarining shonli tarixidagi eng yorqin sahifalardan biri bo’lgan ilk o’rta asrlar haqli ravishda Uyg’onish davri deb ataladi. Chunki bu davrda ilm-fan, madaniyat san’at, adabiyot, falsafiy diniy fikrlar taraqqiyoti insoniyat tafakkur xazinasiga qo’shilgan katta hissa bo’lib, asrlar mobaynida necha-necha avlodlarimizni o’zining sermazmunligi, universalligi va insonparvarligi bilan hayratga solib kelmoqda. Xususan, O’zbekistonning bugungi mustaqillik sharoitida o’tmish ajdodlarimizning g’oyalari, namunali ishlari muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Inson ongi va ruhi uchun kurashda ularga sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhit lozimligi haqidagi ilk g’oyalar XI asrda O’rta Osiyoda keng tarqala boshlagan «Tasavvuf» ta’limoti namoyondalari Ibn Sino (980-1070), Najmiddin Kubro (1145-1221), Ahmad Yassaviy
(XI asrning o’rtalari), Alisher Navoiy (1441-1501), Nosir Xisrav (1044-1088), Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy (1103-1179), G’azzoliy (1059-1111) asarlarida ko’zga tashlana bordi.
Bu allomalarning fandagi asosiy xizmatlari shundaki, ular ijtimoiy muhit tushunchasidan foydalanmagan holda bu tushunchaga ma’no va mohiyati jihatidan yaqin turuvchi sharoit, holatlarning inson ta’lim-tarbiyasiga ta’sirini ilmiy asoslab berdilar.
Sharq uyg’onish davrining qomusiy olimi Abu Nasr Forobiy (873 —1037) ijtimoiy hayotning turli masalalariga to’xtalgan. Jumladan:
- davlat tuzilishi va uni boshqarish;
- ijtimoiy nizolarning oldini olish;
- kamolotga erishgan ijtimoiy jamoa yaratish, ya’ni yetuk jamoaga erishish;
- hirs — havaslardan tozalanish;
- inson jamoasining kelib chiqishi va h. k.
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti insonning maqsadli ijtimoiylashuv jarayoni ekan, bu haqda Abu Nasr Forobiy ham fikr-mulohazalarini bildirganligining guvohi bo’ldik. Abu Nasr
Forobiy «Falsafatu Aristutalis» («Arastu falsafasi») asarida qadimgi yunon olimlarining inson haqidagi fikrlarini quyidagicha sharhlagan edi: «Insonning muhim xususiyatlaridan biri — uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Insonning ijtimoiylashuvi sun’iy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o’rtasida shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo’lsa, o’zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatdan halos bo’la olmaydi». Abu Nasr Forobiy insonning yashashi va oliy darajadagi yetuklikka erishmog’i uchun insonlar jamoasiga doimo ehtiyoj sezib
yashashini ta’kidlaydi. Demak, inson bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir.
Forobiyning fikriga ko’ra, kishilarda tug’ma qusurlar bo’lmaydi. Insonning bunday muhitda tarbiya topishi uning kelgusida qanday shaxs bo’lib shakllanishiga muhit katta ta’sir ko’rsatadi. Xulosa qilib aytganda, Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarash yotadi.
Abu Rayhon Beruniy insonni eng sharafli zot ekanligini e’tirof etib, inson faqat o’zi uchun yashamasligi, u umumbashariy borliq ekanligini e’tirof etadi. Insonning ijtimoiylashuvida
madaniy aloqalar zarur ekanligini va insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini ta’kidlaydi.
XV — XVI asrlarda O’rta Osiyoda tabiatshunos-faylasuflar, tarixchi, shoirlar va musavvirlar o’z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan qarab, tabiat sirlarini o’rganishga intilganlar. Bular Abdurahmon Jomiy (1414 —1492), Jaloliddin Davoniy (1427 —1502), Alisher Navoiy (1441 —1501), Xusayn Voiz Koshifiy (1440 —1505) o’z asarlarida inson aqli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida axloqiy xislatlari, insoniylik g’oyalari bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi.
O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, badiiy tafakkur osmonida yorqin nur sochib, o’chmas iz qoldirgan mutafakkir Abdurahmon Jomiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari diqqatga sazovordir. Jomiy hamma bir-biri bilan teng bo’lgan, ezuvchi va eziluvchi bo’lmagan fozil jamiyatni orzu qiladi. Unga erishish yo’llarini axtaradi. O’zbek tilining asoschisi buyuk alloma, davlat arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g’oyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas in’om sifatida uyni yorituvchi
chiroq deb hisoblaydi. Inson o’z farzandinigina emas, balki kelajak avlod bo’lgan barcha bolalarni sevmog’i shart, deb yozadi shoir.
Ular ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga doir o’z qarashlarini bildirib o’tganlar. Aynan «Ijtimoiy pedagogika» degan atamani o’z ijodlarida foydalanmagan bo’lsalar-da, ijtimoiy
hayotimizning, atrof-muhitning insonlarga, ularning ma’naviy dunyosiga ta’sirini atroflicha yoritib berganlar.
Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni jadidchilik harakati etakchilari, XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar — Mahmudxo’ja Behbudiy (1874 —1919), Munavvar qori Abdurashidov (1878 —1931), Abdulla Avloniy (1878 — 1934), Abduqodir Shakuriy (1875 —1943), H.H. Niyoziy (1839 —1929) va boshqalarning asarlaridan ham ko’plab keltirish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishida XX asrning 20-30 yillari alohida o’rin tutadi. Bu davrda A. Avloniy, A. SHakuriy, Munavar qori Abdurashidov, H.H. Niyoziy, Maxmudxo’ja Behbudiy kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy jihatdan izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko’rsatishga alohida e’tibor qaratganlar.
A Avloniy, nomidagi X. G. CHernishevskiy nomidagi bolalar tajriba
maktablari va 601 ta muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo’lib hisoblangan. Biroq, O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda sobiq Ittifoq «sovet» pedagogikasi va o’sha davr pedagogikasi o’rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida o’zbek ma’rifatparvar-pedagoglari tomonidan to’plangan barcha bilimlar inkor etildi.
Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo’lgan pedagogika sohasidagi, ya’ni oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan asarlarni unutish talab etildi. 30 yillar oxirida sotsializm g’alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaqtdan boshlab ijtimoiy muammolar haqida sukut
saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida yengil hal etiladigan, «eskilik sarqiti»deb baholandi. Bu esa o’z o’rnida ijtimoiy pedagogikani fan sifatida rivojlanishiga yo’l bermadi.
1991 yilda O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko’pgina sohalarini, shu jumladan ijtimoiy pedagogikani ham rivojlantirish vazifasi qo’yildi. 1997 yillarda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali yo’llarini topish, ma’naviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsni fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxs sifatida shakllantirishning eng samarali yo’llarini yaratish maqsadida pedagogika fani oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalar qo’yildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmoqda.
Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlari shunchalik dolzarbki, bu fan bo’yicha mamlakatimizda: «Ma’naviyat va ma’rifat markazi», «Oila» markazi, nodavlat hukumatga qarashli bo’lmagan xayriya jamg’armasi «Sog’lom avlod uchun», O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi qoshidagi g’oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar, 2009 yilni «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yili, ya’ni har bir navbatdagi yilning ijtimoiy muammolarning biriga bag’ishlanishi va uning an’ana tusiga kirishi katta ahamiyat kasb etadi. Masalan: 2001 yil — «Onalar va bolalar» yili deb e’lon qilingandi. SHu munosabat bilan «O’smir va sog’lom turmush tarzi» deb nomlangan Respublika metodik seminari o’tkazilib, maktablarda «Sog’lom turmush tarzi» fani
kiritilib, sog’lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko’rib chiqildi.
SHuningdek, 1998 yilni «Oila yili», 1999 yilni «Ayollar yili», 2000 yilni «Sog’lom avlod yili», 2001 yilni «Onalar va bolalar yili», 2002 yilni «Qariyalarni qadrlash yili», 2003 yilni «Obod
mahalla yili», 2004 yilni «Mehr-muruvvat yili», 2005 yilni «Sihat-salomatlik yili», 2006 yilni «Homiylar va shifokorlar yili», 2007 yilni «Ijtimoiy himoya yili», 2008 yilni «Yoshlar
yili», 2009 yilni «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yili deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish yo’llari izlanmoqda.
Bugungi kunda ko’plab empirik nazariy bilimlar to’plangan, ularni to’la anglamoq va tizimlashtirmoq talab etilmoqda. O’tmish allomalarimiz, olim-petsagoglarimiz asarlarini yangi
nuqtai nazartsan o’rganish, chet el tajribalarini o’zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qo’llash lozim.
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi rivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarning tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o’rganishning o’rni beqiyosdir.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish