Birinchidan, inson hayotida ma’lum sabablar asosida yuzaga kelgan hodisalar o’rganiladi.
Ikkinchidan, insonning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutadi.
Uchinchidan, ta’sir etuvchi hodisalarning oldini oladi.
Ijtimoiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat tasvirini xarakterlaydigan vazifani amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish ijtimoiy pedagogikani o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi: ma’lum doiradagi nazariy bilimlarni egallash va ularni amalda qo’llash, muammoni oldindan ko’rish va yechishga, sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko’ra ijtimoiy gumanistik munosabatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogika sohasi pedagog faoliyati bilan bog’likdir. SHuning uchun ijtimoiy pedagoglar — pedagogika universitetlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog va pedagoglik sohasida asosiy bog’liqliklaridan biri, har ikki sohaning ob’ekti — bolalar ekanligidadir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining ob’ekti ijtimoiylashtirishga muhtoj bo’lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik- psixologik, sotsial-axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy, psixik tomondan buzilishga yo’l qo’yilgan bolalardir. Bunday bolalar jamiyatining alohida yordamiga muhtojdir. Ijtimoiy pedagog faqat o’qituvchi emas, balki bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o’zinikidagidek tushunishi va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga ko’mak bera oladigan mutaxassis bo’lmog’i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o’z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqgda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o’z ustida ishlaydigan inson bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagogika o’z nomiga ko’ra sotsium, ya’ni jamiyat bilan shug’ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda «Inson —inson» tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya’ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir, shuningdek, ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg’armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta’siri nazarda tutiladi.
Ijtimoiy pedagogika fani ijtimoiy shaxsning o’ziga xos milliylik tomonlarini tarbiya jarayonida o’rgatib boradi. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika bir-biriga juda bog’liq, lekin ularning farqi shundaki, pedagogika fani ijtimoiy shaxsning faqat ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |