1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


R.A. Mavlonova va N.H. Vohidovalar hammuallifligidagi “Ijtimoiy pedagogika” nomli o’quv qo’llanmada mavzuga oid keltirilgan nazariy ma’lumotlar



Download 1,55 Mb.
bet23/82
Sana27.04.2023
Hajmi1,55 Mb.
#932724
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

R.A. Mavlonova va N.H. Vohidovalar hammuallifligidagi “Ijtimoiy pedagogika” nomli o’quv qo’llanmada mavzuga oid keltirilgan nazariy ma’lumotlar

Ijtimoiy pedagogika — pedagogika fanidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqqaniga ko’p vaqg bo’lgan emas. Biroq pedagogika fanining o’zi ham mustaqil fan sifatida, faqatgina XVII asrdan boshlab shakllangan. Bu buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) nomi va uning «Buyuk didaktika» asari bilan bog’liq. Bu asrda pedagogikaning tadqiqot predmeti va printsiplari belgilab berilgan.


Pedagogika uzoq asrlardan buyon falsafa fani doirasida rivojlanib keldi. Shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan yosh emas, doimo pedagogikaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida pedagogika fani doirasida u bilan hamnafas rivojlangan. Shu sababli ijtimoiy pedagogika tarixi muammolari bilan shugullanuvchi olimlar o’z tadqiqot ishlarini pedagogika tarixi, falsafa va barcha davrlar va xalqlar o’tmish allomalarining pedagogik qarashlari bilan bog’lashlari tasodif emas. Agar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish davrlariga va shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, uni quyidagi 3 bosqichga bo’lish mumkin deb o’ylaymiz:
Birinchisi — boshlang’ich davr, qadimgi davrdan XVII asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr pedagogik va ijtimoiy pedagogik tafakkurning shakllanishi bilan xarakterli. Bu davrda tarbiya ijtimoiy voqelik sifatida tiklana bordi, uning shakllanishi stixiyali tarzdan amaliy faoliyatga aylandi, tarbiyaning turli nazariyalari vujudga keldi.
Antik davrlardayoq ijtimoiy-pedagogik g’oyaning tamal toshi qo’yilgan edi, ya’ni ta’lim va tarbiya «Beshikdan tobutgacha» davom etadi, deyilgandi. Tarbiyani yoshlikdan boshlash, bunda bolaning tabiatni, atrof-muhit ta’sirini hisobga olishi, kattalar, eng avvalo, ota-onalar nufuziga suyanishi lozim degan g’oyalar ilgari surilgandi. Jumladan, Konfutsiy va uning izdoshlari shaxsning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi o’rni va mohiyati kabi muammolarni o’rganganlar. Masalan, Syan-tszi tug’ma xususiyatlar — bu samoviy munosabatlar hosili bo’lib, ularga ta’lim berish bilan erishib bo’lmasligini, inson yovuz tabiatga ega bo’lib, undagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatlar ekanligini e’tirof etadi. Inson tug’ilishidan boshlab har bir narsadan foyda olishga intiladi. Bu esa kishilarning o’zaro raqobatlashishga olib keladi. Shuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini o’zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ularni adolatlilik va mas’uliyatlilik kabi qator fazilatlarga o’rgatish lozim.
Italyan pedagogi, insonparvari Vitarrio Da-Feltredir (1378 - 1446). «Quvonch uyi» deb nomlangan birinchi maktab-internatini tashkil etib, dastlabki ijtimoiy faoliyatga asos solgan olim
sifatida e’tirof etildi.
Ikkinchi bosqich, XVII — XIX asrlarni o’z ichiga oladi. Bu ijtimoiy pedagogika g’oyalari va ilmiy konseptsiyalarini rivojlantirish, uni fan sifatida tiklash davri bo’lgan edi. Bunda ijtimoiy pedagogika fani fan sifatida vujudga keldi va fan rivojidagi ilg’or g’oyalarini ilgari surdi.
XVII — XIX asrlar jahon madaniyati tarixidan burjua demokratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan. Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixolog)lar ijtimoiy pedagogik muammolarni jamiyat va davlat bilan hamkorlikda yechilishini istadilar. Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashkil etish g’oyalari bilan ko’rib chiqildi. Ijtimiy-pedagogik g’oyalar mazmunida barcha
insonlar teng huquqli, erkin, ozod bo’lishlari lozim ekanligi haqidagi fikrlar ko’tarilgan. Bu bosqichda ijtimoiy pedagogika muammolari amaliy-ijtimoiy pedagogika bilan uzviy aloqada
rivojlandi. O’sha davr yetuk pedagoglari yetim, qarovsiz bolalar uchun bolalar uyi, bog’chalar, maktab va boshqa muassasalar tashkil etdilar.
XIX asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzoq davom etdi. Uning rivojlanishiga pedagogika, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, antropologiya (insonning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi fan), tibbiyot va boshqa fanlar katta ta’sir ko’rsatdi.
Ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi haqidagi fikrlarni XIX asr namoyondalari bo’lgan A.Disterverg, A.Makarenko, S.Shotskiy, Raul Natori,
K.D. Ushinskiy, L. N. Tolstoy va boshqa mashhur pedagoglarning asarlaridan topish mumkin.
XIX asrning 20-30 yillarida A. S. Makarenko, S. T. Shatskiy kabi pedagoglar qolgan bolalalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko’rsatishni o’z faoliyatining asosi qilib olgan edilar. Lekin 30-yillardan keyin sotsializm g’alaba qozongani e’lon qilinib, barcha ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo’lib qoldi. Ularni o’tmish qoldiqlari deb atab, ular haqida gapirmaslikka harakat qilindi.
XX asrning 90-yillarida Rossiyada ijtimoiy pedagogika rivojining yangi davri boshlandi. Bu ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohalari bilan bir vaqtda bir-biridan ajralgan
holda rivojlanishiga olib keldi. Amaliyot fanga tayana olmadi, chunki fan ham amalda yo’q edi, fan haqida hech narsani bilib bo’lmas edi, chunki amaliy faoliyat endigina shakllanayotgan edi. Bu ijtimoiy pedagogikaning o’quv fani sifatida tashkil topishida ham o’z ta’sirini ko’rsatdi, bu ham ijtimoiy pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaqtda sodir bo’ldi. Fanning va amaliyotning tashkil topmaganligi «Ijtimoiy pedagogika» fanidagi bugungi kunda ham ko’plab hal qilinmagan, tortishuvlar, masalalarning mavjudligiga olib keldi. Bu ob’ektiv holatlar ijtimoiy
pedagogikaning fan sifatida rivojlantirishini sekinlashtiruvchi omillar hisoblanadi. Lekin amaliyot talablari Rossiyada shunchalik jiddiy va dolzarb ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko’plab ilmiy jamoalar shug’ullana boshladilar.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish