1-mavzu: Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining asosiy tushunchalari, fanning maqsadi, vazifalari



Download 239,4 Kb.
bet7/29
Sana09.07.2022
Hajmi239,4 Kb.
#765045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
huquqiy tarbiya

Jan Jurne (1799-1861) – fransuz shoir-utopisti. Jurne yoshligidanoq inqilobiy g’oyalar bilan shug’ullangan, karbonarilar yashirin tashkilotining a`zosi bo’lgan, qamoqqa tushgan, lekin sud tomonidan oqlangan. Jurne bir qancha vaqt davomida qishloqda yashagan va dorixona ishlari bilan shug’ullangan, Furye asarlarini o’rganish davomida esa Parijga ko’chib o’tish fikri tug’iladi, u yerda falsafachi-sotsialist (hayotining so’nggi damlarini yashayotgan) bilan shaxsan tanishish uchun. Jurne uning bilimlarining tarafdori bo’lib yetishib, 1830 yil oxirida furyerik targ’ibot bilan shug’ullanishga kirishdi.
1841 yilda opera ko’rsatilayotgan zalda yuqoridagi galereyadan parterga o’zining broshyuralarini otdi, bu bilan u tomoshabinlarni Furye fikrlari (g’oyalari) e’tiborni tortmoqchi edi. Bu qilig’i unga bir necha oy aqli zaiflar uyida qolishiga olib keldi. U yerdan ozod bo’lganidan so’ng u bu broshyuralarini nashr ettirdi va restoran va maydonlarda targ’ib etdi, boy odamlar va davlat arboblari bilan shaxsiy uchrashuvlar uyushtirishga kirishdi, furyerizmni Belgiya qirolichasiga yetib borishini istadi.
Anfanten Bartelemi Prosper (1796 yil 8 fevral – 1864 yil 31 avgust) – fransuz sotsialist va utopisti (sensimonist). Bartelemi Prosper Anfanten Parij va badavlat bankirlar oilasida dunyoga keldi. 1813 yilda u Parijning politexnika maktabiga o’qishga kirdi. 1814 yil mart oyida oltinchi antifransuz koalitsiyasi jangchilari Parijni egallaganda u qarshilik ko’rsatishga harakat qilgan talabalar orasida edi. Buning natijasida Lyudovik XVIII qo’zg’olon qilgan maktabni yoptirdi va Anfanten muhandis emas may sotuvchisi bo’ldi. Hamkorlik maqsadida u juda ko’p Yevropa mamlakatlarida bo’ldi, jumladan Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Niderlandiyada bo’ldi.
1821 yilda u o’zining shaxsiy bankini Sankt-Peterburgda tashkil etdi. Lekin ikki yildan so’ng Parijga qaytdi. Xuddi shu vaqtda u karbonariyalarning yashirin jamiyatiga qqshildi. Karbonarilar orqali matematik Olind Rodriges (Rodrig) bilan tanishuv yaxshilanishi natijasida Akri de Sen-Simon atrofida guruh bo’lib yig’ilgan sotsialist-utopistlar orasiga kirib qoldi.
Fransiya hududiy joylashuvi jihatdan juda qulay joyga joylashgan bo’lib, u ikki tomoni suvlik, ikki tomondan esa quruqlik bilan tutashgan. U shimol tomondan Angliyaga, shuningdek Afrika mamlakatlariga ham suvlik orqali chiqishi va o’z aloqalarini o’rnatishi mumkin. Fransiyaning bunday qulay geografik sharoitda joylashuvi uning iqtisodiyotiga ham o’ziga xos ijobiy ta’sir etib kelgan.
Fransiya mamlakati bu paytda, ya’ni XVII-XVIII asrlarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan. XVII asrga kelib Fransiya G’arbiy Yevropani eng kuchli feodal -absolyutizm davlatlaridan biriga aylangan edi. Uning davlat boshqaruvi shakli qirollik monarxiyasiga asoslangan bo’lib, uning Osiyo va Afrika mamlakatlari hisobidan mustamlakalari paydo bo’ldi. Ya’ni, bu mamlakat o’zga xalqlarni qaram qilish siyosatini ham olib borayotgan edi.
Bu paytga kelib mamlakatdagi feodal tartiblar qishloq xo’jaligi va sanoatning rivojlanishiga o’ziga xos to’siq bo’layotgan edi. Chunki, qishloq xo’jaligi va sanoatning rivojlanishi avvalo dunyoviy bilimlarga tayangani holda amal qilib kelgan ijtimoiy boshqaruv shakliga ham ta’sir eta boshladi. Boshqacharoq aytganda eski dunyoqarash va fikrlar hamda eski tuzumni himoya qiluvchi mafkuralarga o’ziga xos holda zarba bera boshladi.
Bu paytda Fransiya 25 mln aholi bo’lib, uning 84% qishloq aholisi edi. Daromadning 4 dan 3 qismidan ko’prog’ini qishloq xo’jaligi berar edi. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib, bir zamonlar Yevropaning eng kuchli feodal davlati bo’lgan Fransiyada boshqa mamlkatlarga nisbatan ancha orqada, ya’ni iqtisodiy qoloq mamlakatlar qatoriga tushib qolish xavfi ortib bordi. 1774 yil Lyudovik XV vafot etgach, o’rniga nabirasi Lyudovik XVI o’tirdi.
Lyudovik XVI uquvsiz, layoqatsiz bo’lgani bois, mamlakat iqtisodiy jihatdan orqaga keta boshladi. Davlat xazinasiga kelib tushadigan soliqlar miqdori oshirildi.
Davlat ishlariga uning xotini Mariya – Antianetta ko’proq aralashgani bois xalq orasida «Defitsit - xonim» degan laqab olgan edi. Albatta soliqlarning asossiz oshirilishi fransuz xalqining turli noroziliklarini keltirib chiqardi. Bu norozilik yuqori tabaqa vaqilari orasida ham paydo bo’ldi.
Shu sababli, bunday vaziyatdan chiqish maqsadida Lyudovik XVI turli choralarni amalga oshirishni o’ylab ko’rdi. Biroq, bu choralar orasida eng qulayi General shtatlarni chaqirish, deb bildi. U 1789-yil General shtatlarni chaqirdi. General shtatlar Angliya parlamentidan farq qilib, uni qachon qirol istasa chaqirar, istamasa u umuman chaqirmas ham edi. Angliya parlamenti esa muayyan bir paytda chaqirilar edi. Ikkinchi farqli tomoni Angliya parlamenti ikki palatali bo’lib, General shtatlar bir palatadan iborat edi.

Download 239,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish