1-mavzu “hayot faoliyati xavfsizligi” fanining maqsadi va vazifalari



Download 70,47 Kb.
bet2/3
Sana09.07.2022
Hajmi70,47 Kb.
#762605
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

Intizom javobgarligi. Xar bir sanoat korxonasi o’z ichki tartib qoidalarini ishlab chikadi. bu tartib qoidalar barchasi sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash, jarayonlarni normada bajarishga qaratilgan. talablarni bajarmaslik baxtsiz xodisalarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ishchi-xizmatchilar tartib qoidalarga amal kilmasligi tufayli ish rejimi buzilib, kasallik, baxtsiz xodisa, zaxarlanish va boshqa voqealar vujudga kelishi mumkin. Ular uchun intizom javobgarligi ta’sis etilgan.
Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, xayfsan e’lon qilish, jiddiy xayfsan e’lon qilish, uch oy muddat bilan oyligi kam bo’lishga o’tkazish yoki past razryad ishiga shu muddatga o’tkazish, ishdan bo’shatish xilida amalga oshiriladi.
Raxbar shaxslar uchun: ogohlantirish, xayfsan e’lon qilish, bir yilgacha lavozimini pasaytirish, ishdan bo’shatish yo’li bilan olib boriladi.
Ma’muriy javobgarlik quyidagi uch turda belgilanishi mumkin:
Axloqiy xarakterdagi javobgarlik (ogohlantirish, jamoat tartibidagi choralar);

  1. Mablag’ va pul undirish, bunda jarima va musodara usuli qo’llaniladi;

  2. Tartib buzuvchining shaxsiga ta’lluqli bo’lgan javobgarlik (axloq tuzatish ishlari, ma’muriy-qamoq jazosi, vazifasidan chetlatish).

Ishchi va xizmatchilarning mehnat xavfsizligi qoida va me’yorlarini buzganlariga ma’muriy javobgarlik tartibida ogohlantirish, jamoat tartibidagi choralar va ma’lum miqdorda jarima to’lash belgilanadi. Jarima va ogohlantirish bo’ysinish tartibida raxbar xodimlar tomonidan emas, balki mehnatni muhofaza qilishning davlat nazorat organlari yoki shaxar va noxiya deputatlari kengashi ijroiya qo’mitalari tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan belgilanadi.
Jinoiy javobgarlik. mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo’pol buzilishi natijasida og’ir jarohatlanish yoki bir necha kishini og’ir jarohatlanishi, yoki baxtsiz xodisa o’lim bilan tugasa, qoidani buzishda ayblangan raxbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. jinoiy javobgarlik raxbar xodimni vazifasidan chetlatish va ma’lum muddatga ozodlikdan maxrum qilish bilan belgilanadi.
Moddiy javobgarlik. Bu ishchi va xizmatchilar ishlayotgan korxonada uning aybi bilan korxonaga keltirilgan moddiy zararni qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilishning qoida va me’yorlariga ishchi va xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar ko’rsa shu zararning bir qismini yoki hammasini aybdor shaxs tomonidan to’lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi. Moddiy javobgarlik chegaralangan va to’liq javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin.
Chegaralangan moddiy javobgarlikda ishchi va xizmatchidan sanoat korxonasiga yetkazilgan zararni ma’muriyat tartibida buyruqqa asosan oyligidan undirib olinadi. Bunda aybdor shaxsning roziligi bilan oyligidan (uchdan biridan oshmasligi sharti bilan) ushlab qolinadi.
To’liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo’lgan takdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo’lsa, uni javobgarlikka tortish bilan bir qatorda sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni ham to’liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini noxiya yoki shaxar sud organlari chiqaradi. Bu xolda korxona ma’muriyati tomonidan aybdorning xaqiqatdan ham aybdor ekanligini tasdiqlovchi xujjatlar ko’rsatilishi kerak.
Nomenklatura chora-tadbirlari rejasini kasaba uyushma qo’mitalari bilan kelishilgan holda korxona ma’muriyati tuzadi. Unda ushbu korxonada xozirgi mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va sanoat korxonasida inson organizmiga ta’sir qiluvchi zarar va omillarning mavjudligi asos qilib olinadi. Bu reja kasaba uyushma bilan kelishilgandan keyin ishchilarning umumiy majlisida muhokama qilinadi.
Nomenklatura chora-tadbirlariga asosan bajarilishi zarur, ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi uch guruxga bo’lib qarab chiqish mumkin:

  1. Baxtsiz xodisalarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga qo’shimcha himoyalovchi va muhofaza qiluvchi to’siq turkumlarini o’rnatish, to’siqlash, muhofazani avtomatik turkumlarini qo’llash, olisdan turib boshqaradigan asboblar joriy qilish, ogohlantirish tizimlari, jaraynni mexanizatsiyalash usullari va boshqalar kiradi.

  2. Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan chora-tadbirlar. Bunga ishchilarga xar xil zararli ta’sir ko’rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar va moslamalar tayyrlash yoki sotib olish, xavo almashtirgich va konditsioner tizimlarini o’rnatish, eski turlarini kayta jixozlash, umumiy xavo almashtirish usullari o’rniga moddalar ajraladigan joyni to’siqlash, aspiratsiya usuli mukammallashtirilgan mashinalardan foydalanish, xavo holatini, tarkibini kuzatadigan asboblar o’rnatish va boshqalar misol bo’ladi.

  3. Ish sharoitini umumiy yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga muqobil yoritish, sanitar-mayishiy xonalar xolatini yaxshilash, maxsus kiyim bosh va oyq kiyimlarini vaqtida sifatli remont qilish, mehnatni muxofaza qilish xonalari, burchaklari va ko’rgazmalarini tashkil qilish va boshqalar mansubdir.

Sanoat korxonalarida texnologik jaraynlar taqoza qilgan chora-tadbirlar mehnat sharoitini yaxshilashga bog’lik bo’lishidan qat’iy nazar nomenklatura chora-tadbirlarga kiritilmaydi. Nomenklatura chora-tadbirlarlari ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarni umumiy majlisida tasdiqlanganligi sababli, bu chora-tadbirlarni korxona ma’muriyati tomonidan bajarilishi shart bo’lib qoladi va uni bajarilishi xaqida ma’muriyat ishchilariga axborot berib turish kerak.
Unga sarflangan mablag’ sanoat korxonasining asosiy fondidan olinadi, ya’ni bu xarajatlar umumtsex va umumzavod xarajatlari hisobiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlariga ajratilgan mablag’ni boshka maqsadlarda sarflash mutlaqo ta’qidlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlarini, mehnat qilish qonuniyatlarini bajarilishini tekshirish va ta’minlash uchun umumiy, hamda maxsus nazorat tashkilotlari tuzilgan.Hamma vazirliklar, boshqarmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonuniyatlarini aniq bajarilishini kuzatishni oliy tashkilot O’zbekiston Prokuraturasi bajaradi. Prokuratura tashkilotlari qonuniyatlarning buzilmasligini oliy nazoratini reja asosida, mehnatkashlarning arzi yoki korxona va ayrim shaxslarning ma’lumotlari asosida mehnatni muhofaza qilish talablarini qanday bajarilayotganligini tekshirish yo’li bilan amalga oshiradi.
Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari raxbar xodimlarini xabardor qiladi, raxbar xodimlarga ma’muriy jazo ko’rilishini talab qilib yuqori rahbar xodimlarga murojaat qiladi. Agar jinoyat sodir bo’lganligi aniqlansa (xavfsizlik texnikasi qoidasi buzilagn bo’lsa) raxbar xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortadi. o’lim bilan tugagan, og’ir va ko’pchilik baxtsiz xodisaga uchragan xolatlarni batafsil tekshiradi.
O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodeksining 286-moddasiga asosan maxsus nazoratni o’z faoliyati jihatidan shu korxonalarga va vazirlikka buysinmaydigan davlat maxsus organlari va inspektsiyalari olib boradi. Mehnatni muhofaza qilishning maxsus davlat nazorat organlariga quyidagilar kiradi:

  1. Kasaba uyushma markaziy qo’mitasi texnik inspektori-inspektsiyasi;

  2. Sanoatda xavfsiz ish olib borish va tog’ishlari xavfsizligi texnik nazorati Davlat qo’mitasi;

  3. Davlat sanitar nazorati;

  4. Davlat energetika nazorati;

  5. Davlat yong’in xavfsizligi nazorati;

  6. Tabiatni muhofazalash davlat qo’mitasi;

  7. Suv va suv manba’larini tozaligini himoyalash Davlat qo’mitasi;

  8. Jamoat nazorati.


Download 70,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish