Transmilliy korporatsiyalar — industrial rivojlangan davlatlarning global ahamiyatga ega bo`lgan ko`p funktsiyali milliy trest va kontsernlari, xalqaro firma, kompaniya va korporatsiyalari. “Trans” old qo‘shimchasi o‘z nomi bilan – TMK milliy chegaralardan tashqarida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; ular g‘oyalarni, didlarni, standart va texnologiyalarni butun dunyo bo‘ylab tarqatadilar; ular o‘z operatsiyalarini global miqyosda rejalashtiradilar, bunda o‘z milliy xarakterlarini saqlab qoladilar. Transmilliy kompaniyalar deganda
ko‘pincha, o‘z ishlab chiqarish aktivlarini birdan ortiq mamlakatda nazorat qila oladigan kompaniyalar tushuniladi. Asos mamlakatlardagi bosh kompaniyalar qabul qiluvchi mamlakatlardagi sho‘'ba kompaniyalar va filiallarni investitsiyalagan holda xorijiy aktivlarga ega bo‘ladilar. Investirlashtirishning bunday turi boshqaruv va nazorat huquqini inobatga oladi va to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunga qarama-qarshi ravishda portfelli
investitsiyalar nazorat huquqini bermaydi, ular odatda, daromad olish maqsadida pul bozorlari vositalarini va xorijiy qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishni nazarda tutadi.
Kompaniya agar faqatgina xorijda savdo qilsa yoki xorijiy firmalarning hamkorlari sifatida ishtirok etsa TMK hisoblanmaydi. Kompaniya uchun TMK maqomini olishning bir necha yo‘llari mavjud. Masalan, agar: 1) kompaniya xorijda bir necha affilyat yoki filiallarga ega bo‘lsa;
2) ular dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat yuritadilar; 3) xorijda olingan daromadlar ulushi yoki boshqa daromadlar barcha daromadlarga nisbatan yuqori bo‘lsa; 4) uning ishchilari, aktsionerlari va menejerlari ko‘pgina turli mamlakatlardan bo‘lishi kerak; 5) uning xorijiy operatsiyalari – bu nafaqat savdo, shuningdek ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar ham bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, Xalqaro kompaniyalar statistikasi ko‘pgina murakkabliklarga duch keladi. Xususiy firma sifatida ular o‘z faoliyatlari haqida axborotlarni zo‘rg‘a beradilar, buning ustiga axborotlarning bir qismi berkitiladi. Xalqaro korporatsiyalarning izohida ham farqlar mavjud. Ular odatda, kamida ikki mamlakatdagi aktivlar ustidan nazorat qilish huquqiga ega firma sifatida aniqlanadi. Boshqa mualliflar esa xorijiy ishlab chiqarish hajmi kabi kriteriyaning ahamiyatini ta'kidlaydilar. Shu narsa aniqki, TMKni bir xilda aniqlash juda katta murakkabliklarni o‘zida mujassamlashtirgan, chunki transmilliy korporatsiyalarning tashkiliy tuzilmasi xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlarga moslashgan holda doimiy ravishda o‘zgarib turadi. TMKlar bo‘yicha BMT komissiyasi o‘z vaqtida transmilliy kompaniyalarga quyidagicha ta'rif bergan:
Bu kompaniyalar:
- yuridik shakli va faoliyat doirasidan qat'iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakat birligini o‘z ichiga oladi;
- bir yoki undan ortiq rahbarlik markazlari orqali umumiy strategiyani amalga oshirish va kelishilgan siyosat yuritish imkonini beruvchi qarorlar qabul qilish tizimi doirasida operatsiyalarda o‘zib ketuvchi;
- alohida birliklari bir-biri bilan mulk orqali yoki ulardan biri yoki bir nechtasi boshqasining faoliyatiga, xususan, bilimlarni, rusurslarni va boshqasi bilan majburiyatlarni bo‘lishish kabi qandaydir boshqacha tarzda o‘zaro bog‘langan;
Xalqaro korporatsiyalarning ikki ko‘rinishi farqlanadi: 1. Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – kapital bo‘yicha milliy (bosh kompaniya bir mamlakatga tegishli bo‘ladi) va faoliyat doirasi bo‘yicha xalqaro (investitsiyalar dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida amalga oshiriladi).
2. Multimilliy korporatsiyalar (MMK) – kapital bo‘yicha ham, faoliyat doirasi bo‘yicha ham xalqaro bo‘lgan kompaniyalar (bosh kompaniya kapitali bir necha mamlakatlar kapitaliga tegishli, investitsiyalar ham dunyo bo‘ylab amalga oshiriladi).
Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab, hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspantsiya siyosatini yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki qismi TMK ulushiga to`g`ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-xaularning beshdan to`rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha,
2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo`lgan bo`lsa, 1970 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to`g`ri keladi. XX asr so`ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi.
Ta`kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo`lgan xususiyat, bu “ikki andozalik” yondoshuvidir. Bir tomondan ular dunyo iqtisodiy makonining liberallashuvi va demokratlashuvidan manfaatdor bo`lsa, ikkinchi tomondan TMK ichida dunyoda mavjud erkin bozor qonuniyatlari ishlamaydi (bozor asosida emas, balki korporatsiya strategiyasidan kelib chiqib narxlar belgilanadi). Umuman, TMKlar faoliyati o`zlari joylashgan (ro`yxatdan o`tgan) davlat manfaatlari bilan mustahkam bog`langan bo`ladi.
Yirik TMKlar ko`pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta`sir etishga intiladi. Ayrimlari esa muayyan davlatlarning iqtisodiy va siyosiy nazoratidan butunlay xalos bo`lishga va birinchi galda, qanday yo`llar bilan bo`lmasin, o`z moddiy manfaatlarini himoya qilishga harakat qiladi. TMKlar va muayyan mamlakat hukumati o`rtasida ziddiyatlar vujudga kelgan hollarda ular mazkur mamlakatni tark etishib boshqasiga borib joylashadi.
TMKlar faoliyatidan tashvishga tushgan jahon hamjamiyatini tinchlantirish uchun 70-80 yillar mobaynida BMT darajasida TMKlar faoliyatini izga solish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida o`ziga xos ahloq kodeksini ishlab chiqishga urinishlar ko`p bo`lgan. Biroq, bu urinishlar TMK vakillarining qattiq zarbasiga duch keladi va 1992 yilda bu borada olib borilayotgan muzokaralar to`xtatiladi.
Vaholanki, TMKlar faoliyatida ko`pgina, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi salbiy holatlar namoyon bo’ladi:
- mamlakatning eskirgan va ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar axlatxonasiga aylanib qolish extimoli;
- mamlakat sanoat ishlab chiqarishining eng rivojlangan segmentlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari, istiqbolli mahalliy korxona va firmalarni egallab olinishi xavfi;
- mahalliy kompaniyalarga nisbatan TMK manfaatlariga mos istiqbolli yo`nalishlarni tiqishtirilishi mumkinligi;
- iqtisodiy yoki moliyaviy inqiroz yuz bergan hollarda korxonalarning yopilishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning kuchayishi; Bunday hollarda TMKlar sarmoyasini mamlakatdan olib chiqib ketishga harakat qiladi;
Ma`lum bo`ladiki, TMKlar jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi, zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojiga hissa qo`shsada, milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga salbiy ta`sir etayotganidan ko`z yumib bo`lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, jahon xo`jaliklararo aloqalarida TMKlar ancha murakkab va jadal rivojlanib kelayotgan hodisadir. Urushdan keyingi g`arbiy Yevropa, Yaponiya va “yangi industrial mamlakatlar‖ning bosib o`tgan yo`li shuni ko`rsatadiki, TMKlar bilan raqobatga dosh berish uchun milliy kapital faol tashqi iqtisodiy siyosat olib bora oladigan baquvvat moliyaviy va sanoat tuzilmalariga birlashmog`i lozim.
Bitta partiyaning uzoq davr ustunligi kuzatilgan Yaponiya jamiyati ham ko’p partiyaviy tizimga kiradi. SHuning uchun bu mamlakatdagi tizimni bir partiyaviy tizim bilan adashtirmaslik lozim.
Yaponiya, Suriya, Ispaniya kabi mamlakatlarda yakka etakchi partiyani o’z ichiga olgan ko’p partiyaviylik tizimining ham foydali ekanligi tajribada sinab ko’rildi.
Dunyo davlatlarining yalpi milliy mahsulotlariga muvofiq ularning ro’yxati tuzib chiqilsa va TMK ro’yxati bilan taqqoslansa, iqtisodiy qudratiga ko’ra «Mitsiu» kompaniyasi 25-o’rindagi «davlat» bo’lar ekan, keyin esa: «Mitsubisi» (26), «Itochu» (30), «Sumitomo» (36), «Toyota»(38) va boshqalar.
Ba‘zi tadqiqotchilar daromadlarning global konvergensiyasi haqida gapirishmoqdalar. Ular bu boradagi fikrlarini qashshoq davlatlarning iqtisodiyoti o’zib ketgan holda, ya‘ni yanada yuqori sur‘atlar bilan rivojlanayotgani bilan dalillaydilar. Haqiqatda esa ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlar iqtisodiyoti boy davlatlarnikidan ko’ra ancha past sur‘at bilan rivojlanayotgan
paytda, tez o’sish faqat Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarining (“Osiyo yo’lbarslari” deb ataluvchi) kamsonli guruhi uchun xos. Ularning globalizatsiyadan oladigan foydasi juda kam, ko’pincha esa nolga teng.
Natijada nafaqat daromadlarning konvergensiyasi va tenglashtirilishi, balki ularning qutblanishi ham mavjud.
Globallashuv tufayli tez rivojlanayotgan mamlakatlar boy davlatlarga aylanadi, qashshoq mamlakatlar ulardan yanada ko’proq ortda qoladi. Dramatik tarzda o’sib borayotgan daromadlardagi farq qashshoq mamlakatlarda norozilik keltirib chiqaradi, bu xalqaro mojarolarga olib kelishi mumkin. So’nggi 15 yilda aholi jon boshiga daromad 100 dan ortiq mamlakatlarda pasaygan, 60 dan ziyod mamlakatda aholi jon boshiga talab qisqargan. (Rivojlangan mamlakatlarda yashayotgan deyarli 5 mlrd. kishi orasida 3/5 qismi eng past sanitar me‘yorlarga mos kelmaydigan sharoitda yashashadi, 1/3 qismi ichimlik suvidan mahrum, 1/5 qismi esa to’yib ovqatlanmaydi). “Imtiyozlarni adolatli taqsimlash” jahon iqtisodiyotini globallashtirishning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ammo bu muammo, afsuski, yagona emas.
Boshqa bir muhim muammo milliy iqtisodiyotlarning umumsayyora darajasidagi o’zaro bog’liqligi tufayli yuz berish imkoniyati yuqori mintaqaviy yoki global beqarorlik bilan shartlangan. Bir mamlakatdagi iqtisodiy silkinish yoki bo’hron mintaqaviy yoki hatto global oqibatlarga ega bo’lishi mumkin. Dunyo bo’yicha sustlik yoki depressiya populistik chaqiriqlarni keltirib chiqarishga, globallashuvning borishida qaror topgan o’zaro bog’liqlik va aloqalarni uzib yuborishga qodir. Natijada iqtisodiy urushga aylanish xavfi bo’lgan iqtisodiy mojaro va hatto harbiy-siyosiy to’qnashuv kelib chiqishi mumkin.
Ayrim mamlakatlar iqtisodiyotini nazorat qilish mustaqil hukumatlar ixtiyoridan eng kuchli davlatlar, ko’pmillatli, global korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qo’liga o’tishi xavfi ham mavjud. SHu bois ba‘zi siyosatshunoslar globallashuv hodisasida milliy suverenitetdan ajralish xavfini ko’rmoqdalar. SHu sababdan globallashuv milliy davlatlar etakchilarida uning kuchi qarshisida ojizlik hissini tug’dirishi, oddiy fuqarolarida esa uni yoqtirmaslik tuyg’usi uyg’otishi mumkin. Bu kabi kayfiyatlar proteksionizmga chorlovchi ksenofobiya va millatchilikni qayta tug’dirishi, ekstrimistik siyosiy harakatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o’z navbatida jiddiy mojarolarning yuz berishiga kuchli sabab bo’ladi. Ko’pincha ish haqi yuqori bo’lgan iqtisodiy rivoj topgan mamlakatlardagi ishsizlikni globallashuv to’siq bo’ladigan hodisalar qatoriga kiritishadi. Ammo, e‘tirof etish lozimki, bu kabi fikrlarni ularning ko’pchiligida ishsizlikning past me‘yori va ish haqi past bo’lgan davlatlarda ishsizlikning yuqori darajasi inkor etadi. Haqiqatda esa bandlikka hukumat siyosati va texnologik jarayon globallashuvning boshqa omilllariga nisbatan ko’proq ta‘sir ko’rsatadi.
Globallashuv kengayib borishiga ba‘zan uning ijtimoiy farovonchilikka xavfi to’g’risidagi afsonalarni bog’lashadi. Biroq ijtimoiy farovonchilik darajasiga mutlaqo boshqa ta‘sirlar — soliq siyosati, demografik tendensiyalar ancha ko’proq ta‘sir etadi. SHu bilan birga keyingi vaqtlarda ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda o’rta sinfning foiz ulushi kamayib borayotganini aniq dalil sifatida inkor etmaslik kerak.
Nihoyat, globallashuvdan asosan muayyan davlatlarning tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizliklarni oqlash uchun foydalaniladi.
Jahon xo’jaligi va xalqaro mehnat taqsimotidagi asosiy rivojlanish tendensiyalari haqida chuqur bilimga ega bo’lmasdan turib iqtisodiy xavfsizlik muammosini tadqiqot qilish mumkin emas.
Bu tendensiyalarning asosiysi iqtisodiyotning globallashuvidir. Xorijda 2-3 ming yilliklarda geosiyosiy o’zgarishlarning sodir bo’lishini tahlil qilarkan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov quyidagicha izoh beradi. “Strategik vazifalarni hal etib jahon hamjamiyatida keng integratsiyalashgan, zamonaviy demokratik davlat qurishni yaxshi tushunamiz. CHunki jahon xo’jaligi bugunga kelib ko’p qirrali bo’lmoqda… XXI asr xalqaro munosablarda shak shubhasiz globallashuv asri bo’ladi”.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarini quyidagilarda ko’rish mumkin: xalqaro kapital bozorlari hamda infrastrukturaning rivojlanganligida, global telekommunikatsiya sistemasining shakllanganligida, transmilliy korporatsiyalarning yuqori sur‘atda o’sganligi, kichik va o’rta korxonalarning ishlab chiqarishi, iqtisodiy va investitsion faoliyati bilan bog’liq bo’lgan
integratsiyalashgan milliy korporativ strukturasining tashkil topishini keltirish mumkin.
Shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o’zgarishlarni Jahon xo’jaligining transfarmatsiyasi bilan xalqaro raqobatning kuchayishi, kapitalning davlatlar va hududlar orasida erkin harakat qilishi, transmilliy kompaniyalar faoliyatini kengaytirish, xalqaro moliya – kredit munosabatlarni erkinlashtirish va iqtisodiy globallashuv bilan amalga oshadi.
Boshqa tomondan globallashuv rivojlangan mamlakatlarni jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham Jahon xo’jaligi aloqalariga kirishga bir qator muammolarni ham tug’diradi. Bu muammolar – milliy iqtisodiyotning tashqi ta‘siridan himoyalanmaganligi, mamlakatlarni xorijiy bozorlarga chiqishdagi qiyinchiliklar, tashqi transport va informatsion aloqalarni rivojlanmaganligi hamda ularning xalqaro tizimlardan uzoqda joylashganligi, asosiy eksport tovarlariga Jahon narxlarining o’zgarib turishi, globallashuv xo’jaligi faoliyatining Markaziy Osiyoda atrof muhit va energetika holatini salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan chambarchasi bog’liqdir.
Iqtisodiyotda globallashuv tushunchasi erkin savdo, erkin kapital oqimi, ishlab chiqarish korxonlari daromad solig’inng pasaytirilishi, mehnat va tabiiy resurslar xarajatini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarining davlatlararo erkin ko’chishi kabi asosiy xususiyatlarni o’z ichiga qamrab olsada, quyidagi xususiyatlarni ham qamrab olgan:
Rivojlangan davlatlardagi kabi rivojlanayotgan davlatlarda uzluksiz ish haqi, narx va ishlab chiqarish daromadlarining bir biriga tenglashishi;
Ishchi kuchini kamaytirish va radikal restruktizatsiya qilish maqsadida mamlakat ichida va transmilliy doirada kompaniyalar sonining ortishi;
Internet tarmog’i orqali moliyaviy axborotlarning butun jahon bo’yicha tez tarqalishi va ishlab chiqarish korxonalarining ochiqligi;
Moliyaviy birjalarning ahamiyati ortishi;
Tovarlar reklamasining ko’payishi;
Mahsulotning milliylik xususiyatlari yo’qolib borishi;
Transmilliy kompaniyalarning soni va ahamiyati ortishi.
Iqtisodiyotning globallashuvida pirovard maqsad barcha davlatlarda muttasil iqtisodiy o’sish va aholi farovonligini oshishini ta‘minlashdan iborat. Global rejalarning yuzaga kelish tamoyili sifatida esa globallashuv xalqaro iqtisodiy aloqalar borasida yangi qulaylik va imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda turli-tuman tahdid va ziddiyatlarni ham keltirib chiqarmoqda.
Birinchidan, global bog’liqik tamoyillari kuchaygan sayin jahon xo’jalik tizimining rivojlanishidagi nomutanosiblik tobora oshib bormoqda. Rivojlangan mamakatar va rivojlanayotgan davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etish ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut yanada ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar eksporti jahon eksportining qariyb 60%ni tashkil etmoqda. Rivojlanayotgan davlatlar o’z eksport tovarlarining 70%ni rivojlangan davlatlaga sotadi. Uya mamlakat, ya‘ni AQSH, Yaponiya va Germaniyada jahon aholisining 9% yashaydi, ular hissaiga esa dunyo daromadining yarmi, xaridorlik quvvatining 30% to’g’ri kelmoqda. Jahondagi “katta ettilik” mamlakatlari (AQSH, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya) hissasiga yalpi eksport va importning qaryib yarmi to’g’ri kelmoqda.
Ikkinchidan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi intensivligi turli-tuman yo’nalishar, mezonlar bo’yicha xilma-xil tarzda namoyon bo’lmoqda. Masalan, iqtisodiy tizimlarning tavsiflanishida qo’llaniladigan “milliy bozor modellari”ni olib ko’raylik. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda Germaniya belgilagan bozor modeli Yaponiya, Janubiy Korea yoki Xitoydagi bozor modellaridan tamomila farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti institutlarining barpo etishda umumiy
o’xshashliklar bo’lsada, ularni shakllantirish yondashuvi va yo’llari turlicha bo’lib kemoqda.
Uchinchidan, erkin iqtisodiyotni barpo etishda xo’jalik yuritishning jahon qoidalarini unifikatsiyalashga urinilmoqda, lekin bunda xalqaro tashkilotlarning harakatlari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda. Chunki, har bir davlat iqtisodiyotini tartibga solish, uni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda o’ziga xos vosita va uslublarni qo’llamoqda.
Tashqi iqtisodiy xavfsizlik – shartnomalar va institutsional tuzilishni amalga
oshirish borasidagi barcha xalqaro shartlar majmuasi bo’lib, unda xar bir jahon
hamjamiyatidagi a‘zo davlatning erkin saylash va o’zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi, tashqi bosimga uchramasligi, boshqalarni ishiga aralashmasligi, o’zaromanfaatli va o’zaromuvofiqlik asosida jahondagi boshqa davlatlar bilan hamkorligi. Globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash uchun quyidagilar taqoza etiladi:
Birinchidan, jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etib, milliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, jahonda sodir bo’layotgan iqtisodiy, siyosiy noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta‘sirini kamaytirishga erishish. Alohida ta‘kidlash joizki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar ta‘siririni butunlay yo’q qilish, unga barham berish mumkin emas.