Bog'liq 1-mavzu ikkinchi jahon urushi davridan keying davrdan bugungi k
1-MAVZU: Globallashuv sharoitida dunyoning siyosiy xaritasi
XX asr 50-60 yillarida xalqaro munosabatlar.
Urush holatidan tinchlik holatiga o‘tish o‘ziga hos qarama-qarshiliklardan iborat bo‘ldi.G‘alaba qozongan mamlakatlar va avvalo SSSR va AQSH, tinchlikni saxlash masalalari bo‘yicha urush vaqtidagi kelishuvlarga asoslangan holda yo‘l tutishlari kerak edi. Ammo xalqaro munosabatlardagi vaziyatda, urushdan so‘ng yuzaga kelgan masalalarni echimini topish yo‘lida ularning har biri o‘zgacha ish tutdi va o‘z milliy ma’nfaatlarini ximoya qildi. Ularning ma’nfaatlari bir biriga zid edi, chunki SSSR va AQSH ikki xil ideologik prinsip va pazitsiyalarga tayanardi. Jahon miqyosida u yoki bu tizimning g‘alabasini ular milliy xavfsizlikni ta’minlayotkanligi sifatida qabul qilishardi.
Jahon inqilobi va kapitalizmni sotsializm bilan o‘rin almashishi, bir tomondan, ikkinchi tomondan esa kapitalistik tizimning kuchayishi va amerikacha yondashuv asosidagi liberal demokratiyani keng tarqalishi, bo‘lajak haqida ikki qutublik tasavvurni yuzaga keltirdi. Bu esa o‘z navbatida SSSR va AQSH o‘rtasidagi global harakterdagi qarama-qarshilikni belgilab berdi. Xatto mintaqaviy to‘qnashuvlarga ikki buyuk davlatning aralashmasligining ilojisi yo‘q edi.
Shu asosda amerika tashqi siyosati konsepsiyasining nomlari shakllandi: “kommunizmni uloqtirib tashlash”, “yopirilma qasos”, “urush yoqasida muvozanat saqlash”, “egiluvchan javob berish”, “cheklangan yadro urushi”... Ushbu iboralar AQSHning turli strategik ko‘rsatmalarini aks ettirardi.Ammo uning asl mohiyati - jahon kapitalistik tizimini saxlab qolish, hamda ikki qutubli dunyoda harbiy kuch siyosati va qo‘rqitish yo‘li bilan yuzaga kelgan mojarolarni bartaraf etish edi.
SSSR esa ochiqdan ochiq o‘zining strategik ko‘rsatmalarini bayon etmasedi. Ammo u, o‘z ta’siri ostidagi hududlarni saqlab qolishga harakat qilardi va xalqaro munosabatlarda “tinchlik, demokratiya, sotsializm kuchlari” bilan “reaksiya, kapitalizm va urush kuchlari” o‘rtasida dunyoning ikkiga ajralib ketishiga qaratilgan siyosatni olib bordi. Urushdan keyingi birinchi o‘n yillik ichida Koreya urushi (1950-1953yillar) jahon miqyosidagi eng xavfli xalqaro inqiroz hisoblandi.
Shunday qilib, “sovuq urush” siyosatining asosiy belgisi bu jahon siyosatidagi konfrontatsiyaedi. Boshqa sabablar qo‘yidagilarda o‘z aksini topdi: urush vaqtida o‘zaro kelishilgan qarorlarni reviziya qilish; ikki buyuk davlat atrofida harbiy-siyosiy bloklarning (NATO va VSHT) shakllanishi; qurollanish poygasi; harbiy kuch asosida fikirlash; ommaviy axborot vositalari orqali “dushman obrazini” shakllantirish.
XX asr 50- – 60- yillaridaxalqaro muxitni, dushmanlik va nizolar asosida shakllangan sovet-amerika munosabatlari belgilardi. Faqatgina bir necha qaltis xalqaro inqirozlarni boshidan kechirgandan so‘ng, ikkala tomon xalqro munosabatlarni yumshatish yo‘liga o‘tish zarurligini tushinib eta boshlashdi.
Agar Yevropada bloklarning yuzaga kelishi bilan muvozanat o‘rnatilgan bo‘lsa, Yaqin Sharq hududi esa 50- yillarda beqarorlik va keskin to‘qnashuvlar maydoniga aylandi, va Yevropaning yetakchi kapitalistik mamlakatlarini, AQSH hamda SSSRni o‘ziga jalb etdi. Bu hududdagi muojarolar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng yuzaga kela boshlaganedi. Usha davrda Suriya, Livan, Transiordaniya mustaqillika erishdilar. Faqatkina Buyuk Britaniya arablar va yaxudiylar yashab kelayotgan Falastinni boshqarish mandatini saxlab qolganedi. 1947 yil noyabr oyidagi BMTning qaroriga muvofiq Falastin o‘rnida arablarning va yaxudiylarning ikkita davlati tashkil topishi kerak edi. Ierusalim esa hamma uchun kirish mumkin bo‘lgan erkin shaharga aylanishi ko‘zda tutilganedi. 1948 yil Isroil davlati tashkil topdi, arab mamlakatiesa - yo‘q. Arablar yaxudiylarning davlatini tan olmadilar. Yaqin Sharqdagi muojaroga bir qator Yevropa mamlakatlari, AQSH va SSSR jalb qilindi. SSSR arablarning yonini bosti, AQSH esa 1948-1949 yillar birinchi arab-isroil urshi jarayonida Isroilni qo‘llab quvvatladi. Urush arab mamlakatlarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Isroil esa, BMT tomonidan yaxudilar davlati uchun ojratib berilgan erdan
tashqari arablarning bir qisim erini (Gaza sektorini) bosib oldi. Shunday qilib xalqaro munosabatlarda xozirga qadar mavjud bo‘lgan va o‘z echimini topmagan Yaqin Sharq muammosi yuzaga keldi.
Ammo Yaqin Sharqdagi muammolar shu bilan o‘z yakunin topmadi. Bu hududda inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi, bu esa hududdagi Fransiya va Buyuk Britaniya pozitsiyalariga xavf tug‘dirardi. 1952 yil Misirda inqilob ro‘y berdi, monarxiya ag‘darildi, chet el kompaniyalarining faoliyati cheklandi. 1956 yil G.A.Naser hukumati ingliz-fransuz kapitali hukumronlik qilgan Sues kanali kompaniyasini milliylashtirdi. Natijada kanalni millashtirish qarorini Nasr tomonidan bekor kilish maqsadida, ingliz-fransuz-isroil armiyasi Misirga hujum boshladi. SSSR, AQSH va BMT uchta davlatning hujumini qoralashdi. SSSR o‘z bayonotida, agar harbiy hujum davom ettirilgudey bo‘lsa, bu holda Misirga erdam berish va kerak bo‘lsa harbiy kuch junatishga tayor ekanligini ma’lum qildi. Uch davlatning Misirga nisbatan uyushtirilgan agressiv siyosati puchga chiqishi natijasida Yaqin Sharqda Buyuk Britaniya va Fransiyaning pozitsiyasi zayiflashib qoldi. SSSRning obro`si oshdi. 1958 yil Monarxiyani ag‘dargan Iroqdagi inqilob sobiq mustamlakachi davlatlarning manfaatlariga yangi zarba bo‘ldi. Shunday sharoitda Eyzenxauer doktrinasi yuzaga keldi. Unga kura Yaqin Sharqda Buyuk Britaniya va Fransiyaning mag‘lubiyati natijasida yuzaga kelgan “kuch vakumini” AQSH to‘ldirishi lozim edi. Iroq va Suriya hujumidan ximoya qilish boxonasi bilan Liviya va Iordaniyaga amerika va ingliz harbiy kuchlari kiritildi.
SSSR 50- yillarning ikkinchi yarmida, KPSSning XX s’yezdidan va Stalin shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘ng, tashqi siyosatda bir nechta yangi tashabuslarni amalga oshirishga harakat qildi. Jumladan, armiya safi 2 mln. kishiga qisqartirildi, mamlakat ichida isloxatlar utqizila boshlandi, SSSR va AQSH davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi. Ammo bir necha yirik xalqaro tashabbular ularning amalga oshishiga to‘sqinlik qildi. 1960 yil mayiga belgilangan N.S.Xrushyov va D.Eyzenxauer o‘rtasidagi uchrashuv amalga oshmadi. Uchrashuv chog‘ida, 1 may kuni AQSH ataylab SSSR xavo hududiga razvedkachi samolyotini kiritdi. SSSR harbiy kuchlari tomonidan bu samolyot urub tushirildi, uchuvchi esa xibisga olindi va provakatsiya fosh etildi. Natijada yuqori toifadagi uchrashuv amalga oshmiy qoldi.
1960 yil noyabrda AQSHda o‘tkazilgan prezident saylovida demokratlar partiyasi g‘alaba qozondi va Dj. Kenedi davlat ma’muriyatini boshqardi. Ammo yangi prezident tomonidan e’lon qilingan tinchliksevar yo‘li amaldao‘z aksini topmati. 1961 yil aprelida Kubaga kontrrevolyutsion desantning tushishi va ularni AQSH flot va aviatsiyasi tomonidan qo‘llab quvvatlanishi, Karib inqirozi boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi. Desantchiloarni hujumi qaytarildi, ammo AQSH Kastro rejimini ag‘darib tashlash rejasidan qayitmadi. Kuba hukumati bilan utkazilgan maxfiy kelishuvga binoan uning hududidaSSSRning o‘rta masofaga uchuvchi yadro raketalari joylashtirildi. Sovet hukumatining bunday harakati na faqat xato, balki avantyuristik qadam edi. Bunga javoban AQSH o‘z harbiy floti bilan Kubani blokada ostiga oldi. SSSR va AQSH o‘rtasidagi to‘qnashuv real holatga aylana boshladi. Faqatkina bir necha kun davomida N.S.Xrushyov va Dj.Kennedi o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida SSSR va AQSH o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvni oldi olindi. Natijada SSSR Kubadan o‘z raketalarini, AQSH esa Turkiyadan o‘zining bazasini olib chiqdi.
Karib inqirozini tinch yo‘li bilan hal etilishi 60- yillarda sovet-amerika munosabatlaridagi tub burilish yasadi. Xalqaro munosabatlardagi vaziyatni yumshatish maqsadida SSSR va AQSH o‘rtasida bir necha muhim shartnomalar imzolandi. Jumladan, 1963 yil avgustda uchta davlat rahbarlari (SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya) atmosferada, koinotda va suvostida yadro quroli sinovlarini o‘tkazmaslik to‘g‘risidagi Moskva shartnomasini imzoladilar (bu shartnomaga Fransiya va Xitoy qo‘shilmadilar). Bu shartnoma, yadro qurollanish poygasi yo‘lidagi dastlabki muhim qadam edi.
Yevropada esa ko‘p yillar maboynida qurollanishni qisqartirish masalasi bo‘yicha 18 davlat vakillarining komiteti o‘z ishini olib borardi. 1970 yil kelib yadro kurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma ishlab chiqildi. Ushbu Shartnoma yuzta mamlakat tomonidan imzolanganidan so‘ng 1970 yil kuchga kirdi.
Buyuk mamlakatlar o‘rtasidagi nizolar, va ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarga Osiyo, Afrika va Lotin Amerika mamlakatlarini o‘ziga jalb etti.Natijada, ko‘plab ko‘zga ko‘ningan davlat arboblari va yaqinda mustamlaka holatidan ozod bo‘lgan davlatlar, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik hamda turli nizolarda qatnashmaslik pozitsiyasini egallashga qaror qildilar. Xindiston bosh vaziri Dj.Neru, Yugoslaviya prezidenti Iosif Broz Tito, Misir prezidenti G.A.Nosir va boshqalar tashabbusi bilan 1961 yil sentabrda Belgradda 25 davlat boshliqlarining konferensiyasi bo‘ldi va unda qo‘shilmaslik harakatiga asos solindi. Harakat ishtirokchilari fikriga qaraganda, xalqaro munosabatlaridagi keskinliklarga va qurollanish poygasiga AQSH bilan SSSR teng holda asosiy sababchi ekanligi takitlandi. Qo‘shilmaslik harakati ishtirokchilari o‘z faoliyatida harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, mustamlakachilikga qarshi qaritilgan xalq kurashini qo‘llab-quvatlash, iqtisodiy tengsizlikni bartaraf etish va tinchlikni saxlashga qaratilgan siyosatini maqsad qilib oldilar.