1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Y.V.Shishkovning namunaviy ta’rifi



Download 268,16 Kb.
bet7/107
Sana06.01.2022
Hajmi268,16 Kb.
#325150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish

Y.V.Shishkovning namunaviy ta’rifiga kо‘ra, jahon xо‘jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, kо‘pincha butunjahon, ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, global moliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog‘i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotiga aylana boshladi.

Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xо‘jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bо‘yicha xalqaro bitimlarning turi va hajmining ortishi, shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy о‘zaro bog‘liqligi” sifatida ta’riflaydilar.

XVFning sо‘nggi ma’ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni – jahonda milliy iqtisodning, xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba’zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli kо‘rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi.

Professor A.Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xо‘jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish - bu erkin savdo tо‘g‘risidagi bitimlar uyg‘unligi, jahonni yagona va о‘ta raqobatli bozorga aylantirgan internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir, degan taklifni kiritadi.

Globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondoshuv asosida Jahon banki Prezidenti Dj.Vulfensonning jahon xо‘jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati tо‘g‘risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va internatsional birliklar esa bir-biriga qо‘shilib ketadi. Sо‘nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib ketishlarni eslang. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznes uslubimizni о‘zgartiradi. Xususiy sektor – xususiy kapital oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kelib, ushbu mamlakatlarning g‘arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan besh marotaba ortib ketayotgani, misli kо‘rilmagan darajada taraqqiy etib ketdi. Qashshoq mamlakatlarda tezkor urbanizatsiya yuz berib fuqarolik jamiyati vujudga kelmoqda, demokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan mahalliy darajaga bosqichma-bosqich о‘tmoqda. Ushbu yо‘nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli kо‘rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Integratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar degradatsiyalanadi (degradatsiya –regressiya – holatning yomonlashuvi). Ularning qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan teng huquqliligi murakkablashib boradi.

Milliy iqtisodiy aloqalarni kuchaytiruvchi nisbatan sezilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish atributi bu – yer sharining deyarli har qanday nuqtasida moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag‘ni bir zumda о‘tkazib berish imkoniyatini ta’minlovchi global axborot maydoni va global axborot tarmog‘i bо‘lgan global moliya bozorini shakllantirilishi hisoblanadi. Global moliyaviy bozor doirasida milliy bozorlar (yevrobozorlar), shuningdek, offshor moliyaviy bozorlarning ahamiyati oshib boradi. Aynan “Moliyaviy kapital milliy iqtisodiyot chegaralarini buzib о‘tuvchi asosiy omil hisoblanadi».

Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:

1.       Ishlab chiqarishning xalqaro miqyosda chuqurlashuvi (resurslar almashinuvi hajmi о‘zgarmagan yoki kamaygan holda);

2.       Kapitalning xalqaro miqyosdagi hajmining ortishi va harakatining jadallashuvi;

3.       Ishlab chiqarish kuchlarining xalqaro miqyosdagi almashinuvi;

4.       Global infratuzilma obyektlarining rivojlanishi, axborotlar va ma’lumotlarning xalqaro harakatiga xizmat qiluvchi korxona va tashkilotlar faoliyatining kengayishi;

5.       Xalqaro aloqalarning kuchayishi;

6.       Jahon xо‘jaligida ishchi kuchi harakati hajmining ortishi va miqyosining kengayishi;

7.       Ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa muammolarning jahon xо‘jaligiga ta’siri hamda ularni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikning kuchayishi.

Globallashuv bosqichlarini milliy iqtisodiyotga nisbatan 2 turga ajratish mumkin:




Download 268,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish