Qisqacha xulosalar:
“Katta sakkizlik”ning jahon iqtisodiyotidagi roli “iqtisodiy qudrat huquqi” xalqaro iqtisodiy huquqning rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi. Xalqaro iqtisodiyotda ishtirok etuvchilar davlat chegaralari mavjudligiga qaramay, umumiy xо‘jalik tizimining tarkibiy qismlari sifatida faoliyat kо‘rsatadilar. Xо‘jalik hayotining internatsionallashuvi va globallashuvi rо‘y bermoqda.
Globallashuv sezilarli darajada jahon xо‘jaligi aloqalari miqyosining о‘sishi, doirasining kengayishida namoyon bо‘lib, integratsiyalashuv va globallashuv amalda hech bir davlatga faqat “о‘z ishlab chiqarishiga” ega bо‘lish foydali bо‘lmasligini kо‘rsatdi.
О‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar kо‘p yillik yakkalanishdan sо‘ng jahon bozoriga chiqib, birlashishdan manfaat kо‘rmoqdalar, islohot yо‘nalishida turgan boshqa mamlakatlardan kо‘ra kо‘proq yutuqqa ega bо‘lmoqdalar. Mamlakatlararo kapital, tovar va g‘oyalar harakati yagona markaziy rahbariyat tomonidan emas, balki ehtiyoj va takliflar asosida boshqarilmoqda. Bu esa ishlab chiqarish mehnatini, savdo kо‘lamini va milliy daromadni tobora о‘sishiga olib kelmoqda.
Fashizm ustidan g‘alaba qozonilgandan sо‘ng, oradan о‘tgan 50 yildan ortiqroq davr mobaynida jahon hamjamiyatida siyosiy yaqinlik paydo bо‘ldi.
Sotsialistik va kapitalistik lagerlar о‘rtasidagi siyosiy ziddiyatning yо‘qolgani ham dunyo iqtisodiyotiga katta ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan sо‘ng 10 yil davomida anarxiya va iqtisodiy tartibsizliklar bilan kurashgan MDH mamlakatlarida ham iqtisodiy о‘sish kuzatilmoqda.
Dunyo iqtisodiyotidagi о‘sishni ta’minlab turgan yana bir jihat shundaki, ilm fandagi muvaffaqiyatlar aholi turmush sharoitini yaxshilashda davom etmoqda. Ta’kidlash joizki, bu jarayon tobora tezlashib bormokda. Butun kо‘lami bilan yuzaga chiqayotgan kompyuter va telekommunikatsiya inqilobi esa avvalo iqtisodiy jarayonlarga kuchli ijobiy ta’sir kо‘rsatmoqda.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiy rivojlanish amaliyoti milliy iqtisodiyotlarni yuksaltirishda faqat о‘z kuchlariga tayanish kam samara berishini kо‘rsatadi. Bunday yul iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga tо‘sqinlik qiladi, u milliy resurslardan nooqilona foydalanish bilan aloqador va u pirovard natijada bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayonini qiyinlashtiradi.
О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi sharoitlarida, tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning prinsipial jihatdan yangi modeliga о‘tish xorijiy mamlakatlar amaliyotining ijobiy jihatlarini va ayrim yutuqlarini respublikamizda qо‘llash alohida ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |