1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


 О‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashda jahon tajribasiga suyanish



Download 268,16 Kb.
bet20/107
Sana06.01.2022
Hajmi268,16 Kb.
#325150
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish

2.4. О‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashda jahon tajribasiga suyanish

Mamlakatimizda О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li konsepsiyasiga amal qilib iqtisodiyotda tub institusional va tarkibiy о‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish va davlat tasarrufidagi korxonani xususiylashtirish asosida mulkchilik munosabatlari qayta kо‘rilmoqda, yangi bozor mexanizmlari va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shu bilan birga respublikaning XXI asrga qadam qо‘yishi milliy tizimlarga yuksak talablar qо‘yuvchi iqtisodiy integratsiya asosida globallashuvning jahon tendensiyalari kuchaygan bir sharoitga tо‘g‘ri keldi.

Mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimov tashqi iqtisodiy aloqalar muammosiga diqqat e’tiborini qaratib quyidagicha ta’kidlagan edi “Shu narsani qayta-qayta takrorlashga tо‘g‘ri kelmoqda:  О‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimi bilan integratsiyalashuviga erishmasdan turib, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirmasdan va mustahkamlamasdan turib, eng muhimi xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etmasdan turib, bank va moliya sohalarida, real iqtisodiyotda, birinchi galda yetakchi tarmoqlarda chet el kapitalining ishtirokini kengaytirmasdan turib, iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash qiyin”.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublika oldida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni chuqurlashtirish va jahon amaliyoti yutuqlarini ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishga joriy etish, davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini takomillashtirish vazifasi turibdi.

Hozirgi paytda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning ochiqligini kengaytirish, milliy va jahon iqtisodiyoti mintaqalari, tarmoqlarining uzviy о‘zaro aloqa va hamkorligini ta’minlash integratsiyalashuvning obyektiv rolini kuchayishi va rivoji orqali yuz berdi.

Hozirgi zamon jahon iqtisodiy rivojlanish amaliyoti milliy iqtisodiyotlarni yuksaltirishda faqat о‘z kuchlariga tayanish kam samara berishini kо‘rsatadi. Bunday yul iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga tо‘sqinlik qiladi, u milliy resurslardan nooqilona foydalanish bilan aloqador va u pirovard natijada bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayonini qiyinlashtiradi.

О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi sharoitlarida, tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning prinsipial jihatdan yangi modeliga о‘tish xorijiy mamlakatlar amaliyotining ijobiy jihatlarini va ayrim yutuqlarini respublikamizda qо‘llash alohida ahamiyatga egadir.

О‘zbekistonda, bugungi kunda iqtisodiy integratsiyaning nazariy, amaliy, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv jihatlarini tadqiq etuvchi kompleks ishlar hamda xorijiy mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bozor mexanizmi amaliyotini qiyosiy tahlil qilishga ma’lumotlar deyarli yetarli. Joriy iqtisodiy muammolarni hal etishning muqobilini aniqlash va О‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida integratsiyalashuv tendensiyalarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish maqsadida iqtisodiy integratsiyalashuvni rivojlantirishda xorijiy tajribani qо‘llash imkoniyatini tahlil etish zarur.

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy integratsiyalashuvi rivojlanishining nazariy-metodologik tahlili, zamonaviy globallashuvning о‘ziga xosligi va uning milliy iqtisodiy tizimlar rivojlanishiga ta’sirini aniqlash integratsiyaning amaliy omillariga baho berishda marketing yondoshuvidan foydalanish va jahon xо‘jalik tizimiga integratsiyalashuv jarayonida О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi tarkibiy о‘zgarishlarni tahlil etish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni isloh qilish, ushbu faoliyatning xorijiy mamlakatlarda va О‘zbekiston Respublikasida tartibga solinishi jarayonlari global iqtisodiyotga integratsiyani predmeti hisoblanadi.

Globallashuv muammolari tadqiqoti tahlili XXI asrdagi asosiy tendensiyalarni anglab olishda jahonni global makon sifatida tasavvur qilishdan kelib chiqish zarurligini kо‘rsatadi.

О‘z navbatida global makon milliy tuzilmalarning jamisi emas, balki milliy iqtisodiyotlar simbiozi, о‘z qonunlari bilan ishlay boshlagan geoiqtisodiyot va integratsiyalangan tizimdir.

Jahon iqtisodiy tizimining globallashuvi hozirgi zamon jahon xо‘jaligining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Globallashuv jarayonlariga ikki turdagi о‘zgarishlar sababchi bо‘ladi: texnologiyalarning rivojlanishini va iqtisodiy siyosatning liberallashuvi.

Bu о‘zgarishlar axborotlar oqimi, iqtisodiyot (daromadlar va boyliklar taqsimlanishi sohasida) ustidan olib borilayotgan davlat nazoratini kamaytiradi, ma’naviy boyliklarni ahamiyatini mustahkamlaydi. Aslida, globallashuvning hukumat faoliyatiga bо‘lgan ta’siri juda murakkab bо‘lib, о‘z ichiga siyosatdagi har xil kuchlar balansini va ta’sirini qamrab oladi.




Download 268,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish