7.7. Zamonaviy jahon xо‘jaligida moliya tizimining vazifalari va uni tartibga solish zarurati
Jahon moliyaviy resurslari barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy markazlar moliya resurlarining yig‘indisidan iborat. Tor ma’noda - bu tashqi iqtisodiy faoliyatda, ya’ni rezident va norezidentlar о‘rtasidagi munosabatlarda foydalaniladigan moliyaviy resurslardir.
Jahonning moliyaviy resurslari doimo harakatda bо‘lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ishtirokchilari о‘rtasida qayta taqsimlanib boradi. Bu resurslarning bir qismi oltin-valyuta zahiralariga tushadi, bir qismi yordam tariqasida imtiyozli shartlar bilan chet elga taqdim etiladi va asosiy qismi jahon moliya bozorlarida sotiladi – sotib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |