Monetar siyosat. Globallashuv sharoitidagi tо‘g‘ri monetar siyosat makroiqtisodiy barqarorlikni, bank tizimiga ishonch oshishini, moliya bozorlarining kengayishi va mustahkamlanishi, qulay investitsion muhit vujudga kelishi va mamlakatga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini ta’minlaydi. Banklar tomonidan belgilangan foiz stavkalari va olib borilayotgan valyuta siyosatini kо‘p tomonlama iqtisodiy rivojlanishni belgilab beradi. Masalan, foiz stavkasining haddan tashqari kо‘tarilib ketishi bank daromadlarining kamayishi, shuning natijasida kredit operatsiyalari miqdorining qisqarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |