17.5.2 Burilma gidrodvigatellar
Burilma xarakatga asoslangan gidrotsilindrlar (kvadrantlar) burilma gidrodvigatellar deb ataladi. Burilma xarakatli kuch silindrning sxemasi keltirilgan bo‘lib, unda suyuqlik ko‘rakning ung va chap tomonidan bosim ostida kiritilganda tebranma xarakat qiladi. Ko‘rakning burilish burchagi 120 dan oshmaydi.
17.7-shakl. Burilma gidrodvigatellar.
Rotorli gidrodvigatellarning tuzilishi porshenli, platinkali (shiberli), shesternyali, vintli va boshqa nasoslarni uz ichiga olgan rotorli nasoslar dan farq kilmaydi.
Bu aytilgan gidrodvigatellar va nasoslar kaytarlik xususiyatiga egadir. Boshqacha aytganda, rotorli nasoslarga chikish kismi orqali bosim ostida suyuqlik kiritilsa, uning rotori xarakatga keladi va suyuqlik kirish kismi orqali chikib ketadi. Natijada nasosdan gidrodvigatelp sifatida foydalanishi mumkin. Xuddi shuning aksidek, rotorli gidrodvigatelni elektr dvigatelga ulash yuli bilan undan nasos sifatida foydalanish mumkin.
Rotorli gidrodvigatellar unumdorligi o‘zgaruvchan (yaoni boshqariladigan surishli – sarfli) yoki o‘zgarmas, yaoni boshqarilmaydigan (surishli) bo‘lishi mumkin. Bunday mexanizmlarni xisoblash ularda xosil bo‘lgan bosim, burovchi moment va valdagi quvvatni xisoblashga olib keladi.
Rotor-porshenli (porshenli) gidrodvigatellar tuzilishi bo‘yicha ikki gruppaga: radial va aksial silindrli gidromotorlarga bo‘linadi.
Porshenli gidrodvigatellarning burovchi momenti surish bushligidagi porshenlar xosil kilgan momentlarning yiindisi sifatida xisoblanadi:
(17.5)
bu erda mk - bitta porshenning momenti; n+1 - porshenlar soni.
Xar bir porshenga ta'sir qilayotgan bosim kuchi quyidagiga teng:
(17.6)
bunda r - xaydash bushligidagi bosim; d - porshenning diametri.
R kuchi xaydash boshligidagi barcha porshenlar uchun bir xil.
Kuch gidrodvigatellari xajmiy gidrouzatma sistemasining asosiy kismi bo‘lib, silindrda porshenni siljitish yuli bilan suyuqlik potensial energiyasini mexanik energiyaga aylantirish uchun foydalaniladi. Porshen bilan uzatiladigan gidrotsilindrlarda energiya manban xizmatini biror nasos bajaradi. Ilgarilama-kaytma va aylanma xarakatga asoslangan kuch gidrotsilindrlari porshen prinsipi bo‘yicha ishlaydi va uch turga bo‘linadi: bir xarakatli; ikki xarakatli va burilma xarakatli silindrlar. Burilma xarakatli silindrlar kvadrantlar xam deb ataladi.
Bir xarakatli kuch gidrotsilindrning sxemasi keltirilgan. Bu porshenga suyuqlikning bosimi faqat bir tomondan ta'sir qiladi. Porshenning teskari tomonga xarakati prujina ta'sirida amalga oshadi.
Ikki xarakatli kus gidrotsilindrining sxemasi keltiriladi. Bunda suyuqlik porshenga ikki tomondan galma-gal ta'sir qiladi. Porshenning shtok tomonga bir tomonlama kati vaqtida (silindrning ikkala bushligida bo‘lganda) suyuqlik bir xil bosim ta'sirida bo‘ladi. Porshenning ikkinchi tomonga xarakati vaqtida xam bu xol saklanadi. Porshenning silindrning chekka kopkoklari tomon silliq va zarbasiz yakinlashuvi uchun 3 va 4 tirkishlarning diametriga mos 1 va 2 burtmalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular aytilgan tirkishlarga kirishda xosil bo‘lgan zarba kisib chiqarilayotgan suyuqlik xisobiga dempferlanadi. Silindrdagi kolgan suyuqlik 7 va 8 drossellar bilan tahminlangan 5 va 6 kanallardan chikib ketadi. Drossellarning o‘lchamlari porshenning chekka kopkoklarga yakinlashish sharoitiga mos ravishda xisoblangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |