1 mavzu Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi Buyuk Britaniya va Shveytsariya ta’limi tizimi Shveytsariya ta’lim tizimi Belgiya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 25,49 Kb.
bet2/2
Sana19.11.2022
Hajmi25,49 Kb.
#868895
1   2
Bog'liq
P.P Tojiddinov Azizbek

3. SHVEYTSARIYA TA’LIM TIZIMIShveysariya ta’lim tizimi butun dunyoga ma’lum. U universal bo‘lib, o‘zidaingliz-amerika, fransuz va nemis maktablarining barcha ijobiy tomonlarini o‘zidamujassamlashtirgan. Bu mamlakatdagi xususiy kollej va universitetlar o‘zidayangi metodikalar va o‘qitishning texnik vositalarini klassik ta’lim tizimi bilanuyg‘unlashtirilgan holda olib borishi tufayli dunyoviy mashhurlikka erishdi.
4. Belgiyada oliy ta’lim: universitetlar va oliy maktablar.Belgiya oliy ta’limi o‘zining ko‘hna an’analariga ega. O‘qitish jarayoni vazamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fundamentalva amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish o‘rtasidagi bog‘liqlik Belgiya ta’lim tizimi uchunan’anaviy hisoblanadi. Belgiyada o‘qishni tanlash jarayonida e’tiborni, asosan,ishlab chiqarish (masalan, texnologiyalar) va biznes (xalqaro biznes, iqtisodiyot,boshqaruv, huquq, moliya va boshqa)lar bilan bog‘liq bo‘lgan dasturlarga qaratishkerak bo‘ladi. Bunda, albatta, ta’lim olib boriladigan tilni bilish to‘g‘risida dalillarbo‘lishi kerak. Belgiyadagi ta’lim xalqaro biznesga yo‘naltirilganligi oliy o‘quvyurtlari bitiruvchilari uchun katta imkoniyat beradi.Belgiya ta’limiga fransuz, flamand va nemis hamjamiyatlari javobgar. 6yoshdan 16 yoshgacha va kechki maktablarda 18 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalaruchun ta’lim majburiy va bepuldir. Savodsizlik deyarli tugatilgan. Belgiyaliklarbolalarining yarimi xususiy, aksariyat qismi katolik cherkovlarga tegishli bo‘lganmaktablarda tahsil oladi. Qariyb barcha xususiy maktablar davlat tomonidantomonidan yordamga beriladigan mablag‘ – subsidiya bilan ta’minlanadi.Maktab ta’limining birinchi bosqichi - olti yillik boshlang‘ich maktabhisoblanadi. O‘rta ta’lim aksariyat hollarda uchta ikki yillik bosqichdan iboratbo‘lib, uning dastlabki to‘rt yili majburiydir. Birinchi va ikkinchi bosqichlaro‘quvchilarining tahminan yarmi umumpedagogik tayyorgarlik, badiiy ta’limolishadi yoki texnik yoxud hunarmandchilik tayyorgarlikdan o‘tadi; boshqalar esata’limning umumiy kursini o‘tashadi. Oxirgi guruhining tahminan yarimo‘quvchilari bitirgandan keyin universitetga kirish huquqini beruvchi o‘rtamaktabning oliy bosqichida ta’lim olishni davom ettiradilar.Belgiyada 7 ta akademiya va 8 ta universitet faoliyat ko‘rsatadi. Belgiyadaoliy ta’lim qadimgi an’analarga ega: birinchi oliy o‘quv yurti - Luven katolikuniversiteti hisoblanadi. U 1425 yili Martina V papasi tashabbusi va brabantgertsogi Jana IV ko‘rsatmasiga binoan tashkil topgan. 1517 yili Erazm Rotterdamham Luvenda uch til (ivrit, lotin, grek) maktabiga asos soldi va uning namunasidaParijda Fransiya kolleji yaratildi.Hozirgi kunda Belgiyaning aholisi 10 mln.dan ortiq kishidan tashkil topganbo‘lib, u erda qariyb 180 ta oliy ta’lim muassasasida 280 ming nafar talaba tahsiloladi. 1970 yili frantsuz tilida so‘zlashiladigan Valloniya, niderland tilidaso‘zlashuvchi Flandriya, ikki tilda so‘zlashiladigan Bryussel’ va nemis tilidaso‘zlashiladigan Germaniya bilan chegaradosh bo‘lgan Valloniya sharqidagi tuman4 ta lingvistik hudud mamlakat konstitusiyasida mustahkamlandi.O‘sha vaqtdan beri maorif federal vazirligi faqatgina o‘rta ta’limningmajburiyligini nazorat qiladi va barcha bosqich bo‘yicha ta’lim to‘g‘risidagidiplom va sertifikatlarni berishning talablarini belgilaydi. Ta’lim bo‘yicha boshqamasalalar tillar hamjamiyati vakolatiga kiradi. Shunday qilib, oliy ta’lim masalalariFlamand hamjamiyatining ta’lim va davlat xizmati Vazirligi, Frantsuzhamjamiyatining oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar va sport Vazirligihamda Nemis tilida so‘zlashuvchi hamjamiyatning ta’lim, madaniyat, ilmiytadqiqotlar, haykallar va diqqatga sazovor joylar Vazirligi vakolatidadir.
2-mavzu
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. “Individ” tushunchasi nimani ifoda etadi?

  2. Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering.

  3. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  4. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima tushuniladi?

Javoblar:

  1. «Individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «boiinmas», «alohida», yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ bilogik turga kiruvchi alohida tirik Mavjudotdir.Shaxsning shakilanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘Iib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs hakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi.Odam ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o‘zining xususiyati. qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari boMib. mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon boMadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi.

  2. Shaxsning ijtimoiylashuvi - ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga xosliklari) ko‘ra murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil - madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor bilan qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning sub’yekti sifatida, tajriba egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini shakllantiruvchi, shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi sub’yekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z istak-maqsadlarini yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo‘nalgan shaxs bo‘lishiga yordam berishdir. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish; institusional - ijtimoiy institutlar va ta’ lim muassasalari tomonidan o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;

  3. shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o‘rin tutadi;bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota- onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘ zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega

  4. Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emosional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin:

  • qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi; qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z Huqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi;

  • mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi;

  • o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi;

  • o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi;

  • o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda rasional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi;

  • o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.


3. mavzu
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Tarbiyaning maqsadi va vazifalari?
2.Tarbiyaning umumiy usullari qaysilar?
3.Tarbiyaning metodlari haqida nimalarni bilasiz?
4.Tarbiya metodlarning vazifasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari?
Javoblar:
1. Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mustahkamlashadi.
-tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi
-tarbiyaning insonparvarligi va demokratligi
-tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi
-tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning usivorligi
-o‘qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish
-izchillik, tizimchilik, uzluksizligi.
2. Pedagogik mahorat ta’lim va tarbiya berish sa’nati deyiladi. Pedagogik maxoratga quyidagilar kiradi:
1.Nutq madaniyati
2.O‘qituvchining muomila va munosabati
3. Kommunikativ munosabat (aloqa o‘rnatish) insonning qalbiga kirish qobiliyati.
4.Pedagogik odob (o‘qituvchi ichki va tashqi olami)
5.Pedagogik texnika: -mimika (yuz ko‘z ifodasi) -jets (gavda va qo‘l harakati) -pantomimika (so‘zsiz harakatlari)
6.Nutq texnikasi. -nafas -ovoz -intonasiya (tovushni o‘zgartirish qobiliyati) -diksiya -pauza -ritm -tamp (sur’at)

3. Tarbiya metodlari:
-Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).
-Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
-Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).
-Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).
qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).
4. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘lik.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.
Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitusiyasining mohiyati tushuntiriladi.

4. mavzu
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlarni.
2. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish qanday samara beryapti?
3. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘rni nimalarda deb bilasiz?
4. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi qanday?
Javoblar:
1. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy’gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o‘rinda istiqlolimizning ilk yillari ta’limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
2. Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
3. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Respublika ta’limini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini milliy istiqlol g‘oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo‘yayotgan XXI asr ta’limini taraqqiyot, ma’naviy-madaniy qarashlar ruhida bo‘lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini ta’minlashdir. Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z ketganda, dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o‘rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o‘z yechimini topganicha yo‘q.
4. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog‘i faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta’lim mazmuniga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g‘oyasi kun tatibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi.

5. mavzu
Savollar:

  1. Psixalogiya fanining asosiy sohalari?

  2. Anketa nima?

  3. Tajriba ob’ektiga ta’rif bering?

  4. Testlar maqsadga ko’ra qanday tavsiflanadi?

Javoblar:
1.Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. (2.1 rasm).
Psixikani o‘rganish qator boshlang‘ich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, tajriba ma’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi.
Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi.
Hayvonlar psixikasi haqida so‘z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo‘lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.
Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin:
1) tashkiliy metodlar;
2) tajriba metodlari;
3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari;
4) izohlash metodlari.
birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sosiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi.
2. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikasiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita.
3. Tajriba o‘rganilayotgan hodisaning xususiyatlari o‘rtasida mavjud aloqalar to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlarga asoslangan farazni isbotlash uchun tekshirish metodi sifatida shakllangan va mavjuddir. Metodologik rejaga ko‘ra, tadqiqot ob’ektini tahlil qilish birinchi bosqich bo‘lib, ikkinchi bosqich – o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarning xususiyati yoki yo‘nalishi, mavjudligi haqidagi farazlarning shakllanishi, uchinchi bosqich – o‘zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil o‘zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil bo‘lmagan turlariga ajratish hisoblanadi. Tajribadagi o‘zgaruvchilarni ajratish – ob’ektni dastlabki nazariy tahlil qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri yo‘naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil o‘zgaruvchilar deb ataladi. Shundan so‘ng tajribaning metodik qismi boshlanadi. Tadqiqotning maqsadi aniqlanib, dasturi tayyorlangandan so‘ng esa ikki guruh – tajriba va nazorat guruhlari tuziladi.
Nizom bo‘yicha tajribaga qo‘yiladigan muhim talablardan psixologlar quyidagilarni sanab o‘tadilar: tadqiqot farazlariga ko‘ra aniq yo‘nalganlik; tadqiqot ob’ektini yuqori darajada bilish va to‘liq ta’riflash; tajriba muolajalarini olib borishni qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish, takrorlash imkoniyati; ijtimoiy ob’ektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o‘lchash vositalarining mavjudligi. Tajriba tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim.
Tajriba predmeti – o‘rganilayotgan ob’ekt xossalari va uning ijtimoiy faoliyati va hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar va aloqalar.
Tajribadagi o‘zgaruvchi – o‘rganilayotgan ob’ekt holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’sir etuvchi nazorat ostidagi va nazoratga olinmaydigan omillar. O‘zgaruvchilar tizimi tajribadagi vaziyatda etakchilik qiladi va bu vaziyat xuddi shu tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o‘zgaruvchilar mustaqil va bog‘langan bo‘lishi mumkin. Mustaqil o‘zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o‘zgartiriladigan va tajriba guruhi faoliyatiga kiritiladigan omil. Bog‘langan o‘zgaruvchi – mustaqil o‘zgaruvchi ta’sirida o‘zgaradigan omil.
Tajribaviy vaziyat – tajriba o‘tkazilayotgan sharoitlar yig‘indisi. U dala va laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin.
Tajriba ob’ekti – ijtimoiy guruh, jamoa, shaxs (tajriba ishtirokchilari). Tajribada ikki xil ob’ekt: nazorat va tajriba guruhlari ajratiladi. Ikki guruhning tuzilishi tafovutlarni aniqlashga va kutilgan o‘zgarishlar ro‘y bergani yoki bermagani haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. Tajriba ishtirokchilarining soni, odatda, unchalik ko‘p bo‘lmaydi, aksariyat hollarda 10-15 kishidan oshmaydi.
Tajriba guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht.
Nazorat guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi.
Agar tajriba guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o‘zgaruvchilar o‘zgartirilsa, nazorat guruhidagi mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgarishlarsiz sqlanib qoladi.
Tajriba guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht.
Nazorat guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi.
Agar tajriba guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o‘zgaruvchilar o‘zgartirilsa, nazorat guruhidagi mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgarishlarsiz sqlanib qoladi. Nazorat guruhi qiyosiy birlik bo‘lib xizmat qiladi.
4. Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o‘zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo‘yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi. To‘g‘ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab qo‘yilgan. Testning rag‘bat materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak. Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki, olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko‘rsatkichlari, masalan, shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so‘nggi natijalari test ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi ahamiyati, odatda, ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo‘li bilan olingan ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga erishish testlari, mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi. Shakliga ko‘ra testlar individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi:
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra);
- blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga ko‘ra;
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida);
- kompyuter testlari.
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to‘rt turga bo‘linadi:
1) ob’ektiv, ko‘pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emosional holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o‘lchash;
2) so‘rov metodikalari yoki sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari;
3) «qalam va qog‘ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi ma’lum harflarni o‘chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo‘lini chizish va boshqalar;
4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB).
Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa xavotirlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan.
Download 25,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish