1-Мавзу. Geometrik materialni o`rgatishning umumiy masalalari. Gеomеtrik matеriallar kontsеntlar bo`yicha taqsimlanishi bilan darslik asosida tanishish b Kasr. Maxraji 2,4,8 bo‘lgan kasrlar tushunchasi
1-Мавзу. Geometrik materialni o`rgatishning umumiy masalalari. Gеomеtrik matеriallar kontsеntlar bo`yicha taqsimlanishi bilan darslik asosida tanishish. b) Kasr.Maxraji 2,4,8 bo‘lgan kasrlar tushunchasi.Maxraji 2,4,8 bo‘lgan teng kasrlar. Sonning ulushini topishga va ulushiga ko`ra sonni topishga doir mashqlar sistеmasini tuzish va bajarish.
Mavzu yuzasidan mustaqil bajarish uchun amaliy topshiriqlar:
Ifodani qiymatini toping: 111 111:143
Amallarni bajaring: (164+236)-(180+120)
Amallarni bajaring: 720:9+50-8∙6
Tenglamani yeching: 640:(25-x)= 40
Masalani yeching: Oshxonada 5 ta stol, har bir stol atrofida 4 tadan stul bor. Oshxonada nechta stul bor?
9, 0, 4 raqamalri berilgan. Bu raqamlardan foydalanib nechta uch xonali son hosil qilish mumkin?
9 va 3 ning yig'indisidan kichik ixtiyoriy son yozing. Nechta shunday son yoza olasiz?
Masalani yeching: Hasan va Husan yarim soat ichida yog’ochni yarim metrli g’o’lalarga arralab bo’lib chiqishdi. Har bir arralab bo’lishga 5 minutdan vaqt ketgan bo’lsa, yog’ochning uzunligi necha metr bo’lgan?
Masalani yeching: Rasm yopishtiriladigan albom varag’ining eni 25 sm va bo’yi 35 sm. Shu varaqqa eni 9 sm va bo’yi 12 sm bo’lgan 3 ta fotosurat yelimlab yopishtirildi. Varaqning bo’sh qolgan yuzini toping.
Masalani yeching: Perimetri 1 m 2 dm bo’lgan kvadrat tomonining uzunligi va yuzini toping.
Mavzu yuzasidan mustaqil bajarish uchun amaliy topshiriqlar: So’roqlar o’rniga mos sonni qo’ying
25
25
25
36
42
0
80
100
:? +? ∙? +? +? ∙? +?
T aqqoslang: 15∙(4∙10) 15∙4:10
Qaysi sonning 8/12 qismi 40 ga teng?
2 va 6 raqamlaridan foydalanib uchta uch xonali son yozing va o'sib borish tartibida joylashtiring.
Peshingacha 45 yashik olma sotildi, peshindan so'ng 5 marta kam yashik olma sotildi. Peshindan keyin qancha olma sotilgan?
Uzunligi 30 m bo'lgan aluminiy sim uch qismga bo'lindi. Biri ikkinchisidan 1 m ortiq va uchinchisidan 1 m kam. Har bir qismning uzunligini toping.
Dam olish oromgohidagi 15 kishi domino o’ynashni yoqtirishadi. Ular o’zaro musobaqa o’tkazishdi. Har bir partiyadan so’ng yutqazgan ishtirokchi chiqib ketdi. Вirinchi kuni 5 partiya, ikkinchi kuni 6 ta partiya o’ynaldi, uchinchi kuni esa musobaqa tugadi. Uchinchi kuni nechta partiya o’ynaldi?
To'g'ri to'rtburchakning eni bo'yidan 2 marta qisqa. Agar to'g'ri to'rtburchakning bo’yi 50 sm bo’lsa, to’g’ri to’rtburchakning yuzini toping.
Qurulishda 10 ta suvoqchiva 8 ta bo’yoqchi ishlaydi. Ulardan 1 suvoqchiva 1 bo’yoqchidan iborat juftlikni necha usulda tanlash mumkin?
Masalani yeching: Bo’yi 6 m va eni 4 m bo’lgan xonaning perimetri va yuzini toping.