1-Mavzu. Geografik axborot tizimining tarifi


-Mavzu. Atribut ma’lumotlarni olish



Download 97,54 Kb.
bet16/44
Sana06.06.2022
Hajmi97,54 Kb.
#641384
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
45 ta mavzu.

16-Mavzu. Atribut ma’lumotlarni olish
Atributlar bu ma’lumotlar bazasidan oʻrin olgan matnli, sonli va belgili tavsiflardir.Atributlarda saqlanadigan ma’lumotlar umumiy, tarkibiy va belgili turlarga tegishli boʻlishi mumkin. Atribut toʻgʻrisidagi fikrlarni yanada kengroq yoritish uchun quyida bir misol keltiramiz (3.7-rasm). Masalan, bizga berilgan tumanda har xil turdagi uylar berilgan. GAT yordamida uning raqamli kartasini tasvirlaganimizdan soʻng, u poligon koʻrinishida tasvirlanadi, vaholanki bizga bu uy toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot kerak boʻlishi mumkin. Bunda bizga atribut ma’lumotlar tushunchasi yordam beradi. Atribut ma’lumotlar bazasida bu uy toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlar, jumladan uning maydoni, pochta manzili, qavatlar soni, ishlatilgan materiallar toʻgʻrisidagi ma’lumot, poydevor turi, qurilgan yili, aholi soni va boshqalar saqlanadi. Atributlarning jadvallarda joylashuvi (Manba: Longley, 2005) Demak, yuqoridagi fikrlardan koʻrinib turibdiki, atributlar jadval, belgi, son (kodlar, sonli axborot) va grafik belgi (rang, tasvir, konturlarni toʻldiruvchi) koʻrinishida boʻlishi mumkin. GATning ma’lumotlar bazasida atribut ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy shakllaridan biri bu jadval koʻrinishdir. Obyektning belgilarini koʻrsatib beradigan va ma’lumotlarning mavzuli koʻrinishiga mos keladigan atributlar jadval koʻrinishda saqlanadi. Bunda har bir obyekt qatorlarga joylashtirilsa, ularning atribut ma’lumotlari ustunlarga joylashtiriladi (3.8-rasm).
GATda atribut ma’lumotlarning miqdori ulkandir. Ular ijtimoiy-iqtisodiy, vazifasi faqatgina joy yoki obyektni koʻrsatib berib, ularni bir-biridan ajratishdan iboratdir. Koʻcha manzillari, uchastka tartib raqamlari bunga misol boʻla oladi. Atributlar vazifalariga binoan turlarga boʻlinishi mumkin va ular quyidagilardan iborat:
 nominal;
 ordinal;
interval;
 koeffitsiyentli; siklik.
Nominal atribut ma’lumot atributning eng oddiy turi boʻlib, uning vazifasi biror-bir jismni ikkinchisidan ajratishdan iboratdir. Joy nomlari, uy raqamlari va boshqalar bunga yaqqol misol boʻla oladi. Nominal atributlar asosan raqamlar, harflar va ba’zida ranglarni oʻz ichiga olishi mumkin. Ordinal atribut ma’lumotda ma’lumotlarning qiymati tabiiy ketmaketlikni tashkil qiladi. Masalan, Kanada oʻz yerlarini sinflarga
boʻlib baholaydi: 1-sinf yerlari eng yaxshi yer deb baholansa, 2-sinf oʻrtacha yer deb baholanadi. Oʻzbekistonda bunday baholash 100 ballik shkala asosida bajariladi. Interval atribut ma’lumotda qiymatlar orasidagi farq ma’noga ega. Masalan, Selsiy darajasi. Bunda biz 20–30 daraja 10–20 darajadan farq qiladi, deb ayta olamiz. Koeffitsiyentli. Bu turdagi atribut ma’lumotlarda koeffitsiyent muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ogʻirlik bu bir koeffitsiyent va biz 100 kg mahsulot 50 kg li mahsulotdan 2 marta ogʻir deb aniq ayta olamiz. Lekin darajaga kelganda, 20 daraja 10 darajaga qaraganda 2 marta issiq deb ayta olmaymiz, chunki bunda faqatgina interval sifatida koʻrsata olishimiz mumkin. Siklik. Bunda asosan siklik koʻrinishdagi atribut ma’lumotlar kiritiladi. Bunga misol qilib obyektning daraja birligida fazoviy joylashishini keltirishimiz mumkin. Agar 359 darajaga 1darajani qoʻshsak, bu 0 ga yoki 180 ga teng kelib qolishi mumkin. Atribut ma’lumotlarni bazaga kiritishning muhim qulayliklaridan biri bu standart koʻrinishdagi soʻrovlar, turli xil filtrlar va matematik mantiq yordamida ma’lumotlar bazasi obyektlarini tahlil qilish imkoniyatidir. GATda atribut ma’lumotlarni saqlashning turli xil usullari mavjud:
 tizimning barcha obyektlari uchun 1-2 ta standart atributlarni saqlash;
 fazoviy obyektlar va bogʻliqlik toʻgʻrisidagi axborotlar bilan bogʻliq atributlar jadvalini saqlash;
 tarmoqli ma’lumotlar bazasi elementlariga koʻrsatma (manba) larni
saqlash; agar tizim klassifikator yordamida ishlasa, unda hech qanday atribut ma’lumotlarni saqlashning zaruriyati yoʻq. Demak, GATda ikkita asosiy ma’lumotlar sinfi qoʽllaniladi: geografik va atribut ma’lumotlar. Ular orasida tizimda oʽzaro bogʽliqlik tashkil etilgan.



Download 97,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish