1-Mavzu. Geografik axborot tizimining tarifi


-Mavzu. Vektor va rastr ma’lumot, metama’lumotlar



Download 97,54 Kb.
bet15/44
Sana06.06.2022
Hajmi97,54 Kb.
#641384
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
45 ta mavzu.

15-Mavzu. Vektor va rastr ma’lumot, metama’lumotlar
Rastr formatdagi tasvir – bu kvadrat katakchalar toʻplamidan tashkil topgan tasvirdir. Bu katakchalar ilmiy tilda piksel (pixel) deb ataladi. Rastr tasvirlar ikki oʻlchamli koʻrinishda boʻladi, ya’ni X va Y koordinata sistemalaridan iborat. Nafaqat geografik ma’lumot, balki kompyuterga kiritilgan pikselli har qanday tasvir rastr tasvir koʻrinishida qabul qilinishi mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami juda muhim ahamiyatga ega. Piksel oʻlchami qanchalik kichik boʻlsa, tasvir sifati shunchalik yuqori boʻladi. Pikselning oʻlchami tasvirga berilgan sifat belgisidir. Mana shu yerda tasvirning sifatini belgilab beruvchi birlik – tiniqlik atamasi paydo boʻladi. Piksellarning oʻlchami rastr faylning tiniqligi sifatida qaralishi mumkin. Skanerlangan tasvirning sifati toʻgʻrisida gap ketadigan boʻlsa, unda dpi/ppi (dot per inch/pixels per inch) atamasini qoʻllaymiz. Bu soʻzning ma’nosi 1 kvadrat dyuym (1 dyuym – 2,54 sm) ga nechta nuqta yoki piksel toʻgʻri kelishini anglatadi. Masalan, 300 dpi sifatidagi tasvirning 2,54 sm kvadrat joyi ustun va qator boʻylab 300 ta piksellar yoki kvadrat katakchalar joylashganini koʻrsatadi.Rastr formatning qulaylik taraflaridan biri – u raqamli relyef modeli (DEM) ni hosil qilishi mumkin. Rastrlash. Rastrlashni berilgan analog yoki qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni raqamli koʻrinishga keltirib, raqamli tasvir olish jarayoni sifatida tushunish mumkin. Bundan tashqari, vektor formatdan rastr formatga keltirish orqali ham rastrlash ishi amalga oshirilishi mumkin. Qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni rastrlashning eng keng tarqalgan usuli bu skanerlash jarayonidir. Oldin ta’kidlanganidek, ishlatish maqsadiga koʻra oddiy yoki maxsus skanerlardan foydalanish mumkin. Quyida skaner yordamida rastrlash jarayonini tushuntirib oʻtamiz. Skanerlash (scanning) – skaner yordamida analog tasvirni raqamli (rastr) formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik ma’lumotlarni vektor koʻrinishga keltirish uchun kerakli boʻlgan bosqichlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera, fotoapparat va grafoqurilma kabi moslamalar ham qoʻllanilishi mumkin. GATda ishlatish uchun oddiy koʻrinishdagi mediama’lumotlarni skanerlashning uch muhim sabablari mavjud:  hujjatlar, jumladan bino-inshootlar plani, CAD chizmalari va binoni kadastr hujjatlari asosida oʻrganish uchun ma’lumot saqlashni takomillashtirish hamda ma’lumotlarni geografik jihatdan indeksatsiya qilish;  negativ (fotoplyonka), qogʻoz kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar boshqa ma’lumotlarga nisbatan geografik bogʻlanishi uchun skanerlanadi hamda geokodlanadi (odatda bunga vektorlash misol boʻladi);  kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar vektorlashdan va bazada fazoviy tahlil qilinishidan oldin skanerlanadi. GATda qatlamlarni hosil qilish uchun 8 bit (256 rangli) 400 dpi (16 nuqta/mm) xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki skanerlash jarayoni orqali kartalarni skanerlash juda yaxshi tanlovdir. Fazoviy tahlil qilish uchun olinadigan rangli aerofotosurat uchun 8 bit 900 dpi xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki skanerlash (skanerni ichida moslab olsa boʻladi) koʻproq mos keladi. Skanerlash natijasida hosil qilingan ma’lumotning sifati asl nusxa holati, skanerlovchi qurilmaning sifati va skanerlash oldi tayyorgarligiga bogʻliq boʻladi. Skanerlashning kamchiliklaridan biri bu ba’zida optik qurilmalarda tasvirning buzilib qolishi va keraksiz tasvirlarning hosil boʻlishidir. Tasvirning tiniqligini oshirishimiz keraksiz qoʻshimcha tasvirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar tasvirning tiniqligini kamaytirsak, bizga kerakli boʻlgan kichik obyektlar tushmay qolishi mumkin. Vektorlash. Vektor model koordinatali geometriya yordamida aniqlanadigan alohida nuqtalar, chiziqlar va maydonlardan tashkil topgan.
Vektorlar bu grafik obyektlar hisoblanadi va aniq yoʻnalish, uzunlik hamda shakl
boʻladi. Vektor formatdagi shakllarning eng sodda koʻrinishi sifatida koordinataga ega boʻlgan ikki (boshi va oxirgi) nuqtadan tashkil topgan chiziqni takomillashtirish hamda ma’lumotlarni geografik jihatdan indeksatsiya qilish;  negativ (fotoplyonka), qogʻoz kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar boshqa ma’lumotlarga nisbatan geografik bogʻlanishi uchun skanerlanadi hamda geokodlanadi (odatda bunga vektorlash misol
boʻladi);  kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar vektorlashdan va bazada fazoviy
tahlil qilinishidan oldin skanerlanadi. boʻladi.



Download 97,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish