7-Mavzu. Geografik axborot tizimining tabiiy resurslarni organishdagi ahamiyati
Hozirgi vaqtda plan va xaritalami yaratish ikki usulda olib boriladi: Yerda geodezik ishlami olib borish bo‘yicha va joyning masofadan turib olingan rasmini deshifrovka qilish (o‘qish) natijasida. Bunday rasmlar Yeming turli sun’iy yo‘ldoshlaridan, ya’ni kosmik kemalar, samolyotlar va vertolyotlardan olingan yarim tonalli (rangliga o‘xshash) yoki oq-qora kosmik va aerofotosuratli tasvirlaridan iborat. fotogrammetrik tizim. Oq-qora va rangli fotosuratlarni EHM xotirasiga kiritish, ulami raqamli ko'rinishga aylantirish va ma’lum darajada ularga ishlov berish, so‘ngra ortofotoplanlarni (joy uchastkasi tasvirining ortogonal proyeksiyasida tuzilgan plan) yoki shtrixli kadastr planlarini hosil qilish; — ortofotoplan va xaritalami raqamlash tizimi — bu tizim yordamida plan va xaritalar raqamli ko‘rinishga (vektorli holatga)
o‘tkaziladi; - kartografik m a’lumotlami raqamlash, qayta ishlash, saqlash va tasvirlash tizimi - joy yoki hududning rastrlangan tasviri orqali ulaming raqamli modelini tuzish, vektorli ko'rinishga aylantirish, mavzuli qatlamlarni tuzish, ma’lumotlar va elektron xaritalar maxsus bazasiini yaratish, tayyor mahsulotni saqlash, rangli yer kadastri va boshqa turdagi mavzuli xaritalami tuzish. Oxirgi ikki tizim mazkur qo‘llanmaning keyingi boblarida batafsil ko‘rib chiqiladi, bu yerda esa fotogrammetrik tizim tarkibiga kiruvchi alohida jarayonlar to‘g‘risida qisqacha to'xtalamiz. Bularga:
1. Joyni aero va kosmik suratga olish.
2. Tayanch nuqtalami planli va balandlikli bog‘lash bo‘yicha olib boriladigan geodezik ishlar.
3. M a’lumotlarga fotogrammetrik ishlov berish jarayonlari kiradi.
Yer yuzasining aero va kosmik fotosuratlari aerofotoapparatlar yordamida olinadi, so‘ngra negativlardan kontaktli yoki proeksiion usulîar bilan qog‘oz yoki defor
matsiyalanmaydigan plyonkalarda diapozitivli fotonushalar tayyorlanadi. Keyingi yillarda suratga olishda raqamli aerofotokameralardan foydalanilmoqda. Ular yordamida hududning yoki biror joyning raqamli tasvirini olish va keyinchalik uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga kiritish mumkinligi nafaqat rasmlarga kimyoviy ishlov berish, palto skanerlash bosqichida tasvimi raqamli shaklga o‘tkazish jarayonlari chetlab o‘tilmoqda. Ular oddiy fotokameralar kabi ishlaydi, lekin ularda foto tasvimi elektr signallarga aylantirvchi fotosezgir elementlar ishlatiladi. Signallar kodlangach, ular fotokamera xotirasida saqlab qolinadi va istalgan paytda tasvirlar kompyuterga yozib oiinishi mumkin. Keyinchalik fototasvirlarga maxsus grafikli redaktorlar yordamida ishlov berilib, ular printyer yoki plottyerlarda nashr qilinishga uzatiladi. Agar ishga sifatli fotokameralar jalb qilinsa, skanyerlar va nusxa ko'chirish qurilmalaridan voz kechsa ham boiadi. Hozirgi paytda fototasvirlami kompyuter xotirasiga kiritish, asosan, fotoraateriallarni skanyerlash bilan amalga oshirilmoqdi. Fotomateriailar sifatida negativlar, diapozitivkr va rulonli aerofi;mlar ishlatilmoqda. Aerofoto va kosmik tasviriami raqamli ko£rinishga o'tkazish uchun foydalaniiadigan skanyerlar juda qimat turadi. Shunday skanyerlarga nihoyatda katta talablar qo‘yiladi: ruxsat etilgan
tiniqligi 10 mkm gacha, aniqlik darajasi 2-3 rakm (0,02-0.03inm), skanerlash fomiati - 24x24 srn. Bu ishlarni bajarishda ayrim skanyerlarning gorizontal va vcrtikal ko‘rish tiniqligi turli ekanligini ham e’tiborga olish kerak. Keng tarqalgan Hewlct Packard skanyerlaridan foydalaniisa yetarli darajada ishonchli ma’íumotlarai olish mumkin. Arzon skanverlardan Nustek firmasi isliiab chiqaradigan skanyerni misol tariqasida keltirish mumkin. Germaniyaning Zeiss va AQShning Intergraph firmalari birlashib, Z/I korporatsiyasida ishlab chiqilgan Photoskan-2001 fotogrammetrik skanyeri so'nggi modellardan biri hisoblanadi Fotoskan-2001 bugungi kundagi skanyerlaming eng
yaxshisi bo‘lib, piksel aniqlik darajasining o'rtacha kvadratik xatosi 2 mkm dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |