28-Mavzu. Fazoviy so’rov va geokodlash
Fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrov (Spatial query) − bu kartadagi belgilar bilan izohlash orqali kartadan ma’lumot olish jarayonidir. GAT bunday soʻrov turlaridan bir qanchasini amalga oshirishi mumkin. Fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrov, oʻz navbatida, uch turga boʻlinadi. Ular quyidagilardir: 1. Kursor orqali belgilash. Bu fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrovning eng oddiy turidir. Masalan, tasvirlangan obyektlarning atributlarini koʻrsatish uchun grafik kursor yordamida belgilash yetarli boʻladi (bu obyektning ustiga sichqonchani olib borib, chap tugmani bosish yoki umumiy maydonni belgilash orqali bajariladi).
2. Grafik obyektlar orqali belgilash. Fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrovning bu usuli grafik obyektlar (nuqta, chiziq, toʻgʻri burchak, aylana yoki poligon) ni kartadan xususiyatlarni belgilash uchun ishlatadi. Bunda kartadagi xususiyatlar grafik obyektlarning ichida va tashqarisida joylashgan yoki ular bilan kesishgan boʻlishi mumkin. Masalan, kartada chizilgan aylana ichidagi barcha maktablarni belgilash.
3. Fazoviy bogʻliqlik asosida belgilash. Bu soʻrov kartadagi belgi va xususiyatlarning boshqa belgi yoki xususiyatlarga nisbatan fazoviy hamda topologik bogʻliqligig asoslanib belgilashda juda qulaydir. Belgilanayotgan xususiyat ayni kartada yoki boshqa-boshqa qatlamda joylashgan boʻlishi mumkin. Bu usulning oʻzi ham quyidagi turlarga ajraladi: Qamrab olish soʻrovi (Containment query). Bu fazoviy bogʻliqlik turida kartada ma’lum bir maydon ichidagi belgilar yoki obyektlar belgilanadi. Bunday obyektlarga nuqtali, chiziqli va poligonli turlarni kiritishimiz mumkin. Bu usulda biz bir qatlamdagi poligon asosida boshqa qatlamdagi xuddi shu obyekt ichidagi nuqtali, chiziqli yoki poligonli obyektlarni topishimiz mumkin. Quyidagi rasmga koʻra, biz berilgan daryoning bor qismini oʻz ichiga olgan yer uchastkalarini topishimiz mumkin. Qaysi yer uchastkalari daryoning bir qismini olishini bilganimizdan soʻng qaysi belgilanga hududlar oʻsha biz topgan yer uchastkasini oʻzida qamrab olishini topishimiz mumkin boʻladi. 4.15-rasm. Qamrab olish soʻrovi Qoʻshni belgilash soʻrovi (Adjacency query). Bu usulda belgilanayotgan obyektlarga qoʻshni yoki keyingi boʻlgan obyektlar belgilanadi. Uning yaqinlik (proximity) soʻrovidan farqi shundaki, bunda berilgan obyektga nisbatan belgilanayotgan yoki soʻralayotgan obyekt nol masofada joylashgan boʻladi. Bunda asosiy yoki tayanch obyektga nisbatan belgilanoyotgan obyekt unga
ulanib, umumiy chegara yoki nuqtaga ega boʻladi. Quyidagi rasmda koʻk rangda tayanch obyektimiz boʻlgan gipermarket va sariq rangdagi unga tutashgan boshqa tijorat yoki uy-joy binolari (a) hamda undan pastdagi rasmda qizil bu tayanch obyekt, sariq rangdagi soʻralgan yoki belgilangan obyekt (b) berilgan. Shuni yodda tutish kerakki, bunda obyektlar birbirining ustiga ustma-ust (overlap) tushmaydi. Bu usul yordamida berilgan obyekt bilan kesishuvchi boshqa obyektlar belgilanadi. Masalan, bizga kerakli boʻlgan
katta yoʻl bor va bu usul orqali shu katta yoʻlni kesib oʻtadigan shaharlar belgilanadi. Boshqa yana bir misol: bizga Sirdaryo daryosi kesib oʻtadigan davlatlar yoki ularning viloyatlarini belgilash berilgan. Quyidagi rasmda yoʻl faqat a va b hududlarni kesib oʻtgani uchun belgilandi va oʻz navbatida, c va d obyektlar qoldirildi. Kesishuv soʻrovi Yaqinlik soʻrovi (Proximity query). Bu usul yordamida belgilanayotgan joy yoki obyektdan ma’lum masofada joylashgan (oʻsha masofa ichida) barcha obyektlar belgilanadi va ma’lumot olinadi. Bu soʻrov turi berilgan qatlamdagi siz belgilagan obyektdan ma’lum (berilgan) masofada yoki qoʻshni masofada boshqa (turini siz koʻrsatasiz) obyektlarni topishda qoʻllaniladi. GAT-texnologiyasidan foydalanishda operator birinchi navbatda monitor ekranida hosil qilingan va ko‘rish imkoni
boigan skanerlangan tasvirni oladi, ya’ni raqamlanishi kerak bo‘ Igan kartografik ma’lumotlami. Raqamlash — rastrli tasvirni vektor ko‘rinishiga o‘tkazish va u orqali raqamli xaritalar tuzish, mavzuli xaritalar qatlamlarini yaratish, demakdir. Bunday holda
kartografik generalizatsiya ishlari digitalizatsiva (mexanik raqamlash) jarayoni bilan birga olib boriladi.Xaritalar tuzishning GAT-texnologiyasi nafaqat mavzuli xaritalar qatlamini yaratish, balki ulami tahrir qilishni ham ko‘zda tutgan. Qatlamlami sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, ular oq shaffof bo’ladi. Qatlamlar va elementlami boshqarish uchim "Amallar" “Операции” panelining "Qatlamlami boshqarish" "Управленияслоями" dialogidan foydalaniladi. Qatlamlarni boshqarish dialogini "Xarita" deb ataluvchi bosh menyudan ham ishga tushirsa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |